QAYTA TIRILISH KUNI - Sirot Ko'prigi
Nashr sanasi
Bugun biz Qiyomat kunining daxshatli manzaralari bilan tanishamiz. Qiyomat kunining boshlanganini bildirib baland bir ovoz eshitiladi. Alloh taolo Isrofil alayhissalomni tiriltirib surni ikkinchi marotaba chalishni buyuradi. Sirot ko'prigi. Hisob-kitob tugagach, jahannam uzra jannatga olib boruvchi ko'prik quriladi. Ikki tomonida ilmoqlar osilib turibdi. Har biri o'ziga buyurilgan kishini ilib olish uchun tayyor. Yo'q! Yordam beringlar! Yo'q! "Ovozlar Rohman haybatidan jim qolmish." "Qadam tovushlaridan boshqa hech narsani eshitmassiz." "Bu kunda ularning o'g'izlariga uramiz." "Nima kasb qilganlari haqida Bizga qo'llari so'zlar, oyoqlari guvohlik berar." Dunyo hayoti tugadi.
Birin ketin, barcha farishtalar, xatto o'lim farishtasi ham vafot etdi. Ana endi hammasi boshlanmoqda. "Va sur chalindi. Bas ularning hammalarini jamladik." Maxshar maydonida odamlar qayta tirilmoqdalar. Bashariyatning ilk boshidan beri o'lgan barcha insonlar birma bir qayta tirilmoqda. Biz bilgan dunyo endi yo'q. U butunlay boshqa ko'rinishga o'zgargan. Bu darajada cheksiz tekislikni umringizda hech qachon ko'rmagansiz. Odamlar ming yillab kutadilar. Har bir kishiga amallar kitobi berilib, hisob kitob uchun chaqiriladi. Ularning har bir amallari Mezon tarozisida tortiladi. So'ngra Sirot ko'prigi quriladi va nihoyat, oxiri do'zax yoki jannat bilan tugaydigan yo'l boshlanadi.
Insonlar birin ketin barcha ishlarga guvoh bo'lishadi. O'lgan jasad qanday qilib tirilishi mumkin deyishingiz tayin. Chirib yerga ko'milib ketgan jasad qanday qilib qayta tirilishi mumkin? Mana bu oyatda Robbimiz go'zal javob qilgan. U "Suyaklarni kim tiriltiradi? Xolbuki ular titilib ketgan-ku?" dedi. Sen "Ularni ilk marta yo'qdan bor qilgan Zot tiriltirur va u har bir yaratilgan narsani yaxshi bilur" deb ayt. Koinot orqali o'zini birga tanitgan, cheksiz kuch va qudratga ega bo'lgan va hamma narsani mukammal saqlaydigan Yaratguvchi har bahorda bizga tirilish misollarini ko'rsatmaydimi? Yer tagida ko'milib yotgan urug'ga jon kirib, yerdan unib chiqib rangli gulga aylanganini ko'rmadingizmi?
Nahotki guvoh bo'lmasangiz? Eng kuchli qo'shinga ega komandirni tasavvur qiling. U askarlariga dam olishni buyurdi. Sizninchda u mana shu askarlarini bir ovoz bilan qayta birlashtirib olishi mumkin emasmi? Xuddi shuningdek Alloh ham insoniyatni ko'plab omillar bilan yaratgan. Ona qornidagi bolani kerakli ozuqalar bilan ta'minlaydi va shu orqali chaqaloqni yaratadi. O'limdan keyin jasadlarimiz chirib yer ostida tarqalib ketganidan keyin U zot bizni qayta tiriltira olmasligi mumkinmi? Xuddi oyatda aytilganidek: "Avvalgi yaratishda ojiz bo'ldikmi?" Odamlar qabrlaridan qo'rquv bilan uyg'onishdi. Xuddi chuqur uyqudan turgandek. Yalang'och va yalang oyoq bir tomonga qarab shoshilishmoqda.
