Towards Eternity
Blogga qaytish

"Men hayot uchun kurashayotgan edim" - Sobiq Sikhning Islomga mardona sayohati! - Towards Eternity

Nashr sanasi

YouTube’da ko‘rish

Bilasizmi ba'zida men nima uchun haliyam musulmonman deya oylab qolaman. Sababi ba'zida shunaqangi ko'p sinovlardan o'tasizki. Uxlash uchun boshimni devorlarga urishni xoxlagan vaqtlarim bo'lgan. Men ajralishni boshdan kechirdim. Bu juda qo'rqinchli, juda ham qiyin edi. Men sizga kamera oldida turib o'zimga zarar yetkazishni xoxlagan vaqtlarim bo'laganini ayta olaman. Men yuvinish xonasida o'zimni yuzimga qarab, undan nafratlanib o'zimga zarar yetkazishni xoxlaganimni eslayman. Oilamsiz hayotimning har jabhasi qiyinlashdi sababi men ularga juda ham yaqin edim va ularni juda ham yaxshi ko'rardim. O'zi doimo shunaqa bo'ladi. Qachongacha men bunaqa qilaman?

Qachongacha men birovlar meni qutqarishini kutib yashayman? Allohning o'zi axir, "Kel yonimga, kel yonimga. Meni yodinga ol va men seni yodga olaman." deb turgan bir paytda. Assalomu aleykum Xaniya Adam singlim. Taklifimizni qabul qilganingiz uchun tashakkur! Sizni o'zimiz bilan ko'rib turganimizdan bag'oyat xursandmiz Men suhbatimizni Xaniya Adam aslida kim degan savol bilan boshlamoqchi edim. Hayotingiz haqida bizga qisqacha so'zlab bera olasizmi? valeykum assalom va rahmatullohi va barokotuh! Shunday qilib men Alhamdulillah uch bolaning onasiman. Men sikh diniga etoqod qilib ulg'aydim. Mening otam va onam Hindlar, va men Buyuk Britaniyada tug'ilib o'sdim.

Alhamdulillah, juda mehribon ota-onalarim bor. Lekin men 24, 25 yoshlarimda musulmon bo'ldim. Bu Oilam uchun katta zarba bo'ldi. "Allohga hamdlar bo'lsin" Green Lane masjidida va meni qo'llab-quvvatlay oladigan boshqa musulmon tashkilotlarida ishlayman. Iymon-e'tiqod borasida hayotingiz qanday kechar edi? Siz nimaga iymon keltirar edingiz? katta bo'lganimda, ota-onam bizga sikx e'tiqodini o'rgatishgan, tan olishim kerakki, men buni juda yaxshi ko'raman. Oltin Ibodatxonaga, Amritsarga tashrif buyurganimni eslayman, menga yoqardi. Men Xemkund Sohibga tashrif buyurdim u aslida ko'proq hind ashramiga o'xshaydi. Va menga bu juda yoqqan edi.

Yoshligimdan hayotimda Xudoga ehtiyoj borligini his qilganimni eslayman. Men bunday joylarga borganimda o'zimni baxtli va mamnun his qilardim. Bilasizmi, shunday qilib men shu yo'sinda ulg'aydim. Alhamdulillah ota-onam qalbimga e'tiqodni o'rnatishdi. Ular menga chindan ham yaxshi axloqni, tarbiyani, qattiq ishlashni, ta'lim olishni, halol bo'lishni o'rgatishdi. Ular meni chindanda juda yaxshi o'stirishdi. universitetga o'qishga kirgan paytimda men ko'proq dunyoviy hayot tarzini olib borardim deb o'ylayman. Xullas, hech qanday dinga e'tiqod qilmasdim. Bilasizmi men siz bilan samimiy bo'lmoqchiman... Spirtli ichimliklarni ichish muammo emas edi.

Xoxlagan narsamni kiyishim bu muammo emas balki bir odatiy hol edi xolos. Hammasi yahshi edi. Shunday qilib Bu Meni muslima bo'lmasimdan oldin yashab kelgan hayotim edi. Islom haqida birinchi marta qanday xabar topdingiz? Sizda biron-bir noto'g'ri fikrlar bo'lganmi? Shunaqa, balkim men biroz Islomparast bo'lgnadirman. Bilasizmi, Iroq va shunga o'xhsash yerlarda ko'p narsalar sodir bo'lmoqda edi. Menimcha "Allohu akbar"ni eshitganimda meni qo'rquv chulg'ab olar edi. Bu meni qo'rqitardi. men barcha Musulmon erkaklar juda qattiqqo'l deb oylardim. xotinlarini urish va boshqa narsalar. Bilasizmi, Oysha (ra) va uning yoshi masalasi doimo bo'lgan. Juda ham ko'p taxminlar bo'lgan.

