Towards Eternity
Blogga qaytish

"Men Xudoni kuchsizlar uchun deb o‘ylardim" — Kanadalik ateistning Islomni qabul qilishi

Nashr sanasi

YouTube’da ko‘rish

G'arbiy Kanadada ulg'ayganman. Uyimizda hech qanday din yo'q edi. Xudo hayotda tirgagi yo'q zaiflar uchun deb bilardik. Qayni ukam qotillik qildi. Opam giyohvand moddadan o'ldi. Bir kuni bir do'stim hammayog'i qonga belangan holda keldi. Uni pichoqlab tashlashgan edi. "Meni hayotim nima bo'ladi?" deb o'zimdan so'ray boshladim. Azon chaqirilganda ko'zlarimdan yosh oqa boshladi. Ma'nosini tushunmasam ham yuragimga ta'sir qilgandi. Butun dunyodan kelgan odamlar ibodat uchun kelib o'tirishardi. Masjiddagi ushbu hamjihatlikni ko'rganimda ko'zlarimga ishona olmasdim. Binoga kiriboq uni ko'rdim. U hayotimda uchragan birinchi musulmon edi. Uni ko'rishim bilan dunyoqarashim butunlay o'zgarib ketdi.

Xudoning har ishida hikmat bor deyilar-ku, shunaqa hodisa bo'ldi. Bir kuni u menga "qizimga uylansangiz hursand bo'lardim" deb xat yozdi. Assalomu alaykum Uil Solih. Tashrifingizdan boshimiz osmonga yetdi. Suhbatimiz boshida o'zingiz haqingizda gapirib bersangiz. Va alaykum assalom. Taklifingiz uchun katta rahmat. Buni judayam ko'p kutgandim. Qisqa qilib aytsam g'arbiy Kanadada o'sganman. Oilamizda din bo'lmagan edi. To'g'risi biroz ateist sifat oila bo'lganmiz. Xudoga umu ishonmasdik. Xudo hayotda tayanch istagan zaiflar uchun deb bilardik. Din borasida shunday tarbiya ko'rganman. Men kichkinaligimda faqat Yahovaning Shohidlari nomli nasroniylikning bir mazhabi Yig'ilish Zali bor edi.

U joyga hamma borardi biz ham. Keyin esa dadam oldin bayker bo'lgan. Uzun soqol, tatuirofka. Ba'zida yaqinlar bilan ko'rishib qolsak o'sha joyga borardik. Birgalikda Yosh bola sifatida bu men uchun klassik kiyim kiyish imkoniyati edi. Shu xolos. Faqat ana shunda cherkovga borardik. Xudoga ishonganimiz uchun emas boshqa qiladigan ishimiz yo'qligi uchungina borardik. Islomdan xabarim yo'q edi. O'rta maktabga borgunimcha musulmonlar haqida eshitmaganman. 11-sentabr voqeasidan keyin eshitdim. Butun o'rta maktab yillari davomida Yaqin Sharqda "terrorizmga qarshi urush" bo'lib o'tdi va, va menda asta sekin Islom haqida tushunchalar paydo bo'la boshladi.

Mana shunaqa vaziyatda ulg'aygandan keyin ko'plab xurofot va irqchilik muammolariga duch kelasiz. Shu nuqtadan boshlab dunyo bo'ylab sayohat qilish va iymonni tushunish uchun imkoniyat tug'ildi. 20 yoshlarimda Islomni o'zim uchun kashf qildim. O'rta maktab boshlarida edi adashmasam 2003-yillari. Kechagidek esimda. Shahrimizda giyohvandlik tarqalib hammani tamom qilgandi. Hayotimda juda ko'p odamlarni narkotik sabab o'lganini ko'rganman. Undan tashqari bir birini pichoqlab qo'yish, qamoq. Bularning bari o'ta daxshatli edi. Juda ham daxshatli. 17 yoshimda Vankuverga ishga borganman. Juma kuni shaharning sharqiy tomoniga borganimda jinni bo'lay dedim.

