Towards Eternity
Blogga qaytish

Do‘stim Meni Pichoqladi va O‘limga Tashladi! | Jinoyatdan Islomga — Axi Ayman Ko‘z Yoshli Hikoyasi

Nashr sanasi

YouTube’da ko‘rish

Ishdan qaytayotganda bir do‘stimni ko‘rdim. Unga yaqinlashayotganimda orqamdan pichoq urdi. Pichoq qornimni teshib o'tdi. U bilan kurashish uchun o‘girildim, ammo ko‘p qon yo‘qotganim uchun holsiz edim. Kasalxonada "Sizni hayotga qaytarishga urinyapmiz. Bardam bo'ling. Defibrillyator. Kurashing... hayotga qayting." deyishardi. Keyin esa shifokor soatga qarab "O‘lim vaqti", dedi. Vallohi, u boshimga choyshab tortib qo‘ydi. Xonadan chiqayotgan payti apparat yana ishlay boshladi. Bip, bip, bip. Men qamoqda edim. Onamning qamoqqa kelganini eslayman. Onamga: "Meni boshqa ko‘rmaysiz", dedim. "Nima deyapsan, Ayman? Men onangman. Meni haydama!" O‘sha kuni singlimdan telefon bo‘lganini eslayman.

U "Ayman, onamning ahvoli yaxshi emas!" dedi. Akam ham qo‘ng‘iroqlar qilardi. "Ayman, buni faqatgina bir marta aytaman..." Bir necha soniyadan keyin... o‘zimni boshqarolmay qoldim! -Assalomu alaykum, Ayman Akhi. — Va alaykum assalom. -Towards Eternity'da sizni ko'rganimizdan xursandmiz. -Men ham. Ilk savolimiz Ayman Akhi kim, hayotingiz haqida qisqacha aytib bering? Iroqdanligim uchun 11-sentabr voqealaridan keyin og‘ir hayot kechirdim. Men jinoyatchilik muhitiga kirib qoldim, qamaldim, chiqdim, pichoqlandim, ammo umidim uzilmadi. Keyin yo‘limni o‘zgartirib, Allohga qaytdim. Ayni payda yoshlarni yaxshi yo'lga boshlash yo'lidaman. Ota-onamga yaxshi munosabatda edim.

Besh vaqt namoz o'qish muammo bo'lmagan. Ota-onamni hurmat qilardim. Ular meni yaxshi ko‘rardi, hali ham yaxshi ko‘rishsa kerak. Lekin ko‘cha muammolarini o‘zingiz hal qilasiz. Ayniqsa Londonda. Inglizcha gapirolmasam masaxara qilishardi, 11-sentabrni deb menga hujum qilishardi. Keyinchalik, taxminan 14–15 yoshlarimda, jiddiy muammolar boshlandi. O'ta jiddiy muammolar edi. Mayda jinoyatlar emas, bu doimiy zo‘ravonlik edi. Vaqt o‘tgach turli vaziyatlarga aralashib qoldik. 11-sentabr voqealarini hammangiz bilasiz. Ukalarim bilan hech qachon to‘dalarda bo‘lmaganmiz. Biz ko‘chaga chiqib, shuhrat qozonishga yoki nom chiqarishga urinadigan odamlar emasdik.

``` Men ulg'aygan joyda har bir mahalla, ko‘cha, turar-joy majmuasida nomini aytish mumkin bo‘lgan to‘da a’zosi bor, biz esa ularni qoq markazida edik. Ular ishi bo'lsa bo'lmasa bizga hujum qilishardi. Tinimsiz to‘qnashuvlar bo‘lib, har kuni urushardik har kuni. Dushman qayerdan kelishini bilmasak-da o‘zimizni himoya qilardik. Natijada politsiya olib ketardi, qamoqqa tushardik va bundan saboq olardik. Qaysi vaqtda "Shoshma men nima qilyapman o'zi?" degansiz? Hayotingiz qachon o'zgardi? Qamoqda taxminan ikki yildan ortiq bo‘lgan paytimni eslayman. O‘sha davrlarda onam qamoqqa kelgandi. men allaqachon bir yil o'tirib qo'ygandim. Onam bilan faqat telefonda gaplashardim. Onam qamoqqa keldi.

