Towards Eternity
Blogga qaytish

Xandaq Jangi: Madina Yahudiylari Payg‘ambarga Xiyonat Qilishdi!–AI Talqinida –Ey Rasululloh | 8-qism

Nashr sanasi

YouTube’da ko‘rish

Ufqda ko‘tarilgan chang-to‘zon yaqinlashayotgan dahshatli bo‘ronning darakchisi edi. Abu Sufyonning shafqatsiz buyrug'i bilan Arab yarim orolining barcha nuqtalaridan yig'ilgan 10 ming kishilik ulkan lashkar Madina shahri yoniga keldi. "10 ming kishilik lashkar bilan ularni tug'ilganlariga pushaymon qildiramiz!" Mushriklar qasos o'tida yonishardi. Ammo ko'rgan narsalaridan yoqa ushlashdi. Shaharga kirishning yagona yo'li deyarli 6 kilometrlik handaq bilan to'sib qo'yilgan edi. Ular nihoyatda keng va chuqur bo'lib, narigi tomoniga o'tishni iloji yo'q edi. Oson g'alaba qilamiz degan ishonchlari endi ikkilanish va qo'rquvga aylandi.

Bunday mudofa uslubini ko'rgan dushman nima qilishga boshi qotdi. Chunki umrlarida bunday narsani ko'rmagan edilar. Ahvol qanday qilib bu darajaga yetdi? Bunday dahshatli qo'shinga qarshi Musulmonlar qanday qilib bunday rejani tuzishdi? Eng muhimi, endi nima bo'ladi? Xiyonat, maxfiy rejalar va mo'jizalar. Keling birgalikda Xandaq g'azoti haqida gaplashamiz. Ushbu videolar ishonchli Islom manbalaridan olingan yuzlab ma'lumotlarga asoslandi. Barcha sun'iy intellekt vizual materiallari malakali Islom olimlari bilan hamrohlikda tayyorlandi va Islom ko'rsatmalariga muvofiqlashtirildi. Madinadagi yahudiy Banu Nadir qabilasi qilgan xoinliklari uchun shahardan chiqarib yuborildi.

Ba'zilari Shomga boshqalari esa Xaybarga borib joylashishdi. Xaybarda har yerdagidan ko'proq yahudiylar yashardi. Ko'pliklari sababli bir birlarini jang qilishga chorlashardi. Mana shu sabab ular Payg'ambar alayhissalom va sahobalarga qarshi qasos rejasini tuzishdi. Ammo buni o'zlari amalga oshira olishmasdi. Shu sabab ular Quraysh va boshqa arab qabilalarini payg'ambar alayhissalomga qarshi borish uchun 19 kishilik delegatsiyani yuborishdi. Avvalo Qurayshga, so'ngra G'atfon va Banu Sulaym qabilasiga, undan keyin boshqa arab qabilalariga borishlari kerak edi. Shu sabab bu jang Ahzob jangi, ya'ni ittifoqchilar jangi nomi bilan ham atalgan.

Chunki kichik guruhlar to'planib Musulmonlarga qarshi chiqishgan edi. Rejadagidek, 19 kishilik delegatsiya avval Makkaga yetib keldi. Uhud jangi yakuni esingizdami? Abu Sufyon payg'ambar alayhissalomga bir yildan so'ng yana Badrda ko'rishamiz degan edi. Rasululloh buni qabul qilib keyingi yili qo'shin bilan Badrga bordilar. Ammo kelganlarida hech kim yo'q edi. Quraysh jangga chiqishga botina olmadi. Badrda qaqshatqich mag‘lubiyatga uchragan edilar. Shundan buyon Abu Sufyon qasos o'ti bilan yonib yashardi. "Unda xush kelibsiz. Muhammadga qarshi jang qilishda bizga yordam beradiganlar biz uchun suyuklidir." Islom kundan kunga kuchayyapti.

Shu sabab Quraysh ularga yolg'iz qarshi chiqolmasligini yaxshi bilardi. Shuning uchun taklifni qabul qilishdi. Abu Sufyon yahudiy elchilarini rostligi va ushbu yo'lda niyatlari jiddiyligini tekshirmoqchi bo'ldi. Ularni sinab ko'rib bu ishni o'zlaridan ham qattiqroq xohlashlarini bildi. U shunday dedi: "Ey yahudiy qavmi, Muhammad bilan bo'lgan nizolar haqida xabar bering. Kimning dini yaxshiroq? Unikimi yoki bizniki?" "Allohning huzurida rost so'zlaydigan bo'lsak, ulardan ko'ra sizlar haqiqatga yaqinsiz." Ammo aslida haqiqat boshqa tomonda ekanligini bilib turishardi. Shunday bo'lsa-da, qasos o'ti sabab xatto yolg'on gapirishga ham tayyor edilar.

Yahudiylar Quraysh bilan bitim tuzib birinchi ittifoqqa erishdilar. Ammo bu kam edi. Ko'proq qo'shin to'plash uchun Najid va Makka orasida yashovchi G'atfon qabilasiga borishdi. Ularni ham ko'ndirishga uzoq vaqt ketmadi. Ko'p o'tmay Banu Sulaym qabilasi ham ularga qo'shildi. Faqat yahudiy elchilari emas, balki Qurayshning o'zi ham qabilalarni birlashtirish uchun qattiq harakat qilayotgan edi. So'ng ular Ahabish va boshqa ittifoqdosh qabilalarni ham o'zlariga og'dirishdi. Barcha kuchlar birlashib ularning soni deyarli 4 mingga yetdi. Madina atrofidagi qabilalarni ham o'zlariga og'dirgach, Banu Nadir va Quraysh 10 ming kishilik ulkan lashkar to'plashga muvaffaq bo'ldi.

"10 ming kishilik qo'shin bilan ularni tug'ilganlariga pushaymon qilamiz!" Manashu ishlar mobaynida Xuzoa qabilasidan payg'ambar alayhissalomga xabar keldi. Abu Sufyon katta qo'shin to'playapti. - "Nechta?" - "Minglab!" - "O'zing ko'rdingmi?" - Vodiyda ularni ko'rib qoldim. Juda tez harakatlanishyapti. Payg'ambar alayhissalom darhol sahobalarni majlisga to'pladilar. Hamma o'z fikrini aytdi. So'ngida bir kishining g'oyasi hammasini o'zgartirdi. "Ey Allohning Rasuli, Forsdaligimizda, dushman xujum qilishidan qo'rqsak, shaharni himoya qilish uchun uning atrofida handaqlar qazib qo'yardik." Bu taklifni Forslik Salmon al-Forsiy aytgan edi.

Payg'ambar alayhissalom va sahobalar bunday uslubni eshitmagan edilar. Rasululloh bu fikrni ma'qulladilar. Shunday keng va chuqur handaq qazidilarki, undan hatto ot ham o'ta olmasdi. Ammo avval Rasululloh handaqni qayerda qazish haqida o'ylashlari lozim edi. Madinaning bir tomonida ulkan vulqon toshlari hududi bor. Boshqa tomonida esa ulkan xurmo daraxtlari o'sardi. Qo'shin ikkisidan ham o'ta olmaydi. Janub tomonda esa katta tog' bor. U tomondan ham kirish ilojsiz. Alloh taolo Madinani allaqachon himoya qilib qo'ygan. Faqat bir tomoni ochiq qolgandi. Anashu tomondan dushmanni to'xtatish uchun uzun va katta handaq qazilishi lozim edi. Ammo bunga 10 kuncha vaqtlari qolgan.

Hamma bor kuchi bilan kavlashni boshladi. Ularni Payg'ambar alayhissalom o'zlari boshqardilar. Qo'llarida metin va kurak olib sahobalar bilan yonma-yon kavlar edilar. Shu bilan qolganlarni ruhlantirardilar. Ochlik va charchoqqa qaramay kun bo'yi dam olmay kavladilar. Ba'zida sahobalar shunday deyishardi. "Yo Rasululloh, siz dam oling. O'zimiz uddalaymiz. O'zingizni uruntirishingizga xojat yo'q." Ish qilmaslikni tanlasalar bo'lardi-ku. Axir Allohning Rasuli bo'lasalar, kim ham qarshi chiqardi? Lekin u zot "Xalqning yetakchisi - ularga xizmat qiladigan kishidir" degan edilar. Jim o'tirib kuzatish o'ta qiyin edi. Allohning rahmati qiyinchilik bilan kelishini yaxshi bilardilar.

