Towards Eternity
Blogga qaytish

“Men Hindu Ma'budalariga Shubha Qildim” — Atigi Bir Surah Uni Islomga Yetakladi

Nashr sanasi

YouTube’da ko‘rish

Men hindu sifatida ulg‘ayganman. Xudoga yetib borish uchun ushbu butlar orqali o‘tish kerak. Bu butlar juda ulkan, rang-barang, yorqin tasvirlarda berilgan. U o‘tirgan uyga borganimda men hayratda qoldim. Ular menga «Bu sening xudoying», deyishdi. U sakkiz-to‘qqiz yoshlar atrofida edi. U mendan kichik edi. Sai Baba degan bir kishi bor edi. U izdoshlarining oldida barmoqlarini mana shunday ishqalardi va sehrli tarzda qo‘llaridan kul paydo bo‘lardi. U og‘zidan oltin tuxumlarni chiqarardi. Singlim «Do‘stlarim meni Islom haqidagi bir tadbirga taklif qilishdi, dedi. U yerga borganimda hayratda qoldim. Badanim junjikib, suyaklarim muzladi. Avval bunaqasini eshitmagandim.

Keyin, albatta, Qur’onga duch keldim. o‘sha to‘rt oyatni o‘qiganimda, go‘yo miyamda birdan nur charqlab, ko‘zlarim ochilgandek bo‘ldi. Men: « Xudoyim!» dedim. Albatta, bu ota-onamga ham ta’sir qilardi. «Farzandingni dushman tomonga o‘tishiga yo‘l qo‘ydingmi?» deyishardi. Bularni o‘ylasam, hamon hayajonlanaman. Assalomu alaykum, Salahuddin Patel. Bizga qo‘shilganingiz uchun katta rahmat. Dasturimizda sizni ko'rganimizdan xursandmiz. Suhbatni Salahuddin Patel kim? Hayotingiz haqida qisqacha gapirib bering. Alhamdulillah. Assalomu alaykum. Mening ismim Salahuddin Patel, men Buyuk Britaniyaning London shahridanman. Londonda ulg‘ayganman. Asli hindu oilasida tug‘ilib o‘sganman.

Ota-onam asli Hindistondan, onam esa Ugandada ulg‘aygan. Men 1980-yillarda ulg‘ayganman. Bu juda qiziqarli davr edi. Vaqt o‘tishi bilan ayrim narsalar mantiqqa to‘g‘ri kelmasligini seza boshladim. Universitetda o‘qib yurganimda Islomni qabul qildim. E’tiqod masalasida nimaga ishonardingiz? Men hindu sifatida ulg‘ayganman. Ko‘pchilik kabi oilaviy an’analarga ergashib, ularga shubha qilmaganman. Ularni haqiqat deb bilardim. Otam bizni oilaviy ma’badga olib borardi. Bilsangiz butlar juda ulkan bo'ladi. Ular taxminan 3–4 metr balandlikda bo‘lib, boshingizni tepaga qilib tomosha qilasiz. Juda rang-barang, yorqin tasvirlar bilan yasalgan. Bola bo‘lganim uchun bu menga juda qo‘rqinchli tuyulardi.

Bu butlar juda yorqin bo‘lardi. Ularning ko‘pchiligi ko‘k rangda bo'lib, odamlar but moddiy shaklda namoyon bo‘lishiga ishonishardi. Xudoga yetish uchun ushbu butlar orqali o‘tishingiz kerak. Sizda savol tug'ilmasdi. Shunchaki: «Bular ajdodlarimiz, ota-bobolarimizdan qolgan amaliyotlar», derdingiz. Nimaga e'tiqodingizni shubha ostiga qo'ydingiz? O‘sha paytda yuqori sinfda o‘qirdim. Televizorda «Mahabharata»ni tomosha qilardim. Shunda bu g‘oyalarni savol ostiga qo‘ya boshladim. Chunki bu mantiqli tuyulmasdi. Chunki mantiqan qaraganda ayrim narsalar umuman to‘g‘ri kelmasdi. Xudo tabiatan cheklangan inson bo‘lishi, uning bilmaydigan narsalari borligi...

Xudo boshqa bir xudoning yordamiga muhtoj bo‘lishi... Uning dunyoga kelishi, u dunyoning ichida bo‘lib, shu bilan birga undan tashqarida ham bo‘lishi g'alati holat edi. Bir kuni uyda akam bilan birga o‘tirgandik. Ota-onamiz «Biz bir muqaddas insonni ziyorat qilishga boramiz» deb qolishdi. O‘sha uyga borganimizda esa men hayratga tushdim. Bu oddiy uy edi, lekin u yerda yosh qizning oq kiyimda o‘tirgan turli suratlari bor edi. Tasavvur qiling, uy bo‘ylab o‘tirgan qizning ulkan suratlari joylashtirilgan edi. Bizni uyning ichidagi qiz o'tirgan maxsus xonaga olib borishdi. O‘shanda menga «Bu sening xudoying», deyishganini eslayman. U taxminan 8–9 yoshlar atrofida edi. U mendan kichik edi.

