Yahudiy Sun’iy Intellekti Musulmon Sun’iy Intellektiga qarshi - Buyuk Sun’iy Intellektlar Bahsi!
Nashr sanasi
Bugungi debatimizda Musulmon va Yahudiy intelekt yuzma-yuz kelishadi. Bugun din tarixidagi eng mulohazali savollarni ko'rib chiqamiz. Video davomida keltirilgan da'volar, unga qarshi da'volar hamda aniq dalillar bilan tanishasiz. Har bir javob uchun ikki daqiqa beriladi. Debatni boshlaymiz. Hammamiz aslida bir joydan boshlanganmiz. Bitta Xudoga ishonamiz, Ibrohimni ulug'laymiz, Musoni payg'ambar deb tan olamiz. Lekin yo'nalishimiz o'zgardi. Asosiy da'voim shuki: ilohiy hidoyat bir odam bilan boshlanib o'sha yerda tugab qolmaydi. Xudo umumiy bo'lsa demak uning xabari ham umumiy bo'lishi kerak. Yahudiylik Xudo va Isroil farzandlari o'rtasidagi maxsus ahd haqida gapiradi.
Lekin bir savol tug'iladi: Nega Xudo faqat bir millat bilan ahd qildi? Men ishonamanki: ilk inson ilk payg'ambar bo'lgan. Demak hidoyat insoniyat bilan birga boshlangan. Risolat bir xalqqa tegishli bo'lmaydi. U birgina millatning foydasi uchun emas, balki barcha insoniyatning taqdiriga bitilgandir. Hammaga ogohlantiruvchi kelgan. Lekin yahudiy ta'limoti vahiyni asosan Isroil farzandlari hikoyasi orqali taqdim etadi. Afrikada yashayotgan jamiyat-chi? Osiyoning bir burchagida yashovchilar-chi? Amerikaning qadimgi aholisi-chi? Xudo ularga vahiy yubormaganmi? Oq va qorani tanitmaganmi? Bugun dunyoda 8 milliard odam yashaydi.
Yahudiylar taxminan 15 million kishini tashkil etadi, bu insoniyatning taxminan 0,2% ni tashkil qiladi. Qadimgi zamonda ham vaziyat boshqacha bo'lmagan. Miloddan avvalgi 1000-yillarda dunyo aholisi 50 million kishi bo'lgan deb taxmin qilinadi. Isroil farzandlari esa yarim million bo'lgan, 1 foizdan ham kam. Insoniyat ko'paysa xabar kamayishi kerak emas. Agar Xudo hammamizni yaratgan bo'lsa-yu lekin bir qismimizgagina so'zlasa, uni bashariyatning Xudosi deb atay olamizmi? Yoki faqat bir millatningina Xudosi bo'ladimi? Xudo umumiy degani bu mutlaqo Uning barcha millatlarga bir xil diniy tizimni berganini anglatmaydi. Yahudiylik Xudo faqat Isroilniki demaydi.
Aksincha, Xudo osmon va Yerning Xudosi sifatida tushuniladi. Isroil bilan qilingan ahd Xudoning umumiyligiga zid emas. Aksincha, bu Xudoning ma'lum bir jamoaga ma'lum bir tarixiy rolni belgilashi sifatida tushuniladi. Tashqaridan bu qandaydir ustunlikdek tuyilishi mumkin. Ammo Yahudiy ta'limotlariga ko'ra bu qo'shimcha mas'uliyat deb qaraladi. Isroildan rioya qilishi kutilgan 613-amr, mitzvot kabi. Insoniyatning qolgan qismi uchun klassik yahudiy ta'limoti Nuvahid amrlari haqida gapiradi.
Bular barcha odamlarga berilgan asosiy axloqiy asos hisoblanadi, adolat tizimlarini o'rnatish va butparastlik, qotillik, o'g'irlikdan jinsiy axloqsizlik, kufr, tirik hayvondan olingan a'zoni yeyishdan qochish. Yetti asosiy tamoyil. Yahudiylikda, Isroildan tashqarilar hidoyatsiz qoldi, demaydi. Balki unda, Sinay tog'ida Xudo Isroilliklarga vahiy yubordi, deydi. Lekin hamma ham bir xil ahdga rioya qilishi shart emas. Butun insoniyat uchun Xudo yanada muhimroq axloqiy asos yaratdi. Unda nega Isroilga qo'shimcha qonunlar berildi? Yahudiylarning fikricha, Sinaydagi ahd asosan butun insoniyatga universal huquqiy kodeks berish haqida emas edi.