Men Muslima ayollar siquv ostida deb o'ylardim. Nima uchun ular xijob kiyishi kerak? Bu to'g'ri emas. Menda bir qancha savollar bo'lgan. Sizning Islom sari bo'lgan sayohatingiz qayerdan boshlangan? Islomda sizga eng ko'p taassurot uyg'otgan narsa nima? Qizig'i shundaki, musulmon ayollarga nisbatan shu kabi barcha fikrlarga ega bo'lganimda, birinchi bo'lib islomda ayollar haqida o'yladim. Shuning uchun men juda ko'p suhbatlarni tingladim, Internetdan ko'p narsani o'qidim. Darussalam tomonidan yozilgan "Islomning buyuk ayollari" deb nomlangan kitobi bor, bu juda ajoyib kitob. Mening fikrimcha, ayollar bosim ostida edi.

Keyin men Islomni o'rganishni boshladim va shuni angladimki, ayollarga bosim qilayotgan bu Islom emas jamiyat ekan. Islom esa bu borada juda rivojlangan edi. Darhaqiqat, biz hozir ham jamiyat sifatida unga yetib olish uchun kurashmoqdamiz. Inshallah, u yana kuchliroq bo'lib qaytadi. Chunki hozirda, bizda mavjud bo'lgan barcha gender rollari va shaxsiyat bilan bog'liq muammoli savollarga, Islomda barcha javoblar mavjud. Aslida, islom ayollarni birinchi o'ringa qo'yadi. Jamiyat buni men tushunganim kabi tushunganda edi, Subhanallah, ular Islom ayollarga juda ko'p huquqlar berganini anglagan bo’lishardi. Bilasizmi, biz bu musulmon mamlakatlarida ilgari hech qachon ega bo'lmagan huquqlar.

Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v) bizga ayollarni qanday hurmat qilishni o'rgatganlar. Masalan avval aytganimdek avval aytganimdek bu oddiygina bizga mahrni berish orqali bo'lishi mumkin. Ayollar pullarini erkaklarga berishlariga to'gri kelgan. Endi esa erkakalar ayollarga mahr berishadi. Qiz tug'gandan keyin xafa bo'ladigan erkaklar uchun bu juda katta ish. Shunchalik kattaki, ular uni o'ldrishlari kerak edi. Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v) "Agar siz qiz o’stirsangiz, sizga jannat eshiklari ochilib. men bilan yonma-yon bo'lasiz." deb aytganlar. Bularning hammasi bir dengizdan tomchi xolos. Agar bir ayol siz bilan janjal qilsa, siz bilan bahslashsa, sizga baqirsa, sokin turing.

Umar ibn Xattob buni o'rgandi. U o'z ayollari bilan bahslashishni xohlardi, lekin bilasizmi, u jim turishni o'rgandi. Ayollarga o'z his-tuyg'ulariga ega bo'lishga ruxsat berish? Subhanolloh, qaysi din sizga buni o'rgatadi? Menda juda ko'p misollar bor, lekin sizning yozuvlaringiz abadiy davom etadi. Shunday qilib, siz Islomdagi ayollarning mavqeidan hayratda qoldingiz. Yanachi?

Universitetda o‘qib yurganimda men erkin hayot kechirganman Bu shuni anglatadiki, sizda bu qadar erkinlik bo'lganida, siz klublarga borasiz, raqsga tushasiz, ichasiz, bularning hammasini qilasiz, va bu deyarli baxtning keyingi lahzasini qidirayotgandek, yoki siz keyingi odamdan "ko'rinishingiz ajoyib!", yoki "Men sizni haqiqatdan yaxshi ko'raman", deb aytishi uchun tasdiq izlayotgandeksiz, bilasizmi, siz ayol sifatida ushbu tasdiqni olish uchun boshqa odamlarga qarab turasiz. Lekin men islomda buni qilish shart emasligini bildim. Bu boshqa odamlardan kelmaydi. Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.) bizga birinchi navbatda Alloh Subhanahu Taoloning roziligi bo'lishini o'rgatgan.

