Towards Eternity
Blogga qaytish

Malcolm X maktubi uni Islomga yetakladi! “Qo‘l siqishdim!” – Xolid Yosinning 70 yillik hikoyasi

Nashr sanasi

YouTube’da ko‘rish

Men 1946-yil Nyu-Yorkda tug'ilganman. Nasroniy oilada. Jinoiy guruh a'zosidek yurardim. Jinoiy guruh a'zosidek gapirardim. Nega? Chunki bu Nyu-York. Bruklin. Malkolm X ga suiqasd qilishdi. Juda sovuq tong edi. Minglab odamlar uni ko'rish va tinglash uchun yig'ilgandi, Men ikki uch kishi bilan uni tomdan turib tomosha qilayotgandik, uning qo'riqchilari bizni tomda ko'rib, pastga tushishimizni aytishdi. Bu o'sha vaqt bo'lishi kerak bo'lgan hodisa edi. Assalamu alaykum Shayx Xolid Yosin. Biz bilanligingizdan xursandmiz. Suhbatni Xolid Yosin kim degan savoldan boshlamoqchiman? O'zingiz haqingizda qisqacha aytib bersangiz? Alhamdulillah, Allohning rasuliga salovatu salomlar bo'lsin.

Men 1946-yil Nyu-Yorkda tug'ilganman. Nasroniy oilada. Lekin ota-onam bo'lishiga qaramay, xuddi yetimlardek o'sdim. Hurmatli Shayx Doud Faysal xazratlari boshchiligida 1965-yilda Islomni qabul qildim. Xuddi o'sha yili Malcolm X ga suiqasd qilishdi. Fevral oyida unga suiqasd qilishgan bo'lsa, men oktyabr oyida musulmon bo'ldim. Imon nuqtayi nazaridan hayotingiz qanday edi? Nimaga ishonardingiz? Xo'sh, men Nasroniy edim. Bir nechta mehribonlik uyida tarbiyalanganman va har birida Nasroniylikning turli yo'nalishida e'tiqod qilinardi. Xuddi, ta'maddixonaga o'xshardi. Metodistlar, yepiskoplar, baptistlar. 16 yoshga to'lgunimga qadar shu turli yo'nalishlarda ta'lim olganman.

Keyin 2,5 yil davomida havo kuchlarida harbiy xizmatda bo'ldim. Harbiy xizmatdaligimda Katolikchilik eng asosiy yo’nalish edi. O'shanda ruhoniy bilan suhbatlashishga imkonim bo'lgandi. Chunki men ruhoniyni ustozlik qila oladigan, yo'naltira oladigan shaxs deb o'ylardim. Biroq bunda nomutanosiblikni ko'rdim. Katolitsizmni sinab ko’rmoqchi bo'ldim, biroq u yo’nalish judayam keskin, sirli va o'ta Yevropalashgan, menga ahamiyatsizdek edi. Keyinchalik Katolik cherkovida mavjud bo'lgan bir nechta ziddiyatlar menga namoyon bo'ldi. O'sha ziddiyatlar haqida aytib bera olasizmi? Havo kuchlaridaligimda men hanuz Nasroniy edim. An'anaviy nasroniylikni targ'ib qilardim.

Yetti yoshimda, ba'zi masalalarga tushunmasamda, qabul qilaverardim. Ammo tushunarsiz bo'lgan masalalar mavjud edi. Masalan, Iso bir vaqtda ham Xudo, ham uning o'g'li. Bu mantiqsiz edi. Va bir vaqtning o'zida u Muqaddas Ruh ham edi. Muqaddas Uchlik tushunchasi haqida bilasiz, uch xususiyat uchta turli xil shaxsda mujassamligi va shu uch shaxsni bir Xudoda jam bo'lgani g'alati edi menga. Aytingchi, Islom tomon sayohatingiz qanday boshlandi? 17 yoshimda poyezdda ketayotganimda, Nyu York Times gazetasidagi bir e'longa ko'zim tushib qoldi. Xullas, Nyu York Times Malcolmning Makkadan yuborgan maktubini chop etgandi. O'sha maktubni o'qiganim esimda.