«Ha, qara, undan duo olishimiz kerak, unga ibodat qilishimiz kerak», deyishardi. Ota-onam bunga jiddiy qarashardi. Ulg‘ayganim sari bu yerda nimadir noto'g'riligini anglardim. «Nega bu yosh qizga ibodat qilyapman?» derdim. Lekin ota-onam ham ibodat qilishardi unga. Ular sizga nima deyishsa siz buni haqiqat deb bilasiz. U qiz mendan kichik, u ham men kabi inson, ammo u meni yaratuvchim ekanligini aytishardi. «Unga ibodat qilib, sig‘inishimiz, uning oldida sajda qilishimiz kerak», deyishardi. Men bu noto'g'ri deb o‘ylardim. Yana bir misol — balki ba’zilar bilsa kerak, Sai Baba degan bir kishi bor edi. U hindistonlik guru edi. U juda mashhur bo‘lib, Hindistonda millionlab izdoshlari bor edi.

Bizda uning surati bo'lardi. Diniy libosda tushgan surati, bo‘ynida gullar shodasi bor edi. Bizda uning buti ham, surati ham bor edi. U uyimizda turardi. Ota-onam unga sig‘inishardi. U izdoshlari oldida turganida, barmoqlarini mana shunday ishqalardi va kul go‘yo o‘z-o‘zidan sehrli tarzda uning qo‘llaridan paydo bo‘lardi. Ular esa: «Bu baraka», deb o‘ylashardi. U yana og‘zidan oltin tuxumlarni qaytarib chiqaradigan bir ish qilardi. Masalan, metall likopchani tasavvur qiling. Keyin u qandaydir narsalarni o‘qib, allaqanday mantralarni aytardi. Tomoshabinlar qarab turishardi. Keyin u go‘yo qusmoqchi bo‘lgandek qilardi, va birdan og‘zidan oltin tuxumlar chiqardi.

Kul masalasiga kelsak, u barmoqlari orasiga kichkina kul sharchalarini yashirib qo‘yardi. Keyin qo‘lini mana bunday va yana bunday harakatlantirganda, aslida o‘sha sharchalarni maydalab yuborardi. Oltin tuxumni yengining ichiga yoki boshqa bir joyga yashirib go'yo og'zidan chiqayotgandek ko'rsatardi. Bu qo'llarni chaqqonligi edi. Hinduizmda bunday amaliyotlar aslida juda ham ko'p. Odamlarni aldash uchun shunday usullardan foydalanadigan odamlar ko‘p. Men bu narsalar mantiqqa to‘g‘ri kelmasligini anglab yetdim. Lekin Xudo bo'lishi kerak-ku. Shuning uchun Xudoga murojaat qilganimda, shunchaki Xudo bilan o‘z tilimda, ingliz tilida gaplashardim.

Masalan, Xudodan: «Bunda menga yordam ber», Buning uchun meni kechir», derdim. Menimcha, bu hammamizda tug‘ma, ya’ni ichimizga joylangan narsa. Shu tuyg‘u bilan bog‘lanardim. Islom sari yo‘lingiz qanday boshlandi? Musulmon bo‘lishimdan oldin do‘stlarim bilan Juma namoziga borardim. Masjidda qator-qator bo‘lib turgan odamlarni ko‘rganim esimda. Lekin bu amaliyot, hinduizmdagiga umuman o'xshamasdi. Ayniqsa sajdaga borilganda, ya’ni qo‘llaringizni yerga qo‘yib, yuzingizni ham yerga tekkizasiz, bu mutlaq taslim bo‘lishning belgisi. Umrimda hech qachon bunday ish qilmagandim. Cherkovda ham, ma’badlarda ham, buddaviylar ibodatxonalda ham buni ko‘rganman.

U yerlarda yo turli tasvirlar, yo butlarni ko‘rardim. Masjidda esa siz hech narsa ko‘rmaysiz. Hammasi sodda va oddiy, oldinda faqat minbar bo‘ladi, imom o‘sha yerda turadi. Juda toza, sodda, ortiqcha narsalardan xoli, faqat Allohga ibodat qilasiz. Shu bois biror butni ko‘rmaganim g‘alati tuyuldi, lekin shu bilan birga bu e’tiqodimni tasdiqlagandek bo‘ldi. Qalbimda xotirjamlik paydo bo‘ldi, hech kim pul so‘ramasdi. Hech kim bu xudoga pul berishing kera, demasdi. Ibodat qabul bo‘lishi uchun biror taom nazr qilish shart emasdi. Mana shu narsa juda chiroyli edi. Keyinchalik Islom dinini o‘rgana boshladim. Avvaliga uni Pokiston dini deb o‘ylagandim. Keyin esa turli millat vakillarini ko‘rdim.

