Muso Qur'onda va Injilda - Qaysi biri tarixan aniqroq? Hayratlanarli kashfiyotlar!
Nashr sanasi
O'sha tong Misr boshiga kulfat yog'ildi. Uylar ichidan odamlarning baqiriqlari eshitila boshladi. Askarlar eshiklarni buzib kirib chaqaloqlarni onalarining qo'llaridan yulib olishar edi. "Iltimos, bolamga tegmang! Endi 1 yoshga kirdi!" Onalar dod solib yig'lashar, ammo hech kim quloq solmasdi. Otalar ilojsiz, aka ukalar esa qo'rquvda edi. Bu Fir'avn tomonidan buyurilgan daxshatli qatli om edi. Ular iskanjadagi iymon ahlining chaqaloqlari edilar. Ularga hali ism ham qo'yilmagandi. Chaqalog'ini quchoqlab turgan bir ona qo'rquvdan qaltirardi. Uning ham navbati kelishidan qo'rqardi. Ammo Alloh bu chaqaloqni manashu to'palondan kutilmagan yo'l bilan qutqarib Misr kelajagini yaratdi.
Fir'avn nima uchun bunday daxshatli buyruq berdi? Hali emaklay olmaydigan bolalarning nimasidan bunchalik qo'rqqan? Daxshatli tush sabab. Tuzoq qo'ydim deb o'ylagandi, ammo Allohning hech kimning aqliga kelmaydigan rejasi bor edi. Shunday qilib Muso va Fir'avn o'rtasidagi to'qnashuv boshlandi. Bu tarixdagi eng ulkan qissalardan. Dunyoning yarmidan ko'pi tan olgan payg'ambar haqidagi qissa. Ammo Islomda bu qissa boshqa dindagilardan farq qiladi. Bugun Muso qissasiga Qur'on va Injil nuqtasidan qaraymiz hamda o'xshashlik va farqlarini taqqoslaymiz. Shuningdek qay birini tarixiy qaydlarga to'g'ri kelishini o'rganamiz. Muso alayhissalom nomi bilan tanilgan payg'ambarning buyuk qissasi.
Uning mo'jizalari, saroyda o'tgan yillari, sehrgarlar bilan bahsi, Fir'avnning shafqatsiz tizimi va uning yakuniy qulashi. Tayyor bo'lsangiz boshlaymiz. Quddusdan chiqqan ulkan olov Misrni qamrab olib uylar va odamlarni kuydirib tashladi. Ammo u Banu Isroilga tegmasdi. Olov yonardi ammo ular kuymasdilar. Firavn qo'rqqanidan terlab uyg'onib ketdi. Bu daxshatli tush edi. Shu zahoti "Kohinlarni chaqiring" deya buyurdi. Tushining tabirini darhol bilishni istadi. Kohinlar kelgach ular aytishdi: "Isroil farzandlaridan bir chaqaloq dunyoga keladi hamda Fir'avnning hukumronligiga yakun yasaydi." U qatiy qaror qildi. O'sha bola o'lishi lozim edi. Shu sabab o'sha tong Isroil boshiga qirg'in yog'ildi.
Islom manbalarida qissaning manashu qismi shunday keltirilgan. Ammo Eski Ahdga ko'ra, qirg'inning sababi Fir'avn Isroilliklar kun kelib bosh ko'tarib uni taxtdan ag'darishlaridan qo'rqqani edi. Fir'avn o'zini xudo deb da'vo qiladigan yovuz, takabbur va shafqatsiz hukmdor edi. O'z maqsadlari yo'lida har ishni qilar edi. O'g'il chaqaloqlarni o'ldirsam hukumdorligim saqlanadi deb o'yladi. Ammo u Allohning rejasi hammanikidan ustun ekanligini bilmagan edi. Alloh Fir'avn astoydil izlab yurgan go'dakni uning saroyiga olib kelib, yana o'z qo'llari bilan katta qildirdi. Kishi qanchalar aqlli bo'lmasin, Alloh uning ko'zini ko'r qilib qo'ysa qarshisida turgan dushmanini ham ko'ra olmas ekan.
Ammo bularning bari qanday sodir bo'ldi? Yokabid, Musoning onasi nima qilishini bilmay qo'rquv bilan duo qilardi. Alloh esa unga vahiy ila yordam qildi. "Biz Musoning onasiga vahiy qildik: "Uni emizgin. Qachonki undan qo'rqsang, uni daryoga oqiz, qo'rqma va qayg'urma Uni albatta o'zingga qaytaramiz va uni payg'ambarlardan qilamiz." Tasavvur qiling, bolangizni savatga solib daryoga oqizarmidingiz? Tashqaridan bu o'ta qo'rqinchli ko'rinadi, ammo Allohning ilhomi ona qalbiga taskin bo'ldi. U Allohga ishondi va farzandini daryoga oqizdi. U farzandi ortidan kuzatish uchun qizi Maryamni jo'natdi. Har bir to'lqinni o'zi idrok qilib turgan zot Alloh esa uni to'g'ri Firavn saroyiga olib bordi.
U yerda esa chaqaloqni Fir'avnning xotini Osiyo ushlab oldi. Osiyo farzand ko'rmagan edi. Qachonki u savatda yotgan chaqaloqni ko'rgach, uning yuragi o'zgacha ravishda ura boshladi. U Fir'avnga: “Bu bola men uchun ham, sen uchun ham ko'z quvonchidir. Uni o'ldirmanglar. Shoyadki, u bizga foyda bersa yoki uni bola qilib olsak,” dedi. Ularni hech nimadan xabari yo'q edi. Ammo Eski Ahdda keltirilishicha chaqaloqni topib olgan Fir'avnning xotini emas balki uning qizi deyilgan. Fir'avn uning taklifini qabul qildi. Ammo bir muammo bor edi. Chaqaloq yig'lar, emizdirilishi kerak edi. Qancha onalar kelsa ham ularni emishdan bosh tortdi.
