Mashhur Osiyolik Model Islom dinini qabul qildi! - "Men qul edim; Islom menga erkinlik berdi!
Nashr sanasi
Amerikada o'sganman. Otam Presbitarian cherkovi ruhoniysi. Mashxur bo'lishni xohlab hayotingiz butunlay nazorat ostiga tushib qoladi. Hammasi nazoratim ostida deb o'ylaysiz, ammo aslida esa, men kabi agentliklarda qaram bo'lib qolganingizni sezmay qolasiz. Agentlik xuddi jonimni sug'urib olayotgandek tuyuldi. O'zim qaror qilolmasdim. O'zimni xuddi qo'g'irchoqdek his qilardim. Kimman? Eliza kim o'zi? O'zimni taniy olmay qolgandim. Misoli bir qul edim. Ichimdan depressiya avj olishini his qilardim. Ichimni zulmat egallab olayotgandek edi va shunda ruhimga e'tibor qaratishim kerakligini tushundim. O'sha paytlari Malayziyada bir inson bilan do'stlashdim, u 5 vaqt namozni kanda qilmasdi.
U menga kitobchalar berdi. Birin- ketin dunyo qarashim o'zgara boshladi. Keyin u menga "Hoy Eliza, juda ko'p narsani bilib olding. Menimcha musulmon bo'lish vaqti keldi" dedi. Alloh shu ishni qilishimni xohlasa buni to'xtatib qololmayman. Shunda men yengillikni his qildim. Bu haqiqiy erkinlik edi. - Elza Kim? O'zingiz haqingizda aytib bering. Ham Amerikalik, ham Tailandlikman. Oklaxoma shtatining Enid shahrida, juda kichik shaharcha, ruhoniy oilasida tug'ilganman. Otam Presbitarian cherkovi rohibi. Amerikada katta bo'ldim. Magistraturani bitirib Tailandga ko'chib bordim va u yerda Mis Tailand tanlovida qatnashdim. Ana shundan boshlab aktyorlik va modelyerlik sohasini boshladim.
12 yil avval Malayziyaga keldim va shu yerda Islomni qabul qildim. - Alhamdulillah. E'tiqod borasida qanday edingiz? Nimaga ishonardingiz? Men Xristian oilada, dindor oilada dunyoga kelganman. Otam cherkovda ruhoniy edilar. Bobom ham ruhoniy edi, amakim ham ruhoniy edi. Shunga qaramay Tailandda ularning mavqelari baland edi. Oklaxomada tug'ilganimda otam ilohiyot fanidan PhD yoqlayotgan bo'lgan. Yoshligim asosan cherkovda o'tdi. Uch yoshimdan boshlab cherkovda kuylay boshladim, Xristianlikning barcha urf-odatlari bor edi. Har yakshanba cherkovga borardim. Xatto kollejda Xristian akapella guruhida kuylaganman.
Ruhiy jihatdan Xudoga ishonish borasida Xristianlik men uchun asosiy o'rinda turar edi. Bilasizmi, xatto imtihon topshirganlarim esimda. O'sha paytlari imtihonga tayyor bo'lmasam xoch olib kelib stolim ustiga qo'yib qo'yardim. Agar imtihondan o'tsam, bu Xudoni amri bilan bo'ldi, deb o'ylardim. Juda dindor qiz edim. Ammo men asosiy Xudoga ibodat qilganman. Isoga sig'inmaganman. Xudoni o'g'liga ibodat qilmaganman. - Nima sabab bularga shubha bilan qaray boshladingiz? Menimcha bu holat ilk bor, ozgina mashxurlikka erishganimdan so'ng boshlangan. Xullas, 12 yoshimdan boshlab Televindeniyeda chiqishni boshlaganman. Bu men uchun odatiy holga aylangandi.
Oyim meni boshqa bolalar bilan chiqishib do'stlashib ketishimni xohlardilar. Mendagi kirishuvchanlikni ko'rganlaridan keyin men maxsus bolalar uchun bo'lgan maktabga o'tdim. Magistraturani tugatganimdan so'ng dadam bilan birga Tailandga "dam olish uchun" uchib keldim. Tailandga borganimda dadam shunga qaror qildilar, qaror qilmadilar! Ish bo'yicha Jenevaga borishlariga to'g'ri keldi va men 2 hafta yolg'iz qolib ketdim. Shu vaqt davomida Mis Tailand tanlovi reklamasiga ko'zim tushib qoldi. Shunda 2 hafta tekinga mazza qilib dam olar ekanman deb o'yladim. Dadam ketdi. Balki vaqtimni shu bilan o'tkazarman deb o'ylab qoldim. Xullas tanlovga kirdim. Bo'yim pastroq edi.