Buning o'rniga, gap tarixdagi ma'lum bir jamoani shakllantirish va tartibga solish haqida edi. Xudo haqidagi bilim va yakkaxudolik axloqiy qarashlari saqlab qolinib, anashu odamlar tomonidan meros qoldiriladi. Isroil namuna bo'lishi kerak edi, deyapsiz, Namuna chindan ham ahamiyatli bo'lishi uchun u insoniyatning katta qismi uchun ochiq bo'lishi kerak. Aslida esa dunyoning 90foiz odamlari Isroil farzandlari bilan aloqada bo'lmagan. Odamlar ko'pincha "tanlanganlik mas'uliyatni anglatadi" deyishadi. Lekin tanlanganlik g'oyasi deyarli har doim ustunlik hissini uyg'otgan. Tabiiy ravishda u bir xalq va insoniyat o'rtasidagi uzoqlikni keltirib chiqaradi.
Va bu muqarrar ravishda Xudo tushunchasini bir millat atrofida markazlashgan qabilaviy narsaga aylantirish xavfini tug'diradi. Manashu o'rinda Islom katta o'zgarish kiritadi. Qur'onda "Albatta, Allohning huzurida eng hurmatligingiz eng taqvodoringizdir." deyiladi. Nasl ham, qabila ham, qon ham ahamiyatsiz. Lekin masala faqat tanlangan millat g'oyasida emas. Asosiy masala shundaki: Xudo haqidagi tushunchangiz butun tizimni shakllantiradi. Tavrotning hozirgi nusxasida Xudoning Yoqub bilan kurash tushgani aytilgan. Tong otguncha kurashishadi, keyin Yoqubga "Sening isming Isroil bo'ladi, chunki sen Xudo va odamlar bilan kurashding va ularni yengding." deyiladi. Yaxshilab o'ylab ko'ring.
Inson zoti Xudo bilan jismonan kurasha oladimi? Ibtido kitobining dastlabki sahifalarida ham Xudo O'z ishini tugatib, dam olgani haqida gap bor. Dam olish charchoqni, charchoq esa cheklanganlikni anglatadi. Shuning o'zi Xudoni inson turiga kiritib qo'ymoqda. Keyin to'fon haqidagi hikoyada, Xudo odamlarni yaratganidan pushaymon bo'lgani yoki xafa bo'lgani aytilgan. Lekin afsuslanish, keyin biror narsa kutilganidek bo'lmaganini anglash demakdir. Xudo uchun keyinchalik anglash degan narsa bo'lmasligi kerak. Xudo bir xalqning tarixiy hikoyasiga shu kabi insoniy hislatlar bilan joylashtirilganda, Xudoning qiyofasi muqarrar ravishda o'sha xalqning hikoyasi qahramoniga o'xshab ko'rina boshlaydi.
Qur'on boshidanoq juda aniq chegarani ko'rsatdi.: Xudo charchamaydi. U afsuslanmaydi. Xudo keyinchalik qilgan ishini tushunib yetmaydi, va U o'zi yaratgan maxluqotlar bilan kurash tushmaydi. Ibroniy Injil nomi bilan tanilgan yahudiy yozuvlarida, Bu turdagi iboralar odatda ikki xil ma'noda tushuniladi: metaforik til yoki ramziy til sifatida yoki ta'lim tili sifatida. Ular insonlar ilohiy g'oyalarni tushuna olishlari uchun ishlatiladi. Charchoq cheklanganlikni bildiradi dedingiz. Ammo yahudiylarning talqini Xudo tom ma'noda charchagan degan xulosani bermaydi. Aksincha, Xudoning "dam olayotgani" insoniyatga Shabbat tushunchasini o'rgatish uchun ishlatilishi aytilgan.
Xuddi shu narsa "Xudo afsuslandi" yoki "xafa bo'ldi" kabi iboralarga ham tegishli. Yahudiylar ta'limotida bu Xudoning bilimi o'zgargan degani emas. Aksincha, bu amallarimiz va Xudo o'rtasidagi munosabatlardagi yangi holat yaratishini tasvirlashning bir usuli. Boshqacha qilib aytganda, bu Xudo keyinroq tushunib yetdi degani emas. Aksincha, odamlar o'z yo'llarini buzdilar va axloqiy munosabatlar o'zgardi, degani. Yoqubning kurash haqidagi qissasi ham shunga o'xshash. Yahudiy ta'limoti odatda buni Xudoning mohiyati bilan tom ma'noda jismoniy kurash sifatida demaydi. Buning o'rniga, bu ko'pincha farishta yoki vakil mavjudot bilan uchrashuv sifatida tushuniladi.