Shunday qilib hammadan qattiqroq mehnat qildilar. O'sha yili Arabiston qurg'oqchilik va ocharchilikdan aziyat chekardi. Musulmonlar ochlikka chidash uchun qorinlariga tosh bog'lab olardilar. Bu bilan qorinlaridagi ochlikni to'qlik hissi bilan yengillashtirishardi. Qiynalib ketgach bir guruh sahobalar payg'ambar alayhissalomning oldlariga kelib muammoni bayon qilmoqchi bo'lishdi. Ammo ko'rgan narsalaridan aytar so'zlari tomoqlariga tiqildi. Chunki Rasululloh qorinlaridagi bog'ichni yechganlarida, bir emas balki ikkita tosh yerga tushdi. "Ochlik sabab siz ham qorningizga tosh bog'lab olganmidingiz?" U zot ham manashu qiyinchilikni boshlaridan kechirar edilar.

Bir kuni Jobir ibn Abdulloh payg'ambarimizni manashu holatda ko'rib chidab tura olmadi. Uyiga borib ayoliga shunday dedi: "Allohning rasuli ochlikdan qiynalganini ko'rdim. Har kim bunday qiyinchilikdan yerga qulashi tayin. Uyda yeyishga nimadir bormi?" Shunda ayoli dedi: "Allohga qasamki bizda manashu echki va biroz arpadan boshqa narsa yo'q." Jobir echkini so'ydi, ayoli esa arpadan un qildi. Go'shtni qozonga solib tandirda pishirishdi. Jobir uyni tark etmoqchi bo'lib turganida ayoli shunday dedi. "Rasulullohning qarshisida meni uyatga qo'ymang." U ko'p odam chaqirmaslikni nazarda tutgan edi. Chunki tayyorlagan taomlari bir necha kishiga yetardi xolos.

Jobir Rasulullohning oldilariga borib biroz taom tayyorlaganlarini aytdilar. So'ng bir necha sahobalar bilan kelishni so'radilar. U payg'ambarning bunday deyishini kutmagan edi. Handaq kavlayotgan barcha sahobalarni chaqirib "Birodaringiz bizlarni taomga taklif qildi!" dedilar. Jobirning ayoli qo'rqqan narsa sodir bo'ldi. Taom bir necha kishiga yetardi xolos, ammo unga sahobalarning butun qo'shini kelayotgan edi. Jobir uyiga borib ayoliga bo'lgan voqeani aytganida u so'radi. "Rasululloh qancha taom borligini so'radilarmi?" - "Ha." - "Unda hammasi yaxshi bo'ladi." U Rasulullohning ular bilmagan narsani bilishiga ishonishardi. Jobir kayfiyati tushib nima qilishini bilmay qoldi.

Payg'ambar alayhissalom kelganlarida taom va non ustida baraka so'rab duo qildilar. So'ngra ichkarida sahobalarni 10tadan kirishlarini buyurdilar. So'ngra nonni tandirdan o'z qo'llari bilan uzib, ustiga bir bo'lakdan go'sht qo'yib sahobalarga tarqatdilar. Sekin asta hammaning qorni to'ydi. Ammo na go'sht va na non kamayib qolmadi. Shundayligicha qoldi. Jobir va ayoli ko'rganlaridan hayratda qolishdi. Anashu kun haqida keyinchalik Jobir aytardi. "Allohga qasam, minglab kishilar kelib to'yguncha taomlanishdi. Ammo qozonimiz hamon qaynardi, hamirdan esa hali to'xtamay non qilinardi." Minglab kishi bu mo'jizaga guvoh bo'ldi.

Ushbu hodisa qayta qayta aytilavergach hech kim unga shubha qilmay qo'ydi. O'zingiz o'ylang: Allohning yo'liga hayotini tikib qo'ygan kishi qanday qilib yolg'on narsani gapirib yurishi mumkin? Hammalari yolg'on ustida kelishib olishganmi? Sahobalar ko'z o'ngida manashunday mo'jizalar bo'lib o'tardi. Alloh o'z elchisining qo'llari orqali manashunday mo'jizalarni ko'rsatib turardi. Albatta, Badr va Tabuk g'azotlarida, nikoh ziyofatlarida, va ochlik davrlarida, manashu kabi mo'jizalarga ko'p guvoh bo'lingandir. Ba'zida 180 kishi, ba'zida 400 kishi, ba'zida xatto 1800 kishi mo'jizaga guvoh bo'lardi. Ular handaqni qazishda davom etar ekanlar ulkan bir toshga duch keldilar.

Qancha qattiq urmasinlar uni parchalay olishmadi. Rasulullohni bundan ogohlantirishdi. Payg'ambarimiz kelib Salmonul Forsiyning boltasini oldilar. So'ng "Bismillah" deya toshni qattiq zarb bilan urdilar. Bir zarba bilan toshning uchdan bir qismi parchalandi. U zot "Allohu akbar! Menga Shom kalitlari berildi! Allohga qasam, uning qizil saroylarini ko'rib turibman!" dedilar. Ikkinchi bor urdilar va uchdan ikkinchi qismi parchalandi Yana shunday dedilar. "Allohu Akbar! Forsning kalitlari menga berildi. Allohga qasam, Madoinning oq saroylarini ko'rib turibman!" Toshni uchinchi bor urganlarida shunday dedilar. "Allohu akbar! Menga Yaman kalitlari berildi!

Allohga qasam, Sanoning darvozalarini ko'rib turibman!" So'ngi zarba bilan tosh parcha-parcha bo'lib ketdi. Mo'minlar bu xushxabarni eshitganlarida, ularning imoni yanada mustahkamlandi. Ammo munofiqlar-chi? Ular nima qilishdi? Mazax qilib shunday deyishdi. "Qaysi aql bilan Kisro va Qaysarning boyliklarini va'da qilyapti? Axir boshimizda shuncha tashvish turibdiku." Atrofidagilarni ruhini tushurishmoqchi edilar. O'ylab ko'ring. Manashu va'dalar berilganida, Madina shahri musulmonlarni o'ldirish uchun birlashgan barcha arab qabilalari tomonidan o'rab olingan edi. Musulmonlar Qurayshni hali butkul yengmagan edi. Mudofaa qilish uchun handaq qazishlari kerak.

Qorinlari och, chanqagan va holdan toyishgan. Ammo bu va'dalarni bergan zot osmonlar va yerning Robbisi bo'lgan Alloh edi. Payg'ambar alayhissalom aytgan har bir gap, rost edi. Biroz vaqt o'tgach anashu berilgan va'dalar Umar va Usmon Roziallohu anhularning xalifalik davrlarida birma bir o'ngidan keldi ham. Mushriklarni hayron qoldirgan handaq 6 kundayoq bitkazildi. Kengligi taxminan 9 metr, 5 kishining uzunligidek edi. Chuqurligi esa shuning yarmicha. Chuqur o'ta kengligi sabab mahoratli otliqlar ham undan o'ta olmasdi. Anashu 6 kilometrlik handaqning faqat birgina joyi bir kishi o'tishi uchun tor qolgandi.

"Menimcha kelishyapti." Abu Sufyon boshchiligidagi 10 ming mushriklar qo'shini yetib keldi. Qarshilarida umirlarida ko'rmagan jang strategiyasi turardi. - Bundan qattiq daxshatga tushishdi. - "Otlarni to'xtating!" "Nima bu? Nimalar bo'lyapti?" "To'xtang! Otlarni to'xtating!" O'zlaricha Madinaga osonlik bilan kirib, istagancha qon to'kib, musulmonlarni birma bir ovlaymiz deb o'ylashgandi. - "To'xta! To'xta dedim!" - "Nimalar bo'lyapti?" Ammo Abu Sufyon ortga chekinishni istamasdi. Tayyorgarlik ko'rishgach kamonlaridan o'qlarni bo'rondek yog'dira boshlashdi. Havoni shamol kabi kesib borayotgan o'qlar musulmonlar ustiga yog'ilardi.