Menimcha Vankuverdagi ana shu joy dunyoning geroin markazi bo'lsa kerak. Menimcha shunaqa. Juda ko'p do'stlarim geroin iste'molidan o'lgan yo oilasi parokanda bo'lgan. Bir do'stim bo'lardi. Uzoqdaligim sabab bu haqida yaqinda eshitdim. Xullas u cho'milmoqchi bo'lgan, dori ta'sirida bo'lgani uchun vannada cho'kib o'lgan. Yangi tug'ilgan chaqalog'i bor edi, adashmasam ikki yashar edi. Eng yaqin do'stim, bir necha bor qamalib chiqqan, odam o'ldirgan. Xullas, bu narsalar faqat menda emas edi afsuski. Qayni ukam o'zini o'ldirgan. Ikki yil avval opam fentanildan vafot etgandi. - Opangiz? - Ha, opam.

Eng katta muammolardan biri, Xudoni borligiga shubha qilmaysiz, lekin atrofda bo'layotgan ishlar odamni shunga majbur qiladi. Avvallari beysbol musobaqasi bo'lardi. U yerda o'tirganlarni bari spirtli ichimlik ichib o'tishardi. Kunlardan biri o'yin payti bir guruh bilan suhbatlashib turgan edim. To'satdan bir do'stim qonga belangan holda kirib keldi. Hammayog'idan pichoq yegan. Qon oqib yotibdi. "Senga nima bo'ldi?" deyishim bilan boshqa do'stim chavaqlangan holatda keldi. Bunday holatlarga qarab turib "Bu yo'lni oxiri voy" deb o'ylamaslikni iloji yo'q. O'zimni savolga tutdim. "Meni holatim qanday bo'ladi?" Meni hayotim qanday bo'ladi? O'zimga o'zim "uylanaman" deb va'da berdim.

Kimga, qachon, qayerda umman qizig'i yo'q. O'zimni o'zgartirishim shart edi. Mana shu qarorimdan keyin barcha noma'qul ishlarimni to'xtatdim. Butun hayotimdan voz kechib ketdim. Hammasidan. Islomga safaringiz qanday boshlandi? Bilasizmi, "uylanishim kerak, hayotimni o'zgartirishim kerak" degan qarorimdan so'ng boshlandi. Boshqa shaharga ko'chib o'tdim. Ishga ariza topshirmoqchi edim. "Kelajak Do'koni" nomli elektronik do'kon yonidan o'tayotgandim. Xullas o'sha do'konga ariza topshirdim. Buni qarangki uch oydan so'ng mavsumiy xodim bo'lib ishga kirdim. Ayolim bilan tanishdim. U hayotimda uchragan birinchi musulmon bo'ldi.

Uni uchratishim bilan dunyoqarashim butunlay boshqa tomonga o'zgarib ketdi. Suhbatim uning "Men musulmonman" deyishi bilan boshlandi. Men "Nima u?" deb so'radim. Uning Islom haqida aytganlari men bilganlardan butkul farq qilardi. Umuman farqli. Umuman. Ana shunda mening haqiqiy musulmon orqali Islom bilan birinchi to'qnashuvim yuz bergandi. Uning otasi o'sha shaharning musulmonlar idorasi boshlig'i edi. Bunga aynan shu sabab bo'lgan, chunki men o'zimni johil odam deb o'ylashni yoki menga kimdir haqiqat aytsa, ularni rad etish uchungina bahslashishni yoqtirmayman. Mana shu Islomga bo'lgan safarimga sabab bo'ldi.

Avval boshidan miyamni aynitib kelayotgan o'sha G'arb safsatalarini tushunishga harakat qilardim. Ko'p yillar davomida doimiy bombardimonlar bo'lib o'tdi. Falastin, Iroq va Afg'onistonda bo'lgan barcha voqealar shu bilan bog'liq. Xullas menga shu narsalar uqtirilgan edi. Lekin o'zi musulmon bo'lgan bir ayol menga nohaqligimni aytib turibdi. Shunchaki emas, balki aniq. Mana shu voqea bilan Islomga qiziqib qoldim. U bilan uch soatcha gaplashibmiz. U qiz hech qanday ziyofatlarga bormagan, sigareta chekmagan, alkagol iste'mol qilmagan, yigiti ham bo'lmagan. Men shunchaki hayron qoldim. Menga bo'lishi mumkin emasdek tuyuldi. "Qanaqasiga?" dedim. U esa "Iymonim sabab" deb javob berdi.