Yoqubning taqdir bilan kurashishi yoki Isroilning tarixiy kurashlarining ramziy boshlanishi. Siz bu rivoyatlar Xudoni hikoya ichidagi qahramonga o'xshatib qo'yadi, dedingiz. Javobim quyidagicha: matn inson tilida yozilgan bo'lishi mumkin. lekin bu Xudo tushunchasi insonga o'xshash degani emas. Yahudiylikda Xudoning mavjudligi juda muhim g'oya hisoblanadi. Buni to'g'ri tushunish uchun nafaqat Ibroniy Injilning o'zini, balki butun ta'limot an'anasini ham o'rganish lozim. Odamlar "tanlanganlik" degan iborani "ustivorlik" tuyg'usi bilan adashtirishlari tabiiy. Yahudiylar tarixida bu holat bo'lgan. Lekin ilohiy nuqtai nazardan, tanlanganlik butunlay boshqachadir.
Bu ko'proq mas'uliyat va ko'proq javobgarlik, ko'proq amrlar, ko'proq majburiyatlar deganidir. Yahudiylik g'ayridinlarni qandaydir ikkinchi darajalilar deb ta'riflamaydi. Shuning uchun, "tanlanganlik" tushunchasi Xudoni etnik jihatdan istisno qiladigan narsa emas. Buni noto'g'ri ko'rsatadigan narsa ilohiy g'oyaning o'zi emas, balki insoniy qarashlardir. Menimcha, buni farqlash muhim. Qur'on Xudoning xabarini inson tushunadigan tilga yaqin ifodalaydi. Hatto shu tilda ham ma'lum chegaralar kesib o'tilmaydi. Xudo charchamaydi. Xudo pushaymon bo'lmaydi va mavjudot bilan jismonan kurashmaydi. Tavrotda Yoqub haqidagi rivoyat ko'rinishidan oddiy ramzdek tuyilmaydi.
Hikoyada vaqt, makon va jismoniy kurash tasvirlangan. Bir necha oyatdan keyin shunday deyilgan: “Shunday qilib, Yoqub bu joyni Peniyol deb atadi va dedi: "Chunki men Xudoni yuzma-yuz ko'rdim, ammo jonim omon qoldi." Shu nuqtada, hikoyani sof ramziy o'qishga aylantirish juda qiyin bo'lib qoladi, chunki hikoyani bu tarzda talqin qilayotgan men emasman. Hatto hikoyada ham Yoqubning o'zi aniq gapirmoqda. Ikki zot ertalabgacha kurashmoqda. Bu shunchaki ramziy til emas. Balki jismoniy uchrashuvdan boshqasi emas. Lekin bundan ham chuqurroq bo'lgan yana bir farq bor. Xudoga berilgan amrlarning axloqiy tabiati.
Masalan, Ibroniy Injilda Xudo Isroilliklarga amaliq qabilasiga qarshi urush qilishni buyurgan. Lekin bu odatiy urush buyrug'i sifatida taqdim etilmaydi. Matnda shunday deyilgan: “Borib, Amaliq xalqiga hujum qiling, ularning bor-yo‘g‘ini yakson qiling. Ularni ayamang. Erkaklar va ayollarni, bolalar va go'daklarni, mol va qo'ylarni, tuya va eshaklarni o'ldiring." Va bu yerda juda oddiy axloqiy savol tug'iladi: begunoh chaqaloqlarni o'ldirishni o'z ichiga olgan buyruqni qanday tushunishimiz mumkin? Bu yagona misol emas. Qonunlar kitobida Kanonliklarning ayrim shaharlari haqida shunday deyilgan: "Nafas olayotgan hech narsani tirik qoldirmang." Islomda bu chegara juda aniq.