Shunda chaqaloqni mahfiy kuzatib kelayotgan opasi kelib "Sizlarga chaqaloqni emizdira oladigan odamni ko'rsataymi?" dedi. Shunda ular to'g'ri Musoning onasi tomon borishdi. Shunda u o'z bolasini emizdi. O'z farzandini qayta ko'rdi. Hech kim uni kimligini bilmasdi. Shu sabab chaqalog'i bilan birga bo'lishi kafolatlandi. Alloh o'z va'dasining ustidan chiqdi. Endi Allohning keyingi va'dasiga navbat keldi. "Va uni payg'ambarlardan qilamiz." Endi esa Muso va Fir'avn o'rtasidagi to'qnashuvlar haqida gaplashamiz. Vaqt o'tdi, bola saroyda katta bo'ldi. Ammo u o'zini dunyodan cheklab qo'ymadi. O'z qavmiga qilinayotgan zulmlarni ko'rib ezilardi.
Saroyda maxsus ta'lim olgan bo'lib, harbiy rahbarlikdan tortib, odamlarni boshqarishgacha, ijtimoiy ko'nikmalardan shaxsiy odob-axloqgacha ko'plab sohalarda o'qitilib, mahorat va xulq atvor jihatidan o'sdi. Zehni sabab atrofidagi yomon illatlardan ham saboq oldi. Jirkanch muhitda bo'lishiga qaramay gunohlardan o'zini pok saqladi. Ba'zida saroydan chiqib ko'chalarda o'z qavmiga qilinayotgan adolatsizliklarni guvohi bo'lardi. U zulmni o'z ko'zi bilan ko'rdi. Manashular uning dunyo qarashini shakillantirdi. Mudhish bir voqea sabab Misrdan qochib ketishga majbur bo'ldi. O'lishiga oz qoldi. Sakkiz kun davomida sahroni kezdi. Yeyishga hech nimasi yo'q edi.
Nihoyat u Madiyan hududiga borib 8-9 yil yashadi. Islom manbaalariga ko'ra u Shuayb alayhissalom bilan yashab undan saboq olgan. Eski Ahdga ko'ra esa Jetro ismli bir rohib bilan turdi. Ikkalasida ham u o'sib ulg'ayib bordi. Keling endi uning Fir'avn bilan ajib to'qnashuvi, birinchi vahiy kelishi va zolim podshoh bilan ilk jangi haqida gaplashsak. Anashu bir kecha payg'ambar Musoning hayotini butkul o'zgartirdi. Daxshatli, sovuq va qorong'u kecha. Muso alayhissalom oilasi bilan sahroda ketib borardi. Ammo qayerga ekanini bilishmas edi. Sovuqdan qaltirab sahroda zo'rg'a yurib borishardi. To'satdan ko'zni qamashtiruvchi bir narsani ko'rdi. Olisda bir daraxt yonib turardi.
Ammo olov daraxtni kuydirmas edi. Na uni shamol uchirardi, na undan tutun chiqardi. U olov oldiga borishni xohladi va hozir bir narsa bo'lishini his qilib turardi. Shunda ovoz keldi. “Ey Muso, albatta, Men, Ozim, olamlarning Robbi Allodirman." Qissaning ikkala ko'rinishida ham sirli olov voqeasida Musoga vazifa yuklatilgan. Eski Ahdda buta, Qur'onda esa daraxt keltirilgan. “Men otangning Xudosiman, Ibrohimning Xudosiman, Is'hoqning Xudosiman va Yoqubning Xudosiman”. Shunda unga "Asoingni tashla" deyildi. Asoning ilonga aylanganini ko'rgach ortiga qaramay qocha boshladi. Alloh unga "Ey Muso, beri kel, qo'rqma, albatta, sen omonlikdagilardansan" dedi.
U ilonni qo'liga olgach yana Asoga aylandi. Shunda unga qo'lini qo'yniga solish buyurildi. Qaytarib chiqarganda esa qo'li quyoshdek porlar edi. Bular Fir'avnga ko'rsatgan ikki buyuk mo'jizalar edi. Bu ikki qissaning farqi, mo'jizalardan ko'zlangan maqsadda. Qur'onga ko'ra, har bir payg'ambar singari Muso alayhissalom ham adashgan qavmni iymonga chorlamoqchi va zolimlarni tuzatishga harakat qilmoqchi edi. Shu sabab unga manashu mo'jizalar berilgan edi. Eski Ahdda esa mo'jizalar boshqa maqsadda berilgan. Ular faqatgina Banu Isroilni Misrni boshqarishga undash uchun edi. Kimdir ishongan ishonmagani muhim emas. Muso oldida mashaqqatli kunlar turardi.
Tasavvur qiling o'zini Xudoman degan bir zolim qarshisida turibsiz. Va unga Xudoning quli ekanini aytmoqchisiz. Xuddi hamma kabi u ham sajda qilishini aytyapsiz. Muso har bir so'zi qonun hisoblangan, istagan kishisini o'ldira oladigan zolim qarshisida turar edi. Yetmaganiga yana uning qo'l ostidagi qullarini ham tortib olmoqchi edi. Mol mulkiga putur yetkazmoqchi edi. Muso ushbu ilohiy topshiriqqa qanday javob qaytardi? Qur'on uning duosini keltiradi. “Ey Robbim, mening qalbimni keng qil. Mening ishimni oson qil. Tilimdagi tugunni yechgin. So'zimni anglashsinlar." Menga o'z ahlimdan bir vazir qilib ber. Og'am Xorunni. U bilan belimni quvvatla. Uni ishimga sherik ayla.