U kunning daxshatidan kishi yonida kim ketayotganini bila olmaydi. Hech kim nima qilishni bilmaydi. Xuddi chigirtka kabi har tomonga qochib yugurishmoqda. Ular mana shu kun haqida ogohlantirilgan edilar. "Ular qabrlardan, ko‘zlari qo‘rqinchga to‘lgan holda, xuddi yoyilgan chigirtkaga o‘xshab chiqib kelurlar." Iymon keltirmaganlar shunday derlar... "Bugun imtihon kuni." Allohga osiylik qilishdan uzoqda bo'lgan mo'minlar mag'rurlik va quvonchli yuz bilan markablariga minib yurishadi. Ammo Qur'ondan yuz o'girganlar esa Maxshar maydoniga yuzlari bilan yurib kelishadi. Ba'zi yuzlar nur chiqarib porlaydi, boshqalari esa o'zidan chiqqan terga botadi.
Odamlar ilojsiz qolib yaqinlarini qidira boshlaydi. Hamma o'zi bilan o'zi ovvora. Ular bir birlaridan qochishadi. Chunki ular faqatgina o'z jinoyatlaridan qutulib qolishni istaydilar. "Gunohkor o‘sha kun azobidan qutulish uchun o‘z bolalarini ham, xotini va aka-ukasini ham, Va uni o‘ziga olgan qabilasini ham va yer yuzidagi jamiyki kimsalarni ham fido qilishni, so‘ngra o‘zi najot topishni istaydir." Meni qo'yib yubor! Istasang ayolimni ol. Yoki do'stlarimni ol. Bu dunyoda kim bilan do'st bo'lgan bo'lsa va kimni tinglagan bo'lsa, qiyomat kuni o'sha odamlarni qidiradi. Agar bu do'stliklar yovuzlik yo'lida bo'lsa, kishi ularni topishi bilanoq, yoqasidan ushlaydi. Yerda sen bilan birga edim.
Sen nima desang shuni qildim. Endi nima qilishimni ayt. Ular bir birlaridan yuz o'giradi. O'z izdoshlarini ko'rishni ham istamaydi. Unga ergashganlar esa pushaymon yeydi. Uning izdoshlari shunday deydi "Qani endi bizga bir ortga qaytish bo‘lsa edi, bizdan tonganlaridek, biz ham ulardan tonar edik." Sekin asta ba'zi odamlar esingizga keladi. U odamlarni sizda haqqi bor, ammo ularni ko'rishni istamaysiz. Lekin qocholmaysiz ham. Barcha insoniyat bir qatorda saflanib turadi. Ana endi kutish davri boshlandi. Odamlar chiday olmasdan bu holat qancha davom etar ekan deyishadi. O'sha kunda Quyosh odamlarga juda yaqin keltiriladi.
Bu dunyoda biz 40 daraja Selsiyda quyosh ostida tura olmayotgan bo'lsak-da, o'sha kunda juda uzoq vaqt jazirama quyosh ostida kutishga majbur bo'lamiz. Har bir kishi gunohiga yarasha o'z terisiga botib turadi. Hech qanday soya bo'lmaydimi? Payg'ambarimiz alayhissalom kimlar soya ostida bo'lishi haqida xabar bergan edilar. U zot: «O'zining soyasidan boshqa soya bo'lmagan kunda Alloh yetti xil odamga soya beradi», dedilar. "Odil hukumdor, Allohning ibodatida ulg'aygan yigit. Qalbi masjidga bog'langan kishi. Bir-birini faqat Alloh uchun yaxshi ko'radigan va faqat Alloh yo'lida uchrashib, ajraladigan ikki inson.