Arablar, afrikaliklar, osiyoliklar, turklar. Bolaligimdan turk do‘stlarim ham bor edi. Musulmonlar juda samimiy, saxiy va ozoda ekanini eslayman. Ularga nisbatan iliq tuyg‘u paydo bo‘ldi. Keyin aslida ham shunday bo'lishi kerak dedim. Islomda yagona, mutlaq va tavhidga asoslangan Xudo tushunchasi bor. U abadiy hisoblanadi. Hinduizmda esa juda ko‘p xudolar mavjud. Xudoning yaratilish olamiga kirib kelishi esa Islomdagi tushunchaga zid. Nasroniylikda Trinitariya tushunchasiga duch kelasiz. Ular buni yakkaxudolik deyishadi, lekin buni ilgari ko'rmaganman. Hinduizmda ham Trimurti tushunchasi bor. Bu Uchlikka o‘xshash o‘ziga xos tushuncha. U yerda ham yakkaxudolikka olib borishadi.

Qadimgi yunon mifologiyasini o‘rganganimda, fors va Bobil mifologiyalarida ham Uchlik tushunchasi borligini ko‘rdim. Go‘yo bu tushuncha asrlar davomida takrorlanib kelgandek. Shuning uchun «Odamlar e'tiqodida baribir yagona, universal haqiqat bo‘lishi kerak», deb o‘yladim. Keyin Islomning asosiy aqidasiga duch kelib, bundan hayratda qoldim. Xudo yaratilgan narsalarning bir qismi emas, U cheksiz qudrat sohibi bo‘lgan Zot. Hayotimda ilk bor men uchun haqiqat deb bilgan narsalarimga mos keladigan dinni uchratdim. Keyin esa Qur'onda «Ixlos» surasiga duch keldim. O‘sha to‘rt oyatni o‘qiganimda, qarshimdagi nur xayolimda birdan yongandek bo‘ldi. «Ayting: U — Alloh yagonadir».

«Ha, yagona Xudoga ishonaman», dedim. U abadiy, mutlaq va behojatdir. Albatta, Xudo yaratilgan mavjudot bo‘lishi mumkin emas. U hech kimga muhtoj emas. «U tug‘magan va tug‘ilmagan». Ya’ni Uning ota-onasi ham, farzandlari ham yo‘q. Men esa xudolarning o‘g‘illari va qizlari, yarimxudolar bor olamdan kelgandim. Islomda Xudoning ota-onasi ham, farzandlari ham yo‘q. Ha. Ammo eng muhimi, Unga hech kim teng emas. Ya’ni Xudo haqida tasavvur qilishingiz mumkin bo‘lgan har qanday narsa, U yaratilishning bir qismi emas. Barcha tasavvurlarimizda ko‘rib turgan narsalarimizdan kelib chiqadi. Shunda «Yo tavba», dedim. Bu men uchun bu juda mantiqli edi.

Keyin ilohiyotga oid kitoblarni o‘qiy boshladim, Qur’onni o'qidim, men tobora yaqinlashib borardim, ular esa menga Islom haqida tobora ko‘proq ma’lumot berishardi, Qanday ibodat qilishlarini, bir safda birgalikda namoz o‘qishlarini ko‘rardim, Universitetni tamomlaganimda, endi bir qarorga kelishim kerak edi: endi nima qilaman? Agar hozir qilmasam butun umrimni yolg‘on bilan yashab o‘tadegandek bo'lardim. Men bunday qilolmayman. Bir qarorga kelishim kerak. Shunday qilib do'stlarimga qarorimni aytdim, ular hayratda qolishdi. Men asosiy amaliyotlari yoki asosiy aqidasi haqida umuman bilmasdim. Bilganim bu haqiqat va bu qadamni tashlashim kerakligi edi.

Bu — Allohning dini, bu — haqiqat, bu — to‘g‘ri yo‘l. Shahodatni aytganingizda nimalarni his qildingiz? O'sha kun haqida aytib bering. O‘sha kunni eslasam, juda-juda hayajonlanganligim yodimga tushadi. Shahodat kalimasini aytganim esimda, ko‘pchilik aytgandek yelkangizdagi ulkan bir yuk ko‘tarilib yurgandek bo'lib... Birdan yengillikni his qilasiz. Aytib bo'lgach do‘stlarim meni quchoqlashdi, bu ta'sirli edi. O‘zingizni yengil va Alloh bilan bog‘langandek, qalbingizda xotirjamlik borligini his qilasiz. Ota-onangiz bunga qanday munosabat bildirishdi? Islomni qabul qilganimda, bu hisobga olishim kerak bo‘lgan masala edi, ammo yolg‘on bilan yasholmasligimni yaxshi bilardim.

Shunda ota-onamga ham aytishim kerakligini tushundim. Ularga aytganimda xursand bo‘lishmadi. Ko‘ngillari qoldi. Onamni juda qattiq jahli chiqdi, otam esa shunchaki buni tushunmadi. Endi menga oiladagi «oq qarg‘a» dek qarashardi. Ayniqsa hindular jamoasidek kichik bir jamoada bu gap tez tarqaladi. Bu albatta ota-onamga ham ta’sir qildi. «Qanday qilib farzandingizni dushman tomoniga o‘tishiga yo‘l qo‘ydingiz?» Men yo‘limda davom etaverdim, Shahodat kalimasini aytganim va o‘zimni yaxshi his qilganimga qaramay, nimadir yetishmayotgandek edi. Men kuniga besh mahal namoz o‘qimasdim. Keyin... ha, Alloh menga bir ishora yubordi. Bu aql bovar qilmasdi. Eslasam hamon hayajonlanib ketaman.