Allohni va Muhammad (s.a.v) payg'ambarimizni sevishni o'rganganingizda esa, o'sha mamnunlikni his qilasiz. Demoqchimanki siz buni eshitish uchun boshqa erkakka suyanishga muhtojlik sezmaysiz. Agar sizda bunday narsa bo'lsa Allohdan bo'lgan marhamatdir va siz shunday birga bo'lasiz. Alloh Subhanahu Taolo Qur'onda "Alloh erkak va ayolni teng ammo faqrli qilib yaratdi" deb aytadi. Va bu juda ajoyib. Va men bundan o'rgangan narsaga keladigan bo'lsak, Alloh Subhanahu Taolo bizga "Ayol sifatida o'ranib hijob kiyib yuring" deb buyurganining sababi bu bizning bir-birimizdan farqli qilib yaratilganimizda.

Men go'zal ko'rinishga, chiroyli ko'rinishga ega bo'lishga intilishim mumkin, lekin Alloh erkakni boshqacha yaratgan, u sizga qarab: "Bilasizmi, men unga yaqinlashishim mumkin" deb o'ylaydi. "Men buni qila olaman, yoki men buni ayta olaman." Shunday qilib Alloh aytadiki, "O'zingizni himoya qiling" "O'zingizni yopib yuring." Ammo bu istak erkaklarda haliyam bor. Chunki u halol bo'lganida, siz undan lazzatlana olasiz. Islomni 100% haqiqatdan iborat ekanligiga sizni ishontirgan asosiy narsa nima? Islomni 100% haqiqatdan iborat ekanligiga sizni ishontirgan asosiy narsa nima? Green Lane masjidiga kirish.

Men birinchi marta masjidga kirgan paytni eslayman, boshidan oyoqlarigacha qora, libos kiygan opa-singillarni ko'rgan edim. Xagvrtdagi Garri Potter sahnasini eslatishdi, u yerda ularning hammasi o'z liboslarida yurishadi. Va bu men o'ylagan birinchi narsa edi. Men shundan keyin Qoyil ular shunaqa bo'lish uchun tanlanganlar deb oyladim. Va o'zimni shunday ishonchli his qilmoqchi bo'ldim, chunki men kalta yubkada yurardim. Men bunga o'xshab kiyinib yurganda o'zimni qanday his qilishni bilmoqchiman. Bu shunchaki emas, ular juda mehmondo'st, juda mehribon, rahmdil, qo'llab-quvvatlovchi edilar.

Ba'zida biz boshqa odamlar bilan muloqotga kirishmaslik orqali o'zimizga buni murakkablashtirib qo'yamiz. Men hech qachon niqob kiygan musulmon ayollar bilan gaplashmasdim. O'zi men musulmon ayollar bilan gaplashmaganman. Shunday qilib, bu mening birinchi uchrashuvim edi. Shunchaki ularning tabassum qilishlari. fikrimizcha, niqob kiygan ayollar tabassum qilishmaydi. U yerdagi bor ayollarning barchasi jilmayishardi, kulishardi va hazillashardi. shunchaki suzib yurgan qora shakllar emas balki Buyuk ayollar edi. Shahodat kalimasini qanday keltirdingiz va o'zingizni qanday his qildingiz? Shhodat kalimasini keltirishim mening masjidga bo'lgan keyingi tashrifimda sodir bo'ldi. Ha. Alhamdulillah.

Va u yerda 60 yoki 70 ga yaqin odam bor edi. Shaodat kalimasini keltirgan vaqtimdagi insonlar hanuzgacha men uchun eng yaqin insonlar hisoblanishadi, Alhamdulillah. Shunday qilib mening Shaodat kalimasini keltirishim ajoyib bo'lgan. Juda ko'p titraganimni eslayman, lekin buni yaxshi his qilganman. Bilasizmi, shahodat keltirib, g'usl qilganimni eslayman va bu men uchun yangi hayot ekanligini his qildim. agar bilsangiz, Alloh subhanahu va taolo hamma narsani supurib tashlaydi, lekin keyin yana qilgan yaxshiligingiz mukofotini sizga beradi albatta. Buni juda yaxshi his qildim va men musulmon ayol shaxsiyatini qabul qilishga tayyor edim.