Ha, urush bo'lishi mumkin, lekin uning qoidalari bor. Begunohlarga tegmaslik kerak. Butun aholining, jumladan, go'daklarning yo'q qilinishini qissaning markaziga qo'yilgan bo'lsa, Xudo rahm-shafqat va adolat manbai sifatida emas, balki vayronagarchilikning markazi sifatida ko'rinishni boshlashi mumkin. Bugungi kunda ba'zi odamlar bolalarning o'limidan karaxt bo'lib qolishlari ajablanarli emasmi? G'azoda bo'layotgan ishlarni kuzatayotganlarning ko'pchiligi bir xil savolni berishadi: "Qanday qilib begunoh chaqaloqlarning hayotiga ahamiyatsizdek munosabatda bo'lish mumkin?" Bu juda jiddiy savol. Va u yahudiy an'analarining o'zida ham keng muhokama qilinadigan masalalardan biridir.
Muhim bir aniqlik bilan boshlaylik. Birinchidan, Amaliq qissasi yahudiy an'analarida oddiy urush yoki urushning umumiy qoidasi sifatida tushunilmaydi. Ibroniy Injilda Amaliq xalqi juda o'ziga xos tarzda tasvirlangan: Ya'ni Isroilliklarga orqadan hujum qilgan, zaif va himoyasizlarni nishonga olgan xalq sifatida. Boshqacha qilib aytganda, qissada Amaliq xalqi nafaqat dushman xalq, balki muntazam shafqatsizlik va adolatsizlik ramzi sifatida tasvirlangan. Bundan tashqari, yahudiylarning huquqiy an'anasi oxir-oqibat Amaliq xalqining aslida kimligi Bendi noma'lum degan xulosaga keldi. Shu sababli, Amaliq bilan bog'liq amr bugungi kunda amalda qo'llanilmaydi deb hisoblanadi.
Umuman olganda, Ibroniy Injilda juda qattiq urush parchalari mavjud bo'lsa-da, yahudiy qonunining rivojlangan shakli, "Halaxa", urushga aniq cheklovlar qo'yadi. Masalan, shaharga hujum qilishdan oldin, avval tinchlik taklif qilinishi kerak. Hatto urush paytida ham daraxtlarni yo'q qilish taqiqlangan, bu esa keraksiz vayrongarchilikka qarshi tamoyildir. Nihoyat, Ibroniy Injilda Xudo tushunchasini muhokama qilayotganda, faqat urush rivoyatlariga e'tibor qaratish noto'g'ri. Xuddi shu matnda adolat va rahm-shafqat haqida kuchli axloqiy ta'limotlar ham mavjud.
Masalan, "Va siz musofirni seving, chunki siz Misr yurtida musofir edingiz." "Adolat izlang, talon-taroj qilinganlarni qo'llang, yetimlar uchun adolat qiling." "Ey inson, U senga nima yaxshi ekanligini va Egamiz sendan nimani talab qilishini aytdi: faqat adolatli bo'lish, mehr-shafqatni sevish va Xudo bilan xushyor yurish." Shunday qilib , kengroq manzaraga nazar tashlasak, Ibroniy Injilning axloqiy asosi adolat va rahm-shafqatdir. Matnda hatto begunoh bolalarni ham o'z ichiga olgan juda qo'pol vayronagarchilik tili qo'llaniladi. Keyinchalik, talqin qiluvchilar buni yumshatishga harakat qiladi.
"Bu ramziy ma'noda, uni bugungi kunda qo'llash mumkin emas yoki bu alohida holat bilan cheklangan." deyishadi. Asosiy masala uni bugungi kunda qo'llash mumkinmi yoki mumkin emasligida emas. Masala shundaki, buyruq berilganligida. Siz Amaliq juda yovuz edi, deyapsiz. Xo'p, lekin chaqaloq yovuz bo'lishi mumkinmi? Har qanday shafqatsizlik talqin bilan boshlanadi. Birinchidan, odamlar bu oddiy odamlar emasligini aytishadi. Keyin ularni yovuzlikning ramzi, deyishadi. Agar bugun kimdir o'zini Amaliqqa o'xshayman deb atasa nima bo'ladi? Ular oddiy odamlar emas. Ular yovuzlikni ifodalaydi. Xo'sh keyinchi?
Xudo nomidan gapiradigan matnda Xudoning adolatini shu qadar bosim ostiga qo'yadigan so'zlar ishlatilarmidi? Shaxsan men, begunohlarni istisnosiz himoya qiladigan dinni Xudoning sha'nini bunday ochiq qoldirgandan ko'ra xavfsizroq deb bilaman. Islomda bu qarama-qarshilik boshidanoq tizimga singdirilmagan. Ha, urush bor, lekin begunoh odamlarni himoya qilish aniq belgilangan. Muammo nafaqat urush matnlarida, shuningdek, Xudo va bir xalq o'rtasidagi munosabatlarning qanday tasvirlanganida hamdir. Chunki Ibroniy Injilda Xudo va Isroil o'rtasidagi munosabatlar ko'pincha ota-o'g'il tilida tasvirlangan. Masalan, "Isroil mening o'g'lim, mening to'ng'ichim" kabi iboralar mavjud.