Alloh esa uning duosiga javoban: "Ey Muso, senga so'raganing berildi" dedi. Endi u yolg'iz emasdi. Uning tilidagi tugun yechildi hamda akasi Xorunga ham payg'ambarlik berildi. Albatta, hech kim bunday vazifani yolg'iz uddalay olmasdi. Musoning Eski Ahdda bergan javobi qanday edi? Muso Robbiga dedi: "Robbim, bandangni kechirgin. Men hech qachon notiq bo'lmaganman, na o'tmishda, na quling bilan gaplashganingdan beri. Men so'z va tilda sustman". Boshqa manbada bunday deyilgan. Lekin Muso: “Robbim, bandangni kechir, boshqasini yubor” dedi”. Alloh unga yonida turib qo'llab quvvatlashi uchun Xorunni berishini aytdi. Shunday qilib uning topshirig'i boshlandi.
Eski Ahdda savollarga sabab bo'lgan yana bir narsa bor edi. Keyinchalik hikoyada, Misrni tark etishdan oldin Muso va uning qavmiga g'alati bir buyruq berilgan. "Har bir ayol qo'shnisidan va uyida yashovchi har qanday ayoldan kumush va oltin buyumlar va kiyim-kechaklarni so'rasin. Misrliklarni talon-taroj qilish uchun o'g'il-qizlaringizga kiygazing." Shoshmang, Alloh o'g'rilikka buyurishi mumkinmi? Agar payg'ambar yuborishning asosiy maqsadlaridan biri adolatni o'rnatish bo'lsa, unda qanday qilib birinchi buyruq bunday bo'lishi mumkin? Bu to'g'risida mushohada qilib ko'rish lozim. Davom etamiz.
Muso alayhissalomning Fir'avn bilan uchrashishiga o'tishdan avval, ikki kitob o'rtasidagi nozik, ammo muhim farqni eslatib o'tishim kerak: "Fir'avn" so'zining ishlatilishi. Bu so'z dastlab "saroy" ma'nosini bildirgan. Bu so'z miloddan avvalgi 14-asrdan boshlab 18-sulola davrida podshohlar uchun ishlatila boshlangan. Muso yashagan davr. Ammo undan avval ham bir payg'ambar yashab o'tgan edi. Esingizdami? Ha, bu payg'ambar Yusuf alayhissalom edi. Qizig'i shundaki, Eski Ahdda hukmdorni o'z davrida tasvirlashda "fir'avn"so'zi qo'llaniladi. Ammo Qur'onda "Al-Malik" yani "Qirol" so'zi kelgan.
Ammo tarixiy maʼlumotlarga koʻra, “Firʼavn” unvoni hali Yusuf paygʻambar davrida hukmdorlar uchun qoʻllanilmagan. Oddiy lug'at boyligi ham ilmingiz haqida ko'p narsani aytib berishi mumkin. Ha mayli, davom etaylik. Yana bir narsa. Eski Ahdda Muso alayhissalom va uning oilasi safarda bo'lganlarida shunday deyilgan: "Yo'lda bir mehmonxonada Xudo Musoni uchratib qoldi va uni o'ldirmoqchi edi". Qur'onda esa Muso alayhissalom endi payg'ambar bo'lgandi. Endi u Robbi tomonidan qo'llab quvvatlangan, vahiy qilingan payg'ambar edi. Qur'onda bunday voqea keltirilmagan. Nihoyat eshiklar ochildi. Akasi Xorun bilan birga Muso Firavn saroyiga kirdi. U Misrda ancha vaqt bo'lmagan edi.
Hammaning ko'zi unga qarab turardi. Shunda Muso "Ey Firavn, albatta, men olamlarning Robbidan Payg‘ambarman. Menga Alloh haqida haqdan boshqani aytmaslik lozimdir. Batahqiq, men sizlarga Robbingizdan ochiq-oydin hujjat keltirdim. Men ila Banu Isroilni qo‘yib yubor», dedi. Shundan so‘ng Muso va Xorun Fir’avnning oldiga borib: “Isroilning Xudosi Robbimiz shunday demoqda: “Xalqimni qo‘yib yubor, ular sahroda Menga bayram qilishsin”, deyishdi”. Fir'avn: "Xudo kimki, men Unga bo'ysunib, Isroilni qo'yib yuboraman? Men Xudoni tanimayman va Isroilni qo'yib yubormayman", dedi. Qur'onda Alloh hammani o'z ichiga oluvchi "Olamlar Robbisi" va "sizning Robbingiz" deb tasvirlangan. Ular umumiy.
Eski Ahdda esa "Isroil Xudosi" deyilgan. Ya'ni bir xalqning Xudosi. Fir'avn Muso alayhissalomdan "Robbing kim" deb so'raganda o'ta kuchli javob qaytaradi. Qur'onda eslatib o'tilgan javoblar Misrning soxta xudolar tizimiga qarshi to'g'ridan-to'g'ri javoblar edi. So'ng isbot ko'rsatish vaqti yetdi. U asoni yerga tashladi va u ulkan bir ilonga aylandi. Saroydagi odamlar daxshatdan qotib qolishdi. So'ngra qo'lini qo'yniga soldi, chiqarganda esa qo'li xuddi quyosh kabi porlab turar edi. O'sha paytlarda sehr o'ta mashhur edi. Ular mo'jizani ko'rganlarida esa hammalari yoqa ushlashdi. Ammo Fir'avn o'ta aqlli va hiylakor odam edi. Odamlarni qanday qilib laqillatishni bilardi.