Shunday qilib, men o'qishni va o'rganishni boshladim Sizning oilangiz va atrofingizdagilar Islom dinini qabul qilishingizga qanday munosabatda bo'lishdi? Bu juda va juda qiyin edi. Ammo bu qiyinchilikda bir vaqtning o'zida osonlik ham bor edi. Men uni anglamadim, sababi ular meni butunlay ajratib qo’yishdi. Allohga suyanishdan o'zga choram qolmagan edi, sababi nikohim ham juda qiyin bir holatga tushib qolgandi. Yol'iz boshim bilan farzandli bo'lish ham o'z o'rnida qiyinchilik tug'dirardi. Oilamsiz hayotimni har jabhasi murakkablashardi sababi men ularga juda yaqin edim va ularni yaxshi ko'rardim.

Ba'zan uyquga ketish uchun boshimni devorlarga urmoqchi bo'lardim, sababi shunchalik dard chekkaningizdan, hotirangizdagi narsalarni o'chirib yubora olmaysiz o'y-fikringizdagi narsalar boshingizda qayta va qayta aylanaveradi. Ko'zim tushgan har bir narsada avvalambor ota-onamni, oilamni, hamma narsani ko'raverardim. Otam bilan dam olish kunlari Supermarketga borib oziq-ovqalar rastasidan xarib qilganimizni eslardim. Maslan Asda degan joyda qo'shiq eshitsam Singlim bilan ushbu qo'shib sadolari ostida raqs tushganimizni eslardim biror tele dasturni tomosha qiladigan bo'lsam masalan akam bilan o'shani tomosha qilganimni eslardim. Hamma hammasi.

Nikohimda muammo bo'ladigan bo'lsa oilam bag'riga chopib borgim kelardi, lekin bundaay qila olmasdim. Men tashqariga chiqib mashinada yolg'iz o'tirardim Shunday qilib oilasiz yashash bu haqiqatda juda ham qiyin edi. Musulmonlar sifatida biz o'z oilasi bilan ham shunday qilishlari va uni tark etishlari kerak bo'lgan sahobalarning hikoyalarini ham bilamiz va tushunamiz. Bizga ma'lumki, payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.) amakilariga: "Menga qarang, men o'zgacha hayot tarzini tanlayman", deb aytishga majbur bo'lgan. Biz o'rganadigan narsa shundaki, ular inson, va ular o'z his-tuyg'ulariga ega edilar. Endi esa, meni qalbimda ularga nisbatan hech qanday qarshilik yo'q.

men sizga onam hali ham men uchun namuna ekanligini aytgan bo'lardim. Xuddi payg'ambar Muhammad (s.a.v.) musulmon bo'lmagan amakisini yaxshi ko'rganidek, o'z amakisi uchun yig'lagan va u uchun hamma narsani qilgani kabi. Men ham onamga nisbatan xuddi shunday his tuyaman. U juda ajoyib ayol. U o'z his-tuyg'ulariga haqli. Men uni ranjitganim uchun o'lgunimcha undan uzr so'rayman. hamisha ular uchun duo qilaman. Men ularni juda ham yaxshi ko'raman. Ular yaxshi odamlar Men ota-onamning ko'z yoshlari sababchisi bo'lganimdan judayam afsusdaman.

O'ylaymanki, ba'zida islomni va o'z qarorimni himoya qilishga harakat qilganman ehtimol ota-onamga qarshi bu borada ovozimni balandlatib gapirganman, vaqtlarim ham bo'lgan Chunki bilasizmi Alloh Subhanahu Taolo Qur'onda: "Ota-onangiz musulmon bo'lish bo’lmasligidan qat’iy nazar, siz ularga juda hurmat bilan munosabatda bo'lingiz", deya marhamat qiladi. ba'zida o'zimcha men nima uchun haliyam musulmonman deya o'ylab qolaman. Sababi baz'ida shunqangi ko'p sinovlardan o'tasizki. Aytganimdek, xayolimda hamisha oilam bor, degan fikr bor. Ular mendan 1 soat uzoqlikdagi masofada. Nima uchun men haliyam bu tarzda hayot kechiryapman?