Men shunday tarbiya qilinganman" dedi. Musulmonlik madaniyati va dini bilan katta bo'lgan ekan. Ishongim kelmasdi. Bu gaplarni eshitganimdan keyin ichimda o'yladim: "Bo'ldi, bu qiz dunyoda yagona. Bunaqasi boshqa yo'q." Umuman yo'q, umuman. Umuman yo'q. Suhbat tugadi. Islom haqida ko'proq o'rganmoqchi bo'ldim, lekin juda ham qiynaldim, chunki rostan ham qiyin edi. Buni tushunish qiyin edi. DVDim bor edi. Tanisangiz kerak, Shayx Xolid Yasinning "Yashashdan maqsad" nomli videosini ko'rdim. O'sha ma'ruza hayotimni o'zgartirdi. Qiziqib ketganimdan uni qayta va qayta eshitardim. Tom ma'noda boya aytib o'tgan masalalarimga javob beryapti.

Biz bo'lsa G'arbda bu muammolarga yechim yo'q deb hamma yoqqa shikoyat qilib yotibmiz xolos. U esa javobini aytib qo'ydi. Uning boshida aytgan hamma gaplari hozirgacha esimdan chiqmaydi. U "Bir stakan suvdek." "Yuragingiz bir stakan suvdek" degandi. "Agar o'sha stakanni to'nkarsangiz, qancha suv quysangiz ham u to'lmaydi. Lekin qalbingizni ochsangiz, ana shunda uni to'ldirishingiz mumkin" degan. "Bo'ldi men endi musulmon bo'laman" deyishga sizni nima majbur qildi? Bunga nima sabab bo'ldi? Shu haqida ham ozgina to'xtalsak. Bunga asosiy sabab muqaddas kitobning shu paytgacha o'zgarmaganligini bilish bo'ldi. Unda hamma javoblar bor.

Eslasangiz "Agar Xudo bor bo'lsa u bizni hidoyatsiz tashlab qo'ymaydi" degandim. Qur'onning shu paytgacha o'zgarmay kelayotganini tushunganimni o'zi menga eng katta turtki bo'ldi. Men boshqa dinlar haqida ham ozgina o'rganganman. Ulardagi muqaddas kitoblar o'zgargan. Qur'onga qarasangiz, unga hech nima ta'sir qilmaganini ko'rsangiz bo'ladi. Bemalol ko'rsa bo'ladi. Bir kun ichida uni nusxalashingiz mumkin. 1400 yil avval qanday bo'lsa hozirgacha shundayligicha og'izdan og'izga o'tib keldi. Mana shu hodisaning o'zi katta ahamiyatga ega. Buni bilganimdan so'ng menga boshqa yo'l qolmagandi. Shahodat aytgan paytingiz haqida qisqacha aytib bera olasizmi? Juda qo'rqinchli bo'lgan.

Masjiddagilar namozni tugatib bo'lishgach ular bilan birgalikda ichkariga kirdim. Taxminan 30 kichi bor edi. 22-23 yosh atrofidaman. O'tiribman. Ro'paramda 30ta odam bor. Mana shunday qilib menga qarab o'tirishibdi. Juda g'alati. Keyin imom mendan "Savollaring bo'lsa so'rab ol" dedi. Shuncha narsani ko'rgandan keyin "Savollarim juda ko'p" dedim. Lekin mening qismatim shu edi. Shahodat keltirmasam bo'lmasdi. Shahodat kalimasini aytdim. Qarshimda bo'lajak qaynotam, uning o'g'li va butun boshli musulmon jamoasi turardi. Kelajakda ular bilan bir safda namoz o'qidim. Ta'sirli bo'ldi. Hayolimdan ko'p narsalar o'tdi. Masalan uydagilar nima deydi? Chunki sal kam ateistik jamiyatda yashaganmiz.