Odamlarni diqqatini tortish uchun har xil so'zlar bilan avray boshladi. "Biz seni g'o'dakligingdan o'z ichimizda tarbiya qilmadikmi?! Endi noshukurlik qilyapsanmi?" Keyin u so'radi: "Avvalgi ota bobolarimizchi?" Milliy g'urur hissini uyg'otmoqchi edi. U odamlar ajdodlari adashgan bo'lishi mumkinligini osonlik bilan qabul qilmasligini bilar edi. Ammo Muso hiylani tushundi. U: “Ularning ilmi Robbim husurida, kitobdadir. Robbim adashmas va unutmas" dedi. Shunday qilib Muso masalani yopdi. Ammo Fir'avn to'xtamadi. U Musoni haqorat qilib ustidan kuldi. Mo'jizani ko'rganda esa shunday dedi: “Albatta, bu oʻta bilimdon sehrgardir. U xalqimizni yo'ldan ozdirmoqchi bo'lyapti".
So'ng vazirlariga qarab ularni avradi. "U o'z sehri bilan sizlarni yeringizdan chiqarmoqchi. Xo'sh nimani maslahat berasizlar?" Aslida esa Muso alayhissalom faqat Banu Isroilni olib chiqib ketmoqchi edi xolos. Misrliklarni yerlaridan haydashni niyat qilmagan edilar. Biroq, Eski Ahdda Muso alayhissalomning mo'jizalari yoki Fir'avnning ushbu birinchi uchrashuvdagi hiylalari haqida hech nima aytilmagan. Lekin unda Fir'avnning Banu Isroilning ish vaqtini oshirgani haqida aytib o'tadi. Agar uddalay olishmasa ularni jazolashini aytdi. Uning rejasi Muso ularning hayotiga faqat kulfat olib kelganiga ishontirish edi. Fir'avnning so'zlari sehr kabi edi. U haqiqiy ko'zbo'yamachi edi.
Bir nechta so'z bilan suhbat mazmunini ozgartirib odamlarni o'zi istagan narsaga ishontira olardi. Ammo saroy sarosimada edi. Fir'avn o'z amaldorlarini chaqirib endi nima qilish to'g'risida maslahatlashdi. Reja aniq edi. U butun Misrdan sehrgarlarni yig‘ib, xalq oldida musobaqa uyushtirdi. Bu bilan u Musoni sehrgardan boshqasi emasligini isbotlamoqchi bo'ldi. Ammo o'zi bilmagan holda butun Misr ahlini buyuk payg'ambarlik bashoratini ko'rish uchun to'playotgan edi. Tez orada butun xalq risolatni tinglab haqiqatni o'z ko'zlari bilan ko'rishadi. U Musodan uchrashuv kunini belgilashini so'radi. Payg'ambar aqlli edi.
U dedi: "Va'da vaqtingiz ziynat kuni." Ya'ni bayram kunida "Odamlar choshgohga to'planishi" dedi. Biroq, Eski Ahdda bunday milliy musobaqa haqida hech narsa aytilmagan. Sehrgarlar bilan uchrashuv saroy ichida sodir bo'ladi. Ammo Qur'onning ta'rifida juda qiziq narsa bor. U kunni "Yavm-uz Ziyna" yani "ziynatlanish va bezanish kuni" deb ataladi. Qadimgi Misr bayramlarini ko'rib chiqsak, bunga juda mos keladigan milliy bayramni topamiz: Opet bayrami. Bu har yili nishonlanadigan milliy bayram. Uylar bezatilgan, erkaklar va ayollar kiyingan, ibodatxonalar bezatilgan,butlar bezatilgan va haykallar bezatilgan ko'chalar bo'ylab olib o'tilgan.
Boshqacha qilib aytganda, Payg'ambar Muhammad sollallohu alayhi vasallam buni bilishlariga imkon bo'lmasa-da, Qur'on o'sha kunni chinakam mo'jizaviy tarzda tasvirlab bergan. Qur'on nozil qilinishidan bir necha asr avval qadimgi Misr yozuvi yo'qolib ketgan edi. Odamlar uni o'qishni bilishmas edi. Misr yozuvi keyinroq bizning zamonimizda chuqur o'rganildi. Demak Muhammad alayhissalom Misr manbalaridan xabardor bo'lgan bo'lishi mumkin emas. Bu haqida avvalgi videolarimizda gaplashgandik. Qiziqsangiz ko'rib qo'yishingiz mumkin. Shu sabab chuqurlashib o'tirmayman. Eski Ahdda bular keltirilmagan bo'lsada, Qur'onda o'sha davrlarga mos ko'plab iboralar keltirilgan.
Qur'onga ko'ra sehrgarlar bilan uchrashuv bayram kuni tong o'rtasida bo'lib o'tadi. Bu vaqtning o'ziga xos bir jihati bor. Qadimgi Misr davrida sehr bayram paytlari va tong o'rtasida kuchli bo'ladi deb ishonilgan. Muso esa ular bilan aynan manashu payt uchrashishni tanladi. Ajablanarlisi, Qur'on qadimgi Misrning unutilgan bu odatini mo'jizaviy tarzda aks ettiradi. Bu odatlarning birortasi Eski Ahdda berilmagan. Eski Ahdda berilmagan tafsilotlardan yana biri bu Fir'avn odamlaridan birining ismi. Uchrashuv kunidan avval Fir'avn amaldorlari bilan qilgan suhbati chog'ida bir qiziq jumlani aytadi. Fir'avn aytdi: «Ey a’yonlar, men sizlarga o‘zimdan boshqa iloh borligini bilmasman.