Men o'zim bilan o'zim kurashganimda, misol uchun bolalar bilan tortishganimda, yokida moliyaviy yoki boshqa muammolar bilan kurashganimda. Nima uchun men haliyam bu yerdaman? Va mana shu, menimcha, meni davom etishga undayotgan narsa. Chunki birgina misol tariqasida Ajrimni boshdam kechirganimni keltirishim mumkin. Bu juda va juda qo'rqinchli hamda juda qiyin bo'lgan. Va o'sha payt men yolg'iz edim, tirik qolish uchun kurashayotgan edim. Yechimini topishim zarur bo'lgan muammolarim bor edi Bir kuni men xolamni ko'rishga bordim. Bu shunchaki sodir bo'ldi. O'n yil ichida birinchi marta oilamdan kimdir menga mehr ko'rsatdi. U ajoyib edi. U menga choy tayyorladi.

U yonimga o'tirdi so'ngra: "Ahvollaring yaxshimi?" deb so'radi. Faqat shuni. "Ahvollaring yaxshimi?" Doimo shunaqa bo'ladi. Birinchi marta mening oila a'zoim mendan "Ahvollaring yaxshimi?" deb so'rashi edi. Va u, "Nima qilmoqchisan? Biror rejang bormi?" deb aytdi. Chunki menda hech nima yo'q edi. Mening borim bu uchta farzandim edi va Ollohga qasamki, men uning uyini tark etishni xohlamadim. Va men u yerda o'tirdim va o'yladim: "Ey, xudoyim, Islomimni yashirsam-chi? Islomimni qalbimda saqlasamchi?" Yoki uyga qaytsammikan? Ular meni yaxshi ko'rishadi ularnikida qolishni xoxlardim. Hammasidan vos kechmoqchi edim Dinimdan emas albatta. uni yashira olaman deb o'ylardim.

Men shunchaki hech kim ko'rmagan vaqtda yuqori qavatda ibodatimni qilmoqchi edim. Uyga qaytmoqchi ham bo'ldim Qadrallah, shu paytda 10 yildan beri ko'rmagan, juda kekyasgan buvim. xonadan chiqib keldi shunda xolam menga "Shoshil, uydan chiqib ket, agar u seni ko'rsa"... keyin nima bo'lishini bilmaymiz". Meni uydan qochib chiqib ketishga majburladi, orqa eshik tomonga yugur. qochib chiqib ketdim shu tariqa uyni tark etdim Xatto Xayrlashish ham qolib ketdi Men mashinamga o'tirdim. Mening birinchi munosabatim shunday edi: men shu paytda kimgadir qo'ng'iroq qilishim kerak, oilamga qaytishni xohladim Mening hech vaqoim hech kimim yo'q edi. Birinchi qilgan ishim dindor do'stimga qo'ng'iroq qildim.

U javob bermadi. Chunki u menga: "Yo'q, azizim, hammasi yaxshi, deb aytishiga muhtoj edim. Ikkinchi do'stimga qo'ng'iroq qildim, chunki uning Qur'on o'qishi juda go'zal edi men Qur'onni eshitishim kerakligini his qildim. U javob bermadi Keyin bu ishni qachongacha davom ettiraman deb o'yladim? Qachongacha birovlar meni qutqarishini kutaman? Axir Alloxning o'zi, "Kel yonimga, kel yonimga. Meni yodga ol, va men seni yodga olaman" deb aytganku. Alloh bilan aloqangiz to'g'ridan-to'g'ri. Shunday qilib, men mashinada o'tirdim va "Oyat al-Kursiy"ni uch martta o'qidim. Allohdan meni dinda saqlab qolishini so'radim. Men bilan nima sodir bo'lishini ahamiyati yo'q.

Shunchaki menga Musulmon sifatida o'lishga ruxsat ber. Va men shunday qildim. O'ylaymanki, bu yana bir muhim lahza bo'lib, unda men musulmon ekanligimni angladim. Chunki shayton ko'p marotaba sizning oldingizga keladi va sizni vasvasaga soladi... Sizni diningizga shubha bilan qarashga majbur qiladi. Men musulmonmanmi? Kim uchun musulmonman? Nima uchun men musulmonman? Menga islomda nima yoqadi o'zi? Siz zaif va tushkun holatda bo'lganingizda Shayton oldingizga keladi. Shunday qilib dinni o'rganish yo'lida sarf qilingan 9-10 yil vaqtim o'sha damda ko'z o'ngimda gavdalanadi. Bu men, tushunmaydigan bolalarga aytadigan gaplarimdan biri.