Ammo Handaq ular o'ylaganlaridan ancha katta to'siq bo'lib chiqdi. Nima qilishmasin hech qanaqasiga undan o'tib bo'lmasdi. Esingizda bo'sa Xandaqning bir qismi unchalik keng emasdi degandik. Ba'zilar o'sha yerdan o'tmoqchi bo'lishdi, ammo o'tishga ulgurmay musulmonlar zarbasiga uchrashdi. Amr ibn Abu Vad o'tishga muvaffaq bo'ldi. U Arabistondagi eng taniqli va qudratli jangchilardan bo'lgan. Boshdan oyoq sovutga burkangan holda otining juganidan qattiq tortib musulmon qo'shini oldida to'xtadi. "Kim men bilan jang qiladi?" Ali roziallohu anhu turib dedi. "Yo Rasululloh, ruxsat bering men jang qilay." Alining jur'atini ko'rib Rasululloh "Ey Alloh, unga o'zing madad ber" deb duo qildilar.

- So'ngra Ali jang maydoniga qarab odimladi. - Qarang, Ali. Ali chiqyapti. Zulfiqor bilan. "Sen kimsan?" "Men Aliman, Abu Tolibning o'g'li." "Sening qoningni to'kishni istamayman. Otang mening do'stim edi" "Allohga qasam, jon deb sening qoningni to'kaman." Amrning jahli chiqdi. Qilichini yalong'ochlab otini choptirdi. Ammo Ali shunday dedi. "Men piyoda bo'lib sen otliqda bo'lsang qanday jang qilaman. Pastga tushib erkakka o'xshab jang qil." Amr otidan tushib Ali roziallohu anhuning qarshisiga keldi. "Qani, qo'lingdan nima keladi?" Ali ikki taklifni berdi: "Islomni qabul qil, yoki ortinga qaytib ket." Amr ikkisini ham rad etdi. Amr ilk zarbani berishi bilan jang boshlandi.

Ali qalqon bilan to'sdi. Ammo qilich qalqonni teshib o'tib uning boshini jarohatladi. Yerdan chang ko'tarilib atrofni qopladi. Chang ichida nima bo'layotganini hech kim ko'ra olmasdi. Hech kim nima bo'lganini bilolmasdi. So'ngra ushbu so'zlar eshitildi. "Allohu akbar!" Amrning boshi yerda yotardi. Bu ovoz Ali roziallohu anhuga tegishli edi. Rasululloh va sahobalar takbirni eshitgach Ali Amrni yengganini tushunib yetishdi. Hammalari birga baqirishdi. "Allohu akbar!" Ikki yo uch kishi handaqdan o'tib Aliga xujum qilishdi. Ammo o'limdan qo'rqib qaytib ketishdi. Dushman ushbu xujumdan hech nimaga erisha olmadi. Shu sabab kelgan joylarida to'xtashga qaror qilishdi.

Chunki boshqa narsa qo'llaridan kelmas edi. Bir necha kun ikki tomon uzoqdan bir birlarida tomon kamon o'qlari otishdi. Bu bilan jang faqat uzoqqa cho'zildi xolos. Qancha ko'pga cho'zilsa Qurayshga shuncha qiyin bo'lardi. Chunki kundan kunga havo yomonlashardi. Kunduz payti jazirama issiq bo'lsa tunda qaqshatqich sovuq bo'lardi. Rasululloh 500 kishini Madinaga yuborib shahar havfsizligini ta'minladilar. Qattiq sovuq tunda shaxsan o'zlari handaqning qisqa joyida qo'riqchi turdilar, chunki dushman kesib o'tishi mumkin edi. Oisha roziallohu anha keyinchalik, Rasululloh uyga qaytganlarida sovuqdan qattiq titrardilar, deydi.

Shahar atrofidagi ekinlar yig'ishtirib olingani sabab dushman jonliqlari yeyishi uchun hech nima yo'q edi. - "Yem qolmadi." - "O'zimiz bilan oz olib kelgandik." Bu bilan ulovlari birma bir o'la boshladi. Ular jangni ikki uch kunlik bo'ladi deb o'ylaganlari sabab o'zlari bilan ozgina yeguvlik olib kelishgandi xolos. Vaziyat bunday davom etsa uzoqqa bora olishmasdi. Abu Sufyon buni bilardi. Shu sabab odamlariga tinmay kamondan o'q otishni buyurdi. Shunchalar ko'p o'q yog'dirilganidan musulmonlar xatto joylaridan jila olmay qolishdi. Keyin Quraysh otliqlarining bir guruhi musulmonlarning ro'parasiga yetib kelib, ularga o'q ota boshladi.

Ularning zarbasi shu darajada qattiq ediki, musulmonlar quyosh botguniga qadar mudofaada turishlariga to'g'ri keldi. Shu sabab Rasululloh va sahobalar Asr namozini o'z vaqtida o'qiy olmay qolishdi. Rasulullohning shu darajada jahllari chiqdiki xatto mushriklarni qarg'adilar. "Bizni Asr namozidan to'sib qo'yganingiz uchun Alloh uylaringizni va qabrlaringizni olov bilan to'ldirsin." So'ng u zot va sahobalar qoldirilgan namozni o'qib olishdi. Rasululloh Toifda u zotni toshbo'ron qilganlari ham qarg'amagan edilar. Ammo ibodatning o'rni kattaligi sababli u zot undan to'sganlarni qattiq qarg'adilar. Handaqdagi jang o'ta keskinlashdi. Ammo mushriklar qo'shini yagona havf emasdi.

Rasululloh boshidan qo'rqqan narsa amalga oshdi. Hijratdan so'ng Madinada imzolangan shartnoma esingizdami? Kelishuvga ko'ra Madinadagi qabilalar shaharga xujum qilinsa uni himoya qilishga va'da berishgan edi. Ammo Banu Qurayza bu va'dani buzdi. Bu ham yetmagandek dushman bilan til biriktirib ulkan xoyinlikka qo'l urishdi. "Banu Qurayza va'dasini buzdi. Endi dushmanimiz ikkita bo'ldi. Buni bilardik. Shartnomani bir kun buzishlarini bilardik. To'g'ri aytasan. Shunday bo'lishini bilardik" Ular Madinaning janubidagi qasrlarda yashashardi. O'sha yerdan Musulmonlarga qarshi jangga reja tuzishardi.

Rasululloh alayhissalom darhol Saad ibn Muoz va boshqa sahobalarni ular bilan gaplashib fikrlaridan qaytarish uchun yubordilar. Yahudiylar fikrlaridan qaytishni istashmasdi. Ular musulmonlarni yo'q qilmoqchi edilar. Endi, nafaqat tashqaridan o'q yog'ilardi. Balki janubdagi yahudiylar ham musulmonlarga qattiq bosib o'tkazardi. Qurayza yahudiylari shaharning markazida joylashishgan edi. Endi Musilmonlar ikki olov o'rtasida qolishdi. Bu ham yetmagandek munofiqlar manashu so'zlari bilan odamlar orasida shubha tarqatishardi. "Alloh va uning rosuli bizlarga yolg'on va'dadan boshqa hech nima bermadi." Alloh shu kunni Ahzob surasida tasvirlaydi.

"O‘shanda ular sizning ust va quyi tomoningizdan kelgan edilar. O‘shanda ko‘zlar tinib, jonlar halqumga kelgan edi va Alloh haqida turli gumonlar qilardingiz. Ana shunda mo‘minlar sinovga duchor bo‘ldilar va shiddatli larzaga tushdilar." Hammasi musulmonlarga qarshidek tuyildi. Ammo anashu onda Alloh ularga yo'l ko'rsatdi. Jang holatini o'zgartirib yuborgan o'sha imkoniyat. Ashjo qabilasining rahbari G'atfonlik Nuaym ibn Mas'ud, Islomni qabul qilgan ammo hech kimga aytmagan edi. Maxfiy ravishda Rasululloh oldiga kelib iymonini keltirdi. Kalima keltirib Islomni qabul qilgach shunday dedi. Yo Allohning Rasuli mendan biror nimani istasangiz shunchaki buyuring.