Va shuningdek, "Sizlar Xudoyingizning farzandlarisizlar" deyiladi. Nima deyishingizni bilaman. "Bu biologik emas, metafora" deysiz. Yaxshi, lekin baribir, bu tabiiy ravishda bitta xalq Xudoning farzandlari deb ta'riflanadigan tuzilmani yaratadi. Xudo va bir xalq o'rtasidagi munosabatlar shu qadar batafsil tasvirlanganida, Xudoning dushmani va o'sha xalqning dushmani aralasha boshlaydi. Xudoning urushi va o'sha xalqning urushi bir xil narsaga o'xshab ko'rinishi mumkin. Keyin esa, Xudo nomi bilan, vayronagarchilik kabi juda qattiq iboralar paydo bo'la boshlaydi. Islomda Xudo va insonlar o'rtasida bunday oilaviy munosabat yo'q. Qaysi munosabat xavfsizroq?
Xudoni bir xalqning otasi sifatida ta'riflaydigan munosabatmi yoki Xudoni butun insoniyatning Robbisi sifatida ta'riflaydiganimi? Yahudiy an'analarida bu ikki g'oya bir-biriga zid deb hisoblanmaydi. Ibroniy Injilda Xudo faqat Isroilning Xudosi sifatida tasvirlanmagan. Xudo butun olamning Rabbi sifatida ham tasvirlangan. "Isroil mening o'g'lim" kabi iboralar biologik ota degan da'voni bildirmaydi. O'qituvchi sinfni "mening bolalarim" deb ataganda, hech kim tom ma'noda biologik qarindoshlikni tushunmaydi. Bu yerda til shunga o'xshash tarzda ishlaydi. Aslida, bu til imtiyozni emas, balki mas'uliyatni bildirish uchun mo'ljallangan.
Ibroniy Injilda Isroilga qaratilgan xabar ko'pincha quyidagicha: "Xudoni taniganingiz sabab, sizda katta mas'uliyat bor. Ishonchni oqlamasangiz, qattiqroq jazolanasizlar." Lekin bir narsa so'rasam. Siz Xudo charchamaydi, afsuslanmaydi va keyin biror narsani o'rganmaydi, dedingiz. Xo'sh, unda bu bizni muhim savolga olib keladi. Agar Xudoning mohiyati o'zgarmasa, nega Xudoning hukmlari o'zgaradi? Chunki Islomda, men tushunganimdek, Alloh tarix davomida turli jamiyatlarga turli payg'ambarlarni yuborgan. Asosiy nuqtalarda, hidoyat turli xil huquqiy shakllarni oldi. Toki Islomda u Muhammad va Qur'on bilan yakuniy va universal shakliga yetguncha.
Agar Xudoning bilimi cheksiz bo'lsa, va Xudo inson tabiatini boshidanoq bilgan bo'lsa, nega insoniyatga boshidanoq bitta yakuniy va universal qonun berilmagan? Sinay tog'ida berilgan Tavrot o'zgartirib bo'lmaydigan, qo'shib ham, ayirib ham bo'lmaydigan narsa sifatida tushuniladi. Tavrotdagi ahdning tili uni mustahkam va majburiy deb taqdim etadi. Islomda muayyan hukmlar vaqt o'tishi bilan almashtiriladigan yoki o'zgartiriladigan "nasx" tushunchasini qanday izohlaysiz? Bu ham Xudoning yo'l-yo'riqlarida o'zgarish borligini anglatmaydimi? Agar shunday bo'lsa, bu Xudo tushunchasida keskinlikni keltirib chiqarmaydimi? Javobi aniq.
Xudoning mohiyati o'zgarmaydi, lekin xabarni qabul qiluvchi insonlar o'zgaradi va ularning sharoitlari ham o'zgaradi. Xudo hamma narsani boshidanoq biladi, lekin bu U hamma narsani odamlarga birdaniga berishi kerak degani emas. Oddiy misol. O'qituvchi boshidanoq to'liq kursni biladi, lekin birinchi sinf o'quvchisiga universitet darajasidagi matematika o'qitilmaydi-ku. Bu o'qituvchi fikrini o'zgartirdi degani emas. Bu talaba bosqichma-bosqich ta'lim olayotganini anglatadi. Xuddi shunday, ahkomlar asta-sekin keladi, chunki insoniy sharoitlar va insoniy qobiliyatlar asta-sekin rivojlanadi. Insoniyat birgina tsivilizatsiya bo'lmagan.