Zodagonlardan bo'lgan jozibali ayol o'zini unga taklif qilganida rad etib, "Men Allohdan qo'rqaman" degan erkak. Chap qo'li o'ng qo'li berganini bilmaydigan darajada yashirincha xayriya qiladigan odam. Hamda hech kim yo'qligida Allohni eslab undan qo'rqib ko'z yosh to'kkan kishi." Yana bir go'zal hadis bor. "Kimki qarzdor bo'lib, qiynalayotgan odamga muxlat bersa yoki qarzining hammasini yoki bir qismini kechirsa, Alloh uni qiyomat kunida, uning soyasidan boshqa soya bo'lmagan kunida, O'z arshi soyasida saqlaydi". Kutish vaqti uzoq muddat davom etadi. Hali hisob kitob boshlanmadi. Xatto shu darajadaki, odamlar ularni bu og'ir ahvoldan qutqaradigan kishi qidirishadi.
Avvalo ular insoniyatning otasi Odam alayhissalom oldiga borishadi. So'ngra Nuh, Ibrohim, Muso va Iso alayhissalomlar oldiga borishadi. Ular eng buyuk payg'ambarlar bo'lsalar ham, "O'zimni jonim, o'zimni nafsim" deb odamlarni qaytarishadi. Bu kun shunday daxshatliki, xatto payg'ambarlar ham o'zini jonini qutqarishdan boshqa hech nima qilolmaydi. SubhanAlloh Hech Allohdan afv so'rashga botina olmaydi. Har birlari o'zidan keyingi payg'ambarga borishni buyuradi, oxirida odamlar Muhammad alayhissalomga borishadi. Shunday qilib, Muhammad alayhissalom duo qiladilar va hisob kitob boshlanadi. Ammo undan keyingi bo'ladigan holat avvalgilaridan ancha qattiqroq.
Buyuk hisob kitob oldida hamma saflanib turadi. So'ngra chap tomondan daxshatli hayqiriq eshitiladi. Bu ovozdan hamma daxshatga tushadi. U jahannam edi. Do'zax bor g'azabi bilan paydo bo'lib hammayoqni kuydiradi. Chunki uning oldida son-sanoqsiz zulm va dahshatli gunohlar qilgan odamlar turibdi. Ular Allohni va payg'ambarlarni rad etib, mo'minlarga zulum qilgan, minglab begunohlarni o'ldirgan. Ularning yuzlari daxshatdan qotib qoladi. O'ng tomonda esa Jannat o'zining barcha go'zalliklari bilan paydo bo'ladi. Allohga iymon keltirib Payg'ambarlariga quloq solganlar uni kutib turishibdi. O'z hisob kitobingiz yo'lida daxshatli bir manzarani ko'rasiz.
Dunyoda bir qo'y boshqa homilador qo'yni shoxi bilan suzib homilasi yo'qolishiga sabab bo'lgan edi. Qiyomat kunida qasos olinishi uchun bu ikki qo'y yuzma-yuz keltirilib mazlum qo'yga zolim qo'yning shoxi olib beriladi. Ana shu vaqtda ahamiyatsiz deb o'ylagan kichik gunohlaringiz ham keltirilishini tushunib olasiz. "Zarracha yaxshilik qilgan ham uni ko'radi, zarracha yomonlik qilgan ham uni ko'radi." Hammaga amal kitobi beriladi. Jannat kishilariga uni o'ng tomonidan, Jahannam kishilariga esa chap tomonidan yoki orqasidan beriladi. Kitobi o'ng tomondan berilganlar Ashobul Yamin, ya'ni o'ng tomon kishilari deyiladi.
Kitobi chap tomonidan berilganlar esa Ashobul Shimal, ya'ni chap tomon kishilari deyiladi. Va kitob qo‘yiladi. Bas, jinoyatchilarni undagi narsadan qo‘rqqan hollarida ko‘rasan. Ular "Bizlarga voy bo'lsin! Bu qanday kitob, kichikni ham, kattani ham hech qo‘ymay hisob qilibdi-ya" deydilar. "Va qilgan amallarini hozir holda topdilar. Robbingiz hech kimga zulm qilmas." Qaniydi o'sha shaytonni gapiga kirmaganimda! Iltimos, meni kechiringlar! Yana bir imkon bering! Qaniydi o'z nafsimga ergashmaganimda. Qaniydi tuproqqa aylanib ketsam. Jannat ahliga kelsak, ular amallar kitobini olganlarida, Qur'on ularni shunday ta'riflaydi.