Iymon lazzatidan bahramand bo'lgan inson bunday hotirjam yasholmaydi. Rasululloh bergan imkoniyatni noyob deb bildi. U zot "Dushman safiga qaytib qanday qilib bolmasin oralarida fitna chiqar" dedilar. Nuaym ushbu so'rovni tushundi. Nuaym xuddi Islomni qabul qilmagandek sekin asta anashu uch qabila ichiga kirib oldi. U avval Banu Qurayza qabilasiga borib ichlarida shubha uyg'otdi. "Agar Quraysh va G'atfon qabilasi musulmonlarni yenga olmay yurtlariga qaytib ketishsa unda o'zingiz yolg'iz qolasizlar. Shunda Muhammad hammangizni qattiq jazolaydi. Shunday bo'lishini istamasangiz G'atfon va Quraysh qabilasidan bir nechta kishini asirlikka berishlarini so'rang.

Anashunda ular sizga xiyonat qilishmaydi. Chunki o'z odamlarini yo'qotishni hech kim istamaydi." Shundan so'ng Nuaym Quraysh oldiga bordi. "Banu Qurayza musulmonlarga xujum qilish fikrlaridan qaytmoqchi. Ular bilan maxfiy kelishuv tuzdi. Ular musulmonlarga shartnomani buzganlari uchun ularni kechirishsa, Qurayshdan 70 kishini tutib musulmonlarga qatil qilishga topshirishga va'da berishdi. Agar Yahudiylar asirlikka odam so'rasa ularning takliflariga aslo rozi bo'lmang" So'ngra G'atfon oldiga borib ularni agar Yahudiylar asirlikka odam so'rasa bermaslik haqida ogohlantirdi. Nuaym ham G'atfonlik bo'lgani uchun hech kim uning gapiga qarshi chiqolmadi. Maslahatini darrov qabul qilishdi.

Nuaymning gapidan so'ng Banu Qurayza o'z havfsizligi uchun Quraysh va G'atfon qabilasidan asirlikka odam so'radi. Ana endi Nuaymning to'g'ri so'zlayotganligi Mushriklarga aniq bo'ldi. Albatta, ular hech kimni asirlikka bermasdilar. Keyinchalik Abu Sufyon shunday derdi. "Agar mendan echki so'rasalar ham bermagan bo'lar edim." Reja ish berdi. Ittifoqlari ishonchsizlikka aylandi. Qamal juda uzoq davom etgan edi va ularning birligi parchalana boshlagan edi. Musulmon va dushman qo'shinlari holdan toyishdi. Ochlik, chanqoq va sovuq ikkala tomonni ham madorini qurutkan edi. Ammo oralarida buyuk farq bor.

Musulmonlar kuch-quvvatni osmonlar va yerning Robbisi, hamma narsaga qodir bo'lgan Allohdan olishgan. Boshqa tomon esa jonsiz butlarga, hech qanday kuchga ega bo'lmagan toshlarga tayanardi. Rasululloh dushmanlar nima qilayotganini, ularning rejalari qanday ekanini bilmoqchi bo'ldilar. O'sha kecha ularning chodirlariga bir kishini jo'natishga qaror qildilar. Atroflarida qo‘riqlab turgan oz sonli sahobalardan so'radilar. "Bu odamlar haqida menga kim xabar keltirsa Alloh uni qiyomat kunida menga hamroh qiladi." Bu qanday sharaf bo'ldi, kim ham istamaydi, deyotgandirsiz. Ammo tunning qattiq sovuqligi sabab hech kim javob qilmadi. Anashu yerda bo'lgan Huzayfa ibn Yaman keyinchalik shunday dedi.

"O'sha kechada turgan joyimizdan qimirlamaslik uchun tunning sovug'i va daxshati sababli o'zlarimizni o'rab olardik. Hayotim davomida na bunday qattiq sovuqni va na bunday kuchli shamolni ko'rmaganman. Tun zulmatidan xatto barmoqlarimizni ham ko'rolmasdik. Shamol momaqaldiroqdek ovoz chiqarardi" Hech kimdan javob olmagan Rasululloh Huzayfani chaqirdilar. "Borib dushman to'g'risida ma'lumot keltir." Huzayfa nima qilishni bilmay qoldi. Shunday sovuqda qanday qilib yo'lga chiqadi? So'ng Rasululloh uning haqqiga duo qildilar. "Ey Alloh, uni oldidan ham, orqasidan ham, o'ngidan ham, so'lidan ham, tepasidan ham, pastidan ham o'zing himoya qilgin." Huzayfa "Anashunda ichimdagi qo'rquv yo'qoldi.

Sovuq ham meni tark etdi." deydi. So'ng Rasululloh menga shunday dedilar. "Huzayfa, oldimga qaytmaguningcha ularni qo'zg'atadigan biror ish qila ko'rma. O'q ham otma, tosh ham otma, qilichingni ham chiqarma." So'ng Huzayfa jimgina Quraysh chodirlari orasiga kirdi. Boriboq Quraysh rahbari Abu Sufyonni ko'rdi. U olovda isinib turardi. Huzayfa uning ortida edi. Kamon va o'qi tayyor edi. Ularning rahbari qarshisida turardi. Birgina o'q bilan katta zarba berishi mumkin edi. Ammo Rasulullohning so'zlarini eslab o'zini qo'lga oldi. Buning ortida ilohiy sir yotardi. Alloh keyinchalik Islomga hidoyat qiladigan bandasini kufrda o'lishdan himoya qilardi.

So'ng Huzayfa olamonga yaqinlashib ularga birlashib ketdi. Abu Sufyon bir muhim qarorni e'lon qilmoqchi edi. Ammo aqlida bir shubha keldi. Tunda odamlarni tanib olish qiyinligi sabab bir ish qildi. "Yoningizdagi odamning qo'lini ushlab uning ismini so'rang." Huzayfa qo'lga tushay dedi. Ammo Alloh uning qalbiga bir fikrni berdi. Hamma yonidagi odamning qo'lini ushlaganda u darhol ikki tomonidagi kishining qo'lini ushladida jahl bilan so'radi. "Kimsan?" Ikkisi ham ismini aytdi, shunda hech kim sezmay qoldi. "Ey xalqim! Bu shamol hamma narsamizni barbod qildi. Otlarimiz va tuyalarimiz o'la boshlashdi. Darhol narsalarni yig'ishtirib yurtimizga qaytamiz!

Men ketishga qaror qildim!" Huzayfa ushbu ma'lumotni olib ortiga qaytdi. U hali ham sovqotmayotgan edi. Ammo Rasulullohning oldlariga qaytishi bilan yana sovqota boshladi. Rasulullohni Robbisiga itoat bilan duo qilayotganini ko'rdi. Undan xushxabarni eshitiboq Rasulullohning qalblariga kuchli hotirjamlik kirdi. Nihoyat dushman ortga chekinmoqchi. Keyin bir kechada Alloh shunday kuchli shamol yubordiki, cho'l qumi havoga ko'tarilib mushriklarning chodirlari titilib ketdi. Bo'ron yuzlariga turpoq urdi, tuyalari hurkib ketib har tomonga qocha boshladi. Hamma narsa tartibsizlikka aylandi. Dushman qo'shini nima bo'layotganiga tushunolmasdi.

Daxshatli sarosimada qolib ortlariga qaramay kelgan joylariga qarab qocha boshlashdi. Ahzob surasi manashu holatni izohlaydi. "Ey iymon keltirganlar! Allohning sizga bergan ne’matini eslang. O‘shanda ustingizga lashkarlar kelgan edi. Bas, Biz ularning ustiga shamolni va siz ko‘rmagan lashkarlarni yubordik. Alloh nima qilayotganingizni yaxshi ko‘rib turguvchi edi." Bosqin tugadi. Dushman qochib ketdi. Ammo Musulmonlarga xiyonat qilganlar Madina ichida qoldi. Ularning xiyonatlarini kechirib bo'lmasdi. Allohning rasuli Handaq g'azotidan qaytib, hali sovutlarini yechmay turib, to'satdan oldlarida Jabroil alayhissalom paydo bo'ldi. U "Ey Allohning Rasuli, qurolingizni tashladingizmi?" dedi.

