Towards Eternity
Blogga qaytish

Islomning 3 buyuk jangi — Payg‘ambar Muhammad ﷺ dushmanlar qurshovida!

Nashr sanasi

YouTube’da ko‘rish

624-yil. O'sha mashaqqatli kun keldi. Bu kun Islomning kelajagini belgilab beradigan kun. Yo Islom buyuk g'alaba bilan yuksaladi, yoki anashu jang maydonida hammasi yakun topadi. Musulmonlar g'alabaga yaqin edilar. Ammo birgina xato hammasini o'zgartirdi. Mujohidlar mushriklar tomonidan ham old ham, orqa tomondan o'rab olindi. Qulay fursat kelgach Vaxshiy qo'lidagi nayzani uloqtirdi, va nayza Hamzaning ko'kragini teshib o'tdi. "10 ming kishilik lashkar bilan ularni tug'ilganlariga pushaymon qildiramiz!" Shaharga kirishning yagona yo'li deyarli 6 kilometrlik handaq bilan to'sib qo'yilgan edi. Ular nihoyatda keng va chuqur bo'lib, narigi tomoniga o'tishni iloji yo'q edi.

Oson g'alaba qilamiz degan ishonchlari endi ikkilanish va qo'rquvga aylandi. Bunday mudofa uslubini ko'rgan dushman nima qilishga boshi qotdi. Chunki umrlarida bunday narsani ko'rmagan edilar. Ahvol qanday qilib bu darajaga yetdi? Bunday dahshatli qo'shinga qarshi Musulmonlar qanday qilib bunday rejani tuzishdi? Eng muhimi, endi nima bo'ladi? Xiyonat, maxfiy rejalar va mo'jizalar. Voqeani boshidan boshlab hammasi qanday bo'lganini ko'rib chiqamiz. Ushbu videolar ishonchli Islom manbalaridan olingan yuzlab ma'lumotlarga asoslandi. Barcha sun'iy intellekt vizual materiallari malakali Islom olimlari bilan hamrohlikda tayyorlandi va Islom ko'rsatmalariga muvofiqlashtirildi.

Payg'ambarimiz Madinada yangi o'zgarishlarni joriy etar ekanlar, shuningdek razvetka tizimini ham yo'lga qo'ygan edilar. U zot shaharga kelishi mumkin bo'lgan har qanday xavf-xatarni oldindan bilib yon atrofdan ular haqida ma'lumot to'plashni xohlardilar. Hijratning ikkinchi yilida, anashu tizim orqali xabarlar kela boshladi. Quraysh Abu Sufyon boshchiligida ulkan karvonni yo'lga chiqargan edi. Albatta, bu karvon faqatgina ularning mollaridan iborat emasdi. Hijrat payti esingizdami? Musulmonlar o'ta og'ir sharoitlarda hijrat qilishga majburlangan edilar. Yo'lga chiqqanda barcha narsalarini ortda qoldirishlari kerak edi. Anashu narsalarni Quraysh egallab olib karvonga qo'shib yubordi.

Musulmonlarning qiynalib topgan narsalari dushman qo'lida o'zlariga qarshi qurol bo'lishi mumkin edi. Hatto hijrat paytida ham, omonatdor payg'ambarimiz mushriklarning omonlatlari haqida tashvish qilib ularni egalariga qaytarish uchun Ali (r.a) qoldirib ketdilar. Ammo Quraysh hech bunday javob qaytarmay musulmonlardan qolgan narsalarga tajovuz qilishdi. Musulmonlarni o'z yerlaridan quvib chiqarib ularga har turli zug'umlarini o'tkazgan mushriklarga asl qudrat egasi kim ekanini ko'rsatib qo'yish vaqti kelgan edi. Ichlariga qo'rquv soladigan narsani, va endi ular istaganlarini qila olmasliklarini ko'rsatib qo'yish vaqti kelgan edi.

Qarshi tura oladigan haqiqiy jismoniy kuchni ko'rmagunlaricha to'xtamas edilar. Payg'ambarimiz karvonni kuzatish uchun xufya odamlarni yubordilar. So'ng sahobalarga "Kimda minishga yaroqli markab bo'lsa biz bilan yursin" dedilar. Rasululloh alayhissalom dushmanlar bilan ehtimoliy to'qnashish uchun tayyorgarlik ko'rdilar. Sahobalar ushbu safarga qo'shilishni o'ta xohlar edilar. Tayyorgarliklar bitgach 313 kishilik musulmon lashkari to'plandi. Jazirama oftob ostida Rasululloh sahobalari bilan Badr janggiga yo'l oldilar. Yo'lda suv quduqlari borligi sabab ko'p karvonlar shu yerdan o'tardi. Qo'shinning minadigan ulovi juda kam edi. Faqat ikkita ot va 7ta tuya xolos.

Payg'ambarimiz alayhissalom, Ali va Mas'ad ibn Abi Mas'ad bir tuyani navbatma navbat minib borishardi. Piyoda yurish navbati Payg'ambarimizga kelganda , Ali va Mas'ad, "Ey Allohning elchisi, siz tushmang, biz piyoda ketaveramiz" deyishdi. Ammo payg'ambar alayhissalom bunga ko'nmay "Piyoda yurishga kelsak sizlar menchalik kuchli emassizlar. Men ham sizlar kabi Allohdan savob umididaman." dedilar. Shunday qilib yo'lda davom etdilar. Bir nuqtaga yetgach Rasululloh qo'shinga nazar soldilar. Ularning ba'zilari jangda himoya qiladigan oyoq kiyimsiz yalangoyoq yurib ketishardi. U zot "Ey Alloh, bu aksarlarning minadigan markabi yo'q, safarlarini oson qil.

Yo Alloh, na kiygani kiyimlari na yegani taomlari bor, o'zing ularni kiyintir o'zing ularni to'ydir." deya duo qildilar. Ular ochnahorlikda yashashardi, ammo haqiqiy kuch iymondan ekanini bilishardi. Qo'shin ichida anashu iymon eng chiroyli holatda mavjud edi. Ular Badr tuproqlariga kelishlaridan avval Abu Sufyon Musulmonlarning qo'shin tortib kelayotganidan xabar topdi. "Musulmonlar kelishyapti." Yo'lga chiqishi bilanoq Musulmonlarning hujumidan qo'rquvda edi. Qo'rqqan narsasi haqiqatga aylandi. Darhol xabar berish uchun Qurayshga odam jo'natib o'z yo'nalishini o'zgartirdi. Karvonni Makkaga boshqa yo'ldan olib o'tmoqchi edi. Xabarchi tezda Makkaga yetib bordi.

Ko'chalarda yugurib borib shunday deb baqirdi. "Ey Quraysh ahli! Muhammad va uning izdoshlari karvoningizga hujum qildi! Borib Abu Sufyonga yordam bering! Bo'lmasa mol-mulkingizdan ajrab qolasiz!" Makkada qo'rquv tarqaldi. Chunki karvonda deyarli hammaning mulki bor edi. Tezlik bilan 950 kishidan iborat qo'shin tayyorlandi. 100ta otliq va 700 tuya bilan to'liq qurollangan lashkar Badr yerlariga yo'l oldi. Ularni Islomning eng qattiq dushmani Abu Jahl boshlab borardi. Abu Lahab esa betobligini aytib o'rniga boshqa odamni jo'natdi. Quraysh lashkari Badr tomon qo'shin kuylarni aytib yurib borardi. Birozdan so'ng Abu Jahlga xabar keldi.