Malcolm o'z maktubida Makka, Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v) haqlarida, va Ka'ba, Qur’on haqida yozgandi. Qisqasi, 5-6ta narsa haqida. Unda men umuman eshitmagan Haj, Arofat haqida yozilgandi. U davrda ijtimoiy tarmoqlar yo'q edi. Agar omadli yoshlardan bo'lsangiz, sizda Britanika Ensiklopediyasi bo'lardi, men ana shu omadli yoshlardan biri edim va shu ensiklopediya to'plami menda bor edi. Ensiklopediyani ochdim va o'sha so'zlarni qidira boshladim. Va topdim. Bu so'zlarni avval eshitmaganman. Ushbu so'zlar ma'nosini tushunganimda, Malcolmni nega u yerga borganini va nega ortga chekinmayotganini angladim. Siz undan ta'sirlandingiz, shundaymi? Malcolm X bilan uchrashdingizmi?

Xullas, men uning dini, ya'ni Islom haqida o'rgana boshladim. Uning so'zlarini tinglardim, Makkaga safarini kuzatardim. joniga suiqasd qilishlaridan oldin, uning Harlemdagi uchrashuvida ishtirok etganman. Juda sovuq tong edi. Adashmasam Tereza mehmonxonasidan so'zlayotgan edi, hozir u mehmonxona ishlamayapti. Men minglab tinglovchilardan biri edim. Minglab odamlar ko'chalarda Malcolmni tinglash va ko'rish uchun yig'ilgandi. Biz uni ko'rdik. Biz keldik. Men, ikki uch kishi bilan uni tomdan turib tomosha qilayotgandik. Qo'riqchilar bizni tomda ko'rib pastga tushishimizni aytishdi. Judayam sovqatganimizdan pastga tushdik. Shunda u bizni oldiga chaqirdi va u bilan qo’l berib ko'rishdik.

Hozir bu juda yoqimli xotiralarimdan biri. Bu o'sha vaqt bo'lish kerak bo'lgan hodisa edi. Malcolm o'ta ta'sirchan inson edi. Bilasizmi, unga o'xshagan insonni Afro-Amerikaliklar hali ko'rmagandi va Malcolm shahodat kalimasini aytdi. 1965-yil, fevralda uni o'ldirishdi. Men 17 yoki 18 yosh edim. Fevral oyida unga suiqasd qilishgan bo'lsa, oktyabr oyida men musulmon bo'ldim. Shahodatni qanday qabul qildingiz? Do'stim Zakariyo sabab. Zakariyo Rashid Alloh undan rozi bo'lsin. Qisqasi borib, uning otasi Alvan Rashid bilan uchrashdim. Alloh ulardan rozi bo'lsin. Juda noodatiy, ziyrak va kuchli fikrlovchi inson edi.

U kishi meni Amerika Islom Missiyasidagi Shayx Doud Ahmad Faisalni yoniga olib bordi. Va sentyabrda... Uzr, 1965-yil oktyabrda Amerika Islom Missiyasida musulmon bo'ldim. Men islom bilan tanishib chiqmaganman. Birinchi shahodat kalimasini aytdim va Islomiy jamiyatda rivojlanishim boshlandi. Bu oktyabrda oyida bo’lgandi. Oilangiz va atrofingizdagi odamlar islomni qabul qilishingizni qanday kutib olishdi? Bu otamdan boshlandi. Ular bilan 22 yoshimda ko'rishdim ungacha ularni ko'rmaganman. Adashmasam 27 yoshimda vafot etdilar. O'lgunlariga qadar ularni bilmasdim Xullas, qabrga qo'ydim. O'lgunlariga qadar ular bilan yaxshi munosabat o'rnata olganim, bu mening omadim edi.