Bas, ey Homon, loyga o‘t yoqib, men uchun bir baland qasr qur, shoyadki (unga chiqib) Musoning ilohini ko‘rsak. Albatta, men uni yolg‘onchilardan deb o‘ylamoqdaman». Qur'onning manashu oyati ancha payt Islomga qarshi ishlatilganini bilarmidingiz? Qanday qilib? Homon ismi Eski Ahdda ham keltirilgan, ammo butunlay boshqa vaqt va joyda. Mana shundan foydalanib ba'zilar, Alloh kechirsin, Qur'onni ikkita qissani chalkashtirib yuborganlikda ayblashadi. Ammo tarixiy izlanishlar Qur'on aslida asl mo'jiza ekanini isbotladi. Fir’avnning Homonga bergan buyrug‘iga nazar tashlasak, u qurilish ishlari va tosh konlarini boshlig'i bo'lgan. Homon aslida kim bo'lgan?
Biz izlayotgan javob Venadagi Xof muzeyida saqlanadigan qadimgi Misr yodgorligidan topildi. Qadimgi Misrdagi barcha yozuvlarga asoslanib, olimlar Yangi Shohlikdagi shaxs ismlari lug'atini tuzdilar. Ular orasida Homon ismi ham bor edi. Topingchi uning lavozimi nima bo'lgan? "Tosh konlarining boshlig'i." Bu topilmalardan ming yillar avval Qur'onda keltirilganidek. Qissaga qaytsak. Misrning barcha axolisi bir joyga to'planishdi. Muso esa ularga Alloh bergan mo'jizalarni ko'rsatish arafasida edi. Sehrgarlar musoga qarab: «Ey Muso, sen tashlaysanmi yoki biz avval tashlashni boshlaylikmi?» dedilar. U: «Yo‘q. Sizlar tashlang», dedi.
Birdan ularning arqonlari va asolari unga sehrlaridan xuddi harakatlanayotgandek bo‘lib ko‘rindi. Musoni qo'rquv bosdi, ammo Alloh u bilan edi. Biz: «Qo‘rqma, albatta, sen ustunsan. Qo‘lingdagi narsani tashlagin, ularning qilgan hunarini yutib yuborur. Ularning qilgan hunari sehrgarning hiylasi, xolos. Sehrgar qayerda bo‘lsa ham, zafar topmas», dedik. Muso asoni yerga tashladi. Sehrgarlar esa qo'rqib ketishdi. Aso bahaybad ilonga aylanib ularning sohta ilonlarini birma bir yutib tashladi. Bu sehrgarlar nima sehr-u nima haqiqat ekanini bilishar edi. Hammalari sajda uchun yerga yiqilishdi va iymon keltirishdi.
O'sha tongda ular uylaridan butunlay boshqa hayol bilan chiqishgan edi, endi esa ularning holi butkul boshqacha bo'ldi. Bu voqeadan avval sehrgarlar Musoni mag'lub qilishsa mukofoti nima bo'lishini so'rashgan edi. Fir'avn ularni o'ziga yaqin bo'lishini va'da bergan edi. Bu juda katta imkoniyat edi, chunki Fir'avn o'zining soxta jannat va do'zaxiga ega bo'lgan tizimni qurgan edi. Uni mamnun qilganlar hashamat ichida yashardi. U kimni hohlasa mashaqqatga solar edi. Fir'avn dedi: «Sizga izn bermasimdan oldin unga iymon keltirdingizmi?! Albatta, u sizga sehr o‘rgatgan kattangizdir! Bas, albatta, qo‘l-oyoqlaringizni qarama-qarshisidan kesurman va, albatta, sizlarni xurmo tanasiga osurman.
Albatta, qysi birimizning azobimiz shiddatliroq va boqiyroq ekanini bilursiz". Ular dedilar: «Biz seni zinhor o‘zimizga kelgan ochiq-oydin mo‘jizalardan va bizni yaratgan zotdan ustun qo‘ymaymiz. Bas, nima hukm qilsang, qilaver. Sen faqat hayotiy dunyoda hukm chiqarasan, xolos. Albatta, biz Robbimiz xatolarimizni va sen bizni majbur qilgan sehrni mag‘firat qilishi uchun iymon keltirdik. Alloh yaxshi va boqiydir» Qalblariga iymon kirishi bilanoq qahramon bo‘ldilar va o‘sha kuni hammalari shahid bo‘ldilar. Bu juda daxshatli holat edi. Bu hodisani ko'rgan ba'zi Misrliklar ham iymonga kelishdi. Eski buzuq aqidalaridan voz kechib yagona bo'lgan Allohga iymon keltirishdi.
Qissaning Eski Ahddagi ko'rinishida asoni Muso emas balki Xorun yerga tashlaydi. Ammo aynan o'sha qissaning avvalrog'ida bu mo'jiza Musoga berilgan edi. Aftidan bu ikkisi biroz chalkashtirib yuborilgan. Eski Ahddagi boshqa aniq farqlar, voqeaning ommaviy bo'lgani va sehrgarlarning iymonni qabul qilingani haqida hech qanday gap yo'q. Shuningdek Eski Ahdda asosiy maqsad insonlarning oxiratini obod qilishda emas balki Banu Isroilning dunyoviy hayotini obod qilish bo'lgan. Osha kundan so'ng Fir'avn battar vaxshiylashdi. Chaqaloqlarni onalaridan tortib ola boshladi. Isroilliklarni yanada qiyinroq mehnatga majburlab o'zi istagan narsaga erishdi.