Yangi musulmon bo'lsangiz ko‘pincha yolg‘iz qolasiz. Kechirasiz, yig‘lamoqchi emasdim. Bu taxminan 2008–2009-yillar edi, videolar ko‘rib, bilim olishga harakat qilardim va shunda Alloh menga bir ishora yubordi. Singlim mendan o‘n yosh kichik. O‘sha paytda hinduiylikka amal qilardi. Bir kuni u menga: «Do‘stlarim meni bir tadbirga taklif qilishdi», dedi. «Bu Islom haqida edi. Mayli, boramiz», dedim. Tadbirda juma kun tanishtiruv bo‘lardi, keyin esa butun dastur shanba va yakshanba kunlari davom etardi. U nufuzli mehmonxonalardan birida o‘tkazilardi. U yerga borgach hayratda qoldim. Ilgari bunaqasini ko‘rmagandim. Shayx oyatlarni jonli tarzda tilovat qilganini eslayman.

O'shanda butun vujudim junjikib, suyak-suyagimgacha ta’sir qilgandi. Bunaqasini hecham eshitmagandim. Shunda men Din aslida mana shundan iborat dedim. O'sha kuni «Bu juda go‘zal ekan», dedim. Yuzlab odamlar yig‘ilgan ajoyib tadbir, ilgari bunaqasida qatnashmagandim, men ro‘yxatdan o‘tmagandim, singlim esa o‘tgandi. Shunda singlimga «Agar biror savoling bo‘lsa, shayxdan so‘ra, ha, agar savollaring bo‘lsa, xavotir olma, do‘sting bilan birga bo‘lasan», dedim. Chunki uning somalilik dugonasi aslida ko‘ngilli bo‘lib ishlardi. Singlim ham shu sababli taklif qilingandi. Shanba kungi o‘sha kunni juda yaxshi eslayman.

Men do‘stlarim bilan odatdagidek o‘z ishlarim bilan yurardim, hamma odamlardek shanba kuni bekorchi edik. Kechqurun singlim menga «Salom, men dastur davomida savollar berdim va yakunda Shahodat kalimasini aytdim» degan xabar yozdi. Umuman kutmagandim. Shayx... u bu voqeani shunday aytib berdi. U juma kuni kelgan, u bilan keyinchalik tanishgan. Oldinda erkaklar, orqada ayollarni ko'rgan. Ma’ruzaga tayyorlanayotganida ayollar bo‘limida bir ayolning hijobsiz o‘tirganini ko‘rib qolgan. Keyin savol-javob bo‘lib o‘tgan. U hijobsiz o‘sha ayolni yana ko‘rgan, singlim savollar bera boshlagan. Shunda singlim musulmonmasliginni darhol tushungan.

Shundan keyin u da’vat qilishga kirishib, unga savollar bera boshlagan. U buni aqlli tarzda olib borgani uchun, oxirida singlimga «Bularning bari sizga mantiqli bo‘lsa va boshqa savolingiz bo‘lmasa, Islomni qabul qilishni o‘ylab ko‘rmaysizmi?» degan Shunaqa gaplar bo'lgan. Singlim esa javob topa olmagach barcha ayollar oldida Shahodat kalimasini keltirgan. Bundan ham ko‘proq hayratga solgani, axir u o‘sha paytda amaliyot o‘tayotgan o‘qituvchi edi, Islomni qabul qilganidan so‘ng, u to‘liq hijob va abaya kiyib oldi. U maktabga borganida, barcha bolalar «Ustoz, ustoz, sizga nima bo‘ldi?» deyishibdi. Chunki u butunlay o‘zgarib qolgandi...

«Sizni musulmon bo‘lishga kimdir majburladimi?» desa U: «Yo‘q, yo‘q, o‘zim qabul qildim», debdi. Ishida musulmonlar ham bor edi, uning ishdagi hamkasbi bundan xursand bo‘libdi. Men uchun esa bu javob edi. Men Allohdan so‘ragandim va javob singlim orqali keldi. U men uchun tayanch bo‘ldi. U, bilasizmi, ayollar erkaklardan yaxshiroq deganimdim-ku, u darhol dinni amalda qo‘llab, dinga jiddiy yondashdi. Bu, albatta, menga ham yordam berdi. U shahodat aytib musulmon bo‘lganim unga katta ta’sir ko‘rsatganini aytdi. Men buni sezmagan ekanman, lekin u bu haqda o‘ylayotgan ekan. Albatta, hidoyat beruvchi Zot — Alloh.