"Karvoning va odamlaringni himoya qilish uchun yo'lga chiqqanding. Ular endi xavfsiz. Ortga qaytaver." Bu xabarni Abu Sufyon jo'natgan edi. Karvonni eson omon Makkaga olib kelib endi ularga qaytishni aytdi. Qo'shinning aksar qismi qaytish istagida bo'lsa ham Abu Jahl islomga nisbatan dushmanligi sabab qaytishni istamadi. Qo'l ostida to'liq qurollangan sal kam mingta askar bor edi. Bu qo'ldan boy berib bo'lmas imkoniyat edi. Musulmonlarni tor-mor qilishiga ishonchi komil edi. U shunday dedi "Hozir ortga qaytolmaymiz." "Badrga borishimiz kerak. O'sha yerda 3 kun qolamiz. Tuyalarni so'yib sharob ichamiz. Ayollar qo'shiq aytib ko'nglimizni ko'tarishsin. Arablar bizni ko'rish uchun to'planishadi.

Anashu ondan boshlab hammasi bizdan qo'rqa boshlaydi." U lashkarni ko'ndirdi. Ular yana yo'lga chiqishdi. Karvonning Makkaga borgani va Badrga katta qo'shin kelayotganining xabari Payg'ambarimiz alayhissalomga yetib kelgach u zot hayron qoldilar. So'ng shunday dedilar, "Alloh azza va jalla karvon yoki g'alaba ikkisining birini nasib qilishni va'da qildi." Allohga qasamki, dushmanning halok bo'ladigan muayyan joylarni ko'rgandekman. Allohning yordami sizlar bilandir." Tun kirgach hamma uyquga ketib dam oldi. Bir kishidan boshqa hamma. Allohning Rosuli alayhissolatu vassalom. Tunni Allohga duo qilish bilan o'tkazdilar. "Ey Alloh, va'dangga vafo qil.

Ey Alloh, agar manashu musulmon lashkari yo'q qilinsa yer yuzida senga ibodat qilguvchilar qolmaydi." Ushbu duoga esa Qur'onda javob berildi. Anfol surasining to'qqizinchi oyati. O‘shanda Robbingizdan madad so‘raganingizda, sizni so‘rovingizni ijobat qilib: «Albatta, men sizlarga ketma-ket keladigan mingta farishta ila madad beruvchiman”, dedi. Ha, Alloh o'zi yo'lida jang qilayotgan manashu ozchilik kishilarni tashlab qo'ymas edi. U ularni o'zining ko'rinmas farishtalar qo'shini bilan qo'llab-quvvatladi. Nihoyat jang kuni yaqinlashdi. Quraysh qo'shini Badr yerlariga yetib borgach ko'rgan manzaralaridan titray boshlashdi.

"Hamma quduqlarni o'zlashtirib olishibdi." Strategik ahamiyatli barcha hududlarni Musulmonlar qo'lga olgan edi. Ammo katta adadiga ishonib g'alabaga oson erishamiz deb o'ylashdi. Ikki qo'shin bir-biriga ro'baro' kelganda 313 musulmon va 950 quraysh lashkari qarama-qarshi turardi. Ahadun Ahad (Alloh yagona!) O'rtadagi farq dahshatli. Ustunlik Quraysh tomonda edi. Ammo ruhiy jihatdan vaziyat butunlay teskari. Maydonning bir tomonida Takbir sadosi bong urardi. Allohu Akbar! Boshqa tomonida esa qo'shiq ovoz eshitilardi. Bir tomonda Allohdan kuch olib, zulmga qarshi turgan qo'shin, ikkinchi tomonda esa faqat zulm qilish va qon to'kish uchun kurashgan qo'shin turardi.

So'ng Quraysh rahbarlaridan biri Utba ibn Rabia ukasi Shayba ibn Rabia va o'g'li Valid bilan oldinga chiqishdi. Bu Muboraza nomli jang urf odati edi. Jangdan avval, bitta, ikkita yoki uchtadan jangchi duel uchun oldinga chiqardi, shundan so'ng haqiqiy jang boshlanardi. Ansorlardan uch kishi, Avf, Mu'avviz, va Abdullah ibn Ravoha oldinga chiqishdi. Utba ularga mensimagandek qaradida "Kimsizlar?" Hey Muhammad! Bizga munosib raqiblarni jo'nat! U boshqa birov bilan jang qilishni istamasdi. Faqatgina Banu Hoshimga g'azab qilardi. Shunday qilib Rasululloh Madina musulmonlarini chaqirib oldilar. Ammo o'rniga kimlarni tanlaydilar? Muhojirlardan Ubayda ibnul Horis, Hamza, va Alini jo'natdilar.

- "Kim kelyapti?" - "Ubayda va Ali." Ali? Uchinchisi kim bo'ldi? - Hamza. - Hamza? Tamom bo'ldik. Uchchovlari ham Payg'ambar alayhissalomning o'z oilalaridan edi. Bu safar Utba raqiblaridan ko'ngli to'lib jangni boshladi. Hamza Shayba bilan. Ali Valid bilan. Ubayda esa Utba bilan jang qildilar. Bir necha zarbadan so'ng Ali va Hamzaning raqiblari yerga yiqilishdi. Ammo Ubayda va Utba tinmay jang qilishardi. Urf odatga ko'ra o'z raqibini yer tishlatgan jangchi sheriklariga yordam berishi mumkin edi. Hamza va Ali Ubaydaga yordam berib Utbani qatil qilishdi. Qo'shin ruhiyatini ko'tarish uchun Abu Jahl shunday dedi. "Utba, Shayba va Validning o'limidan qo'rqmanglar!

Ularning o'limi besamar ketmaydi! Qasam ichamanki bugun g'alaba bizniki! Muhammad va uning izdoshlari bizning oldimizda juda kichkinadir!" So'ng qo'shinni qayta safladi. Buyruq berilgach ikkala tomon ham jangga oshiqdi. Shiddatli jang boshlandi. Rasulullohning o'zlari sahobalar bilan old qatorda jang qildilar. U zot "Men payg'ambarman, sizlar jang qiling demadilar." Balki ularni ruhlantirib so'zlari bilan dalda berardilar. Shu darajada jasurlik bilan jang qilganlaridan keyinchalik Ali, "O'sha kunda eng qo'rqmas kishi u zot edilar. Hech kim dushmanga Rasulullohdan ko'ra yaqinroq emasdi" derdi. Hamza, Ali va Umar roziallohu anhular yo'lida kimki chiqsa ikkiga bo'lib o'tib ketishardi.

Oldinga intlar ekanlar dushman aksarini birma bir qilichdan o'tkazishardi. Sahobalar bor kuchlari bilan jang qilishardi. Allohning Rosuli bir siqm tuproq oldilarda dushman tomon sochib shunday dedilar. "Ularning yuzlari qaro bo'lsin! Ey Alloh, qalblarini qo'rquvga to'ldir, oyoqlarini titrasin!" Anashu bir siqm tuproq butun dushman ko'ziga kirdi. Ko'zlari ko'r bo'ldi. Alloh subhanahu va taolo ushbu hodisani Qur'onda bayon qildi. "Otgan paytingda, sen otmading, balki Alloh otdi" Ko'p o'tmay misli ko'rilmagan chang to'zon ko'tarildi. Hech nimani ko'rib bo'lmasdi. Quraysh har tomonga qarab qochdi. So'ng ikkinchi va uchinchi marta shamol keldi.