Ular islomning ma'naviy tomonini his qilmaydilar, chunki ular yosh Men ularga aytaman: o'rganishda davom eting, chunki siz bilmaysiz, tashlab qo'yganingiz, yoki o'rgangan barcha narsangiz, kuni kelib sizga qaytib keladi sizni hayotingizni qutqaradi. Shunday qilib, onangiz sizga "Madrasaga bor", "Davom et, islomshunoslik darsiga bor" degan. Ordigni holatga qaytishi uchun o'rganing. Siz shunchaki Musulmon bo'la olmaysiz. "Men Allohga ishonaman." Boring va o'rganing. Dinni o'qing, uni chuqurroq o'rganing. Uni oz-ozdan bo'lsada har kuni o'qing! Chunki siz uni tashlab qo'ysangiz shayton oldingizga kelib sizni bu yo'ldan og'dirishga harakat qiladi.

Shundan so'ng siz o'rgangan narsalar kelib, sizni albatta qutqaradi. Va shu meni o'sha kuni qutqardi. Kamera oldida men sizga rostini aytadigan bo’lsam boshqa misollar ham bor, o'zimga zarar yetkazmoqchi bo'lgan paytlarim ham bo'lgan. Masalan yuvinish xonasida bo'lgan vaqtimda oynadagi aksimga boqib, undan nafratlanib, o'zimga zarar yetkazmoqchi bo'lgan vaqtim bo'ganini eslayman. Yuvinish xonasida bo’lishning eng yomon tomoni, "Auzu billahi minash shaytonir rojiymni" aytolmaysiz. Keyin men boshimda "Derazadan tashqariga qara!" degan bir ovoz eshitildi Derazadan tashqariga qaradim, Zinapoyadan pastga qarab yugurdim. Eshiklarimni ochdim.

Va men bog'ga chiqdim, osmonga qaradim, shunda Qur'ondagi oyatni esladim... Bu Qur'onda kelgan deb o’yladim. Yokida bu hadisda kelgan. Alloh Subhanahu taolo "Iymon keltirgan kishilar uchun faqat osmonga qarab turishlari kifoya. u ular uchun bir oyat-belgidir" deb aytadi Va tiz cho'kib Allohga "Meni dinda saqlab qol" deya yolvordim. Bu erkinlik. Bu qoniqish. U yerda siz hech kimga suyanishga muhtojlik sezmaysiz. Allohdan boshqa. Va men ham shunday yo'l tutdim. O'zimga zarar yetkazmadim sababi Alloh men bilan edi. Xo‘sh, musulmon bo‘lgan 14 yillik hayotingizdagi lahzalar ichida siz oilangizga eng muhtoj bo‘lgan, bilasizmi, lekin unga ega bo‘la ololmagan paytingiz qaysi edi?

Nikohimdagi qiyinchiliklar. Otamga juda muhtojlik sezganman. Men uning himoyasiga muhtoj edim. Har bir ayol huddi menda o'sha paytda bo'lgani kabi hech bo'lmasa akasining yonida bo'lishiga muhtojlik sezadi. Men buni eng ko'p sog'inganman. Hayotingizning har bir jabhasidagi mahramingizni himoyasi va xavfsizligi. Bilasizmi, bu narsa, huddi... "Ey ayollar, biz erkaklarga muhtoj emasmiz." Qo'ysangizchi. Shubhasiz muhtojsiz. Hayotingizdan erkakni boy berib qo'yganingizdagina unga muhtoj ekanlikingizni anglab yetasiz Mening onam, uni farzandli bo'layotganimda his qilganman sababi meni onam huddi.... ochig'ini aytsam U qudratli ayol!

Men undan o'rganishni xohlardim, lekin Alhamdulillah menda juda yaxshi xotiralar bor edi va onam shu qudratli ayolga aylanganida men u bilan ko'p vaqt o'tkazgandim. Shunday qilib, Alhamdulillah, menda hali ham uning ta'limotlari bor. Hali ham ko'p jihatdan ota-onamning yo'l-yo'rig'iga amal qilaman, chunki bu islomga zid emas, O'ylaymanki, har bir yangi musulmon uchun o'z oilasini sevishini tan olish muhimdir. Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v) amakilarini yaxshi ko'rar edilar. Menga keladigan bo'lsak, men ota-onamga ularni sevishimni, hurmat qilishimni aytgan bo'lardim. Men haliyam sizning bir bo'lagingizman, mening tomirlarimda sizning qoningiz oqmoqda. Haliyam siz bergan ta'lim-tarbiya bor.