Qissaning ikkala ko'rinishida ham Banu Isroil Musoga shikoyat qilishdi. Ular «Sen bizga kelmasingdan oldin ham, kelganingdan keyin ham ozor tortdik» dedilar. Ammo uning javobi ikkala qissada farqlanadi. Qur'onga ko'ra ushbu so'zlar bilan ularni yupatishga urundi. «Shoyadki Robbingiz dushmanlaringizni halok etib, sizlarni yer yuziga xalifa qilib, qanday amal qilishingizga nazar solsa». Achinarlisi, bugun biz ularning avlodlari qanday qilib dunyoda qudratli mavqega ega bo‘lganini va bu bilan nima qilayotganini yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Menimcha, bu haqda ortiqcha gapirishga hojat yo'q. Eski Ahdga ko'ra, Muso o'z xalqini yupatmadi, balki u xalqining gapiga kirdi.
va U Allohga itoatsiz ohangda gapirdi. "Muso Alloh oldiga qaytib, dedi: "Yo Rabbiy, nega bu xalqni azoblading? Meni nima uchun yubording? Men Sening nomingdan gapirish uchun Fir'avnning oldiga borganimdan beri, u bu xalqni baloga keltirdi, sen esa o'z xalqingni qutqarmading"." Payg'ambardan kutilgan kamolot bilan solishtirganda, sizningcha, bu javob biroz noma'qul va axloqsizlik emasmi? Muso alayhissalom Fir'avnni sabr bilan iymonga chaqirdi. Fir'avn haqiqatni inkor etishda davom etar ekan, Alloh uning qavmiga balolar yubordi: suv toshqinlari, chigirtkalar, bitlar, qurbaqalar, suvning qonga aylanishi, qurg'oqchilik va ocharchilik.
Hozirgi kunda ham biz bu ofatlarni o'sha davrdagi yashagan misrliklarning qo'l yozmalarida ko'rishimiz mumkin. Bu Niderlandiya Milliy muzeyida saqlanadigan Ipuver papirusi deb nomlangan hujjat. Unga ko'z yugurtiraylik. Ba'zi yozuvlar sizni hayron qoldiradi. "Albatta, daryo qon edi, ammo odamlar undan ichishdi." Erkaklar insoniylikdan chiqib,suvga tashna bo'ldilar" ya'ni odamlar bir-biridan uzoqlashdi va suvga tashna bo'lishdi. Shubhasiz, kecha bor narsalarning bari yo'q bo'ldi. Yer zig'irdan tozalangan daladek vayrona bo'ldi. Yuqori Misr chiqindiga aylandi. Butun saroy ilojsiz qoldi. Xatto undagi bug'doy, arpa, g'oz va baliq ham. Hamma hayvonlar yig'ladi. Mollar maradi.
Shubhasiz, hammayoqni g'ubor egalladi. To'qqiz kun davomida saroydan chiqishning iloji bo'lmadi va hech kim yonidagi kishining yuzini ko'ra olmasdi. Yer nursiz qoldi. Qirg'in keltiruvchi kasallik, o'lat tarqaldi. Ammo bularning hech biri Fir'avn va uning odamlarini o'zgartirmadi. Misrdan ketish vaqti kelgan edi. Allohning buyrug'i bilan Muso alayhissalom odamlarni to'plab maxfiy ravshda tunda yo'lga tushdilar. Tongda esa Fir'avn ularning ketganini bildi. Nom-nishonsiz yo'q edilar. Ular qochishganini bildi. Darhol qo'shinini birlashtirib ularning ortidan bordi. Ikki kundan so'ng ular dengizga yetishdi. Endi nima qilishni bilmay qolishdi.
Shu payt uzoqdan kelayotgan dushman, Fir'avn va uning lashkari ko'rindi. Ularni qo'rquv o'rab oldi. "Ey Muso, biz halok bo'ldik" deyishdi. Oldinda lashkardek xavfli dengiz, orqasida esa dengizdek cheksiz lashkar turardi. Ular butunlay qurshab olindi. Muso dedi: "Yo'q! Albatta Robbim men bilan. U menga to'g'ri yo'lni ko'rsatadi." Shunda biz Musoga "Asoying bilan dengizni urgin" dedik. Shunda dengiz ikkiga bo'lindi. Ikkala tomoni ham ulkan tog' bo'lib turar edi. Ular dengiz bo'ylab narigi tomonga o'ta boshlashdi. Ularning ketidan Fir'avn va uning lashkari kira boshladi. Tuzoqqa kirayotganlarini bilmas edilar. Yillar oldin ko'rgan tushi o'ngidan kelayotgan edi.
Banu Isroil dengizdan o'tib olgach dengiz yana o'z holiga qaytdi. "Biz Isroil o'g'illarini dengizdan o'tkazdik. So'ngra Fir'avn va uning askarlari ularni zulm bilan ta'qib qildilar. Lekin Fir'avn suvga g'arq bo'layotgan paytda: "Men Banu Isroil iymon keltirgan ilohdan o'zga iloh yo'qligiga ishonaman va men endi taslim bo'lganlardanman" deb baqirdi". Ammo unga "Endimi! Oldin isyon qilgan va buzg‘unchilardan bo‘lgan eding-ku?!" deyildi. Shu kungacha iymon keltirish uchun ko'p imkon berildi. Unga birin-ketin balolar yuborildi. Har safar shunday bo'lganida u Muso alayhissalomdan Robbinga duo qilib bu qiyinchiliklarni ketkazgin deb so'rar edi.
Hammasi iziga tushishi bilan buzg'unchilikda davom etardi. Bunday sohta iymon unga foyda keltirmadi. Fir'avn va uning lashkari butunlay yo'q qilindi. Qur'on qissaning manashu qismida ajib bir ibora keltiradi. "Bas, ularga osmon ham, yer ham yig‘lamadi." Nega Qur'onda bunday ibora ishlatilgan. Qadimgi Misr tarixiga yuzlansak ajabtovur bir javobni topamiz. O'sha paytlari, Fir'avn vafot etsa osmon va yer u uchun yig'laydi deb ishonilgan. Bu ma'lumot beshinchi sulola piramida yozuvlaridan topilgan. Ularda: Sen uchun osmon yig'lar, yer silkinar" deyilgan. Bu qo'lyozmalarni o'qish imkoni bo'lmagan bir paytda Qur'on aynan manashu so'zlarni keltirgan. Bularning hech biri Eski Ahdda keltirilmagan.