Rasululloh "Ha" dedilar. So'ngra Jabroil "Ammo biz qurolimizni tashlaganimiz yo'q. Yo'lga chiqing." dedi. Jang hali tugamagan edi. Keyingi nishon Banu Qurayza edi. Yahudiylar ham qilgan xiyonatlari jazosiz qolmasligini bilishardi. Ular "Allohga qasam, Muhammad endi biz tomon keladi." deyishdi. So'ng qal'alariga qarab kirib ketishdi. Ichkariga kirib olishib Rasulullohni qattiq haqorat qila boshlashdi. Taslim bo'lishni istamas edilar. Ular Madina munofiqlari bergan va'daga ishonishardi. Munofiqlar ulaga "Madinani tark etmang. Biz sizlarga yordam beramiz." deb xabar jo'natishgan edi. Ammo Yahudiylar bir narsani unutishdi. Munofiq odam va'dasiga vafo qilmaydi.

Shu onda oralaridan ikki kishi to‘satdan hayqirib yubordi: "Bu ibn Hayban aytgan kishilar. Ularga qarshi chiqa ko'rmang." Ular kim edilar? Ibn Hayban kimlarni aytgan edi? U nima degan edi o'zi? Ibn Hayban yahudiy olim bo'lib Rasulullohning payg'ambarligidan avval Madinaga kelgan edi. U shunday derdi: "So'ngi payg'ambarning chiqar vaqti yaqinlashdi. U manashu yerlarga hijrat qiladi." Payg'ambarimizning vazifalari boshlanmasidan avval u Banu Nadir qabilasiga u zot haqida aytib o'zi vafot etdi. U shu so'zlarni aytganida yonida turgan ikki og'asi Usayd va Salaba uni aniq eshitishgan edi. Endi ular anashu ikki og'aning chaqirig'ini rad etishdi. Banu Qurayza qal'alari ichida qamal qilindi.

Munofiqlarning bergan va'dasi ham kelmayotgan edi. Nihoyat ular qamal to'xtamasligini tushunib yetishdi. Noilojlikdan ular Rasululloh bilan kelishishga qaror qilishdi. Allohga qasamki! Shartlarimizga rozi bo'lmaguningizcha taslim bo'lmaymiz, bilib qo'ying! U zotning javoblari qat'iy edi. "Yo'q, taslim bo'lib mening hukmimga shartsiz bo'y sunishga majbursizlar." Boshqa yo'llari qolmagan Yahudiylar nihoyat taslim bo'lishdi. Banu Qurayza bir jinoyat ortidan boshqasini qilardi. Avval shartnomani buzib dushman bilan til biriktirdi. Undan tashqari kechirim so'rash o'rniga Rasulullohni qattiq haqorat qilishdi.

Shuncha qilgan yovuzliklariga qaramay Rasululloh ularga misli ko'rilmagan darajada adolat bilan munosabat qildilar. U zot jazoni qasos niyyatida emas balki faqatgina Alloh yo'lida bo'lishini uqtirdilar. Chunki Islomga ko'ra jazo shaxsiy hissiyot aralashuvisiz berilishi lozimdir. Bu ajablanarli tuyulishi mumkin, ammo ularni qatl qilish arafasida u zot ularga ovqat, suv va sut berishni buyurdi. Kun o'ta issiq bo'lgani uchun bu issiqda qatil qilinishlarini istamadilar. U zot dedilar: "Sahro jaziramasini qilich jaziramasi bilan aralashtirmang." SubhanAlloh. Xandaq g'azoti Musulmonlar uchun burulish nuqtasi bo'ldi. Barcha yahudiy qabilalar Madinadan chiqarib yuborildi.

Mushriklar ham ortiq tajovuz qilolmay qolishdi. Rasululloh alayhissalotu vassalom "Bu jangdan so'ng ularga biz xujum qilamiz, ular bizga xujum qilmaslar." dedilar. Xuddi shunday bo'ldi. Mushriklar kuchlarini tiklay olishmadi. Musulmonlar esa Arab yarim oroli bo'yicha kundan kunga kuchayib borishdi. Hijratning beshinchi yilida Rasulullohga bir xabar keldi. Banu Mustaliq qabilasi Madinadagi kuchayishni havfli deb bilib xujum qilishga tayyorlanishar edi. Rasululloh buni eshitgach 700ga yaqin sahobalarni to'pladilar. Quyosh chiqishidan avval ular Banu Mustaliq joylashgan joyda saf tortishdi. Qabila bunga tayyor emas edi.

So'ngra Rasululloh qo'shinni harbiy shaklga keltirib bir zarba bilan dushmanni yakson qildilar. Dushman taslim qilindi. Ammo eng havfli dushman Madina ichida edi. Madinaga qaytishar ekan kutilmagan muammolar kelib chiqdi. Muammolarning markazida munofiqlar rahbari Abdulloh ibn Ubay ibn Salul turardi. Rasululloh yo'q paytlari Madinada turib har xil muammo va tashvish chiqarardi u. Shu sabab Rasululloh uni o'zlari bilan olib ketdilar. Musulmonlar bilan bo'lsa Rasulullohni maqtab qo'llab quvvatlardi. Ammo o'z yaqinlari bilan qolganida esa Islomga qarshi gapirib musulmonlarni kalaka qilardi. U va unga o'xshaganlar haqida Alloh Qur'onda aytadi.

"Ular iymon keltirganlarni uchratsalar, iymon keltirdik, deydilar, shaytonlari bilan holi qolganda esa, biz sizlar bilanmiz, faqat istehzo qilyapmiz xolos, deydilar." Har Jumada Masjid an Nabaviyga kelib musulmonlar bilan o'tirardi. Rasulullohning xutbalarini eshitardi. Xutba tugagach esa o'rnidan turib shunday derdi. "Ey Odamlar! Alloh sizlarga yuborgan ushbu Rasulga yordamchi bo'ling! U bilan Alloh sizlarni sharafladi, sizlarni boshqalardan ustun qavm qildi. Shunday ekan unga quloq soling, hurmat qiling va itoat qiling!" U har Juma kunida shunday qilardi. Toki Uhud kunida 300 kishini o'zi bilan ergashtirib ketmauniga qadar. Odatda harbiy safarga chaqirilsa u bormas edi.

Doim ortda qolish uchun bahona topardi. Ammo bu safar lashkarga qo'shildi. Chunki hech qanday havf yo'qligini ko'rib jang o'ljalaridan umidvor edi. Bir vaqtning o'zida kundan kunga kuchayib borayotgan musulmonlar o'rtasida nifoq chiqarish uchun harakat qilar edi. Bu imkoniyat unga ikki marta keldi. Ushbu hodisalar o'zi nima edi? Jangdan qaytishda musulmon qo'shini bir quduq oldida chodir qurishdi. Hamma navbat bilan suv olardi. Ammo bir nizo chiqib munofiqlarga qo'l keldi. Muhojirlardan Jahja ibn Mas'ud va ansorlardan Sinon ibn Vabar bir quduqdan suv olayotganlarida, ular o'rtasida janjal kelib chiqdi. Vaziyat jiddiylashib Jahja Sinon tomon jahl bilan tashlandi. Buni ko'rib Sinon baqirdi.

"Ey Ansor! Qayerdasizlar? Menga yordam bering!" Bir soniyada bir birlariga aka uka tutungan muhojir va ansorlar bir birlari bilan yuzma yuz kelishdi. Munofiqlar boshi Abdulloh ibn Ubay fitna chiqarish uchun eng zo'r imkoniyatni topdi va undan foydalanish uchun qo'lidan kelgan barcha narsani qildi. "Ey Ansorlar, bu muhojirlar sizlar orqali manashu dajaraga yetishdi, endi esa tuzingizni yeb tuzlig'ingizga tuflashyapti. Shahringizga kirib yashash uchun joy berdingiz. Molingiz va taomingizni ular bilan bo'lishdingiz. Manashu xo'rligingiz uchun o'zingiz aybdorsizlar.