Uni hijobda ko‘rganim esimda, aboyada, ibodatli va Allohdan qo‘rqadigan ayol edi. Onam shuday turardi, chunki uni tekshirayotgan edilar. Aslida, uni tintuv qilishayotgan edi. O‘sha paytlarda onam kelganida, uni quchoqlab, o‘pa olmasdim, chunki oramizda shisha to‘siq bor edi. onamni hatto hidlarini hidlayolmasdim, umuman sezmasdim Bu... men uchun o‘sha burilish nuqtasi edi. O‘zimga "Qamoqdan chiqqanimda ota-onamni faxrlantiraman. Ish topaman. Yaxshi farzand bo‘laman. Ota-onam mendan faxrlanadi. Ish topaman, ishlayman, pulni ularga beraman, Islomiy ilmlarni o'rganaman" dedim. Onamga: "Meni boshqa ko‘rgani kelmang. Sizni bu ahvolda meni ko‘rgani kelishingizni istamayman", dedim.

Onamning yuzini eslayman, u menga: "Nima deyapsan, Ayman? Men onangman. Tashrifimni bekor qilma. Men kelaman", dedilar. Men esa: "Yo‘q, ona", dedim. Har safar tashrifini rad etardim. Onam ketgach, kameramdagi xonamga qaytib, Allohga yig‘lab iltijo qila boshladim. "Ey Robbim, meni kechir. Ota-onamni xafa qilganim uchun meni kechir deb iltijo qildim. Senga itoatsizlik... qilganim uchun, o‘zim hal qilmoqchi bo‘lganim uchun meni kechir. Qasos izlaganim uchun kechir. Nafsimga ergashganim uchun kechir." Men ham farzandman, onamni sog‘inaman. Uning quchog'ini, taomlarini, bo‘salarini sog‘inardim... Qanday aytsam? Onamning xonasidan "Ayman, xayrli tun", deyishini sog‘inardim, tushunyapsizmi?

Kamerada edim. Yana tahorat oldimda ikki rakat namoz o‘qidim. So‘ng: "Tavba, ey Rabbim, mag‘firatingni so‘rayman. Ozor bergan insonlarim uchun afsusdaman. Ota-onamga ozor berganim uchun afsusdaman. Ular meni qamoqda ko‘rishga loyiq emas. Ular yaxshi farzandni tarbiyalashdi. Lekin shunchaki "yo‘q" deyishni bilmasdim . Ba'zan Allohga biror narsa deyishingiz ham shart emas. Allohga ichingizda qilgan jim duolaringiz eng baland duoga aylanadi. O‘shanda men bilan ham shunday bo‘ldi, Alloh o‘rtamizdagi jim duo eng baland duoga aylanadi. Gapirish shart emas. Alloh qalbingizdagini biladi. Nihoyat oilam bilan qayta uchrashgan kunimni eslayman. Meni olib ketishga akam kelgandi.

Akam meni olib ketishga kelganida, onam ham, otam ham bundan bexabar edi. Qamoqdan chiqqach, to‘g‘ri probatsiya idorasiga borib imzo chekdim. Keyin esa to‘g‘ri uyga yo‘l oldim. Ular Juma namozi tugagach qaytishayotgan edi. Uyga kirishganida: "Syurpriz!" dedim. Ota-onam yig‘lab yuborishdi, bir-birimizni quchoqladik, onam ovqat tayyorladi va... bu ajoyib edi. Bamiya va dolma yeganligim esimda. Ha, juda zo‘r edi. Sizga pichoq bilan hujum qilingan kun haqida bizga aytib berolasizmi? Ha, meni ikki marta pichoqlashgan. Birinchi marta 2014-yil may oylarida bo‘lgan. Qamoqdan endi chiqqan paytim tish shifokoriga ketayotgandim. Gapimiz qochgan bir to'da a'zosini uchratdim.