Alloh va'dasida turib farishtalarini yordamga jo'natdi. Quraysh yoqa ushlab qoldi. Chunki 300 kishilik qo'shin deb o'ylagan edida. Ammo to'satdan Musulmon qo'shini ko'z oldlarida o'ta katta va qudratlidek tuyildi. Jangdan avval, ular biz uchun hech nima emas, degan Abu Jahl esa yashirinish uchun joy qidirib qoldi. Islomning dushmani ortidan hamma yugurdi. Uni o'ldirishni hamma istardi. Ansorlardan ikki kishi Abdurahmon ibn Avf oldiga kelib Abu Jahl kim deb so'rashdi. Ibn Avf "Uni nima qilmoqchisiz?" deb so'radi. "U Payg'ambarni haqorat qilgan deb eshitdim.

Uni ko'rishim bilan ikkimizdan birimiz halok bo'lmagunimizcha ortimga qaytmayman deb Allohga va'da berganman." Bu ikki jasur kishi Muoz va Muavviz edilar. Anashunda Abdurahmon ibn Avf Abu Jahlni ko'rib unga ishora qildi. "Ana u" Ikkisi ham uning oldiga yugurishdi. Abu Jahl ularni jiddiy qabul qilmadi. Mazax qilib shunday dedi "Ahmoq bolalar. O'lgilaring keb qoldimi?" Ammo u o'ylaganchalik bo'lib chiqmadi. Muoz yaqin kelib oyog'iga zarba berdi. So'ng Abu Jahlning o'g'li Ikrima kelib Muozga tashlandi. Anashunda Muavviz ikkinchi zarba bilan Abu Jahlni qulatdi. "Ummatning Firavni rostdan ham o'ldimi?" Ikkisi ham payg'ambar alayhissalomning oldilariga borib Abu Jahlni o'ldirganliklarini aytishdi.

Rasululloh ishonch hosil qilmoqchi edilar. Sahobalarga o'liklar orasidan Abu Jahlni qidirishni buyurdilar. Abdulloh ibn Masud uni topdi. Abu Jahl hali o'lmagan edi. U so'ngi nafasini zo'rg'a olardi. Ibn Mas'ud oyog'ini unga tirab shunday dedi. "Ey Allohning dushmani. Ko'rdingmi? Alloh seni xor qildi!" O'layotgan bo'lsa ham takabburligi qolmadi. U shunday dedi. "Oyog'ingni baland joyga qo'yding cho'ponning o'g'li. Buyuk insonning o'z xalqi va qabilasi tomonidan o'ldirilishi yangilik emas. Aytchi, kim bugun g'olib bo'ldi? Ibn Masud aytdi "Alloh va uning Rosuli". Bu so'zlar bilan uni o'limidan avval ruhan o'ldirdi. Abu Jahlning qilichini oldida so'ngi zarba bilan uning hayotiga nuqta qo'ydi.

Makka rahbarlari birma bir o'ldirilganini ko'rgach Quraysh qo'shini har tomonga tarqab ketdi. Mushriklar ortlariga qaramay urra solib qochib qolishdi. Badr maydonida 14 musulmon shahid qilindi. Ular o'z hayotlarini Islom uchun qal'a, Rasululloh uchun esa qalqonga aylantirgan jasur odamlar edilar. Unda tirik qolganlar esa bundan buyog'iga As'hobul Badr deb ataladigan bo'ldi. Chunki Badr oddiy jang emasdi. Musulmonlar uchun ehtimol bu eng tahlikali jang bo'lagndir. Chunki son jihatdan juda oz edilar. Shu yerda mag'lub bo'lishsa sonlari yanada ozayishi aniq edi. Bu Quraysh uchun Musulmonlarni butunlay yo'q qilishning ajoyib imkoniyati edi Dushman tomon qanday bo'ldi?

Jangda Qurayshdan 70 kishi o'ldirildi. Va yana shunchasi asir olindi. Xo'sh, ularni nima qilishadi? Ikkita shart qo'yildi. "Rasululloh sizlarga ikki yo'lni taklif qildilar. "Ozodligingiz uchun yo tovon to'laysiz yoki Madinalik 10ta bolaga yozish va o'qishni o'rgatasiz." Faqat manashu shart bilangina ozod bo'lish mumkin. Bu bilan Islom ilm fanni qanchalar ulug'lashi ko'rsatildi. Makka rahbarlari o'ldirilgach Abu Sufyon Qurayshning yangi rahbari bo'ldi. Atrofidagilar uni qasos olishga undardi. "Muhammad rahbarlarimizni o'ldirib bizni xonavayron qildi. Endi qasos olmasak bo'lmaydi." Ha. Savdo karvonlari markazini qaytarib olaylik.

Topilgan foydani esa Musulmonlarga qarshi ishlataylik." Rejaga hamma rozi bo'ldi. Mollarini sotib ko'p pul to'plab urushga tayyorgarlik uchun ishlatishdi. Hamma, ayniqsa Badr kunida yaqinlaridan judo bo'lganlar yana bir jang qilish uchun borini tikishdi. Payg'ambar alayhissalomning amakisi Abbos Makkada bo'layotgan ishlar to'g'risida xabar berdi. 3000 kishilik qo'shin Madinaga qarab yurish qilmoqchi ekanining xabarini berdi. Buni eshitgach Rasululloh sahobalarni to'plab holat yuzasidan fikrlarini so'radilar. O'zlariga qolsa Madinani ichkaridan himoya qilar edilar. Sahobalar bilan maslahatlashish u kishining sunnatlaridir. Hatto shunda tahlikali vaziyatlarda ham.

Bir o'zi qaror qilmay sahobalar fikrini ham bilmoqchi bo'ldilar. O'rtaga ikkita fikr tashlandi. Yosh sahobalar jangga chiqib dushman bilan yuzlashishni taklif qilishdi. Xuddi Badrdagi kabi. Bu g'oyani Hamza ham ma'qulladi. Shuningdek Badrda qatnasha olmaganlar ham imkoniyatni qo'ldan boy berishni istashmasdi. Shu sabab ular ham jang qilishni xohlashdi. Allohning Rasuli va boshqa tajribali sahobalar shaharni ichkaridan turib himoya qilish tarafdori edilar. Ammo maslahatdan so'ng ko'pchilik dushmanga yuzma-yuz kelishni tanladi. Shu sabab Payg'ambar alayhissalom fikrlarini inobatga olib shahar tashqarisida jang qilishga qaror qildilar.

So'ngra Asr namozi o'qilgach payg'ambar alayhissalom sovutlarini kiyib qilichlarini osish uchun uylariga bordilar. Bu orada ikki sahoba, Sa'd ibn Muoz va Usayd ibn Xuzayr, ko'chada to'planib turgan musulmonlarga qarata deyishdi: "Allohning Rasuli Madinadan chiqishni istamasalar ham, jang qilaylik, deb oyoq tirab turib oldingiz. U zotga Allohdan buyruq keladi, masalani o'zlariga havola qilib nima desalar shunga itoat qiling." Bu so'zlar dushmanga ro'baro' kelishni istagan sahobalarning fikrlarini o'zgartirib yubordi. Ba'zilari bu holatdan afsuslana boshlashdi. Payg'ambar alayhissalom uylaridan sovut kiyib qilich osib chiqayotganlarini ko'rgach shunday deyishdi.