Allohga qasamki, Madinaga qaytsak eng sharaflilar eng pastdagilarni haydab chiqaradi." U Rasululloh va Muhojirlarga ishora qilayotgan edi. Alloh asrasin. Bu so'zlar tahlikali vaziyatni yanada chigallashtirdi. Rasululloh bu haqida eshitishlari bilan darhol voqea joyiga yetib keldilar. U zot jahl bilan "Bu qanday johillik bo'ldi?" dedilar. Ansorlar va muhojirlar bunday kichik bir masalada nizoga tushib qolganini ko'rgach, u zot shunday dedi: "Bu chaqiriqni johiliyatga qoldiring, chunki u ifloslikdir!" U zot manashunday ogohlantirish berdilar. Chunki janjalga qabilaviy tarafkashlik, irqchilik va moddiy ustunlik sabab bo'lgan edi. Ammo Islomda sharaf faqat taqvo bilandir.

Taqvo esa Allohdan qo'rqish, gunohlardan tiyilish va uning buyruqlariga itoat qilishdir. Rasulullohning bu so'zlari sahobalarga ta'sir qildi. Sinon Jahjani kechirdi. O'z xalqi bilan shu tarzda faxrlanishda davom etganlar uchun Rasululloh keyinchalik shunday der edilar: "Qabilasi bilan fahrlangan bizdan eams. Qabilachilik uchun kurashadigan ham bizdan emas. Qabilachilik uchun jon bergan ham bizdan emas." Bu hodisadan so'ng Rasululloh noodatiy bir qaror berdilar. Kunning jazirama issig'ida Musulmonlarga Madina tomon yo'lga chiqishni buyurdilar. Unga qadar hech qachon bunchalik issiqda yo'l yurishmagan edi. Ammo Rasulullohning buyruqlari ortida hikmat bor.

U zot Abdulloh ibn Ubayning so'zlarini eslashlaridan saqlamoqchi edilar. Peshindan keyin yo'lga chiqib quyosh chiqquncha yo'lda to'xtamadilar. Shu darajada qattiq charchaganlaridan oyoqda tik tura olishmadi. Turgan joylarida yerga yiqilib uxlab qolishdi. Bu bilan ularning aqllari muammo haqida o'ylashdan saqlab qolindi. Bu bilan Rasululloh bizlarga muhim bir narsani o'rgatdilar. Musulmon kishi doim band bo'lmog'i lozim. Bo'sh qolmasin. Chunki bo'sh qolish va dangasalik harom ishlar va gunohlarga yo'l ochadi. Munofiqlar rahbari bundan keyin fitna qilishdan to'xtadimi? Yo'q. Fitna tarqatish uchun boshqa bir imkoniyatni kutardi. Ko'p o'tmay ikkinchi imkoniyatni topdi.

Bu safar Rasulullohning oilalariga qarshi tuhmat qila boshladi. Qo'shin madinaga yaqinlashganida ortlaridan ikki kishi ularga yetib olishga urunar edi. Biri tuyaga mingan, ikkinchisi esa tuyaning arqonini ushlab piyoda kelardi. Tuyadagi kishi onamiz Oisha roziallohu anha edi. Yonidagi kishi esa Safvon ibn Muattal edi. Abdulloh ibn Ubay bu holatni buzib ko'rsatib, Payg'ambarimizning pokiza va sharafli ayoliga dahshatli tuhmat qilar edi. "Allohga qasam u undan omon qolmadi. U ham undan omon qolmadi." Ya'ni ikkisi o'rtasida, Alloh asrasin, bir ish bo'ldi demoqchi edi. Bu so'zlar bilan u fitnaga sabab bo'lardi. Bu daxshatli ayblov qo'shin o'rtasida tez tarqaldi. Bir og'izdan boshqasiga o'tdi.

Ammo buning haqiqati nima edi? Hammasi qanday bo'lganiga nazar tashlasak. Rasululloh qachon safar qilsalar o'zlari bilan bir ayollarini olib ketardilar. Bu safar u zot bilan onamiz Oisha roziallohu anha chiqqandilar. Sahobalar dam olganlarida Oisha shaxsiy ish bilan uzoqroqqa ketgan edi. Qaytganida qo'shin ketishga tayyorgarlik ko'rardi. Anashunda taqinchog'i yo'qolganini sezdi. Qo'shin mensiz ketmaydi deb o'ylab borgan joyiga qaytib bordi. Taqinchoqni topish uchun biroz vaqt ketdi. Ungacha esa qo'shin uning yo'ligini bilmay ketib bo'lgan edi. O'sha paytlarda, ayollar Havda deb nomlangan tuyalar ustiga qo'yilgan, chodirga o'xshash yopiq foytunlar ichida yurishgan.

Onamiz Oisha og'ir bo'lmaganliklari sabab, Havdani ko'taradigan sahobalar ichida odam bor yo'qligini bilmay qolishdi. So'ng jo'nab ketishdi. Onamiz qaytganlarida qo'shin ketganini ko'rdilar. Sahroda yurish havfli bo'lganligi sabab o'sha joyda qolishga qaror qildilar. "Yo'qligimni bilib men uchun qaytib kelishadi" deb o'yladilar. Biroz o'tgach uyquvga ketdilar. Uxlab yotganlarida uzoqdan bir kishi keldi. Bu Safvon ibnul Muattal edi. Safvonning vazifasi qo'shin ortida qolgan narsalarni yig'ishtirib yurish edi. U doim orqada yurib qolib ketgan narsalarni keyingi manzilgohga eltar edi. Anashu kuni ham qo'shin jo'nab ketgach hududni ko'zdan kechirgani kelib kimdir yerda uxlab yotganini ko'rdi.

Uning onamiz Oisha ekanini bilgach shunday dedi. "Inna Lillahi va Inna Ilayhi Rojiun. Biz Allohnikimiz va albatta unga qaytguvchimiz. Bu so'zlarni eshitib Oisha onamiz uyg'ondilar. Hech bir so'z demay Safvon tuyasini cho'ktirdi, onamiz unga o'tishlari uchun o'zi bir chetga o'tib turdi. So'ng tuyaning arqonidan ushlab qo'shinning ortidan yo'lga chiqdi. Bir necha soatdan so'ng qo'shinning qolgan qismi bilan uchrashishdi. Abdulloh ibn Ubay buni ko'rgach, bundan Payg'ambarga va uning risolatiga zarar yetkazish uchun imkoniyat sifatida foydalanishga qaror qildi. Bu tuhmat odamlar orasida keng tarqaldi. Tez orada butun Madina shahri bundan xabar topdi.

Afsuski, uchta yetakchi sahobalar ham manashu gaplarga ishonib u haqida gapirishdi. Madinada Fitna tarqalar ekan Onamiz Oisha nima bo'layotganidan bexabar edilar. Chunki safardan qaytishi bilan onamiz qattiq kasal bo'lib qoldilar va bir muddat to'shakka mixlandilar. Bu gaplardan bexabar bo'lganlari sababli na o'zlarini himoya qildilar, na uni yolg'on dedilar. Bu Allohdan kelgan yana bir sinov edi. Xuddi Uhud jangidagi kabi. Bir mushrikning gapi bilan qanday tartibsizlik bo'lgani yodingizdami? "Muhammadni o'ldirdim! Aslida Rasululloh bir chuqurga tushib ketgan edilar. Anashu kunda sahobalarning qaysi birlari jangda sobit qolib qaysilari qochib ketishlarini ko'rish uchun sinov yuborildi.

Endi sinov boshqacha edi. Endi gap kim ko'zi bilan ko'rmagan hodisa haqida gap tarqatadiyu kim undan uzoq bo'lishi haqida borar edi. Alloh Oisha roziallohu anhani hammasidan bexabar saqladi. Vaqt o'tishi bilan, "Agar bu isbotlanmasa, bu faqat tuhmat" deganlar va uni tarqatishga yordam berganlar birma-bir fosh bo'ldi. Bu o'ta og'ir sinov edi. Faqat Oisha roziallohu anha kabi ayol bunga chiday olardi. Onamiz hamon bundan bexabar edilar. Ammo u Rasulullohning xulqlarida o'zgarishni sezib qoldi. Avvalgidek mehir muhabbat ko'rsatmas edilar. Xatto ismlarini tilga olmas edilar. Buning o'rniga Oishadan xabar olish uchun kelsalar uning onasidan "Bemoringiz qalay?" deb so'rardilar.