Poyezd kelgach, u bekatdan chiqib ketdi. Ketayotib boshqa bittasiga pichoq berib yubordi. O‘sha kelib oyog‘imga pichoq urdi. Ikkinchi esa avgust oylarida do'stim tomonidan qilindi. Ishdan qaytayotganimda do‘stimni ko‘rib qoldim. To'g'ri uning yoniga bordim. U bilan biroz suhbatlashdik. Keyin esa xayrlashib ketayotganimda u orqamdan pichoq urdi. Pichoq kattaligidan qornimni teshib o'tdi. U meni pichoqladi, unga qarshilik qilmoqchi bo'lib o'g'irildim, ammo ko'p qon yo‘qotayotganim uchun holsiz edim. Pichoqning tig‘i katta, ustida mayda tishchalari ham bor edi. Pichoq osongina kiradi, lekin chiqayotganda, tig‘idagi tishchalari sababli, ichki a'zolaringizni ham o‘zi bilan sug'urib oladi.

Keyin u qochdi, men do‘konga yugurib kirib: "Iltimos, tez yordam chaqiring" dedimda yerga yiqildim. Kasalxonaga olib borishganda, operatsiyadan keyin shifokor: Menga "Ahvolingiz yaxshi deb o‘ylayotgan paytimizda yuragingiz to‘xtab qoldi" dedi. "Sizni operatsiya xonasiga olib kirib, hayotga qaytarishga urindik. Lekin qaytmadingiz. Defibrillyatordan foydalandik. Siz qaytmadingiz." Shifokor soatga qarab: "O‘lim vaqti", dedi. Vallohi, u boshimga choyshab tortib qo‘ydi. Va xonadan chiqib, onamga, otamga, akalarimga va do‘stlarimga Ayman vafot etganini aytmoqchi edi. Xonadan chiqayotganda apparat yana ishlay boshladi. Bip, bip, bip. -Subhanallah. Bu Alloh subhanahu va taoloning rahmati edi.

Bu dunyodagi apparatlar sizni hayotga qaytara olmasligini ko‘rsatadi. Sizni hayotga faqat Alloh qaytaroladi. Bu shifokor musulmon ham, nasroniy ham emas edi, Xudoga ishonmasdi. Lekin bu voqea uning ko‘zlarini ochdi. U: "Shifokor bo‘lib ishlagan 40 yilim davomida bunaqasini ko‘rmaganman", dedi. Onamni va singlimni shifoxonaga olib kelishgandi. 18 soat davom etgan operatsiyadan keyin, men 9 kun davomida maxsus apparatga ulangan holda yotdim. O‘zimga kelganimda vahimaga tushdim. Ko‘zimni ochib shifokorga qarab: "Borib shifokorni chaqiring, u qornimda nimanidir unutibdi! Nima qilyapsizlar?" dedim.

Keyin esa Ular: "Ayman, hozircha bir muddat shunday yashaysiz, keyin boshqa yo'li bormi-yo‘qmi ko‘ramiz, balki avvalgi holatga qaytararmiz" deyishdi. Hozir qornimda maxsus xaltacha bilan yashayman. Mana shu yerda menda xaltacha bor, ya'ni odatdagidek hojatga chiqa olmayman. Men og‘riq bilan yashayman. Doimiy og‘riq ichidaman. Kuniga 24 soat og‘riq bo'ladi Lekin tanam bunga o‘rgandi. Og'riqni boshqalarga sezdirishni xohlamayman. Shu sabab ko‘p hazillashaman, kulaman, ko‘p hangoma qilaman. Bu og‘riqni unutishimga yordam beradi. Pichoqlangamidan so'ng oradan biroz vaqt o‘tib meni dushmanlarim o‘g‘irlab ketishdi.

Ular menga yetkazgan qiynoqlar va og‘riqlar natijasida oshqozonimning katta qismi olib tashlandi, ichaklarimning ham bir qismi ketdi. Shifokor: "Endi bu siz bilan umrboqiy qoladi", dedi. Shifokor farzandli bo‘lolmasligimni ham aytdi, chunki ular menga katta zarar yetkazishgandi. Alloh meni sinadi. Men ularni Allohga topshirdim. Vallohi, ularni tanirdim, qanday qasos olishni, qayerda yashashlarini bilardim. Qayerlarga borishlarini, qayerlarda yurishlarini bilardim. Subhanalloh, onasi qanday mashina haydashini bilardim! Lekin Allohga topshirdim. U mening do‘stim edi. Bir maktabda o‘qiganmiz.