Odamlar bir-biridan ajratilgan kichik qabilalarda, ayro dunyolarda yashaganlar. Ular ham madaniy, ham ruhiy jihatdan turli darajalarda edilar. Qabila tizimlari, shahar-davlatlar va xilma-xil ijtimoiy tuzilmalar, turmush tarzi mavjud edi. Demak, tarix davomida turli xalqlarga turli payg'ambarlar yuborilganligi mantiqan to'g'ri. Lekin insoniyat vaqt o'tgach o'zgardi. Oxir-oqibat u bitta umumiy xabarni qabul qila oladigan nuqtaga yetdi. Amalda esa, yahudiylikning o'zi aslida "biz bitta matn bilan qat'iy turdik" degani emas. Ibroniy Injildagi o'zingiz aytgan qissalarga nazar tashlasangiz, Xudo odamlar bilan tuzgan turli xil ahdlarni ko'rasiz. Masalan, Nuh bilan tuzilgan ahd bor.
U yerdagi qarorlar juda oddiy. Keyin Ibrohim bilan ahd tuziladi va bu ahd bilan birga yangi diniy majburiyat paydo bo'ladi: sunnat. Keyin Muso bilan Sinay ahdi keladi. Bu yerda hamma narsa butunlay boshqa darajaga ko'tariladi. Ancha batafsilroq huquqiy tizim paydo bo'ladi. O'qituvchining misoli tushunarli, ammo yahudiy nuqtai nazaridan muammo shu yerda paydo bo'ladi. O'qituvchi o'quvchilarga matematikadan dars berganda, keyinchalik avvalgi bilimlarini bekor qilmaydi. Qo'shishni o'rgangan talaba universitetga borib, qo'shish amali endi kerak emas, demaydi. Bilim kengayishi va chuqurlashishi mumkin, ammo asosiy tamoyillar bekor qilinmaydi. Ha, turli xil ahdlar mavjudligi rost.
Lekin yahudiylarning talqinida bu ahdlar bir-birini bekor qiladigan tizimlar emas. Xudo Nuh bilan tuzgan ahdini bekor qilmaydi. U Ibrohim bilan tuzgan ahdini ham bekor qilmaydi. Sinayda berilgan qonun ularning ustiga chiqadi. Lekin siz tasvirlayotgan namunada, yakuniy xabar yetib kelgandan so'ng, avvalgi qonunlar endi majburiy emas deb hisoblanadi. Shu asosda, Musoga berilgan qonun jarayonning bir bosqichi sifatida qaraladi. Va keyinroq, u tugagan va chetga surilgan deyiladi. Shunday qilib , yahudiy sifatida mening savolim quyidagicha: Agar Xudo Musoga bergan ahd matnning o'zida abadiy va doimiy tarzda tasvirlangan bo'lsa, unda qanday qilib ikki da'vo bir paytda to'g'ri bo'lishi mumkin?
Qanday qilib bu ahdni abadiy deb ko'rsatib keyinchalik boshqa vahiy kelganda, bu hukmlar endi qo'llanilmaydi, deyish mumkin? Bu yerda qiziq bir mantiqiy muammo bor. Siz o'tmishdan kelajakka qarab, jarayonga nazar tashlab shunday deyapsiz: "Nuhdan Ibrohimga, so'ngra Musoga, bir birini bekor qilish emas, to'ldirish." Lekin kelajakdan o'tmishga o'tadigan jarayonga nazar tashlasangiz, bu gap endi ish bermaydi. Chunki Musoning qonunida taqiqlangan ba'zi narsalar avvalgi davrlarda ruxsat etilgan edi. Shunday qilib, bir davrda ruxsat etilgan narsa boshqa davrda taqiqlangan bo'lib qoladi. Siz buni bekor qilish, to'ldirish yoki rivojlantirish deyishingiz mumkin. Nomi muhim emas.