Yana bir keltirilmagan narsa Fir'avn jasadi haqidagi haqiqatdir. Quronning Yusuf surasi 92-oyatida Alloh taolo Fir'avnning jasadini kelajak avlodga o'rnak uchun saqlab qo'yishini aytadi. Haqiqatan ham diqqatga sazovor tomoni shundaki, ikkita kashfiyot aynan shu oyatga mos keladi. Birinchisi, 1896 yilda Misrda arxeologik tadqiqotlar olib borilganda, Fibadan 40 kilometr janubda joylashgan Gebelin hududida qirg'oqda yotgan 6ta jasad topilgan. Bir necha asr vaqt o'tgan bo'lsa ham, bu jasadlar hali ham chirimagan edi. Eng daxshatlisi shundaki ularning hammasi sajda qilgan holda yotar edilar. Hozirda bu jasadlar Britaniya Muzeyiga olib ketilgan va saqlanmoqda. Ularni kuniga yuzlab odamlar ko'radi.
Mumiyolanmagan bo'lsalar ham ularning jasadlari asrlar davomida chirimay saqlanib qolingan. Bu Fir'avnning tanasi haqidagi birinchi nazariya, ikkinchisi esa Qur'on oyatini haqiqatdan ham inkor etib bo'lmaydigan ekanligini ko'rsatadi. Xo'sh u nima o'zi? 19-asrdan boshlab olimlar Misrning turli mintaqalaridan Fir'avn mumiyolarini topa boshlashdi. Bugungi kunda Muso payg'ambar davrida yashagan deb hisoblangan barcha Fir'avnlar muzeylarga ko'rgazma sifatida qo'yilgan. Agar, uning jasadi mudhish voqeadan ko'p o'tmay topilgan bo'lsa, balki saroy ahli uning jasadini olib borib boshqalar kabi mumiyolashgandir?
Demak, Fir’avn 1896-yilda topilgan o‘sha oltita jasaddan biri bo‘lganmi yoki uning jasadi o‘z vaqtida topilib, mumiyolanganmi, baribir Qur’onda aytilganidek, saqlanib qolingan va kelajak avlodlarga ko‘rsatilgan. Albatta, Qur'on nozil bo'lganida, hech kim qadimgi misrliklarning jasadlarni mumiyolash orqali saqlab qolishini bilmas edi. Banu Isroil Fir’avnning shafqatsizligidan mo‘jiza tufayli qutulib, ozodlik sari ilk qadamlarini tashlay boshladi. Sahroda yangi hayot boshlandi. Ammo ular yo'lini yo'qotgan qavm edilar. Ilohiy ko'mak ular uchun juda muhim bo'lgan. Shunda Alloh Musoni Sinai tog'iga risolat berish uchun chaqirdi. Bu shunchaki uchrashuv emas edi.
Osmonlaru yerning Parvardigoridan o‘sha kuni eng ulug‘ ilohiy kitoblardan biri bo‘lmish Tavrot nozil bo'ldi. Avvaliga Alloh bu uchrashuvni 30 kunga deb belgiladi. Muso payg'ambar qavmini ogohlantirdi va Alloh huzuriga yo'l oldi. Muso alayhissalom ketishi bilan Alloh sinov sifatida yana 10 kun qo'shdi. Qachonki u va'da qilgan kunida qaytmaganida uning qavmi orasida yashiringan illat yuzaga chiqa boshladi. U Kalimulloh yani Alloh bilan to'g'ridan to'g'ri gaplashayotgan edi. Anashu tog'da ajib bir voqea sodir bo'ldi. Oxirida Alloh unga tosh taxtalarga yozilgan Ahdni berdi. Muso alayhissalom qavmiga qaytishga ishtiyoqmand bo'ldi. U qaytgach esa qavm o'ta yomon ahvolda qolgan edi.
Allohning mo'jizasiga guvoh bo'lgan qavm endi oltindan yasalgan sigirga sig'inib o'tirishardi. Shunchalik jahli chiqib, “Allohdan bunday xabar olishga loyiq emassizlar” degandek, lavhlarni yerga tashladi. Toqqa ketishidan avval payg'ambar Xorunni o'rinbosar qilib qo'ygan edi. Akasi o'z vazifasini uddalay olmaganini ko'rgan Muso uning soqolidan ushlab tushuntirishini talab qildi. Ammo budni kim yasagan edi? Eski Ahdda keltirilgan javobga ko'ra payg'ambar Xorunni o'zi yasagan. Ammo u Allohning sherigi bor deyishdan qaytarish uchun kelgan payg'ambar ediku. Qanday qilib Alloh o'zi tanlab olgan zotlar, oddiy musulmon qila olmaydigan gunohni qilishi mumkin?
Afsuski bu o'sha davrlarda Eski Ahdni o'zgartirganlarning ochiq yolg'onidan boshqa narsa emas. Ammo Qur'on boshqacha tasvirlaydi. Aytiladiki, budni yasagan insonning ismi Samiri ismli bir kishi edi. Buni aytish bilan Allohning payg'ambarini bunday dahshatli ayblovdan tozalabgina qolmay, yana bir arxeologik mo'jizani ham ochib beradi. Xo'sh qanday mo'jiza? Muso alayhissalom ketgach Samiri ismli kishi oldinga, o'rtaga chiqdi. Odamlar unga oltinlarini berishlari uchun ularga "Sizga Xudoyingizning haykalini yasab beraman" dedi. Samiri oltinni eritdi va uni sigir shakliga keltirdi. Bu bilan to'xtab qolmay sigir ichiga teshik yasadi. Anashu teshik ichidan sigirning maragan ovozi eshitilardi.