Ular mendan musulmonlarni qanday yuvib ko'msak, shunday yuvib ko'mishimni so'radilar. Ular mendan g'assol bo'lishimni so'radilar, zero o'sha vaqtda men Imom edim musulmonlardan kimdir vafot etsa, yuvish va dafn qilish ishlarini men bajarardim. Opam bu haqida otamga aytgan ekan. Otamni Islomni qabul qilishlarini juda ham istardim, balki o'zlaricha qabul qilgandirlar, chunki bu haqida ko'p suhbatlashganmiz. Ammo onam ham Islomni qabul qilishimga qarshi bo'lmaganlar. Ular, "O'g'lim agar tanlagan yo'ling seni yaxshiroq inson bo'lishinga sabab bo'lsa davom ettiraver, biroq ko'r-ko'rona ergashma" dedilar. Keyin onam ham musulmon bo'ldilar. Vafot etishlaridan 11 yil avval Islomni qabul qilganlar.

Opalarim, aka-singillarim turli xil munosabat bildirishgan, lekin vaqt o'tishi bilan Alloh shunday qilib qo'ydiki, men oiladagi asosiy maslahatchi bo'lib qoldim, bunga donoligim yoki o'zim sabab demoqchimasman. Islomni menga bergan eng katta in'omi bu oilamga boshchilik qilish, ularga yo'l-yo'riq ko'rsatish, hatto ba'zida mendan norozi bo'lsalar ham. Oilamning maslahatdoshi, yetakchisi bo'ldim. Hozirda 151 kishilik musulmondan iborat oilam bor. Bu juda zo'r ko'rsatkich. Islomni qabul qilganlar orasida o'ziga xosi qaysi bo'lgan? Onamniki bilan bog'liq holat Onamni Islomni qabul qilishlari men uchun eng qadrlisidir.

Agar 70,000 yoki 75,000 holat bo'lgan bo'lsayam hech biri ularnikiga teng kelmaydi. Afsuski, onamga shahodat kalimasini aytib turgan men emas edim. Onam doim kuzatib borardilar. Ular taxminan 25-30 yil davomida meni qo'llab-quvvatladilar, hurmat qildilar. Ularga shahodat kalimasini Somaliyalik ayolim aytib turdi. Ayolim ingliz tilida yaxshi gapirolmasdi. Lekin onamga bo'lgan munosabati bunga sabab bo'ldi. Bir kuni onam cherkovga borishni istayotganini aytdilar. Ular qayerda cherkov borligini bilmas edilar. Omina, "Onajon, sizni o'zim olib boraman" dedi. Onam "Meni cherkovga olib borasanmi?" deb so'radilar. Omina ularni cherkovga olib bordi.

U yerga yetib borishganida, onam ayolimga, "Omina, meni moshinada kutib turmoqchimisan?" debdilar. Omina, "Yo'q, onajon, men siz bilan cherkovga kiraman", debdi. Omina Somali ayollari kabi hijobda edi. Omina onam bilan cherkovda oxiriga qadar o'tirib, keyin ularni uyga olib keldi. keyin onam menga Somalilik hijob kiygan qizning aynan shu ishi judayam ta'sirlantirganini aytib berdilar. Onam ayolimga, "Shunday qilsang bo'ladimi?" desalar. Omina, "bu cherkov va men siz bilan o'tirdim xolos" debdi. Agar u nimanidir xato aytsa, men Astag'firulloh derdim. Agar nimanidir to'g'ri aytsa, Alhamdulillah derdim. Bu oddiygina yechim edi. U onamni o'z onasidek ko'rardi.