O‘sha dekabrda singlim oldimga kelib «Meni yangi musulmonlar bor bo'lgan, dinning asoslarini o‘rgatadigan dasturga taklif qilishdi, borasizmi?" dedi. Men "Nega bormaylik, boramiz, baribir boshqa ishimiz yo‘q, nimani yo‘qotardik?» dedim. Biz o‘sha oromgohga bordik, u yerda boshqa yangi musulmonlar bilan tanishdim, ularning yo'li menikiga o'xshardi, sikx oilasidan, yana nasroniy oilasidan chiqqan, xitoylik, buddist oilalaridan chiqqan birodarlar bilan tanishdim. Go‘yo Alloh meni hidoyat qilayotgandek edi, Alloh eng yaxshi reja qiluvchidir. O‘sha paytda menga bu kerak edi, shundan so‘ng IREAdagi dasturlarda qatnasha boshladim.

Sizga biror inson uchun ijobat bo‘ladigan duo qilish imkoniyati berilsa, kim uchun va nima deb duo qilardingiz? Men hech ikkilanmasdim, barcha yangi musulmonlar bir xil javob berishsa kerak. Bu javob — ota-onam. Yangi musulmonlar uchun eng og‘ir masala... sizni voyaga yetkazgan ota-onangiz hidoyat topmaganini o‘ylashdir. Payg‘ambarimizni qaysi hislati sizni eng ko‘p hayratga soldi? Payg‘ambarimiz, odamlar unutib qo‘yadi, lekin u zot butlarga to‘la jamiyatda voyaga yetganlar. Ka'bada 360 ta but bor edi. U zot esa uni poklash uchun keldi. U zotga topshirilgan xabar — butparast jamiyatda sof tavhidni targ‘ib qilish edi, vaholanki, bu jamiyat dastlab aslida yakkaxudolik e’tiqodida bo‘lgan.

Payg‘ambarimiz qilgan ishlar bilan kuchli bog‘liqlikni his qilaman. U zot o‘sha hududni pokladi, butlarga sig‘inishni yo‘q qildi buni o‘z boshimdan o‘tkazganim uchun juda yaxshi tushunaman. Hinduizmning asosiy e’tiqodi nimadan iborat? Ha, hinduizmning asosiy e’tiqodlari boshqacha. Bu ko‘pxudolik dinidir. Ya’ni ular juda ko‘p xudolarga ishonishadi. Shunda ayrim narsalar chalkash tuyula boshlaydi. Chunki aslida qaysi xudoga ibodat qilishim kerak? Agar xudolar juda ko‘p bo‘lsa, ular tartibni va boshqa masalalarni qanday boshqarishadi? Hayot va o‘lim haqidagi qarashlariga kelsak, hinduizmda reinkarnatsiya, ya’ni qayta tug‘ilish tushunchasi bor.

Ya’ni inson yana bu dunyoga qaytadi, qanday hayot kechirganiga qarab qayta tug‘iladi. Yaxshi ishlar qilgan bo‘lsang, keyingi hayotingda yuqoriroq darajadagi mavjudot bo‘lasan. Agar yaxshi kalamush bo‘lgan bo‘lsang, keyingi hayotingda, ayiq bo‘lib tug‘ilishing mumkin. Inson sifatida yomon hayot kechirgan bo‘lsang, keyingi hayotingda pastroq darajadagi mavjudot bo‘lib qayta tug‘ilasan. Masalan, suvarak bo'lishing mumkin. O'ylab qarasangiz unchalik yoqimli emas, a? Hinduizmda hayot va o‘limning butun aylanishi shu tarzda tushuniladi. Bu qarash insonlarga ham tegishli.

Tug‘ma nogiron, qandaydir jismoniy cheklov yoki nuqson bilan tug‘ilgan bo‘lsa, afsuski, odamlar unga yomon munosabatda bo‘lishlari mumkin. Chunki ularning diniy qarashiga ko‘ra, bu inson avvalgi hayotida yomon odam bo‘lgan. Bu esa zulmga, adolatsizlikka va jamiyatda inson sifatida qadrlanmaslikka olib kelishi mumkin, ya’ni ularni jamiyatdan chetlatishadi. Bu to‘g‘ri emas, chunki bu insonlar begunoh, ular shundoq ham yengib o‘tishlari kerak bo‘lgan qiyinchiliklarga ega.

Yana kasta tizimida «daxlsizlar» deb ataladigan guruh bor, ular jamiyat tomonidan chetlashtiriladi, ular boshqalar bilan teng imkoniyatlarga ega bo‘lishmaydi, Sen shu tizim ichida tug‘ilsang — undan hech qachon chiqib keta olmaysan. Yana antropomorfizm, ya’ni xudoni insoniylashtirish tushunchasi ham mavjud. Ular tashqi ko‘rinishidan insonlarga juda ham o‘xshaydi. Ya’ni ularning ko‘rinishi insoniy. Antropomorfizm degani shuki, xudo qandaydir adolatni qaror toptirish uchun inson yoki qandaydir hayvon qiyofasida dunyoga tushadi, degan tushuncha mavjud. Bunga Ganesh misol bo'loladi. U inson tanasiga ega xudo, ammo uning boshi filniki. Buning ortida ham bir hikoya bor.