Ish bermasa kerak, bo'yim yetmaydi deb o'yladim. Men shunchaki qatnashyapman xolos. Ammo kuchli beshtalikka kirdim. Qanday qilib bunaqa bo'lganiga tushuna olmayman. Shundan keyin ko'plab eshiklar ochildi. Tanlovni tugatdim, keyin esa reklama roliklariga tushishni boshladim aynan reklama roliklari sababli Malayziyaga kelishga majbur bo'ldim. Shunday qilib ish bilan Malayziyaga keldim. U yerda realiti shouda qatnashdim. Bir filmga suratga tushishimga to'g'ri keldi. U kino televideniye uchun mo'ljallangan va Vampirlar haqidagi kino edi. Jamodoshlarim esa musulmonlar edi. O'sha paytlari Malayziyga kelishimda din va shunga o'xshash narsalar haqida hech nimani o'ylamasdim.
Xatto hijob o'rab olgan ayollarni ham ko'rib bu yerda shu moda ekanda deb o'ylaganman. Soqol qo'yib olganlarni soqol qo'yishni yoqtirishadi deb o'ylaganman. Hayolimga ham kelmagandi. Shunday qilib suratga olish boshlandi. Lekin bir narsa g'alati tuyuldi. Nega rejissor va boshqalar kunduzi hech nima yeyishmayapti? Qorong'u tushishi bilan ovqatlanishni boshlashadi. Ramazonligini bilmagandim. Hayolimga kelmagan. Ammo ular yemayotganini bilib turardim. Menga ovqatlanib ol deb o'zlari hech nima yemasdi, hammas g'alati tuyulardi. Bir narsani misol keltirishim mumkin, ba'zida Gollivud aktyorlari biroz shon-shuxratga erishganidan so'ng ularning depressiyaga tushib qolganini ko'rasiz.
Va Shunda o'ylab qolasiz, nega? Axir hamma narsang borku, nega tushkunlikka tushasan? Shundan so'ng ba'zi narsalarni o'ylashni boshlagandim. Odamlar men sabab men bilan do'stlashmoqchimi yoki mashhur bo'lganim sababmi? Bundan tashqari, shunday holat bo'ladi, ko'pchilikning nazarida bo'lish va mashhur bo'lish hayotingizni nazorat ostida qoldiradi. Ko'rinishidan o'zim boshqaryapman deb o'ylaysiz, aslida esa xuddi men kabi agentliklarga qaram bo'lib qolasiz. Men xuddi agentlik mening jonimni sug'urib olayotganini his qilgandek bo'ldim. Chunki, tasavvur qiling siz qaysidir darajadasiz masalan reklama modeli darajasida.
Erta tongda uyg'onasiz, studiyaga borasiz, soch tarashingiz ham shart emas, istasangiz pijamada borasiz. Joyimga o'tirishim bilanoq, kimdir kelib sochimni tarardi, kimdir kelib kiyimlarimni to'g'rilardi, kimdir kelib makiyaj qilardi, yana kimdir esa yeguvlik olib kelardi. O'zim hech nima qilmayman. Xatto shu darajadaki, qanaqa yeguvlik yeyishni ham o'zim hal qila olmasdim. Soch turmagimni ham, o'zim tanlay olmasdim. Agar sochimni turmaklab studiyaga kelsam, mijozlar kelardida "Bizga bu soch turmagi yoqmadi" deyishardi. Salondan odam chaqirtirib o'sha joyda turmaklashardi. Shu sabab o'zimni qo'g'irchoqdek his qilardim. Kimman? Eliza kim o'zi? O'zimni taniy olmay qoldim.
Kiyimimni o'zim tanlay olmasam. Hech nimani hal qila olmasdim! Hayotim bir xillikdan iborat edi, ich-ichimdan bo'shliqni his qilardim, o'zimni... xuddi bo'shliq tomon qulab tushayotganimni his qilib turardim. Bilaizmi nima? To'g'risini aytsam, baxt nima ekanini butkul unutib qo'ygan edim. Kimligimni bilmasdim. Nimani his qilishni bilmasdim, chunki nima yozib berilgan bo'lsa shuni his qilardim xolos. Tushkun ro'lini o'ynashim kerak bo'lsa tushkun bo'lishga majbur edim. Baxtli ro'lini o'ynash kerak bo'lsa baxtli ko'rinishga majburman. Lekin o'zim qandayman? Birovga aytmasdan turib xatto tirnog'imni ham ololmasdim. Birovga aytmasdan yuzimga biror nima sura olmasdim.