"Ey Allohning Rasuli, sizga yoqmagan ishni biz ham xohlamaymiz. Madinada qolishni istasangiz biz siz bilan qolamiz. Irodangizga qarshi borishni istamaymiz." Payg'ambar alayhissalom javob qildilar: "Payg'ambarlarga sovutini kiygandan so'ng dushman bilan jang qilmaguncha, yoki Alloh u bilan dushman o'rtasida hukm chiqarmaguncha uni yechmog'i durust emasdir. Qo'shin bilan Payg'ambar alayhissalom Shayxayn degan joydan dushman tomon yo'lga tushdilar. Ular orasida musulmonlar birligini buzib oralariga raxna solishni istagan munofiqlar ham bor edi. "Muhammad tajribasiz bolalarning gapiga quloq solib mening maslahatimni tark qildi! Ey odamlar!

U gaplarimizga quloq solmas ekan nega u uchun jang qilib jonimizni xatarga qo'yishimiz kerak? Shunda uning qabilasidan 300 kishi hamda uning so'zini qo'llab quvvatlagan boshqalar Madinaga qaytib ketishdi. Bu bilan Musulmon qo'shini 700 kishi bo'lib qoldi. Quraysh lashkarining atigi to'rtdan bir qismi xolos. Payg'ambarimiz qo'shin ozaygani uchun ortga qaytmadilar. Qolgan sahobalar bilan yurishda davom etdilar. Uhud vodiysiga tunda yetib bordilar. Payg'ambar alayhissalom hududni yaxshilab kuzatib musulmonlar egallashi kerak bo'lgan eng yaxshi joyni tanladilar. Oldlarida 200ta suvoriysi bo'lgan, o'zlaridan 4 baravar katta qo'shin turardi.

Shu sabab payg'ambar alayhissalom har bir holatni alohida reja qilishlari lozim edi. Aynayn tepaligiga 50ta mohir kamonchini joyladilar. Agar dushman suvoriylari, anashu tomondan xujum qiladigan bo'lsa musulmonlar osongina o'rtada qolib ketishlari mumkin edi. Shu sabab tepalik muhofazasi o'ta muhim edi. Kamonchilar joylaridan tushsalar dushman ulardan ustun kelishi turgan gap. Rasululloh kamonchilarga aniq buyruq berdilar. Hattoki dushmanni yengayotganimizni ko'rsangiz ham - o'zim ruxsat qilmagunimcha yoki birortasini jo'natmagunimcha o'rningizni bo'shatmang. Dushman bizni mag'lub qilsa ham, ularga yordam beraylik, deb joyingizni tark etmang.

Rasululloh qo'shinni Uhud tog'ini ortda qoldirgan holda joylashtirdilar. Sabab esa juda aniq. Dushman xujum qilsa ham ortlaridagi tog' boshpana bo'ladi. Musulmonlar xujum qilsa dushman qochib ketishi uchun oson bo'ladi. Bu taktika ikkala tomondan ham iloji boricha kam qon to'kilishi uchun tuzilgan edi. Ikkala qo'shin ham bir birlariga ko'rindi. Saflanib olib kutib turishardi. Vaqt bo'ldi. Ikki tomon ham ortiq sabr qila olmay jangga kirishdi. Yashin tezligida qirg'in boshlandi. Alloh yo'lida jon berishga tayyor mujohidlar jang maydoniga tashlanishdi. Abu Dujana so'ziga sodiq qoldi.

""Men bu qilichni o'z haqqi bilan olaman."" Dushman safiga katta tezlikda tashlanib ulkan kuch bilan qilich o'ynatdi. Har qadamida yo'lidan chiqqan har kimni bo'laklab tashlab oldinga tomon qadam bosdi. Bu orada Hamza roziallohu anhu shunday derdi: "Men Allohning sheriman!" U dushman ichiga kirar ekan o'ngni ham chapni ham birdek mag'lub qilardi. Bu payti Quraysh tomonda bo'lgan Xolid ibn Valid 200ta suvoriy bilan Aynayn tepaligi ortida kutib turardi. Musulmonlarga kuchi yetmayotganini ko'rib u ham jangga kirib lashkarga yordam berishni istardi. Bir necha bor jangga kirishga urundi, ammo Payg'ambarimiz joylashgan kamonchilar uning yo'lini to'sishardi.

Xolid ibn Valid zarba berish uchun qulay vaziyatni diqqat bilan kutib turdi. Musulmon qo'shini aqil bovar qilmas g'ayrat ko'rsatib bor kuchlari bilan jang qilishardi. Ko'p o'tmay mushriklar bunga chiday olishmadi va butun qo'shin har tomonga tarqab ketdi. Bu yoqda esa Quraysh ayollari qo'shiq aytib soz chalib qochayotgan lashkarni orqaga qaytarishardi. Ammo iymonsiz qalblar uchun bu narsalar samara bermasdi. Jonlari omonligida qochib qolishdi. Hammasi Musulmonlar foydasiga bo'layotgan edi. Keyin kutilmagan bir hodisa ro'y berdi. Tepalikdagi kamonchilar dushmanning qochib ketayotganini ko'rib urush tugadi, vazifamiz ado bo'ldi deb o'ylashdi.

Ularning orasida Abdulloh ibn Jubayr Payg'ambar alayhissalomning buyrug'ini eslatib ularni ortga chaqirdi. "Allohning Rasuli nima deganini unutdingizmi? Sizlarga aniq qilib tushuntirmadilarmi?" Ammo uning so'zlariga qaramay, kamonchilarning ko'pchiligi Aynayn tepaligini tark etib dushmandan qolgan o'ljalarini to'plashga kirishishdi. Mana nima uchun payg'ambarimiz sabr va matonatga urg'u bergan edilar. "Olg'a!" Anashunda qulay vaziyatni poylab o'tirgan Xolid ibn Valid imkoniyatni ko'rishi bilan darhol jangga kirishdi. Ular tepalikda qolgan 10ta kamonchini o'ldirib musulmonlarga orqadan xujum qilishdi. Buni ko'rib Quraysh lashkari jangga qaytdi.

To'satdan musulmon qo'shini ikki dushman o'rtasida qolganini ko'rdi. Albatta bu musulmonlar uchun daxshatli holat edi. Uhud jangining ikkinchi bosqichi. Anashu payti musulmonlar hayotdagi eng qiyin mashaqqat bilan sinovga uchradilar. Mujohidlar qamalda qolib o'zlarini yo'qotib qo'yishdi. O'zlarini tutib turolmay jang maydoni bo'ylab tarqab ketishdi. Shuncha vahima bilan 10, 15ta sahoba Payg'ambar alayhissalomning yonida qoldi. Manashu sahobalar joylaridan jilmay qo'llaridan kelgancha dushmanga qarshi turishdi. Payg'ambar alayhissalomni dushmanning kamon o'qlari, nayzalari va qilichlaridan himoya qilish uchun o'zlarini qalqon qilishdi.