To‘g‘risi, uni qanchalik yomon ko‘rmay, unga ozor berishni va qasos olishni qanchalik istamay, qasos Islomning yo‘li emas... edi. Tasavvur qiling, Alloh uni Islomga hidoyat qilsa, men uni quchoqlab, bag‘rimga bosardim. Uni o‘z akam yoki ukamdek yaxshi ko‘rardim axir. Nega? Chunki Ashhadu an la ilaha illalloh. Din hammasidan ustun turadi. Biz qoningga ham, tering rangiga ham qaramaymiz. Qora bo‘lasanmi, oq bo‘lasanmi, ko‘kmi, yashilmi — farqi yo‘q. Biz musulmonmiz va Islom bizni birlashtiradi. Bir yigit bilan bir-birimizni o‘ldirmoqchi bo‘lib yurardik. U musulmon bo‘lishi bilan menga bog‘landi. U: " Ayman, assalomu alaykum. Senga musulmon bo‘lganimni aytmoqchiman.

Ko‘rishsak yaxshi bo‘lardi" dedi. Ichimda: "Yolg‘on gapiryapti. Birinchi pichoqlagan ham musulmonman degandi. Bu nima deyapti o‘zi?" dedim. Hozir yaqin do‘stmiz. Agar shaxsiy bo‘lmasa, onangizning so‘nggi kunlari va qanday vafot etganini aytib berolasizmi? Bu 2022-yil edi. Onam va ikki akam Madinadan Makkaga yo‘l olishgandi. O‘sha kuni singlimdan qo‘ng‘iroq bo‘lganini eslayman. Singlim: "Ayman, onamning ahvoli yaxshi emas. Duo qil" dedi. Men hozir ma'ruzaga kirib, xutba qilaman, keyinroq bog‘lanaman.Albatta duo qilaman", dedim. Xutba paytida akamdan qo‘ng‘iroqlar kela boshladi. Keyin xotinim, keyin singlim, keyin opam, hamma qo‘ng‘iroq qilardi.

Nima bo‘lganini aqlim bilardi, ammo qalbim qabul qilishni istamasdi. Menga o‘sha xabarni yetkazishmoqchi edi. Onam Makkada... Umra ibodatini ado etayotgan edi. Aynan Umra vaqtida vafot etdi. Onam bilan birga bo‘lgan akamning qo‘ng‘irog‘iga javob berganim esimda. Yaxshi xabar deb o‘ylab Alhamdulillah, dedim ichimda. Akam nega videoqo‘ng‘iroq qilyapti? Onamni ko‘rsatmoqchidir, deb o‘yladim. Akamni ko‘rdim. Akam: "Ayman, buni faqat bir marta aytaman... Onamiz... Allohning huzuriga qaytdi", Keyin go'shakni qo'ydi. Bu ma'ruza vaqti edi, bari tasvirga olinayotgandi... Esimda, menimcha... To‘liq video tarqalmaganidan xursandman, chunki bir necha soniyadan keyin men... Qanday aytsam...ekan.

O‘zimni boshqarolmadim. Alhamdulillah, lekin... U buyuk ayol edi. Makkaga birinchi bor borgandi. Umrani birinchi marta qilayotgan edi. Makka va Madinada bo‘lgan paylarida ular bilan gaplashmadim. Lekin qaytishidan bir kun oldin... Qaytishidan bir kun oldin, u menga ovozli xabar yubordi. "Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh, "Ayman, yaqinda qaytaman. O‘lchamlaringni yubor, o‘zim bilan olib kelay" dedi. Bu menga aytgan so‘nggi gaplari edi. Ey Rabbim. Alhamdulillah. Vafotidan sakkiz-to‘qqiz oy o‘tgach, tushimda uni ko‘rdim. meni unutdingmi?" dedilar. Ularga yaqinlashishga harakat qilardim, ammo yaqinlashgan sari uzoqlashardilar. Ularni yuzini ko‘ra olmasdim.