Sizlar menga o'rgatgan barcha narsalarni rad etganim yo'q. Bu imkonsiz. Sizlar mening namunalarimsiz. Sizlar mening borlig'imsiz. Sizlar bilan yana o'tirish uchun har qanday narsani qilishga tayyorman. Men qila olmaydigan yagona narsa bu sizlarni Ollohga yuzlantirishdir. Siz biror marta Alloh bilan o'zgacha munosabatda bo'lish tuyg'usi paydo bo'lgan ajoyib hodisani boshdan kechirganmisiz? O'ylaymanki, men hayotimdagi ko'plab qiyinchiliklarni tushuntirdim. Allohning menga bergan ne'matlarini aytib bermoqchiman. Alhamdulillah. Qarang, İkkita voqeani tasvirlab beraman. Bir vaqtlar men juda qiynalib yurganman, to'g'rimi? Ko'p marotaba kurashganman. Subhanallah.

Bilasizmi, kimdir menga kurashayotgan vaqtingda bolalaringni orom olayotgan vaqtida ularni tomosha qil deb aytdi. Va men shunday qildim. Xullas men hayotda taslim bo'lishga tayyor bo'lgan payt edi O'zimdan nafratlanib, boshqalarga og'ir yuk bo'ldim, deb o'ylardim. Nima bo'lganda ham. Men birinchi bo'lib qizimning xonasiga bordim, u o'sha paytda 11 yoshda edi, lekin u ham mening besh yashar qizimday ko'rinradi. Subhanalloh. Bilasizmi, Bu mening qizim. Alloh taolo menga qiz ato etgan. Alloh taolo men orqali bir qalb undirgan. tasavvur qilyapsizmi Men keyin o'g'illarimning xonasiga bordim, ular ham qitiq uyquda edi.

Men yana o'zimga o'zim Mulk surasida kelgan "Juda oz shukr qilurlar" oyatini o'yladim. Qanday shikoyat qilaman deya o'yladim. Men o'zimdan qanday nafratlanamanki, Alloh taolo menga uchta farzandni ato etgan bo'lsa. O'sha paytda men uni qardlaganim sababli ya'ni qancha ko'p shukur aytganim sababli Allohga shunchalik yaqinlik his qildimki. Paygʻambarimiz (s.a.v) da sizga eng koʻp taassurot qoldirgan narsa nima edi? U kishining tabiati, doimo U kishining tabiatida, ayollarga bo'lgan munosabati. Qizini o'pmaydigan odam bilan gaplashishni istamaganlarida ayollarga qilgan muomalalari.

U kishining xotinlariga his-tuyg'ularni his qilish, boshdan kechirish va uni eng yaxshi tarzda hal qilish imkonini berishlari haqidagi dalil. U kishining o'z xotinlari Oysha (r.a) ni taklif qilmagani sababli do'stining ziyofatiga bormaganliklari haqidagi dalil. Hamma narsa, U kishining muloyimligi, xotinlari bilan muomala qilganda adolatliligi, va keyin jang maydonidagi kuch-qudratlari. U kishining Taifda bo'lganlarida, yordam so'rab borganlarida ko'rsatgan zaifliklari. Buning o'rniga, U kishi bilan nima bo'lganini ko'ring. U kishi ham yig'lay olishlari haqidagi dalil. Bilasizmi, hozir erkaklar "Biz yig'lay olmaymiz. Biz shunday katta bo'lishimiz kerak" deb o’ylashadi.

Yo'q, U kishi yig'ladilar. Bilaszimi biz gender haqida gapiramiz, ayol va erkaklar o'rtasidagi farq haqida. Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v) ga nazar soling. Hozirda men Yosir Qoziy tomonidan yozilgan “U kishining siyratlari” kitobini o‘qiyapman va har bir bandidan nimanidir o‘rganyapman. ajoyib kitob. Barchaga buni buni o'qishni maslahat beraman. Voqea o'lim to'shagida Oysha (r.a) bosh og'rig'idan shikoyat qilgan paytdan boshlanadi, u bosh og'rig'idan shikoyat qiladi va U kishi kulib: "yo'q, lekin mening bosh og'rig'im haqida nima deysiz? Men o'layapman, bilasizmi?" deya hazil qilishlari.