Lekin bular ahamiyatsiz edi. Men uchun umuman ahamiyatsiz edi. Payg'ambarimiz alayhissalomning hayotlarini, mashaqqatlarini o'rganganingiz sari bilib boraverar ekansiz. Hammamizni hayotimizda qiyinchilik bo'lar ekan. Keyingi 2, 3 yil davomida ancha qiynaldim. Yangi musulmonman, o'zgacha muhit. Va azon aytib meni yig'latgan birodarim meni uch kun davomida har xil safarda olib yurdi. Har xil joylarda. Bu bilan musulmonlar orasida yurishga muvaffaq bo'ldim. Ulardan bilmaganlarimni so'radim, ibodat qilishni va boshqa amallarni o'rgandim. Hammasi shundan boshlandi. O'z ustimdan ishladim, 4 oy davomida dinni o'rgandim. Uyga qaytganimda esa 3, 4 yil davomida masjidda imom bo'ldim.

Adashmasam 3, 4 yil. Ma'ruzalar qilardim, cherkovlardan, maktablardan odamlar kelishardi. Juma kungi ma'ruzalarda. Ana shunda hammasi o'z iziga tusha boshladi. Bo'lajak ayolim deganingizga qaytsak, bu voqea qanday bo'ldi? - Qanday turmush qurdingiz, shu haqida gapirib bera olasizmi? - Albatta, Subhanalloh, Subhanalloh. Bilasizmi nima? Video davomida reklamalar qo'yilmadi. Towards Eternity notijorat tashkilot bo'lgani sababli bunday videolarni sizning qo'llovingiz bilan chiqarishimiz mumkin. Hayrli ishga sherik bo'lishni istasangiz loyihamizga ehson qilish imkoniyatini qo'ldan boy bermang. Bo'lajak ayolim deganingizga qaytsak, bu voqea qanday bo'ldi?

- Qanday turmush qurganingiz haqida gapirib bera olasizmi? - Albatta, albatta, Subhanalloh, Subhanalloh. Mashg'ulot uchun ilk bor binoga kirib kelayotganimda uni ko'rib qoldim. U bilan uch oy avval ko'rishgan edik. Uni ko'rib "Qoyil, buncha chiroyli" dedim. Va.. Lekin uch oy davomida gaplashmaganmiz va u bilan gaplashganimizda o'rtamizda aniq bir bog'liqlik bor edi. Keyinchalik u bilan birga bir joyda ishlab shunga qaror qildik. Unga uchrashgan kunimizdayoq shu haqida aytgandim. Bunga qarshi bo'lishmasa kerak. Musulmon sifatida biz hamma narsaning ortida hikmat bor deb ishonamiz. Ya'ni Xudoning rejasiga. U "Uchrashuvimizning asl hikmati nima ekan" deb so'rab qoldi.

Men esa "Ikkalamiz turmush qurib farzand ko'rishimiz" dedim. Bilaman bu gapni biroz shoshib aytganman. - Birinchi ko'rganingizdami? - Ha. Birinchi marta ko'rganimdayoq aytganman. U gapimga kuldi. Men g'alati bo'ldim. Azon aytib meni yig'latgan o'sha birodarim uning ota-onasining yaqin do'sti ekan. Keyinchalik u menga ustozlik qildi. O'sha odam mening nomimdan sovchi bo'lib berdi. Lekin ularning javobi "yo'q" bo'ldi. - Umumanmi? - Mutlaqo. Umuman yo'q. U bilan uchrashganimizdan taxminan 5 yil o'tib men Pokistondan qaytib keldim. Keyin esa qaytib bordik, keyin u kishi yana mening nomimdan o'sha oilaga sovchi bo'lib bordi. Lekin bu safar qattiqroq javob berishdi. "Yo'q.

Bu narsani boshqa gapira ko'rma. Mutlaqo yo'q" degandek. - Buni kim aytgandi? - Qaynonam. Qaynotam meni yaxshi ko'rardi. Chunki u masjidda meni ortimda namoz o'qirdida. U xutbalarimni, ma'ruzalarimni tinglardi. Doim masjidga kelardi. Meni yaxshi bilgani uchun u kishi rozi edi. Lekin onasi yo'q degan. Nima sabab uning fikri o'zgardi? Xullas juda chiroyli holatda o'zgardi. Biz bu holatga "Xudoning har bir ishi go'zal" deymiz. Shunaqa go'zal ish bo'ldi. Ramazon oyining so'ngi kunlari edi. Masjidda o'tirgandim. Keyin esa ular oilaviy tarovehga kelishardi. Va men Azonni o'zim aytardim, chunki taroveh uchun boshqa bir hofiz imom chaqirgan edik. Azon aytganimda bu uning onasiga yoqibdi.