umumman ko'ra olmasdim Yuzlari nur edi. Ularga qarab yugurishga urinardim, ammo tobora uzoqlashaverardilar. Bilasizmi, bu nimani eslatdi? Ba'zan unga duo qilishni unutib qo‘yishimni. Shuning uchun tushimga kirib: "Ayman, meni unutdingmi?" dedilar. Vallohi, shunday kun keladiki, otangizdan yoki onangizdan birgina qo‘ng‘iroq kelishini orzu qilib kutasiz. Faqat telefonni olib: "Ha, ona. Ha, ota. Nima kerak edi? Siz uchun qayerga boray? Nima qilay?, nima qilib kelay, qaysi do‘konga kiray? Ayting, hozir bajaraman", deyish uchun. Ko‘ryapsizmi, endi menga bunday qo‘ng‘iroq kelmaydi. Onam yo‘q. Ota-onangizni hurmat qiling. Qur'onda hatto ota-onangizga "uf" deyish ham mumkin emasligi aytilgan.

Eshitishimcha, ancha yosh turmush qurgansiz. Turmush o‘rtog‘ingiz bilan qanday tanishgansiz? Xotinim bilan turmush qurish va madaniy cheklovlardan chiqishim katta qadam bo‘ldi. Biz kurd va iroqlik oiladanmiz. Bizda millatdoshingga uylanasan deyishadi. Men esa butunlay farqli insonga uylandim. Bu borada ota-onamni xursand qilolmadim. Ulardan biri baxtli bo'lishimni istab qo‘llab-quvvatladi. Boshqasi esa buni qabul qilmadi. Lekin qaror meniki. Hamma ishni Islomga muvofiq qilsam, menga "yo‘q" deb bo‘lmaydi. Nega bu inson bilan turmush qurolmasligimni Islomiy dalillar bilan tushuntirishingiz kerak. Alhamdulillah, uylandim. Men buni, inshaalloh, savobli ish deb qabul qildim.

Ya'ni o‘zimning farzandim bo‘lmagan bolaga g‘amxo‘rlik qilishni. Shifokorlar farzandli bo‘lolmasligimni aytishgan. Ammo Alloh menga farzandi bor ayol orqali eshik ochdi. Ey Alloh, Sen men uchun shuni tanlading. Men bunga roziman. Menga oila kerak edi va Alloh menga bu oilani berdi. Boshlanishida qiyin bo‘lganini yashirmayman. O‘gay ota bo‘lish osonmas. "O‘gay ota" atamasini yoqtirmayman. Men buni mas'uliyatni o‘z zimmasiga olgan ota deb atayman. Tushunyapsizmi? Men boshqa bir erkak qilolmagan ishni qildim. Bundan minnatdorman, xursandman. Ayman qilgan eng yomon qaror? Qamoqqa tushganim. Bundan afsuslanaman. Eng yaxshi qaror-chi? Eng yaxshisimi, turmush qurishim.

Alhamdulillah Siz eshitgan eng yaxshi va yomon fikrlar? Esimda bir kuni bir kishi kafeda yonimga keldi. va U meni quchoqlab "Birodar, bilib qo‘ying, 12 yoshli qizim siz sababli hijob o‘radi" dedi Bu meni juda xursand qildi. Keyin u "Lekin buning uchun aytayotganim yo‘q"... "Qizim sababli xotinim ham hijob o‘ray boshladi" deb aytdi. SubhanAllah (Glory be to Allah). Men hech kimni hidoyat qilmayman. Hidoyat faqat Allohdan Men shunchaki "Islomning asoslarini bajaring, qolganini esa Allohga qo‘yib bering" deyman. Ayman eng ko‘p nimadan zavqlanadi? Futbol o'ynashdan... shunaqami shunaqa. -Amerika futboli emas a... -Futbol, futbol.