300 gram vazn yig'ishim yoki yo'qotishim mumkin bo'lmagan chunki yuz xususiyatlarim o'zgarib qolishi mumkin edi. Xuddi quldek edim. O'zimni yo'qotib qo'ygan edim. Doim o'zimdan "Kimman o'zi" deb so'rardim. O'ziga ishongan Amerikalik qiz bo'lganim sabab ichimda depressiya kuchayayotganini his qilardim. Ichimni zulmat qamrab olayotgandek edi, shunda ruhimni oziqlantirishim kerakligini tushundim. Avvaliga, ruhoniy qizi bo'lganim uchun, Xristianlikdan javob qidira boshladim. Ko'p kitoblarni sotib olganimdan xatto otam mendan "Biror seminarga qatnayapsanmi" deb so'rashni boshladi. Voiz bo'lmoqchimisan der edi otam. Ko'p kitob oldim. Kichkinaligimdan beri Xudoga suyanib kelganman.
O'zimni din bilan o'rab olaman. Xo'sh, agar bu ishni kattalar kabi qiladigan bo'lsam, biror voizni maslahati bilan emas, balki o'zim kattalardek izlanish olib borishim lozim deb o'yladim. Kitob o'qishni boshladim. To'g'risi unchalik ham kitobxon emasman. Umuman. Aynan shu yerga Alloh subhanahu va taolo meni to'g'ri yo'lga boshladi. Chunki, ishonardimki, agar asl cherkov manbaalarini topa olsam, bu oldimga qo'ygan vazifam edi, Eng asl cherkov manbaalarini izlayman, bir paytlar qanday ibodat qilinganini izlab topaman, va men ham ana shunday ibodat qilaman, chunki ana shunda Xudo mendan rozi bo'ladi. Chunki Xristianlikda juda ko'p firqalar borligini bilardim.
O'sha paytda 200 tacha firqalar bor edi. Men esa "Bo'lishi mumkin emas!" dedim. Axir eng to'g'ri yo'l bitta bo'lishi kerakku. Shunday qilib Injil kitobining yozilish tarixini o'qiganimda "Qanaqasiga?" deb o'ylanib qoldim. Qanday qilib bir to'da odamlar Xudodan kelishi kerak bo'lgan muqaddas qo'lyozmaning ichida nima yozilishini belgilashlari mumkin? Nima haqqingiz bor? Axir bu g'alatiku. Qanday qilib "bunisini qoldiramiz bunisini chiqarib tashlaymiz" deya olasiz? Ahmoqlikku bu! Injilga ishonishga kuch topa olmay qoldim. Keyin, bu haqida ko'p o'ylamadim. Chunki daxshatli holatga tushib qoldim. Injilni bir chetga surdimda, hozircha qaramay turay. Tarixni bir tekshirib ko'ray dedim.
Albatta, Xristian tarixi juda qonli tarix. Odamlarni biror aqidaga kirishlari uchun qon to'kish kerak bo'lsa, bu unchalik ham adolatli qarorga o'xshamaydi. Injilga ham tarixga ham qaramadim. Endi nima qilaman? Xristian qiz sifatida, ibodat yodimdan chiqardi, ammo bundan tashqari avvallari raqs ham tushardim. Biror kecha masalan Yakshanba kechasi raqsga borsam, liboslar kiyib har xil raqslarga tushardim. Ertasi ertalab esa cherkovga borardim. Shu to'g'rimi? Menimcha yo'q. Negadir bu yerda chalkashlik bor. Men bunga befarqmanmi yo'qmi bilmasdim. O'ylamaslikka harakat qilardim, lekin befarq ham bo'lolmasdim. Hali Xristianlikdan ko'nglim sovimagandi. Balki yana izlanishim kerakdir deb o'yladim.
O'sha patlarda Malayziyalik bir inson bilan do'stlashdim. U 5 mahal namoz o'qirdi. Bundan avval 5 mahal namoz o'qiydigan odamni uchratmagandim. Balki omadim kelmagandir. O'sha odamga qarardim, u, MashaaAlloh, namozni to'liq o'qirdi, kuniga 5 mahal. Unga qarab turib shuni o'yladimki: "Men ruhoniyni qizimanku" Lekin kuniga 5 mahal ibodat qilmayman". Ikki oy ibodatni unutsam, hech nima bo'lmasdi, umuman. O'sha odam menga o'zi borayotgan darsga birga borishimni taklif qildi. U Shayx Husayin Yining Islom Markazidagi dars edi. Uni kimligini bilmasdim. Qo'rquvda edim. Qanaqa kiyinib borishim kerak? Modelier bo'lsam. Shuncha kiyimim bo'lsa ham to'g'ri kelmasdi.