Endi qiziq joyi keldi. Samiri ismli kishi Eski Ahdda topilmagan. Ammo qadimgi Misr manbalarida Smeru deb ataladigan to'qqizta ruhoniylar guruhi mavjud bo'lib, ular Smer yoki Sem ruhoniylari deb ham ataladi. Bu ruhoniylar "og'iz ochish" marosimlarida qatnashib, haykal yoki hatto o'lik odamni gapirayotgandek ko'rsatishardi. Ko'zbo'yamachilik bilan albatta. Endi o‘ylab ko‘ring, ovoz chiqaradigan oltin buzoq va ularni qurganning ismi xuddi Smerga o‘xshaydi. Bular bir biriga o'xshash emasmi? Muso alayhissalomning tashviqotlari bilan Isroilliklar to'g'ri yo'l tomon yura boshlashdi. Ammo bu ularning unga nisbatan birinchi marta noshukurlik qilishlari emas edi va oxirgisi ham bo‘lmaydi.
Ular sahroda 40 yil adashib yurishdi. Muso alayhissalomdan Alloh taoloning amrini eshitib: «Bizni masxara qilyapsanmi?» degan paytlari ham bo‘lgan. Boshqa paytlarda Alloh taolo ularga osmondan eng qimmatli taomni tushirar edi, lekin ular: “Nima har kuni shuni yeymizmi? Boshqa narsa hohlaymiz" deyishdi. Alloh taolo ularga zolim qavmni ko‘rsatib, jang qilishni buyurdi. Ammo ular payg'ambarga "Borib Robbing bilan urushib kelaver. Biz shu yerda o'tirib turamiz" deyishdi. Ular xatto "Robbimiz" emas "Robbing" deyishdi. Ularning itoatsizligi shu darajaga yetgan ediki, Muso payg‘ambar Allohga yuzlanib: «Ey Robbim, albatta, men o‘zim va birodarlarimdan boshqaga ega emasman», dedi.
Isroilliklarning orzusi va asosiy maqsadi Quddus yeriga yetib borish va uni o'z uylariga aylantirish edi. Bu payg'ambar Musoning ham orzusi edi. U butun hayoti davomida o'sha yerlarni qumsab yashadi. Ammo xalqning tinimsiz itoatsizligi va qo‘rqoqligi tufayli umr bo‘yi orzu qilgan istagi amalga oshmay vafot etdi. Bu so'z bilan tasvirlab bo'lmas og'ir judolik. Garchi biz ushbu hikoyaning kichik bir qismini yoritgan bo'lsak ham, hozirgacha shu aniq bo'ldiki: Eski Ahddagi qissa o'zgartirilgan va buzilgan. U Allohga ham, Uning payg'ambarlariga ham hech qachon mos kelmaydigan da'vo va sifatlarni o'z ichiga oladi. Alloh o'g'rilikka buyuradimi?
Payg'ambar Xudoga isyon qilib uni adolatsizlikda ayblarmidi? Payg'ambar oltin haykal yasab odamlarni unga sig'inishga chorlarmidi? Endi Qur'on bizga nimani ko'rsatdi? Qur'on haqiqatan ham Allohning kalomi ekanligini shubhasiz ko'rsatadigan bir qator mo'jizalar bor. Gaplashgan narsalarimiz haqida o'ylab ko'ring. Eski Ahdda hamma Misr hukumdorlari Fir'avn deyilgan bo'lsada, Qur'on har bir hukumdorning davriga ko'ra o'ziga mos nomni ishlatadi. Qur'onda "bezatish va go'zallik kuni" iborasi ishlatilgan va u o'sha paytda qadimgi Misrda nishonlangan haqiqiy bayramga juda mos keladi. Unda Xomonning tarixda qanday rol o'ynaganligi, tosh konlarini boshqarishi va qurilish ishlari haqida so'z boradi.
Kelgan balolar birin ketinlikda sanaldi. "Osmon ham, yer ham u uchun yig'lamadi" oyatida qadimgi Misr odatlarigayaqqol ishora berilgan. Yana unda Fir'avn jasadi saqlab qolinishi aytilgan. Samiri ismini aytish orqali Qur'on o'sha davrdagi ruhoniy guruhga ishora qiladi. Yettita mo'jiza. Alloh taolo o'sha davrni aniq va batafsil tasvirlash orqali bizga sodir bo'lgan har bir narsani bilishini ko'rsatdi. Xatto insonlar orasidagi suhbatning keltirilishi ham Allohning hamma narsadan xabardor ekaniga ishora qiladi. U hammasidan xabardor. Xo'sh, bu aniq dalillardan so'ng, agar kimdir hali ham haqiqatga ko'zlarini yummoqchi bo'lsa, uning Fir'avndan qanday farqi qoladi?
Biz manashu hikoyadagi kimga o'xshaymiz? Haqiqatni ko'rishi bilan taslim bo'lgan sehrgarlargami? Yoki ko'z o'ngida haqiqatni bir necha bor ko'rsa ham baribir tan olmagan Fir'avnga o'xshaymizmi? Allohdan kelgan buyruqqa chin dilidan labbay deya o'z chaqalog'ini savatga solib oqizgan onaga o'xshaymizmi? Yoki haqiqatdan qalblari to'silgan va Allohning payg'ambaridan yuz o'girgan qavmga o'xshaymizmi? Yo abadiy saodat yoki abadiy jannat yoki abadiy jahannam. Tanlov o'z qo'lingizda.