Yo‘q, yo‘q, futbol ular “sokker” deyishadi, biz esa “futbol” deymiz. Futbol, tamom. Googleda oxirgi marta nima qidirdingiz? — Hozir aytaman mana hozir. — Ha, albatta. -Hozir aytaman mana iltimos koring. hozir ko'rsataman Nima, Trabzonmi? -Turkiya. — Turkiya. Oxirgi ko‘rganim shu. Shunchaki “chiroyli joy” deb o‘yladim. Oxirgisi shu edi. Googlega kirdim, hamon turibdi, ha. Demak, InshaAlloh borasiz? Men tabiatni juda ham yaxshi ko‘raman. Ko‘kalamzorlikni yaxshi ko'raman. Keyin bu joyni ko‘rib, Turkiya haqida “Voy, juda chiroyli joy ekan. Borish kerak ekan.” dedim Hech esdan chiqmaydigan kulgili, juda uyatli bo‘lgan voqea haqida gapirib bera olasizmi.

Bir vaqtlar BBCda, televizorda shifoxona haqida hujjatli film ustida ishlagandim. Ha ancha yillar bo'ldi. Hammaning oldida shunday turib gapiryapman, lekin hech kim qo‘l bermayapti. Ummuman hech kim qo'limni ushlamayabdi. men bu uchun juda uyatli holatda edim. Hatto operator ham meni butun dunyoga ko‘rsatmaslik uchun kamerani biroz o‘zgartirgandi. Men esa shunday turib qolganman... va manbunday Men uchun eng uyatli vaziyat shu edi. Siz orqali hayoti o‘zgargan ko‘p odamlar bor. Ulardan qaysi biri sizga eng kuchli ta’sir qilgan? Bir necha yil oldin Makkada edim. Taxminan 30–40 kishilik guruh bilan borgandik. Mehmonxonadan Ka’baga chiqayotganimda bir aka: “Ayman, sizni chaqiryapti”, dedi.

Bir yigit keldi: “Assalomu alaykum”. “Va alaykum assalom”. Hammaning oldida “Siz tufayli giyohvand savdosini tashladim.” Shu payt yuragim ko‘zimdagi yoshni ushlab turolmadi va yig‘lab yubordim. Rostini aytsam Men sababchiman demayman. Hidoyat mendan emas. Lekin kimdir “Hayotingizni ko‘rib, tavbangizni eshitib, men ham hammasini tashladim deyishi.” Bu juda ham ajoyib. “Halol pul topib, shu safarga keldim” deb aytyapti. Axir bu ajoyib-ku Buni o‘ylab ham bo‘lmaydi. Alhamdulillah. Alloh bizni ixlosli qilsin. Ochiq va samimiy javob bersangiz. Agar hozir vafot etsangiz, Jahannamga yaqinroqmisiz yoki Jannatga? Jahannamga. Vallohi. Chunki qilayotgan ishlarim qabul bo'lyaptimi, bilmayman.

Shu haqda o'ylayman. Niyatim to'g'rimi, niyatim to'g'rimi, deb o'ylayman. Buni odamlar uchun qilyapmanmi, yo Alloh uchunmi? Qo'rqaman. Ichimizda kurash bor. Qayerga ketayotganimizni bilmayman. Istagim shunday amallar qilay-ki odamlar meni shu bilan eslashsin. Yaxshilik tilab duo qilishsin. Qolganini Allohga topshiraman, chunki faqat Allohning rahmati bilan Jannatga kiraman. Lekin qo'rqaman, bilmayman. Tanlash imkonsiz bilaman, ammo qaysi oyat sizga ko'proq ta'sir qiladi? «Innama ashku baththii va huznii ilalloh». Eng sevimli oyatim. «G'amim va tashvishimni faqat Allohga arz qilaman». Xotinimga emas, onamga emas, otamga emas, bolalarimga emas, hech kimga emas, faqat Allohga.

Bu Yusuf surasidan: Bu Yaqub alayhissalomning Yusuf alayhissalomni yo'qotganlaridan keyin, akalari uni o'ldirmoqchi bo'lib, o'ldi deganida aytganlari. «Innama ashku baththii va huznii ilalloh». Agar hammamiz shu oyatni hayotimizga tatbiq qilsak, hammasi o'zgaradi. Muammolaringizni odamlarga aytmang. Ularga farqi yo'q. Ular bundan xursand, lekin sizga aytishmaydi. Faqat samimiy, Allohga chin dildan ishongan va yaxshilik istagan odam sizga nasihat qiladi. Qolganlarga esa farqi yo'q. Ular baxtsizligingizni yoqtiradi. Muammo ichidaligingiz ularga yoqadi. Ayman Jannatga kirsa, birinchi nima qilardi? Bir necha yil oldin onamdan ayrilganman, u Makkada vafot etgan, Alloh rahmat qilsin.