Manashunday tartibsizlik payti, mushriklar tomonidan otilgan tosh payg'ambarimizning muborak yuzlariga tegib, pastki o'ng tomon tishlarini sindirdi. Toshbo'rondan peshonalarini jarohat olib lablarini yorildi. Shunda Abdulloh ibn Qami'a ismli kofir qilichi bilan Payg'ambarimizning dubulg'asini sindirib tashladi. Qalqonning ikki metal halqasi yuzlariga kirib qoldi. Rasulullohning yuzlari qonga belandi. Qo'llari bilan qonni artib shunday dedilar. "Allohga da'vat qilayotgan payg'ambarining yuzini qonga belagan qavm qanday qilib najotga erishishi mumkin?" Boshqa tomondan Hamza roziallohu anhu bor kuchlari bilan mushriklarga qarshi kurashar edilar.

O'rnida mustahkam turib, dushmanga tik boqib, ularga qattiq zarbalar berardi. Jang boshlangan ondan boshlab bir kishi Hamzani kuzatardi. Jubayr ibn Mutimning quli Vaxshiy uni o'ldirishning qulay fursatini poylab turardi. Bu payt Vaxshiy qo'lida nayzasini tutgan holda Hamzaning atrofida aylanaverdi. Ammo yaqin kelishning ilojisi yo'q edi. Allohning sheri o'zining tengsiz kuchi va jasorati bilan dushman qalbiga qo'rquv solardi. Men Allohning sheriman! Hamza dushmanni yer tishlatar ekan Vaxshiy tosh ortidan uni kuzatib turardi. U nayza otishga usta bo'lib qulay vaziyatni kutib turdi. Qulay fursat kelgach Vaxshiy qo'lidagi nayzani uloqtirdi, va nayza Hamzaning ko'kragini teshib o'tdi.

Yuraklarni qon qilgan Uhud kunida Hamza shahid qilindi. Vaxshiy bu bilan to'xtamadi. Abu Sufyonning xotini Hintni hayron qoldirish uchun uning qornini yorib, jigarini chiqarib Hintning oldiga olib bordi. Hamza doimo mushriklarga qattiq qarshi turardi. Jangda ularga kuchli zarbalar berardi.. Abu Jahlning haqoratlaridan doim jiyanini himoya qilardi. U Islomni qabul qilganda Allohning habibi qanchalar hursand bo'lgan kun esingizdami? Musulmonlar undan kuch olishardi. Ammo endi u shahid bo'ldi. Rasulullohning qalblari qayg'uga to'lib toshib ko'zlaridan yoshlar shashqator bo'lib oqdi. Hamza roziallohu anhuning o'limidan daxshatga tushgan sahobalar yana bir muthish xabarni eshitishdi.

Muhammadni o'ldirdim. Muhammadni o'ldirdim! Muhammadni o'ldirdim! Muhammadni o'ldirdim! Sahobalar buni eshitgach nima qilishni bilmay qolishdi. Ba'zilar Madinaga qaytishni o'ylashdi. Allohning habibi shahid bo'ldimi? Manashu holatda bir kishining hayqirig'i eshitildi. "Nima qilib o'tiribsiz?" Bu Anas ibn Nazir edi. Nima qilamiz? Rasululloh o'libdilar. "Payg'ambar o'ldirilgan bo'lsa ham uning Robbisi tirikdir! Payg'ambar o'ladigan bo'lsa, hayotingizni butunlay o'zgartirasizlarmi? Biz ham jang qilaylik, va u kabi shahid bo'laylik!" Hech qanday ikkilanishsiz uning o'zi dushman ichiga otildi. Anashu kuni, Allohning Rasuliga bo'lgan muhabbati bilan Anas ham shahid bo'ldi.

Uning tanasi bo'laklarga ajratildi. Jangdan keyin singlisi uni barmoqlaridan tanib qoladi. Anasning so'zlaridan keyin sahobalar o'zlarini qo'lga olishdi. Allohning Rasuli rostan shahid bo'ldimi yo'qmi bilmoqchi bo'lishdi. Uni hammayoqdan qidirishdi. O'zi nima bo'lgandi? Payg'ambar alayhissalom qayerda edi? U payti Rasululloh mushriklar qazigan o'raga yiqilgan edilar. Jarohatlari sabab tirmashib chiqishga kuchlari yo'q edi. Nihoyat sahobalar u zotni topib o'radan chiqarib olishdi. Unda Ibn Qomia "Muhammadni o'ldirdim!" deb kimni aytgan edi? Mus'ab ibn Umayr payg'ambar alayhissalomga juda o'xshardi.

Jang boshlanishidan avval u Rasulullohning yopinchig'ini kiyib olib, musulmonlar bayrog'ini ko'tarib yurgan edi. Jang davomida u Ibn Qomia bilan yuzma yuz kelib jang qildi. Ibn Qomia Mus'abning bayroq tutgan qo'lini bir zarbada kesib tashladi. Mus'ab Islom bayrog'ini o'z jonidan ham ko'proq qadirlardi. Bayroq qulamasligi uchun boshqa qo'li bilan ushlab oldi. So'ng Ibn Qomia yana zarba berib uning ikkinchi qo'lini ham uzib tashladi. Chidab bo'lmas og'irqqa qaramay Mus'ab bayroqni yelkasi bilan ko'ksiga qisib, tik tutib turdi. Qachonki Ibn Qomia unga so'ngi zarbani bergach u shahid bo'ldi. Rasululloh bir nechta sahobalar bilan bir g'orga kirib berkindilar.

Payg'ambarning oldida ikki yo'l bor edi. Yo jim turish yoki tarqab ketgan qo'shinni to'plash. Ularni chaqirish uchun baland ovozda gapirish kerak. Bunday qilsalar mushriklar kelib u zotni o'ldirishlari mumkin edi. Rasululloh hayotlarini xavfga qo'yib ikkinchi yo'lni tanladilar. U zot sahobalarini baland ovoz bilan yonlariga chaqirdilar. Mushriklar Rasulullohning tirik ekanlarini bilib qolishgach yana bir bor to'planishib har tomondan o'q yog'dirishdi. So'nggi zarba bilan hammasiga chek qo'yishni istashdi. Rasulullohning atrofidagi bir necha sahobalar u zotni qalqonlari bilan pana qilishdi. U zotni himoyasi uchun o'z jonlaridan kechishdi.

U kunda Rasululloh alayhissalom shu darajada ko'p o'q otganlaridan kamonlari oxiri sinib ketdi. Sa'd ibn Abi Vaqqos u zotning oldilarida turib tinmay o'q otib u zotni himoya qilardi. U shu darajada ko'p o'q otganidan Rasululloh unga, faqatgina unga, "Otam va onam siz uchun qurbon bo'lsin." dedilar. Mushriklar boshqa jang qila olmasliklarini bilgach yengilib qolishdan qo'rqib chekinishga qaror qilishdi. Quraysh qo'shini asta sekin jang maydonidan ketdi. Jang nihoyat tugadi. Islom jangchilari uchun, dam olish, jarohatlarini bog'lash, va shahidlarini ko'mish vaqti keldi. Alloh bizga fathni bermaguncha, mushriklar endi bizga bunday zarar yetkaza olmaydilar.