Bu tushunchaga ko‘ra, bilasizmi, bir kuni bu ikki xudo turmush qurishadi, ulardan biri, ya’ni otasi bir muddat yolg‘iz qolish uchun ketib qolishi kerak bo‘ladi. U xotinining homilador ekanini bilmagan. Bir necha yil, taxminan o‘n yildan keyin, u uyiga qaytadi va uyga kirmoqchi bo‘ladi, ammo o‘zi bilmagan o‘g‘li uyini qo‘riqlayotgan bo‘ladi, u esa bu odamni o‘zining otasi ekanini bilmaydi va uni tanimaydi, u esa uyga kirmoqchi bo'ladi. Ular o‘rtasida olishuv bo‘ladi va o'sha xudo bu bolaning boshini chopib tashlaydi. Shunda onasi tashqariga yugurib chiqib, «Nima qilib qo‘yding, bu bizning o‘g‘limiz-ku», deydi.

Xudo o‘g‘lini qutqarish uchun eng yaqin hayvonni topishga harakat qiladi, u esa fil bo‘lib chiqadi. Bu men uchun muammoli bo‘lgan jihatlardan biri edi. Jeykni bilasiz, u o‘sha kostyumni kiyadi, u aslida ko‘k rangli avatarlarga gapiryapti, to‘g‘rimi, Xudo ham avatar sifatida inson qiyofasida yerga tushadi va adolatni qaror toptirish uchun yerga tushadimi? Ulg‘ayganimda bu tushunchalar haqida ko‘p o‘ylardim. Shu sababli Hinduizmning asosini tashkil etuvchi bu g‘oyalar men uchun vaqt o‘tishi bilan mantiqsiz bo‘lib qoldi. Ko‘p xudolik masalasida asosiy xudo kim degan savol meni qiynardi? Nima uchun bir xudo boshqasidan kuchliroq yoki bilimdonroq bo‘lishi kerak?

Ikkinchi masala antropomorfizm va avatarlardir, ya’ni Xudoning inson bo‘lishi. Xudoning yaratilgan narsalar ichida bo‘lishi haqidagi tushuncha. Bu haqida o‘ylay boshlaganimda, masalan bir duradgor mebel yasaydi, aytaylik stolni loyihalaydi, yaratadi, uni yig‘adi, lekin u hech qachon stolning o‘ziga aylanolmaydi. Chunki duradgorning tabiati stolning tabiatidan yoki stulnikidan farq qiladi. U hech qachon uning bir qismiga aylanmaydi, Xudoga qaraganimizda ham xuddi shunday. Xudo yaratilgan narsalardan tashqarida turuvchi Yaratuvchidir, lekin yaratilganning bir qismiga aylanmaydi. Hinduizm matnlari bilan Qur’onni solishtirganda farqni ko'rganmisiz?

Birinchidan, Qur’onga keladigan bo‘lsak, uning ichidagi xabarning o‘zi juda aniq. Xabar juda sodda va juda ravshan. Ya’ni Alloh yagona, U yaratilgan narsalarning bir qismi emas, U barcha narsaning Yaratuvchisi va Rizq beruvchisidir. U butun insoniyat davomida biz bilan payg‘ambarlar va vahiy orqali aloqa qilgan. Bizni hidoyatga, haqiqatni, bu hayot sinov ekaniga, qaytadigan Yaratuvchimiz bilan yana bog‘lanishimiz va yaxshi hayot kechirishimiz uchun. Masalan, telefonni yaratgan inson undan qanday qilib yaxshi foydalanishni tushunish uchun sizga yo‘riqnoma beradi. Xuddi shunday, inson sifatida bizga ham bir Yaratuvchimizdan qo‘llanma kerak.

Shuning uchun men Qur’onni izchil, aniq, va juda mantiqli qo'llanma deb bilaman. Hindu diniy matnlarida ham ko‘plab yaxshi ta’limotlar, yaxshi qadriyatlar bor, Qur’onga keladigan bo‘lsak, biz uning ma’lum bir davrda sevimli Payg‘ambarimiz Muhammadga sollallohu alayhi vasallamga nozil qilinganini bilamiz. Bilamizki, 23 yil davomida vahiy kelgan va u saqlanib qolgan. Saqlab qolish asosan yozma matnga bog‘liq emas, balki og‘zaki an’anaga asoslangan, u hozirgacha davom etib kelmoqda. Bugungi kunda Qur’onni boshidan oxirigacha yoddan biladigan millionlab insonlar bor, buni amalda ham ko‘rish mumkin. Ya’ni u saqlab qolingan, Alloh Qur’onda Biz nozil qilganmiz va uni O‘zimiz asraymiz, deydi.