Uni sog'inaman, ko'rishni ham istayman, lekin... birinchi qiladigan ishim Muhammad sollallohu alayhi vasallamni ko'rish. Albatta, Allohdan keyin. Payg'ambarimizni ko'rishni, quchoqlab, minnatdorligimni aytishni istardim, chunki u tufayli musulmonman. Ular taslim bo'lganlarida, bugun qayerda bo'lardik? Ular taslim bo'lmadilar. «Siz taslim bo'lmadingiz. Siz sabab musulmonman. Qur'onni siz sabab bildim, Qur'on sizga nozil qilingan. Sunnatni bilaman, ayolimga, ota-onamga, musulmon bo'lmagan qo'shnilarimga qanday muomala qilishni siz sabab bildim.» Odamlarga rahm-shafqatli bo'lishni siz sabab o'rgandim, yo Rasululloh, sollallohu alayhi vasallam».

«Sizni ranjitganim uchun, Ummat uchun ko'proq xizmat qilmaganim uchun kechiring». Bir odam sizni liftda ko'radi. Sizdan «Hayotimda hamma narsa bor, nega dindor bo'lib o'zimni cheklashim kerak?» Deydi shunda unga nima deb javob berardingiz Agar Alloh bo'lmasa, hech narsangiz yo'q. Alloh sizni dunyo bilan band qiladi. Hamma narsam bor, deb o'ylaysiz. Lekin Allohsiz bu narsalarning qiymati bormi? Alloh sizga huzur qilishga qo'yib beradi. Lekin qalbingizda iymon bo'lmasa, birodar, Alloh sizga o'zingizni unuttiradi. Oyatda aytilganidek «Allohni unutganlar kabi bo'lmanglar, U zot ularga o'zlarini unuttirdi». «Allohni unutganlar kabi bo'lmanglar. Chunki Alloh ularga o'zlarini unuttirdi».

Bu qanday bo'ladi? Sizni dunyo ishlari bilan band qilib qo'yadi. «Bu millionni men topdim, bu mashinani oldim, bu uyim bor, bu oilam bor». Buni Alloh emas, men qildim. Yo'q, yo'q, yo'q. Buni sizga Alloh ayttiryapti. Chunki siz Uni unutdingiz. Alloh sizga o'zingizni unuttiradi. Ko'p yoshlar «Gunohlarga botganman, bundan qanday chiqay?» deydi. Ularga gapingiz bormi? Allohdan qanchalik uzoqlashmang, bir qadam yetadi «Yo Rabbim, meni kechir. Yo Rabbim, meni kechir». Qalbingizdan chin dildan aytsangiz, Alloh kechiradi. Alloh darhol kechiradi. Agar samimiy bo'lsangiz hamma gunohni kechiradi.

Shayton sizga ko'p gunoh qilding, Alloh seni hech qachon kechirmaydi deydi Lekin Alloh «Gunohlaring osmongacha yetgan bo'lsa ham, tavba qilsang, seni kechiraman. Joning tanangda ekan, seni kechiraman». Lekin gunohni hech qachon «hayot yo'lim» deb oqlamang. Men ichkilik ichib, «bu mening yo'lim», deya olmayman. «Vasvasam bilan qolaman», deya olmayman. Alloh taolo ayollarga ne'mat berdi va yuksaltirdi. Agar jamiyatni buzmoqchi bo'lsangiz, ayollarni yalang'och qoldirasiz. Bugun ham shunday bo'lyapti. Hayo jamiyatni tiklaydi. Taqvodor erkaklar ko'zlarini tiyadilar va Allohni eslaydilar. Men doim ytaman bugungi ummatdagi taqvodor ayollar bo'lmaganida, ummat allaqachon halokatga uchragan bo'lardi.

Bizni kuchli qilayotgan narsa onalarning duolaridir.