Rasululloh alayhissalomning bu so'zlari Uhuddan qattiq qayg'uga tushganlar qalbiga yumshoq mayinlik olib kirdi. Islom dushmanlari tez orada o'zaro kelishmovchiliklarni chetga surib, musulmonlarni butunlay yo'q qilish uchun birlashadilar. Payg'ambar alayhisolatu vassalomva sahobalarni buyuk jang kutib turardi. Misli ko'rilmagan jang taktikasi, juda qiyin tayyorgarlik jarayoni va xiyonatlar. Bu safar kim yutdi? Mushriklar nihoyat maqsadiga yetadimi? Madinadagi yahudiy Banu Nadir qabilasi qilgan xoinliklari uchun shahardan chiqarib yuborildi. Ba'zilari Shomga boshqalari esa Xaybarga borib joylashishdi. Xaybarda har yerdagidan ko'proq yahudiylar yashardi.

Ko'pliklari sababli bir birlarini jang qilishga chorlashardi. Mana shu sabab ular Payg'ambar alayhissalom va sahobalarga qarshi qasos rejasini tuzishdi. Ammo buni o'zlari amalga oshira olishmasdi. Shu sabab ular Quraysh va boshqa arab qabilalarini payg'ambar alayhissalomga qarshi borish uchun 19 kishilik delegatsiyani yuborishdi. Avvalo Qurayshga, so'ngra G'atfon va Banu Sulaym qabilasiga, undan keyin boshqa arab qabilalariga borishlari kerak edi. Shu sabab bu jang Ahzob jangi, ya'ni ittifoqchilar jangi nomi bilan ham atalgan. Chunki kichik guruhlar to'planib Musulmonlarga qarshi chiqishgan edi. Yahudiylar Quraysh bilan bitim tuzib birinchi ittifoqqa erishdilar. Ammo bu kam edi.

Ko'proq qo'shin to'plash uchun Najid va Makka orasida yashovchi G'atfon qabilasiga borishdi. Ularni ham ko'ndirishga uzoq vaqt ketmadi. Ko'p o'tmay Banu Sulaym qabilasi ham ularga qo'shildi. Faqat yahudiy elchilari emas, balki Qurayshning o'zi ham qabilalarni birlashtirish uchun qattiq harakat qilayotgan edi. So'ng ular Ahabish va boshqa ittifoqdosh qabilalarni ham o'zlariga og'dirishdi. Barcha kuchlar birlashib ularning soni deyarli 4 mingga yetdi. Madina atrofidagi qabilalarni ham o'zlariga og'dirgach, Banu Nadir va Quraysh 10 ming kishilik ulkan lashkar to'plashga muvaffaq bo'ldi.

"10 ming kishilik qo'shin bilan ularni tug'ilganlariga pushaymon qilamiz!" Manashu ishlar mobaynida Xuzoa qabilasidan payg'ambar alayhissalomga xabar keldi. Abu Sufyon katta qo'shin to'playapti. - "Nechta?" - "Minglab!" - "O'zing ko'rdingmi?" - Vodiyda ularni ko'rib qoldim. Juda tez harakatlanishyapti. Payg'ambar alayhissalom darhol sahobalarni majlisga to'pladilar. Hamma o'z fikrini aytdi. So'ngida bir kishining g'oyasi hammasini o'zgartirdi. "Ey Allohning Rasuli, Forsdaligimizda, dushman xujum qilishidan qo'rqsak, shaharni himoya qilish uchun uning atrofida handaqlar qazib qo'yardik." Bu taklifni Forslik Salmon al-Forsiy aytgan edi.

Payg'ambar alayhissalom va sahobalar bunday uslubni eshitmagan edilar. Rasululloh bu fikrni ma'qulladilar. Shunday keng va chuqur handaq qazidilarki, undan hatto ot ham o'ta olmasdi. Ammo bunga 10 kuncha vaqtlari qolgan. Hamma bor kuchi bilan kavlashni boshladi. Ularni Payg'ambar alayhissalom o'zlari boshqardilar. Qo'llarida metin va kurak olib sahobalar bilan yonma-yon kavlar edilar. Shu bilan qolganlarni ruhlantirardilar. Ochlik va charchoqqa qaramay kun bo'yi dam olmay kavladilar. Ba'zida sahobalar shunday deyishardi. "Yo Rasululloh, siz dam oling. O'zimiz uddalaymiz. O'zingizni uruntirishingizga xojat yo'q." Ish qilmaslikni tanlasalar bo'lardi-ku.

Axir Allohning Rasuli bo'lsalar, kim ham qarshi chiqardi? Lekin u zot "Xalqning yetakchisi - ularga xizmat qiladigan kishidir" degan edilar. Jim o'tirib kuzatish o'ta qiyin edi. Allohning rahmati qiyinchilik bilan kelishini yaxshi bilardilar. Shunday qilib hammadan qattiqroq mehnat qildilar. O'sha yili Arabiston qurg'oqchilik va ocharchilikdan aziyat chekardi. Musulmonlar ochlikka chidash uchun qorinlariga tosh bog'lab olardilar. Bu bilan qorinlaridagi ochlikni to'qlik hissi bilan yengillashtirishardi. Qiynalib ketgach bir guruh sahobalar payg'ambar alayhissalomning oldlariga kelib muammoni bayon qilmoqchi bo'lishdi. Ammo ko'rgan narsalaridan aytar so'zlari tomoqlariga tiqildi.

Chunki Rasululloh qorinlaridagi bog'ichni yechganlarida, bir emas balki ikkita tosh yerga tushdi. "Ochlik sabab siz ham qorningizga tosh bog'lab olganmidingiz?" U zot ham manashu qiyinchilikni boshlaridan kechirar edilar. Ular handaqni qazishda davom etar ekanlar ulkan bir toshga duch keldilar. Qancha qattiq urmasinlar uni parchalay olishmadi. Rasulullohni bundan ogohlantirishdi. Payg'ambarimiz kelib Salmonul Forsiyning boltasini oldilar. So'ng "Bismillah" deya toshni qattiq zarb bilan urdilar. Bir zarba bilan toshning uchdan bir qismi parchalandi. U zot "Allohu akbar! Menga Shom kalitlari berildi! Allohga qasam, uning qizil saroylarini ko'rib turibman!" dedilar.

Ikkinchi bor urdilar va uchdan ikkinchi qismi parchalandi Yana shunday dedilar. "Allohu Akbar! Forsning kalitlari menga berildi. Allohga qasam, Madoinning oq saroylarini ko'rib turibman!" Toshni uchinchi bor urganlarida shunday dedilar. "Allohu akbar! Menga Yaman kalitlari berildi! Allohga qasam, Sanoning darvozalarini ko'rib turibman!" So'ngi zarba bilan tosh parcha-parcha bo'lib ketdi. Mo'minlar bu xushxabarni eshitganlarida, ularning imoni yanada mustahkamlandi. Ammo munofiqlar-chi? Ular nima qilishdi? Mazax qilib shunday deyishdi. "Qaysi aql bilan Kisro va Qaysarning boyliklarini va'da qilyapti? Axir boshimizda shuncha tashvish turibdiku." Atrofidagilarni ruhini tushurishmoqchi edilar.

O'ylab ko'ring. Manashu va'dalar berilganida, Madina shahri musulmonlarni o'ldirish uchun birlashgan barcha arab qabilalari tomonidan o'rab olingan edi. Musulmonlar Qurayshni hali butkul yengmagan edi. Mudofaa qilish uchun handaq qazishlari kerak. Qorinlari och, chanqagan va holdan toyishgan. Ammo bu va'dalarni bergan zot osmonlar va yerning Robbisi bo'lgan Alloh edi. Payg'ambar alayhissalom aytgan har bir gap, rost edi. Biroz vaqt o'tgach anashu berilgan va'dalar Umar va Usmon Roziallohu anhularning xalifalik davrlarida birma bir o'ngidan keldi ham. Mushriklarni hayron qoldirgan handaq 6 kundayoq bitkazildi. Kengligi taxminan 9 metr, 5 kishining uzunligidek edi.