Vedalar va Upanishadlar haqida gap ketganda, bunday holatni ko‘rmaymiz. Birinchidan, men o‘sha matnlarni to‘liq yod olgan birorta odamni tanimayman Boshqa diniy matnlarni-ku qo‘ya turing. Bu mo‘jiza. Bular belgilar. Qur’on ichidagi ayrim narsalarga chuqurroq kirsangiz, ko‘p qatlamli, ko‘p qirrali ma’nolar va belgilarni ko‘ra boshlaysiz va yana hamma narsa bir belgidir. «Men Allohni izlayapman», deyishadi-ku, aslida Alloh atrofimizga belgilarni joylab qo'ygan, shunchaki ularga qarash kerak. Islom xabarini odamlarga yetkazayotganingizda, ularga berishingiz kerak bo'lgan eng yaxshi narsa — bu Qur’ondir. U inson samimiy bo‘lsa bu Allohning kalomi ekanini tushunadi.

Ular sigirlarga sig‘inib, go‘sht yemaydilarmi, buning sababi nima? Ha, Hinduizmda sigir diniy ramz sifatida ko‘riladi. Buning sababi ular sigirni muqaddas deb hisoblashadi, chunki u rizq beradi, sut beradi. Sigir muqaddas sanalgani uchun mol go‘shtini iste’mol qilishmaydi. Hatto bilasizmi sigir tezaklaridan ham foydalanishadi, ya’ni go‘ngidan uy qurishda va yoqilg‘i sifatida ham foydalanishadi. Ular sigirdan ko‘plab foydalar ko‘rishadi, shu sababli sigirga alohida maqom berilgan, Aqidasida ham «ona sigir» tushunchasi bor, shuning uchun ona tushunchasi yuksak qadrlanishini ko'rish mumkin. Ba’zi ekstremal qarashlarga ko‘ra sigir Xudoning bir ko‘rinishi, deb hisoblanadi.

Buni amalda ham ko‘rish mumkin. Ular sigirlarga nisbatan turli diniy marosimlarni bajarishadi. Sigirga qarshi biror ish qilsangiz, buni ular o‘zlariga va jamoalariga qarshi qilingan tajovuz deb hisoblashadi. Hindularning aksariyati vegetarian. Hinduizmning qat’iy ta’limotlarida ularning aksariyati vegetarian hisoblanadi. Ammo ayrimlari tovuq go‘shti yoki qo‘y go‘shti iste’mol qiladi. Men ham mol go‘shtini deyarli iste’mol qilmasdim. Onam bizga tovuq, qo‘y go‘shti olib berardi, ammo u dinga jiddiyroq amal qila boshlagach go‘sht yeyishga ruxsat bermay qo'ydilar. Ammo bolaligimda bunga qarshi chiqardim. Do‘stlarim bilan oyimga aytmasdan chizburger yegani borardik...

Bu an’analarimizga zid bo‘lsa ham yegani borardim. Uyda esa bu katta haqorat hisoblanardi, uyda mol go‘shti bo‘lmasdi. Ammo bu mantiqqa to‘g‘ri kelmasdi. Chunki oxir-oqibat sigir ham boshqa hayvonlar kabi bir jonzot, ya’ni u ham Xudoning yaratig‘i. Ha, u ko‘p oziq beradi, ammo bu uni qandaydir muqaddas yoki ilohiy qiladi, degani emas. Gang daryosining muqaddas hisoblanishi-chi? Buning qandaydir ma’nosi bormi, nima deysiz? Gang daryosi Hindistonda muqaddas hisoblanadi, odamlar u yerda xudoning marhamatiga erishish uchun turli marosimlar o'tkazishadi. Ota-onam va oilamdagi boshqa a’zolar Gang daryosiga borib o‘zlarini yuvishardi.

Bu deyarli daryoda cho‘milish orqali ruhiy poklanish kabi qaraladi. Ular vafot etgach yaqinlarining kulini ham olib kelishadi. Hinduizmda reinkarnatsiya tushunchasi bor, ular marhumlarni dafn qiladigan bo‘lsa, jasadni kuydirish kerakligiga ishonishadi. Ya’ni marhumning jasadi kuydiriladi. Jasad kulga aylanguncha kuydiriladi, so‘ng kul idishga solinadi va keyin o‘sha kul Gang daryosiga oqizib yuboriladi. Mohiyatan, ular inson yana yaratilishning bir qismiga qaytadi, deb ishonishadi. Bu hindular uchun haftalik yoki kundalik amaliyotmi? Hindularning aksariyati e’tiqodiga amal qilganda, uyida ibodat qilgani alohida joy bo‘ladi.

U yerda odatda butlardan tashkil topgan «Puja Ghar» dega joy bo'ladi. U yerda butlar o‘rnatilgan bo‘ladi, har kuni xudolarni ulug‘lash bilan bog‘liq marosimlar bajariladi, masalan, ertalab taomga baraka tilashadi. Islomda biz shunday duo qilamiz, ammo hindularda mana shu belgini ko‘rgan bo‘lsangiz kerak, u hurmat va ibodat belgisi. Ular butlar oldida shu belgini yasab, ulardan biror narsa so‘rashadi. Ular bu butlarni Xudoning namoyon bo‘lishi yoki Uning timsoli deb hisoblashadi. Ba’zilar esa butlarda qandaydir kuch borligiga ishonishadi. Qizig'i, Islomda Allohning ismlari va sifatlari mavjud, ammo bular yagona Allohning ismlari va sifatlaridir.