Va Subhanalloh, U kishi o'z hayoti davomida biz yaxshiroq inson bo'lishimiz Jannatga erishishimiz uchun shularni boshdan kechirdi. Bu U kishining barcha qurbonliklari, oilasi, boyligi, U kishi boshdan kechirgan barcha sinovlari. Nima uchun? albatta biz uchun. Islomga kirishingizdan avvalgi va kirganizngizdan keyingi hayotingizdagi maqsadlaringiz qanday edi? Ey Xudo, mening maqsadim uyimga borish edi. Uyimga Allohni oldiga borishni xoxlayman. Shunchaki uyga borishni xoxlayman. Men Alloh taolodan o'sha yerda bo'lganimda oilamni berishini so'rayman. Yo Alloh, menga oilamni ber. Bu bir o'tkinchi dunyo. Doimo o'zimga o'zim shunaqa deb aytaman. Bu bir o'tkinchi hayot.

Siz bu yerda abadiy qolmaysiz. Shunchaki uyga bormoqchiman. Suhbatimiz so'ngida, sizni kuzatib turgan, qalblari Islomga yaqinlashayotgan, ammo qarindoshlarining yoki yaqin do'stlarining munosabatlaridan qo'rqayotgan odamlarga nima deyishni xohlardingiz? Yakuniy maqsadingizni yodda tuting. Yakuniy maqsadingiz bu... Hatto sizda bir to'plam iymonga ega bo'lsangiz ham, hatto uni biroz his qilsangiz ham, sizning yakiniy maqsadingiz bu jannatga erishishdir. Agar siz chindan ham Xudo borligiga ishonsangiz, birinchi navbatda o'zingizni bilimli qilishingiz kerak degan bo'lardim O'zingizda bor bo'lgan ozgina narsani ushlab turing va o'rganing.

Shaytonga kelib sizdagi ozgina narsangizni olib ketishiga yo'l qo'ymang, sababi u ilk bosqichlarda juda ko'p harakat qiladi. Shayton kelib sizni bu yo'ldan qaytarish uchun juda qattiq kurashadi. Shuning uchun o'rganing, o'zingizni bilimli qiling. Oldingizga maqsadlar qo'ying. qalbingizdagi maqsadingizni ko'ra biling. Va sizga aytadigan bo'lsam, meni hayollarimda ovozlar bor edi. Ba'zida men hayolimdagi salbiy va ijobiy ovozlar bilan suhbat quraman, va ba'zida, bu siz qilishingizga to'g'ri keladigan narsa bo'lib chiqishi mumkin. Siz buni baland ovozda baralla aytishingiz kerak bo'ladi. "Yo Alloh, Yordamingga muhtojman" deya. "Meni hidoyatga boshla Sirot al-Mustaqim" deya.

Agar shunday bo'lsangiz, bilasizmi, sizda "Oilamning munosabati tufayli shunday qilishim kerakmi, kerak emasmi?" degan savollar paydo bo'ladi. Bilib qo'ying siz bu dunyoni yolg'iz tark etasiz. Qiyomat kuni qayta tirilganingizda oilangiz siz uchun u yerda bo'la olishmaydi. Agar siz qiyomat kuniga ishonmasangiz, chunki ba'zi odamlar ishonmaydi, ha? O'zingiz o'ylab ko'ring, bu dunyoda oilamdan nima naf ko'ryapman deb? Bilasizmi, ma'naviyat, Xudoga ishonishdan qanday foyda olaman deb? Shu o'rinda men eng muhim narsa bu o'rganishdir deb aytgan bo'lardim Shunchaki o'rganishda davom eting sababi siz u yerga borasiz. Yuragingizda u yerga borishni istayotgan samimiy niyatingiz bo'lsin.

Alloh taolo: "Men tomnga bir qadam tashla, jim turma" Agar musulmon bo'lish haqida o'ylayotgan bo'lsangiz, yana bir qadam oldinga, tashlang va Alloh siz tomonga yugurib keladi.