Chuqurligi esa shuning yarmicha. Chuqur o'ta kengligi sabab mahoratli otliqlar ham undan o'ta olmasdi. Anashu 6 kilometrlik handaqning faqat birgina joyi bir kishi o'tishi uchun tor qolgandi. "Menimcha kelishyapti." Abu Sufyon boshchiligidagi 10 ming mushriklar qo'shini yetib keldi. Qarshilarida umirlarida ko'rmagan jang strategiyasi turardi. - Bundan qattiq daxshatga tushishdi. - "Otlarni to'xtating!" "Nima bu? Nimalar bo'lyapti?" "To'xtang! Otlarni to'xtating!" O'zlaricha Madinaga osonlik bilan kirib, istagancha qon to'kib, musulmonlarni birma bir ovlaymiz deb o'ylashgandi. - "To'xta! To'xta dedim!" - "Nimalar bo'lyapti?" Ammo Abu Sufyon ortga chekinishni istamasdi.

Tayyorgarlik ko'rishgach kamonlaridan o'qlarni bo'rondek yog'dira boshlashdi. Havoni shamol kabi kesib borayotgan o'qlar musulmonlar ustiga yog'ilardi. Ammo Handaq ular o'ylaganlaridan ancha katta to'siq bo'lib chiqdi. Nima qilishmasin hech qanaqasiga undan o'tib bo'lmasdi. Esingizda bo'sa Xandaqning bir qismi unchalik keng emasdi degandik. Ba'zilar o'sha yerdan o'tmoqchi bo'lishdi, ammo o'tishga ulgurmay musulmonlar zarbasiga uchrashdi. Amr ibn Abu Vad o'tishga muvaffaq bo'ldi. U Arabistondagi eng taniqli va qudratli jangchilardan bo'lgan. Boshdan oyoq sovutga burkangan holda otining juganidan qattiq tortib musulmon qo'shini oldida to'xtadi.

"Kim men bilan jang qiladi?" Ali roziallohu anhu turib dedi. "Yo Rasululloh, ruxsat bering men jang qilay." Alining jur'atini ko'rib Rasululloh "Ey Alloh, unga o'zing madad ber" deb duo qildilar. - So'ngra Ali jang maydoniga qarab odimladi. - Qarang, Ali. Ali chiqyapti. Zulfiqor bilan. "Sen kimsan?" "Men Aliman, Abu Tolibning o'g'li." "Sening qoningni to'kishni istamayman. Otang mening do'stim edi" "Allohga qasam, jon deb sening qoningni to'kaman." Amrning jahli chiqdi. Qilichini yalong'ochlab otini choptirdi. Ammo Ali shunday dedi. "Men piyoda bo'lib sen otliqda bo'lsang qanday jang qilaman. Pastga tushib erkakka o'xshab jang qil." Amr otidan tushib Ali roziallohu anhuning qarshisiga keldi.

"Qani, qo'lingdan nima keladi?" Ali ikki taklifni berdi: "Islomni qabul qil, yoki ortinga qaytib ket." Amr ikkisini ham rad etdi. Amr ilk zarbani berishi bilan jang boshlandi. Ali qalqon bilan to'sdi. Ammo qilich qalqonni teshib o'tib uning boshini jarohatladi. Yerdan chang ko'tarilib atrofni qopladi. Chang ichida nima bo'layotganini hech kim ko'ra olmasdi. Hech kim nima bo'lganini bilolmasdi. So'ngra ushbu so'zlar eshitildi. "Allohu akbar!" Amrning boshi yerda yotardi. Bu ovoz Ali roziallohu anhuga tegishli edi. Rasululloh va sahobalar takbirni eshitgach Ali Amrni yengganini tushunib yetishdi. Hammalari birga baqirishdi.

"Allohu akbar!" Ikki yo uch kishi handaqdan o'tib Aliga xujum qilishdi. Ammo o'limdan qo'rqib qaytib ketishdi. Dushman ushbu xujumdan hech nimaga erisha olmadi. Shu sabab kelgan joylarida to'xtashga qaror qilishdi. Chunki boshqa narsa qo'llaridan kelmas edi. Bir necha kun ikki tomon uzoqdan bir birlarida tomon kamon o'qlari otishdi. Bu bilan jang faqat uzoqqa cho'zildi xolos. Qancha ko'pga cho'zilsa Qurayshga shuncha qiyin bo'lardi. Chunki kundan kunga havo yomonlashardi. Kunduz payti jazirama issiq bo'lsa tunda qaqshatqich sovuq bo'lardi. Rasululloh 500 kishini Madinaga yuborib shahar havfsizligini ta'minladilar.

Qattiq sovuq tunda shaxsan o'zlari handaqning qisqa joyida qo'riqchi turdilar, chunki dushman kesib o'tishi mumkin edi. Oisha roziallohu anha keyinchalik, Rasululloh uyga qaytganlarida sovuqdan qattiq titrardilar, deydi. Shahar atrofidagi ekinlar yig'ishtirib olingani sabab dushman jonliqlari yeyishi uchun hech nima yo'q edi. - "Yem qolmadi." - "O'zimiz bilan oz olib kelgandik." Bu bilan ulovlari birma bir o'la boshladi. Ular jangni ikki uch kunlik bo'ladi deb o'ylaganlari sabab o'zlari bilan ozgina yeguvlik olib kelishgandi xolos. Vaziyat bunday davom etsa uzoqqa bora olishmasdi. Abu Sufyon buni bilardi. Shu sabab odamlariga tinmay kamondan o'q otishni buyurdi.

Shunchalar ko'p o'q yog'dirilganidan musulmonlar xatto joylaridan jila olmay qolishdi. Keyin Quraysh otliqlarining bir guruhi musulmonlarning ro'parasiga yetib kelib, ularga o'q ota boshladi. Ularning zarbasi shu darajada qattiq ediki, musulmonlar quyosh botguniga qadar mudofaada turishlariga to'g'ri keldi. Shu sabab Rasululloh va sahobalar Asr namozini o'z vaqtida o'qiy olmay qolishdi. Rasulullohning shu darajada jahllari chiqdiki xatto mushriklarni qarg'adilar. "Bizni Asr namozidan to'sib qo'yganingiz uchun Alloh uylaringizni va qabrlaringizni olov bilan to'ldirsin." So'ng u zot va sahobalar qoldirilgan namozni o'qib olishdi.

Rasululloh Toifda u zotni toshbo'ron qilganlari ham qarg'amagan edilar. Ammo ibodatning o'rni kattaligi sababli u zot undan to'sganlarni qattiq qarg'adilar. Munofiqlar manashu so'zlari bilan odamlar orasida shubha tarqatishardi. "Alloh va uning rosuli bizlarga yolg'on va'dadan boshqa hech nima bermadi." Alloh shu kunni Ahzob surasida tasvirlaydi. "O‘shanda ular sizning ust va quyi tomoningizdan kelgan edilar. O‘shanda ko‘zlar tinib, jonlar halqumga kelgan edi va Alloh haqida turli gumonlar qilardingiz. Ana shunda mo‘minlar sinovga duchor bo‘ldilar va shiddatli larzaga tushdilar." Hammasi musulmonlarga qarshidek tuyildi.