Bunday munosabat Oisha roziallohu anhaning yuraklariga qattiq botdi. Rasululloh unga nega bunday munosabat qilayotganini tushuna olmasdi. Taxminan 20 kundan keyin u nihoyat o'zini yaxshi his qildi va Mustih ibn Usasaning onasi bilan tashqariga chiqdi. Oisha onamiz o'zi haqidagi tuhmatni eshitgach, bundan qattiq larzaga keldi, yerga qulab tushdi, va xushini yo'qotdi. Keyin shu darajada qattiq yig'ladiki uning kasalligi avvalgidanda yomonlashdi. Ota uyiga kelgach onasidan so'radi. "Aziz onajonim, odamlar men haqimda nimalar deb yurishibdi? U qattiq yig'ladi. Onasi uni yupatmoqchi bo'ldi. O'sha kuni Abu Bakr roziallohu anhu tomda Qur'on o'qib o'tirardi.

Qizining yig'layotganini eshitib darrov tushdida yoniga o'tirib uni yupatdi. U qalbida qizining begunohligiga to'liq ishonar edi. Ammo bu xonadon manashu tuhmat sababidan qattiq qayg'uga cho'mdi. Bu har qanday ayol boshidan kechirishi mumkin bo'lgan eng og'ir sinovlardan biri edi. O'zini himoya qilay desa ham, hamma bu gapdan xabar topib bo'lgan edi. Ba'zilar bunga ishonishgandi. Xatto hech birlari o'z ko'zlari bilan guvoh bo'lmagan bo'lsalar ham. Odamlarning gaplarini ko'tarib yurishardi xolos. Tashqaridan bu oddiy gapga o'xshaydi. Xuddi oddiy holatdek. Ammo aslida buning og'irligi, Alloh nazdidagi javobgarligi o'ta og'ir. Manashu hodisa tilning qanday ofat ekanini ko'rsatdi.

Albatta bir kishini zinoda ayblash 7ta eng buyuk gunohning biridir. Bir og'iz so'z bilan bir nechta oilalar barbod bo'lishi mumkin. Oisha roziallohu anhaning aybini isbotlovchi birorta ham dalil yo'q edi. Ammo munofiqlar gaplarini to'xtatishmadi. U kunlar Oisha uchun umridagi eng qiyin kular bo'lib qoldi. Na ko'z yoshim to'xtati, na ko'zimga uyqu keldi. Shu darajada qattiq yig'laganimdan jigarim yorilib ketgandek bo'ldi. Uni shunday ahvolda ko'rib, bir ansoriya ayol kelib, uning yonida qolib, yig'lashga ruxsat so'radi. Oisha ho'p deganda birgalikda yig'lash boshlashdi. Bu orada manashu fitnalarga sabab bo'lgan munofiq Abdulloh ibn Ubay bu holatdan juda mamnun edi. Istaganiga erishdi.

Musulmonlarni daxshatli yolg'on bilan titratdi. Qayoqqa bormasin shu haqida gapirib, gaplarining tarqalishi uchun qo'lidan kelganini qilardi. Rasululloh alayhissalom suyukli yori Oishaning bunday tuhmatdan pok ekanligini yaxshi bilardilar. Lekin bunday shafqatsizlik va yolg'onchi tuhmatning odamlar orasida tez tarqalishini ko'rish uning yuragini battar og'irlashtirdi. Manashunday kunlarda onamiz Oishani hech qanday dalil bilan himoya qila olmas edilar. Agar shunday qilganlarida, munofiqlar u zotni sevgisi va mehri tufayli ayoliga nisbatan tarafkashlikda ayblashardi. Bu esa payg'ambarlikning adolatiga to'g'ri kelmaydi. Anashu musulmonlar son jihatdan oz emasdi.

Rasululloh kutishdan boshqa iloj topmadilar. U zot Allohdan vahiy kelishini kutardilar. Ammo sinovning bir qismi sifatida bir oy davomida hech qanday vahiy kelmadi. Axir manashu uzoq kutish u zotning haqiqiy payg'ambar ekanligiga, vahiy faqat Allohdan kelishiga isbot emasmi? Agar payg'ambar alayhissalom o'z nafslaridan gapirganlarida, Alloh saqlasin, Qur'on oyatlarini o'zlari to'qib chiqarganlarida, manashunday sharmandachilikka bir oy chidab o'tirarmidilar? 30 kunni qo'ying, 30 daqiqa ichida oyat chiqarib masalani hal qilib qo'ymasmidilar? Alloh asrasin. Ammo qiyinchiliklarga qaramay u zot vahiyni sabr bilan kutdilar. Allohning Rasuli Oishaning uyiga bordilar. Oishaga qarab shunday dedilar.

"Ey Oisha, men falon falon gaplarni eshitdim. Begunoh bo'lsangiz Alloh buni isbotlaydi. Agar gunoh qilgan bo'lsangiz Allohga tavba qilib undan najot so'rang." Onamiz: "Allohga qasam, odamlarning gaplarini eshitganingizni bilaman. Bu miyyangizga o'rnashib qolgan, uni haqiqat deb qabul qilgansiz. Alloh mening aybsiz ekanimni biladi. Buni sizga aytganim bilan ham baribir menga ishonmaysiz. Lekin aybdorman deb tan olsam yolg'on gapirgan bo'laman. Alloh mening aybsiz ekanimni biladi, siz menga ishonardingiz. Allohga qasamki, endi men o'zim uchun sizga Yusufning otasi aytgan gapdan boshqa gapni ayta olmayman. U: "Endi mening ishim chiroyli sabr-toqat.

Siz aytayotgan gaplarga chidash uchun faqat Allohdan yordam so'rayman", degan edi. U ham xuddi shunday dedi. U sabr qildi. Ko'zlarida yosh bilan Allohga yuzlanib undan yordam so'radi. Oisha roziallohu anha gaplarini tugatishi bilanoq Rasululloh alayhissalotu vassalomga vahiy kela boshladi. Muborak peshonalaridan marjondek ter oqa boshladi. Bu uzoq kutish kunlari nihoyat tugaganining belgisi edi. Allohning vahiysi nihoyat tushdi. Ammo onamiz Oisha hech nimadan qo'rqmasdi. U Allohning adolat ko'rsatishiga va tez orada uning pok ekanligini oshkor qilishiga ishonardi. Vahiy nozil bo'lish holati Rasululloh alayhissalotu vassalomdan ko'tarilgach yuzlarida tabassum paydo bo'ldi.

So'ngra Oishaga yuzlanib, "Ey Oisha, Alloh aybsiz ekaningizni e'lon qildi" dedilar. Oyatda Alloh shunday degan. Albatta, ifkni keltirganlar o‘zingizdan bo‘lgan bir to‘dadir. Uni o‘zingizga yomonlik deb hisoblamang. Aksincha, u siz uchun yaxshilikdir. Ulardan har bir kishi uchun o‘zi qilgan kasbning gunohi bordir. Ulardan gunohning kattasini ko‘targan kimsaga buyuk azob bordir." Xonadonni to'ldirgan qayg'u nihoyat ko'tarildi. Allohning Rasuli, onamiz Oisha va uning ota onalari nihoyat yengil nafas olishdi. Bir oylik mashaqqat va kutishdan so'ng, oyatlar nihoyat Oishaning begunohligini tasdiqladi. Va shu bilan Madina bo'ylab tarqalgan fitna nihoyat tugadi. Haqiqat oshkor bo'libdi.

- Oishaning ko'ngli ham joyiga tushdi. - Alhamdulillah. Oishani ayblovdan ozod qutqarib fitnani boshlaganning jazosi haqida oyat kelganidan keyin yana ko'plab oyatlar nozil bo'ldi. Bu safar tuhmatni tarqatganlar haqida. "O‘shanda siz u ifkni tillaringiz ila ilib olar, og‘zingiz ila o‘zingiz bilmagan narsani gapirar edingiz va uifkni o‘zingizga yengil sanardingiz. Holbuki, u Allohning nazdida buyukdir." Tuhmat gunoh, kimningdir sha'ni va huquqlarini poymol qilish, bo'lgani uchun, ular uning jazosiga duchor bo'lishlari kerak edi.