"Bas, kimning kitobi o‘ng tarafdan berilsa, u, mana, mening kitobimni o‘qib ko‘ringlar... Albatta, men hisob-kitobimga yo‘liqishimga ishonardim" deydi. Shunday qilib u rohatda bo'ladi. Mana shunday daxshatli kunda, taskin va quvonch topish haromdan tiyilishga arzimaydimi? Shuncha dahshatga qaramay, o'sha kuni odamdan so'raladigan narsa aslida juda oddiy: Abadiy oxirat hayoti bilan solishtirganda deyarli hech narsa bo'lmagan bu qisqa hayotni haromlardan uzoqda yashab o'tish. Axir, kim umrini haromda o'tkazsa, chinakam quvonchni tatib ko'ra olmaydi. Alloh iymonsizlarga aytadi. "Yer yuzida qancha muddat bo'ldingiz?" Ular "Bir kun yoki yarim kun bo'ldik" deyishadi.
Sanab turguvchi farishtalaringdan so'ra" deyishadi. U "Agar bilsangiz, bu dunyoda juda oz muddat turdingiz xolos" deydi. "Ana o'shalar oxirat evaziga dunyo hayotini sotib olganlardir." "Bas, ulardan azob yengillashtirilmaydi va ularga yordam ham berilmaydi." Endi, iymon keltirishni tark etganlar, ular jahannamga uloqtiriladi va qaytib chiqarilmaydi. Qilgan jinoyatlarining darajasiga qarab beriladigan jazolari ham qattiq bo'ladi. Va albatta eng yomoni, ularni yaratgan zot Allohni kech qachon ko'ra olishmaydi. Endi faqat bir narsa qoldi. Sirot ko'prigi. Jannatga olib boruvchi yo'l jahannam uzra qurilgan. Iymonlilar, iymonsizlar va gunohkorlar hammalari mana shu ko'prikdan o'tishadi.
Jannatga borishning boshqa yo'li yo'q. Ushbu ko'prikdan avvalo Muhammad alayhissalom va uning ummatlari o'tishadi. Amaliga qarab ko'prikdan hamma har xil o'tadi. Ba'zilar yashin tezligida. Ba'zilar shamol tezligida. Ba'zilar esa yura olmay emaklab o'tishadi. Sirotning ikki tomonida ilmoqlar bor. Ular ba'zi odamlarni ushlab qolishadi. Yo'q! Iltimos meni qutqaring! Yo'q! Ba'zilar jarohatlar bilan qutulib qolishsa, boshqalarini esa ilmoq ilib jahannamga tortib ketadi. Jahannam to'ymaydi. Undan "To'ydingmi?" deb so'ralganda u "Hal min maziid, yana bormi?" deb baqiradi. Barcha daxshati bilan jahannam oyoq ostida turibdi. Ko'zlarimizni qamashtirmoqda.
Unga qaramaslikka harakat qilib ko'prikdan o'tishda davom etamiz. So'ng atrofimizdagi odamlarga qaraymiz. Ba'zilari gunohiga pushaymon bo'lmoqda. Boshqalari esa jahannamga yiqilmoqda. So'ngra dunyoda oxiratini unutib qo'ymaganlarga ko'zimiz tushadi. Ular ko'prikdan juda tez, hech nimani his qilmay o'tib ketishadi. Jahannam solih insonlarga ularni qo'rqitish uchun emas, balki quvonchlarini ziyoda qilish uchun ko'rsatiladi. Ularga qanday daxshatli narsadan omon qolganlari ko'rsatiladi. Bir zumda o'tib ketishadi. Nihoyat ularning kutishlari tugaydi va nihoyat ular abadiy maskanlari, Jannatga yetishdi. Mana shunday ishlar bo'layotganda bir kishi qattiq pushaymon bilan iltijo qiladi.