Shu orttirilgan tajriba orqali onam bemalol Shahodat aytdilar. Yevropadan kelganimda onam bilan Omina dahlizda o'tirishardi. Onam allaqachon Shahodat kalimasini keltirgandilar. Jinoiy guruh a'zosi bo'lganingiz rostmi? Yo'q, yo'q! Hech qachon jinoiy guruhda bo'lmaganman. Birinchidan, men o'rta tabaqali oilalar muhitida ulg'ayganman. Vasiylik uylarida tarbiya olganligim uchun geto a'zosi bo'lmaganman. Ular o'rta tabaqali nasroniy oilalari edi. Shu sabab, yoshligimda hech qanday jinoiy guruhda bo'lmaganman va 18 yoshimda musulmon bo'lganman. Jinoiy guruh a'zosi bo'lishim uchun hech qanday sabab yo'q edi. Lekin jinoiy guruh a'zosidek yurardim. Jinoiy guruh a'zosidek gapirardim. Nega?

Chunki bu Nyu York. Bruklin. Va turfa xillik madanaiyatimizning bir qismidir. Odamlar, ba'zan Shayx gangsterdek gapiradilar, deyishadi. shunday deyishgan bo'lishi mumkin, lekin men bunday deb o'ylamaganman. Yo'q, men hech qachon unday bo'lmaganman. Yodingizdan chiqara olmaydigan voqeani aytib bersangiz? Meni ba'zan cherkovlarga taklif qilishardi, sababi o'sha vaqtlarda men Iso Allohning payg'ambari nomli ma'ruza qilgandim. Xullas, ular nima sababdan bizni bunday o'ylashimizga qiziqishdi. Iso - Allohning payg'ambari? Bilasizmi, cherkovda 600 kishi bor edi. 3 soat davomida men ma'ruza qildim.

Ruhoniy yoki pastor jamoatga haddan tashqari ta'sir o'tkazayotganimni sezib, gapimni bo'lib, "menimcha dastur oxiriga yetdi", dedi. Ammo ba'zi odamlar, "yo'q, yo'q, u hali tugatmadi", deyishdi. Keyin u bizni minbardan tushirib yubordi. Ko'pchilik ketib qoldi, taxminan 200 ga yaqin odam qoldi va ular bilan yana suhbatlashdik. Suhbat so'ngida ularga Allohning yagonaligi, Iso Masihning o'ziga xosligi va payg'ambar Muhammad s.a.v haqida gapirib berdim. Islom va Muqaddas Kitob o'rtasidagi va Muhammad s.a.v bilan Iso alayhissalom o'rtasidagi o'xshashliklar haqida aytib berdim.

Keyin ulardan, "Barcha eshitganlaringizdan so'ng yagona ibodatga loyiq zot Alloh ekanligiga guvohlik berasizmi?" deb so'radim Kamida 80 kishi "Ha" deb javob berdi. Ulardan Muhammad s.a.v haqida so‘raganimda, '“ha” deb javob berishdi. Men ularga dastlab, musulmon bo'ldingiz, deb aytdim. Ular, ajablanib. "Qanday qilib musulmon bo'lamiz, biz nasroniymizku?", deyishdi. Men: "Ta'limingiz boyicha nasroniysizlar, lekin tasdiqlagangiz sabab musulmon bo'ldingiz" dedim. "Va ziddiyatlarni qanday qabul qilishingiz, bu endi mening ishim emas" dedim. Endi qarang. Ularning taklifimga munosabatiga va cherkovdagi javobiga qarang. Bu voqea sodir bo'ldi va men unga guvoh edim.

Endi bu fenomenga dunyo miqyosida qaraylik. Agar musulmonlar nasroniylar bilan muloqot qilib tursa va nasroniylar xuddi menga qilganday muomila qilishsa, o'ylaymanki ko'p narsa o'zgaradi. Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v ning qaysi jihatlaridan ta'sirlangansiz? Payg'ambar s.a.v ga Alloh tomonidan dam olishga ruxsat berilmaganiga. Ularda dam olish uchun hech qanday vaqt yo'q edi. Agar siz Payg'ambarimiz s.a.v ning siyratini o'rgansangiz, u kishining 13 yillik Makka davri, boshchilik qilgan janglari, tuzgan sulh va shartnomalari, yoki farishta Jabroildan yetkazilgan vahiylar, umuman hayotlarini uzluksiz faoliyat bilan o'tganini ko'rasiz.