Rasululloh dushmanlar nima qilayotganini, ularning rejalari qanday ekanini bilmoqchi bo'ldilar. O'sha kecha ularning chodirlariga bir kishini jo'natishga qaror qildilar. Atroflarida qo‘riqlab turgan oz sonli sahobalardan so'radilar. "Bu odamlar haqida menga kim xabar keltirsa Alloh uni qiyomat kunida menga hamroh qiladi." Bu qanday sharaf bo'ldi, kim ham istamaydi, deyotgandirsiz. Ammo tunning qattiq sovuqligi sabab hech kim javob qilmadi. Anashu yerda bo'lgan Huzayfa ibn Yaman keyinchalik shunday dedi. "O'sha kechada turgan joyimizdan qimirlamaslik uchun tunning sovug'i va daxshati sababli o'zlarimizni o'rab olardik.

Hayotim davomida na bunday qattiq sovuqni va na bunday kuchli shamolni ko'rmaganman. Tun zulmatidan xatto barmoqlarimizni ham ko'rolmasdik. Shamol momaqaldiroqdek ovoz chiqarardi" Hech kimdan javob olmagan Rasululloh Huzayfani chaqirdilar. "Borib dushman to'g'risida ma'lumot keltir." Huzayfa nima qilishni bilmay qoldi. Shunday sovuqda qanday qilib yo'lga chiqadi? So'ng Rasululloh uning haqqiga duo qildilar. "Ey Alloh, uni oldidan ham, orqasidan ham, o'ngidan ham, so'lidan ham, tepasidan ham, pastidan ham o'zing himoya qilgin." Huzayfa "Anashunda ichimdagi qo'rquv yo'qoldi. Sovuq ham meni tark etdi." deydi. So'ng Rasululloh menga shunday dedilar.

"Huzayfa, oldimga qaytmaguningcha ularni qo'zg'atadigan biror ish qila ko'rma. O'q ham otma, tosh ham otma, qilichingni ham chiqarma." So'ng Huzayfa jimgina Quraysh chodirlari orasiga kirdi. Boriboq Quraysh rahbari Abu Sufyonni ko'rdi. U olovda isinib turardi. Huzayfa uning ortida edi. Kamon va o'qi tayyor edi. Ularning rahbari qarshisida turardi. Birgina o'q bilan katta zarba berishi mumkin edi. Ammo Rasulullohning so'zlarini eslab o'zini qo'lga oldi. Buning ortida ilohiy sir yotardi. Alloh keyinchalik Islomga hidoyat qiladigan bandasini kufrda o'lishdan himoya qilardi. So'ng Huzayfa olamonga yaqinlashib ularga birlashib ketdi. Abu Sufyon bir muhim qarorni e'lon qilmoqchi edi.

Ammo aqlida bir shubha keldi. Tunda odamlarni tanib olish qiyinligi sabab bir ish qildi. "Yoningizdagi odamning qo'lini ushlab uning ismini so'rang." Huzayfa qo'lga tushay dedi. Ammo Alloh uning qalbiga bir fikrni berdi. Hamma yonidagi odamning qo'lini ushlaganda u darhol ikki tomonidagi kishining qo'lini ushladida jahl bilan so'radi. "Kimsan?" Ikkisi ham ismini aytdi, shunda hech kim sezmay qoldi. "Ey xalqim! Bu shamol hamma narsamizni barbod qildi. Otlarimiz va tuyalarimiz o'la boshlashdi. Darhol narsalarni yig'ishtirib yurtimizga qaytamiz! Men ketishga qaror qildim!" Huzayfa ushbu ma'lumotni olib ortiga qaytdi. U hali ham sovqotmayotgan edi.

Ammo Rasulullohning oldlariga qaytishi bilan yana sovqota boshladi. Rasulullohni Robbisiga itoat bilan duo qilayotganini ko'rdi. Undan xushxabarni eshitiboq Rasulullohning qalblariga kuchli hotirjamlik kirdi. Nihoyat dushman ortga chekinmoqchi. Keyin bir kechada Alloh shunday kuchli shamol yubordiki, cho'l qumi havoga ko'tarilib mushriklarning chodirlari titilib ketdi. Bo'ron yuzlariga turpoq urdi, tuyalari hurkib ketib har tomonga qocha boshladi. Hamma narsa tartibsizlikka aylandi. Dushman qo'shini nima bo'layotganiga tushunolmasdi. Daxshatli sarosimada qolib ortlariga qaramay kelgan joylariga qarab qocha boshlashdi. Ahzob surasi manashu holatni izohlaydi. "Ey iymon keltirganlar!

Allohning sizga bergan ne’matini eslang. O‘shanda ustingizga lashkarlar kelgan edi. Bas, Biz ularning ustiga shamolni va siz ko‘rmagan lashkarlarni yubordik. Alloh nima qilayotganingizni yaxshi ko‘rib turguvchi edi." Bosqin tugadi. Dushman qochib ketdi. Rasululloh alayhissalotu vassalom "Bu jangdan so'ng ularga biz xujum qilamiz, ular bizga xujum qilmaslar." dedilar. Xuddi shunday bo'ldi. Mushriklar kuchlarini tiklay olishmadi. Musulmonlar esa Arab yarim oroli bo'yicha kundan kunga kuchayib borishdi. Lekin bu hali boshlanishi edi. Quraysh o‘z odamlarini birin-ketin yo‘qota boshladi. Eng kuchli erkaklari, kutilmagan shaxslar Islom saflariga qo‘shila boshladilar.

Hudaybiya buyuk g‘alabaning kaliti edi. Bu nomlar esa kelajakdagi ko‘plab fathlarning kalitiga aylandi. Nihoyat, o‘sha muborak kun yaqinlashmoqda edi. Makka ozod qilinadi. Uzoq ayriliq va sog‘inch nihoyasiga yetadi. Makka musulmonlari o‘z uylariga qaytadilar. Islomning eng buyuk g‘alabalaridan biriga guvoh bo‘lishga tayyormisiz? Keyingi qismda ko‘plab hayajonli sahnalar bilan Makka fathi kutmoqda. Bizni kuzatishda davom eting. "Allohu Akbar. Allohu Akbar." "Allohu Akbar. Allohu Akbar." Besh vaqt namozni muntazam o‘qishga qiyinnalasizmi? Qur’onni arab tilida o‘qib, Robbingizga yaqinroq bo‘lmoqchsiz-u nimadan boshlashni bilmayapsizmi? Bizda ajoyib yangilik bor.

Biz bu yo‘lda yordam beradigan ikkita mutlaqo bepul, reklamasiz ilovani ishlab chiqdik. Bizning ilovamiz bilan siz 40 kun davomida ibodatlaringizni nazorat qilib, namoz o'qish odatini shakllantirasiz. Lamelif ilovasi yordamida esa qisqa, oddiy va qiziqarli darslar orqali Qur’onni noldan o‘qishni o‘rgana olasiz. Buni keyinga qoldirmang. Bugunoq ilk qadamni qo‘yib, tavsifdagi havolalar orqali ilovalarni yuklab oling.