Asl ma'nosi shundaki: vahiy nafaqat qoidalar berish, balki uning maqsadi odamlarni o'qitish va jamiyatni o'zgartirishdir. Bemorni davolayotgan shifokorni o'ylang. Shifokor barcha dorilarni bir vaqtning o'zida bermaydi. Avvaliga u bitta dori beradi. Keyin, bemorning ahvoliga qarab, u yana birini qo'shishi mumkin. Ba'zan dastlab ruxsat berilgan narsa keyinchalik taqiqlangan bo'lib qoladi. Bosqichma-bosqich davolash shunday ko'rinadi. Demak, Xudo insoniyatni bosqichma-bosqich tarbiyalaydi. Qizig'i shundaki, hatto Ibroniy Injilning o'zida ham Sinaydagi ahddan farq qiladigan ahd haqida so'z boradi.
Eremiyoning 31-bobda shunday deyilgan: "Shunday kunlar keladiki, Men Isroil xalqi bilan yangi ahd tuzaman. U Men ularning ota-bobolarini Misrdan olib chiqqanimda tuzgan ahdga o'xshamaydi. Xo'sh, agar Alloh Musodan keyin yangi hidoyat yuborishni rejalashtirgan bo'lsa, nega bu hidoyat Payg'ambar Muhammad alayhissalom orqali kelishi mumkin emas? Biz shunchaki "bu qoida boshqacha" yoki "bu qonun boshqacha" deb Muhammadni rad etmaymiz. Muhimroq masala shundaki: Sinay tog'idagi ahddan keyin, Yahudiylik Isroil bilan bog'liq bo'lgan ahdni bekor qiladigan yangi umumiy bashorat qilingan hokimiyat g'oyasini qabul qilmaydi.
Kimdir: "U buyuk yetakchi bo'lishi mumkin edi, u kuchli axloqiy chaqiriq qilgan bo'lishi mumkin U ko'plab xalqlarni Xudoga ishonishga yo'naltirgan bo'lishi mumkin", deyishi mumkin. Lekin yahudiy ongidagi haqiqiy savol shunchaki "u yaxshi insonmidi?" emas. Savol shunday: kimdir paydo bo'lib, "Men Xudodan yangi va umumiy xabarni olib keldim" desa, bir nechta savollar tug'iladi. Nima uchun bu xabar Isroilning bashorat qilingan an'analaridan kelib chiqmadi? Sinaydagi vahiydan yuqori turishini da'vo qilyaptimi? Bunday shaxs Xudo Isroil bilan tuzgan ahdni bekor qilish vakolatini qayerdan oldi?
Yahudiylarning fikricha, keyingi payg'ambar odamlarni Xudoga qaytarish va ularni va ularni axloqiy jihatdan ogohlantirishi mumkin. Lekin agar kimdir odamlarni Tavrot qonunidan farq qiladigan yo'lga chaqirsa, u mo''jizalar ko'rsatsa ham, payg'ambar sifatida qabul qilinmaydi. Tavrotning o'zi bu tamoyilni aniq bayon qiladi: "Men sizlarga buyurgan so'zga qo'shimcha ham qilmang, undan olib ham tashlamang." Yahudiylik uchun Muhammadni payg'ambar sifatida qabul qilish yahudiylikning o'zini va Sinaydagi ahdini tushunish usulini tubdan o'zgartirishni talab qiladi. Yahudiy ta'limoti shunchaki bunday o'zgarishga tayyor emas.
Shuni ta'kidlash kerakki, yahudiylik "hamma yahudiy bo'lishi kerak" degan najot modeli bilan ishlamaydi. Yahudiylik ta'limotida Xudo insonlardan talab qiladigan asosiy axloqiy tamoyillarga muvofiq yashaydigan yahudiy bo'lmagan kishi ham Xudo oldida ulushga ega ekanligi tushuniladi. Xudo so'zlashdan to'xtadimi yoki siz quloq solmay qo'ydingizmi? Siz uni boshidanoq rad etdingiz.. Dalillarga qaramadingiz. Kontentga ham qaramadingiz. Nima uchun Isroil avlodidan tashqaridan yangi payg'ambar kelishi mumkin emas? Nega Xudo payg'ambar yuborish uchun etnik ruxsatnomaga ega bo'lishi kerak?