Juda ham yoqibdi. Kim aytayotganini bilmagan, keyin bilsa men ekanman. Va uylariga borgandan so'ng qaynonam qaynotamdan "Anavi chiroyli azon aytib yoqimli ma'ruza qilgan odam kim?" deb so'rabdi. U esa "Sen rad javobi bergan yigit" debdi. U esa "Nima? Rostanmi?" Agar adashmayotgan bo'lsam u Qur'ondan bir oyat o'qibdi. Oyatni aniq eslay olmayman, ammo uning mazmuni odamlarga baho bermay ularga o'zini isbotlashlari uchun imkon berish haqida ekan. Ana shu oyatni o'qishlari bilan hammasi o'zgaribdi. Alloh uning qalbini o'zgartirgan. To'g'risi, qalbimizni faqat Allohning o'zi boshqaradi. Va bir kuni, kutilmagan holatda qaynonam menga hech qanay sababsiz xat yozdi.

Xatda esa "Qizimga uylansangiz boshim osmonga yetardi" deyilgan. Tushunmadim. "Nima?" Qurbon Hayitida oila qurdik. Islomni qabul qilganingizda yaqinlaringiz nima dedi? Ha. Musulmon bo'lganimda bir akam va ikkita opam bor edi. Ulardan biri vafot etgan. Va musulmon bo'lganimni bilgach opam "Sen bizdan emassan" degandek muomila qilgandi. Bir birimizdan uzoqda yashaganimiz uchun qaysidir ma'noda begonalardek edik. Uyimga kelishganida joynamozni yashirib qo'yardim. Har doim. Qur'on kitobi ham bor edi. Va biroz muddatdan so'ng nihoyat ularga aytdim. Telefonda suhbatlashayotgan edik. Nima haqidaligini eslolmayman, janjallashayotgan edimmi adashmasam.

Menimcha o'shanda gap Rajdestvo bayramiga bormasligim to'g'risida bo'lgan bo'lsa kerak. "Men endi musulmonman" dedim. "Bu esa bayramim emas." Oyim esa o'zgacha javob bergandi. U esa menga "Nima bizni ahmoq deb o'ylayapsanmi?" degandi. Ha bilaman o'zimga o'zim "Bo'ldi qutildim" dedim. Oyi meni ko'rayotgan bo'lsangiz, aytib qo'yay, bu haqida gaplashganmiz. Endi sizni navbatingiz. Dadam bilan biroz kelishmovchiliklar bo'ldi. Unchalik yomon emas albatta. Lekin eng kattasi ismimni o'zgartirganimda bo'ldi. Ana shunda dadamni qattiq jahli chiqdi. Chunki men oilamdagi oxirgi o'g'ilman, xuddi oilamdagi oxirgisi kabi. Oilamiz ismi men bilan tugaydi. Bu esa meni o'g'lim shu ismni olib yurmaydi.

Shu sabab Muhammad Uiliam Solih bo'ldim. Islomning nimasi sizga yoqdi? Islomning menga eng ko'p yoqqa tomoni birinchi o'rinda uning hamjihatligi bo'ldi. Shahodat aytgan paytim qarshimda dunyoni har yeridan kelgan birodarlar juda chiroyli holatda o'tirishardi va savollarim juda ko'p edi. Musulmonlar idorasining boshlig'i ayolimning otasi edi. U bilan aloqamiz yaxshi edi, meni huzuriga chaqirdi. Bordim. Ular endi namoz o'qimoqchi bo'lib turgan ekan. Azon aytilishi bilan ko'zlarimdan shashqator yosh oqa boshladi. Ma'nosini tushunmasam-da yuragimga ta'sir qilgandi. Ularni namoz o'qiganini ko'rdim. Pokistonliklar, Afrikaliklar bor.