Bir kishini bu darajadagi ishlarni doimiy ravishda bajarishi bu judayam hayratlanarli. Ularning vazifalari xabarni yetkazish, odamlarni boshqarish, hakamlik qilish, nizolarni hal qilish, insonlarni ilhomlantirish, ta'lim berish, jang qilish sarkarda, davlat rahbari, turmush o‘rtog‘i va do‘st bo‘lish kabi edi. Qanday qilib barini qila olganlar? Bu vahiy tufaylidir. Allohning buyrug'i sabab edi. Dinni o'rgatishdagi eng katta xato nima? Biror g‘oyani singdirish. Bolalarga shirinlik iste'mol qilishni o'rgatish shart emas. Yoshlarga telefondan foydalanishni o'rgatish shart emas. Hozir hech kim telefonsiz uydan chiqmaydi. Erta tongda uyg'onish bilan ular qaraydigan birinchi narsa bu telefon.

Ya'ni ular uchun telefon va ijtimoiy tarmoqlar orasidagi munosabat bu judayam muhim rohat bag'ishlaydi. Agar Islomni shunday jozibador qilsak, texnologiyalar bilan bog'lasak, u keng tarqalishni boshlaydi. Biroq hozir katta avlod haligacha televizor yoki kinolarni harom hisoblashadi, hatto mobil telefonlarni ham. Shu narsalarni tushunmaganimiz oqibatida biz bolalarni cho'chityapmiz. O'ylaymanki, agar otalar o'g'illari bilan onalar esa qizlari bilan birga ko'proq vaqt o'tkazishsa, shug'ullanishsa, muammolarni birgalikda hal etishsa, bir xil texnologiyalardan foydalanishsa, bir birini ruhlantirishsa, natijada, Islom e'tiqod va intizom sifatida texnologiyaning bir qismiga aylanadi.

U sanoatning ajralmas qismiga aylanadi. Shunda, Islom hamma yerda bo'ladi. Alohida ajralib qolmaydi. Agar dunyodagi barcha musulmon bo'lmagan insonlarga gapirish imkoningiz bo'lsa, ularga nima degan bo'lardingiz? Hozir odamlar qiyin zamonda yashamoqda, bu haqida Qur'onda suralar kelgan. Biz nima istayotganimizni bilmaymiz, tushkun, hissiyotlarga berilib qolganmiz. Odamlar muammolariga yechim topolmayapti va bu depressiyaga, g'azab qilishga olib kelyapti. Qur'ondagi bir surada Alloh taolo shunday deydi: Adashmasam, Qur'onning 16-surasi, 90-oyati.

Va Payg'ambarimiz s.a.v dan bir hadis kelgan, onamiz Oisha r.a dan rivoyat qilinadi, Payg'ambarimiz s.a.v har namozdan keyin bir duoni doim o'qir ekanlar, har kuni emas, balki har namozdan keyin. Duoning tarjimasi shunday, Allohim sendan tashvish va qiyinchiliklardan, kuchsizlik va dangasalikdan, qo'rqoqlikdan, ziqnalikdan, qarzga botib ketish va odamlarning zulmidan panoh so'rayman. Allohim, meni haromdan uzoqlashtir va halol bilan kifoya qil. Inoyating va ulug'vorliging bilan, meni o'zingdan boshqa hamma narsadan ozod va mustaqil qil. Agar Payg'ambarimiz s.a.v har namozdan keyin ushbu duoni o'qigan bo'lsalar, menimcha, bu har birimiz o'qishimiz kerak bo'lgan duolardan biri bo'lishi lozim.