Qonunlar kitobida: "Unga qo'shmang ham, olib ham tashlamang", deyilgan, ammo bu oyatning asl ma'nosi quyidagicha: Insonlar vahiyni o'z g'oyalari bilan o'zgartirmasliklari kerak. Lekin agar Xudoning O'zi yangi vahiy yuborsa, bu qo'shimcha emas. Bu Xudodan kelgan yangi xabar. Xo'sh, unda Ibroniy Injildagi quyidagi oyatlarni qanday tushunishimiz kerak? “Egamiz Sinaydan keldi va Seirdan ularga nur sochdi. U Paran tog'idan paydo bo'ldi." Bu yerda uchta joy tilga olingan va vahiy nur ko'tarilishi kabi tasvirlangan. Sinay Musoning vahiysiga, Seir Isoning xabarini ifodalaydi, Paran esa Ismoil o'rnashgan joyga. Paran yurtida paydo bo'lgan va xabari butun dunyoga tarqalgan payg'ambar kim?
Payg'ambar Muhammad alayhissalom. Endi Is'hayo 42-bobga qarang: “Cho‘l va uning shaharlari ovozlarini baland ko‘tarsin, Kedar yashaydigan qishloqlar shod bo‘lsin.” Ibroniy Injilda Kedar Ismoilning o'g'li va arab qabilalarining ajdodidir. Xuddi shu bobda esa bunday: "Mana Mening qulim, men uni qo'llab-quvvatlayman, tanlanganim... Men unga O'z Ruhimni beraman va u xalqlarga adolat keltiradi". Va shuningdek, "Men Robbingman; bu Mening ismim!" Men o'z ulug'vorligim va maqtovimni butlarga bermayman." Asrlar davomida Arabiston yarim oroli butparastlik markazlaridan biri bo'lgan.
Xo'sh , Ismoil avlodidan kelib chiqqan, butlarni yo'q qilgan, sof tavhidni tiklagan va uning xabari tezda ko'plab xalqlarga tarqalgan kim edi? Payg'ambar Muhammad alayhissalom. Uni boshidanoq rad etish o'rniga, hech bo'lmaganda buni jiddiy ko'rib chiqish kerak emasmidi? Yahudiy intellekt, oxirgi da'voingizni keltiring. Bahs tugash arafasida. Yahudiy ahkomlarida payg'ambarlik da'vosini baholashning bir usuli mavjud. Savol shundaki, bu da'vo Ibroniy Injilning o'z doirasiga mos keladimi? Endi siz aytib o'tgan parchalarga kelaylik.
Qonunlar kitobining 33-bobida, "Xudo Sinaydan keldi, Seirdan ko'tarildi va Parandan porladi" iborasi odatda yahudiy talqinida geografik yo'l xaritasi sifatida emas, balki Sinaydagi Xudoning vahiysining ulug'vorligining she'riy tavsifi sifatida tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, matn odatda uchta turli payg'ambarga ishora qiluvchi xronologik bashorat sifatida o'qilmaydi. Ibroniy Injilda Xudoning kelishi ko'pincha yorug'lik, shon-sharaf va tabiat tasvirlari orqali berilgan. Demak, bu vorislik xaritasi sifatida qabul qilinmaydi. Xuddi shu narsa Is'hayo 42 ga ham tegishli. Yahudiy ta'limotida, o'sha bobdagi "qul" ko'pincha Isroil xalqining o'zi sifatida tushuniladi.
Ibroniy Injilning boshqa joylarida ham "Xudoning quli" iborasi to'g'ridan-to'g'ri Isroilga nisbatan ishlatilgan. Shunday qilib, yahudiy o'quvchi odatda bu parchani ma'lum bir arab payg'ambari haqidagi yashirin bashorat sifatida ko'rmaydi. Aksincha, bu Xudo Isroilga bergan tarixiy vazifani tasvirlash sifatida tushuniladi. Kedar haqida gap ketganda, u odatda Xudoning adolati nafaqat Isroilga, balki atrofdagi xalqlarga ham yetib borishini ko'rsatuvchi she'riy chaqiriq sifatida o'qiladi. Demak, bu yerdagi asosiy farq shundaki. Siz ushbu matnlarni keyinroq paydo bo'lgan tarixiy shaxs nuqtai nazaridan qayta o'qiyapsiz.
Boshqa tomondan, yahudiy an'analari matnni o'zining tarixiy sharoitida va mumtoz ta'limotlari doirasida tushunishga harakat qiladi. Va bu muhim savolga olib keladi. Agar Ibroniy Injilda Muhammad haqiqatan ham aniq bashorat qilingan bo'lsa nega anashu tilida yashagan yahudiylar bu matnlarni birinchi bor o'qib anashu ma'noda tushunmagan?