Men oq tanli bo'lib o'tiribman, u yerda esa har xil rangli kishilar, har xil millat, har xil til vakillari bor. Ular bir joyda namoz o'qishyapti. Mana shu birinchi ta'sir bo'ldi. Birinchi bor ranga asoslanmagan jamoani ko'rdim. Bir paytlar biz tomonda "Qaysi irqqa mansubsan" degan tushunchalar bo'lardi. Bu jamoada esa qayerdanligingizni qizig'i yo'q. Agar musulmon bo'lmaganingizda hozirgi ahvolingiz qanday bo'lgan bo'lardi? Yo o'lgan yo qamoqda bo'lardim. Bilaman bu ayanchli, lekin mening sharoitimga, madaniyatimga, atrof muhitimga qarasangiz hammayoq shunaqa ayanchli. Ijtimoiy holatim va atrofimdagi odamlardan kelib chiqsak hozir yaxshi holatda bo'lmasdim.

- Payg'ambarimiz alayhissalomning qaysi jihatlari sizga eng ko'p yoqdi? - Sollollohu alayhi vassallam. Xullas, juda kuchli savol. Meni eng ko'p hayratlantirgan narsa, u kishining men uchun hayotdagi qiyinchilik vaziyatlarda namuna bo'lishlari bo'ldi. Bir necha yil avval ayolimni homilasi tushib qoldi va ota sifatida men uchun eng qiyin narsa bu uyimga kelib farzandlarimga ularning ukasi o'lgan ekanlig haqida xabar berishim edi. Va bu shu kungacha bu holatdan ezilaman. Bundan tashqari farzandlarimning holatidan siqilaman. Keyin esa hayotida faqat bitta farzandi qolib qolganlari vafot etib ketgan odamga qarab turibman. U kishiga o'z oilasi qarshi chiqqan kishi sifatida qarayman.

Joniga suiqasd qilishdi, och qoldirishdi. Hayotlarida shuncha qiyinchilik bo'lishiga qaramay u kishi dinda sobit bo'ldilar. Bilasizmi nima namozida davom etdilar. Ramazon ro'zasini tutdilar. Hech biri u kishi uchun cheklov bo'lmadi. Biz ota-ona sifatida, musulmon sifatida va inson sifatida u kishining Islom diniga bo'lgan sof matonatiga va iymoniga nazar tashlashimiz lozim. Shulardan so'ng Makkani fath qildilar, uylariga qaytdilar va shunday dedilar. "Bugun rahm shavqat kuni. Biz bu yerga qotillik uchun kelmadik" dedilar. U kishiga biz uchun tayyor namuna sifatida qarayman. Har bir ishlarida hikmat bor. Hayotlarida shuncha mashaqqatni ko'rib ham yashab o'tdilar. Bu oson emas.

Dunyodagi musulmon bo'lmagan kishilarga bir ikki og'iz so'z aytish imkoni berilganida ularga nima degan bo'lardingiz? Men ularga, sizni qiynayotgan muammolar, qiyinchiliklarning hammasiga yechim mavjud degan bo'lardim. Lekin afsuski, bu yechim haqiqatni bilib qolishingizni istamagan odamlar tomonidan yashirilmoqda. Ular bu haqiqatni bilishingizni istashmaydi. Agar bilib qolsangiz, ular ishlab chiqqan sistemaga xizmat qilmay qo'yishingiz mumkin. O'zingizni xuddi "Matritsa"dan ozod qilgan bo'lasiz. Hayotda maqsad topish orqali undan o'zingizni ozod qilishingiz mumkin. biz dunyoga bekorga kelmaganmiz.

Dunyoga kelishimizdan maqsad, yo'lida to'ganoq bo'lgan barcha narsani yo'q qiluvchi vaxshiy bir sistemaning bir qismiga aylanib qolish emas. Maqsadingiz bundan ulug'roq bo'lishi lozim. Qachonki siz o'z kibringizni yengib samimiy bo'lishni o'rgansangiz ana shunda Islomning asl mohiyatini ko'ra boshlaysiz. Hammasini sekin asta tushuna boshlaysiz. "Axr muammolarimga yechim mana bu ekanku" deysiz. "Nafaqat mening muammolarim balki iqtisodiy muammolarga ham siyosiy muammolarga ham javob aynan shu yerda ekan." Agar Islomni tushunishga vaqt ajratsangiz barcha muammolaringizga yechim topa olasiz.