U butun hayoti davomida Ummatlari uchun qayg'urib duo qilgan edi. U Muhammad alayhissalomdir. "Najot ber, Ey Robbim, najot ber" U mo'minlar uchun shunday duo qiladi. U kunda bizning tashvishimiz hisob kitob bo'lsa, uning tashvishi Ummatini mana shu holatda ko'rish bo'ladi. Kitobi chap tomonidan berilgan ummatlarini, ularning Sirotdagi holatini, birma bir jahannamga qulayotganini ko'rish. Boshqa tomondan uning quvonchi Jannatga erishganlarni ko'rishidir. Nihoyat Jahannam unga loyiq bo'lganlarni qamrab olib bo'ldi. Endi jannat o'z ahlini kutib olmoqda.
"Robbilaridan qo'rqqan kishilar guruh guruh qilinib Jannatga olib kiriladi." "Kelganlarida uning eshiklarini ochiq holatda ko'rishadi" Va uning qo'riqchilari ularga: "Sizlarga tinchlik bo'lsin. Sizlar pok bo'ldingiz. Bas, u yerda abadiy qolish uchun kiringlar", derlar. Inshaalloh, agar maqsadimizga erishsak, safarimizning oxirida boradigan joyimiz go'zalki, Parvardigorimizning so'zlari bilan aytganda, Jannat, hech bir ko'z ko'rmagan, quloq eshitmagan va hech bir inson tasavvur ham qilmagan narsa bo'ladi. Va endi biz abadiy baxt diyoriga kirmoqdamiz, u yerda biz abadiy yashaymiz va har qanday maishatdan bahramand bo'lamiz. Eng muhimi buyuk baxtga erishamiz, Allohning jamolini ko'rish.
Agar bu videoni ko'rayotgan bo'lsangiz demak bu bekorga emas. Uni oxirigacha ko'rishingizni Allohni o'zi xohladi. Nega bilasizmi? Chunki u Hayotingizda nimanidir o'zgarishini istaydi. Xatto shunda ham u tomon bir qadam tashlay olmaysizmi? Bir qarorga kelish vaqti yetdi. Ibodat qilmasangiz hozirdan boshlab ibodat qiling. Reklamasiz mutlaqo bepul namoz ilovamiz bilan siz besh vaqt namozni hayotingizning doimiy qismiga aylantirishingiz mumkin. Agar iymoningizni mustahkamlashni va Islomiy bilimlaringizni chuqurlashtirishni istasangiz, ushbu kanalda siz uchun ko'plab videolar bor. Ularni bir tartibda ko'rib chiqishingiz mumkin.
Agar siz Qur'on o'qishni bilmasangiz, "Lam Alif Quran" deb nomlangan ilova ishlab chiqdik, u yerda siz tajvidni tez, oson va bepul o'rganishingiz mumkin. Agar siz Qur'on ma'nolarini chuqurroq o'rganmoqchi bo'lsangiz, tafsir ilovamizni yuklab olishingiz mumkin. Esingizda bo'lsin, o'zingiz uchun maqsad qo'yganingizdan so'ng, hatto u kichik bo'lsa ham, hamma narsa o'zgara boshlaydi. Jannat o'zi qanday? Bizni unda nima kutmoqda? Javoblar sun'iy intellekt yordamida yasalgan "Jannat va Jahannam" nomli to'rtinchi va so'ngi qismda bo'ladi. O'sha videoda ko'rishguncha. Biror nima payqadingizmi?
Bu video davomida reklama ko'rmadingiz Towards Eternity notijorat tashkiloti bo'lganligi uchun ushbu videolarni sizni yordamingiz bilangina ishlab chiqara olamiz. Solih amalga sherik bo'lishni istasangiz,loyihamizni qo'llab-quvvatlash imkonini qo'ldan boy bermang.