Bu mish-mishlarga ishonib, ularni takrorlagan va shuning uchun bilmasdan uning tarqalishiga yordam bergan uch sahoba Payg'ambarimiz alayhissalomning huzurlariga chaqirildi. "Allohning Rasuli sizlarni chaqiryapti." Afsus nadomat bilan sekin yurib borishardi. Rasululloh ularga na g'azab bildirdilar va na adovat saqladilar. Lekin tuhmat va unda ishtirok etish uchun jazo Islomda aniq edi. Har birlari omma oldida 80 darra urildi. Bu jazo nafaqat ularga balki butun Madinaga muhim ibrat bo'ldi. O'sha jazoni ko'rganlar boshqa hech qachon bilmagan narsalari haqida gapirmaydigan bo'lishdi.

Islom nafaqat bu voqea uchun, balki og'ir jinoyatlar uchun ham odamlarni ularni sodir etishdan qaytaradigan aniq qonunlar va jazolarni joriy qilgan. Ularning asosiy maqsadi qo'rqitish edi xolos. Natijada jinoiy ishlar keskin pastladi. Lekin bundan tashqari, bu qonunlar va jazolar orqali Alloh aslida bandalarini bundan ham battar narsadan, ya'ni oxirat azobidan himoya qilardi. Manashu qonunlar amalga oshirilgan payti hech kimga adolatsiz munosabat qilinmadi. Hamma teng ko'rildi. Kuchlilarning kuchsizlardan ustunligi, boylarning kambag'allardan ustunligi yoki ozodlarning qullardan ustunligi yo'q edi. Masalan Madinada bir voqea bo'ladi.

Banu Mahzun qabilasidan bir guruh kishilar o'g'irlik qilgan ayolga jazo berilmasligi uchun o'rtaga tushib u uchun payg'ambar alayhissalomdan kechirishni so'rashdi. Rasululloh buni eshitib juda hafa bo'ldilar. O'rinlaridan turib manashu xutbani o'qidilar. "Ey odamlar! Sizlardan oldin o‘tgan qavmlar halok bo‘lganining sababi shuki, ularning zodagonlaridan biri o'g'irlik qilsa, uni qo'yib yuborishardi. Lekin ularning orasidagi zaif odamlardan biri o'g'irlik qilsa, unga jazo berishardi. Allohga qasam agar Fotima bintu Muhammad shu ishni qilganida o'zim uning qo'llarini kesgan bo'lardim." Abdulloh ibn Ubayga nima bo'ldi? Shuncha Tartibsizlikka sabab bo'lgan kishiga jazo berilmadimi?

U faqat shu bilan cheklanib qolmagan ediku. Uhud jangida u o'zining hiylagar so'zlari bilan 300 kishini jang boshlanishidan oldin o'zi bilan ergashtirib ketgan edi. U butparastlar va yahudiylar bilan yashirincha hamkorlik qilib, musulmonlarga qarshi doimiy ravishda fitna qilardi. Mo'minlar orasida fitna tarqatib, ular orasidagi birodarlik rishtalarini uzishga harakat qilardi. Albatta, Rasululloh bu bosh munofiqning qilayotgan barcha ishlarini yaxshi bilar edilar. Ammo u zot sabr qilib indamas edilar. Bir kuni Umar roziallohu anhu Abdulloh ibn Ubay keltirib chiqargan fitnalarga chiday olmaydigan darajaga yetib keldi. Payg'ambar alayhissalomning oldiga borib shunday dedi.

"Yo Allohning Rasuli, bu munofiqning boshini uzib tashlashga ruxsat bering." Lekin Payg'ambarimizning javobi u zotning sabr-toqatining ortidagi donolikni ko'rsatdi. U zot "Unga tegma. Yo'qsa boshqalar Muhammad o'z sahobalarini o'ldirar ekan deb gap tarqatishi mumkin." dedilar. Esingizda bo'lsa Payg'ambar alayhissalom hijrat qilganlaridan so'ng Abdulloh ibn Ubay Madinada rahbar bo'lishi kerak edi. O'zi uchun toj ham yasattirgan edi. Odamlar orasida hurmati baland edi. Rasululloh ko'pchilikning ibn Ubayga ishonishini yaxshi bilar edilar. U o'z munofiqligini shu darajada yashirardiki, ko'pchilik uni samimiy musulmon deb o'ylardi. Ishonchli odamdek.

Rasululloh qatil qilishga ruxsat berganlarida Muhammad sahobalarini o'ldiryapti degan gap tarqalishi mumkin edi. Musulmon bo'lishni o'ylagan qabilalar, "U xohlagan paytda bizni ham o'ldirishi mumkin", deb qo'rqib ketishardi. Bu gapdan saqlanish uchun Rasululloh alayhissalom sabr qilishni tanladilar. Anchadan keyin, ifk voqeasidan to'rt yil o'tgach, bu qarorning samarasini o'z ko'zlari bilan ko'rdilar. Hijratning 9-yilida Abdulloh ibn Ubay kasal bo'lib o'lib ketdi. Uning o'g'li Abdulloh solih musulmon edi.

U Rasululloh huzurlariga kelib: "Ey Allohning Rasuli, iltimos, menga ko'ylagingizni bering, toki uni otamga kafan qilib beray." Keyin u Payg'ambarimizdan janoza namozini o'qib berishini va otasining kechirilishi uchun duo qilishini so'radi. O'g'li uchun bu qanchalik qiyin bo'lganini tasavvur qila olasizmi? Payg'ambarimiz Madinaga qadam qo'yganlaridan boshlab otasi Islomning eng katta dushmanlaridan biri bo'lgan. Shunga qaramay, chindan ham diqqatga sazovor tomoni shundaki, Rasululloh uni rad etmadilar. U zot Abdulloh ibn Ubay uchun o'z ko'ylagini kafan qildilar. U zotga dafn marosimi uchun hamma narsa tayyor ekanligi aytilganda, borib janoza namozini o'qib berdilar.

Xatto ko'mish uchun qabrgacha bordilar. Sahobalar lol qolishdi. Nima uchun Rasululloh butun umrini Islomga qarshi fitna uyushtirishga bag'ishlagan odamning janozasini o'qidilar? Nega u zot har fursatda musulmonlarga zarar yetkazishga uringan odamga bunday mehr ko'rsatdilar? Buning ortida bir sabab, ulkan hikmat bo'lishi kerak edi. Albatta bor edi. "Ey Allohning Rasuli, nega unga kiygan ko'ylagingizni berdingiz?" Bu savol berilganida Payg'ambarimiz alayhissalotu vassalom dedilar: "Mening ko'ylagim ham, namozim ham uni Allohning azobidan qutqara olmaydi.

Lekin umid qilamanki, bu orqali uning qabilasidan minglab kishi Islomni qabul qiladi." Darhaqiqat, bu ish Abdulloh ibn Ubay atrofidagi odamlarga chuqur ta'sir ko'rsatdi. Ba'zi manbalarimizga ko'ra, o'sha kuni Payg'ambarimizning sabr-toqati va rahm-shafqati tufayli 1000 ga yaqin odam Islomni chin dildan qabul qilgan edi. SubhanAlloh. Musulmonlar yillar davomida Ka'bani ziyorat qilishni orzu qilishgan edi. Va nihoyat buning vaqt keldi. - Nihoyat Makkaga boramiz. - Ha. Bu Payg'ambar alayhissalom ko'rgan tushi tufayli boshlanadigan safar bo'ldi. Ammo bu safar hech kim kutmagan tarzda o'zgardi.

"Unda asir sifatida shu yerda qolasiz!" Va musulmonlar hech qachon qabul qilishni istamagan shartnomani qabul qilishlariga to'g'ri keldi. Bu qanday shartnoma edi? Va bu ajoyib sayohatda nimalar bo'ldi? Hammasiga keyingi qismlarda guvoh bo'lamiz Insha Alloh. Bizdan uzoqlashmang.