Go‘yo ular mana shu sifatlarni olib, har biriga alohida but yaratishgandek tuyiladi. Hinduizmda ruhiy xotirjamlikni his qilaman boshqa dinni nima qilaman deydiganlarga gapingiz bormi? Tasavvur qiling, biz do‘stmiz, men va siz,tomoshabinlar, yaqin do‘st bo‘lib qoldik. Men juda boy milliarder bo‘lsam va sizga yordam bermoqchi bo‘lsam. Sizga, deylik, 10 million funtlik sovg‘a bermoqchiman. Men sizga 10 million funtlik sovg‘ani bersam nima qilasiz? Ammo gap shundaki, siz «rahmat» deysiz. Biz doim minnatdorlik bildiramiz. Bizning mavjudligimiz, bizga berilgan ne’matlar, ko‘rish qobiliyati, gapirish qobiliyati, har bir lahzani his qilish imkoniyati, biz o‘zimizni o‘zimiz yaratmaganmiz.

Biz terimizning rangini, jinsimizni o‘zimiz tanlamaganmiz, bularning bari in’om etilgan. Ruhiy ehtiyojimiz ham shunday. Endi avvalgi misolga qaytadigan bo‘lsak, tasavvur qiling, men sizga 10 million funt berdim. Ammo menga rahmat aytish o‘rniga, Lionel Messiga rahmat aytdingiz. Ha, u ajoyib futbolchi. Ammo sizga 10 million funtni bergan men bo‘lsam, uning bunga aloqasi yo‘q. Men dinni ham shunga o‘xshataman. Dunyoda turli dinlar, turli ruhiy amaliyotlar bor, barchamiz shu ruhiy ehtiyojimizni qondirishga harakat qilamiz, ammo uni noto‘g‘ri tomonga yo‘naltiramiz. Masalalarni chuqurroq o‘rganib qarasak, umuminsoniy bir haqiqat bo‘lishi kerakligini anglaymiz.

Haqiqiy haqiqatga — Yaratganga, yagona haqiqiy Allohga bog‘langaningizdagina, qalbingizdagi ruhiy bo‘shliq haqiqatan ham to‘ladi. Butun dunyodagi hindularga murojaat qilish imkoningiz bo‘lsa, ularga nima derdingiz? Biz hammamiz insonmiz, siz oilangizning an’analarini hech qachon shubha ostiga qo‘ymagansiz. Ammo biroz chuqurroq o‘rgansak, dunyoning turli joylarida turli xil an’analar mavjud, dunyoning turli hududlarida turli e’tiqodlar mavjud. Bu dinlarning aqidalari yaxshi narsalarni o‘rgatsa-da, ularning barchasi ham haqiqat bo‘lolmaydi. Bir vaqtning o‘zida ko‘plab xudolar va yagona Xudo bo‘lishi mumkin emas.

Xudoni yaratilishdan tashqarida, Uni yaratilishning ichida ham, tashqarisida ham, deb bo‘lmaydi. Men e’tiqodingizga qarshi chiqmoqchi emasman. Men shunchaki fikrlashga, umuminsoniy bir haqiqat bo‘lishi kerakligini sizga yetkazishga urinyapman. Men esa o‘z tushunchamdan kelib chiqib, Islomni haq din deb bilaman. Islom — yagona haqiqiy Allohga, abadiy Zotga e’tiqod qilishdir. Uning ota-onasi ham, farzandi ham yo‘q, U hech kimga muhtoj emas. U yaratilgan narsalarning ichida emas, ulardan tashqarida va tayanchidir. U biz tasavvur qila oladigan har qanday narsadan yuksakdir, Islom esa haq dindir.

Qur’onni o‘qing, undaga yozuvlarga qarang, Islom haqidagi asosiy ma’lumotlarni o‘rganing, musulmon bilan suhbatlashing. Shunda Alloh sizni haqiqatga hidoyat qiladi. Islomni qabul qildingiz lekin nimadan boshlashni bilmayapsizmi? Yoki musulmon bo‘lgansiz-u, endi barini boshidan boshlab Islomni o‘rganmoqchimisiz? Biz siz uchun Step Islam ilovasini yaratdik. Bu Islomni tushunarli va tizimli tarzda o‘rgatuvchi, mutlaqo bepul hamda reklamasiz ilova. Ilovada iymonning asosiy poydevorlarini, Qur’ondagi muhim atamalarni osonlikcha o‘rganib, odatlarni shakllantiruvchi amaliy topshiriqlarni bajarasiz. Shayton buni kechiktirishiga yo‘l qo‘ymang.

Quyidagi havola orqali “Step Islam” ilovasini yuklab, abadiy saodat sari ilk qadamlaringizni bugunoq qo‘ying.