Shunday qilib Shaxy Husayin Islom Markaziga bordim. U menga kitobchalar berdi. Bilasizmi bu kitoblar xuddi Alloh tomonidan aynan men uchun tartiblangandek edi. Men buni his qildim. Hali ham esimda. Birinchi kitobning nomi Anatu deb nomlanardi. Anatu bu Avstraliyadagi aborigenlarning xudosi hisoblanadi. Nega aynan Anatu, chunki ularning Xudosi haqidagi tushunchasi shuki, u ovqatlanmaydi va xojatga bormaydi. Mana shu tavhidning yo'li edi. Xullas birin-ketinlikda fikrlashimni o'zgartirdim va hammasi juda osondek tuyuldi. Shayx payg'ambarlar qissalarini aytib berardi. Menga esa bu qissalar tanishdek tuyulardi. Ibrohim kimligini tushuna olmadim. Anglolmadim.
Muso alayhissalom ham tanish tuyuldi, ammo taniy olmadim. Chunki arabcha ismlar qulog'imga juda notanish eshitilardi. Bazida odamlar mendan, avval modelier bo'lgansiz, turli joylarda ishlagansiz, qiyin bo'lganmi deb so'rashadi. Unchalik emas. Model bo'lsam ham, ular o'ylagandek model emasdim. Har xil bazm va ziyofatlarga bormasdim. Bir burchakda o'tirib, so'zlarimni takrorlab navbatim kelishini kutardim xolos. Bir narsa haqida o'ylab qoldim, bilasizmi nima, men nimaniki o'qimay, o'sha narsa tashqi ko'rinishimda namoyon bo'ladi. Har doim o'zimni, boshqa bir odamdek, xuddi begonadek his qilardim. Ha men ham model, ham aktrisa edim, ko'pchilik bu sohada bo'lishni istaydi.
Shu sohada bo'lganimdan o'zim ham xursand edim. Lekin hech qachon o'zimni o'zimdek his qilmagandim. Shu kitoblarni o'qishni boshlashim bilanoq, undagi qadriyatlar menga to'liq mos tushishini his qildim. O'qish unchalik qiyin emasdi. Tavhidni tushuna boshladim. Xuddi qisimlari bir biriga mos keladigan boshqotirmaga o'xshardi. Bilasizmi nima? Fikrimcha, Islom bu faqatgina tushuncha emas. Aytmoqchimanki, Odam alayhissalomdan boshlab bugungacha Islom doimo bo'lgan. Musulmonlar doimo bo'lgan. Bir narsalar hayolimga kela boshladi, balki bu o'zimning ko'p o'ylashim va qiziquvchanligim sabablidir. Yaxshi musulmon bo'lmoqchiman. Shuni iloji bormi?
Musulmon bo'lib yana qo'shiq kuylab yurishni istamayman. O'sha paytdagi fikrlashim bu. Buning uchun bir ikki narsalarni o'zlashtirishim kerak. Arabchani o'rganishim kerak, ibodat qilishni, hammasini. Anashu payti Ustoz Sharif yordamga keldi. U men bilan jiddiy gaplashishni boshlaganda Al-Qadimdan ko'ngilli inson yollab bo'lgan edim. Bilishim kerak edi: bu odamlar qanday qilib erta uyg'onishadi? Hijob o'rashga qancha vaqt ketadi? Ko'p ketsa kerak. Isib ketishmaydimi? Qanday ro'za tutishadi? O'sha paytlari yanayam ozg'inroq edim. O'zi ozg'in bo'lsam, qanday qilib ro'za tutaman? Kasal bo'lib qolsamchi? Bir hafta biror ayolga ergashaman degan fikrga keldim.
Soat 5 da uyiga boraman, nima qilsa shuni qilaman, ko'ramiz qo'limdan kelarmikan. O'sha kuni o'sha ayol bilan uchrashishim kerak edi. Yakshanba bo'lgani uchun darsim bor edi. Darsga bordim, Ustoz Sharif gap boshladi. U menga "Hoy Eliza, xo'sh nimalarni o'rganding? Balki gaplashib olarmiz?" dedi. Ichimda, yo'q ustoz shart emas, ancha narsani o'rganib qo'ydim, o'zimni muslimadek his qilyapman, gaplashishga xojat yo'q dedim. Uning go'zal xulqi sabab mayli biroz o'tirib gaplashay degan qarorga keldim. Shunday qilib Shayx Husayin uyiga bordik, u yerda hozir sizga nimalarni aytayotgan bo'lsam hammasini aytib berdim.
Suhbat oxirida u shunday dedi: "Hoy Eliza, menimcha ancha narsani o'rganib olibsan. Musulmon bo'lish vaqti keldi." Shunda men o'ylanib qoldim. 15 daqiqadan keyin bir ayol bilan uchrashishim kerak. Faqat bugun emas. U "Nima seni to'xtatyapti?" dedi. Shunda unga Arabchani o'rganishim kerak, Qur'onni o'qishim kerak, ibodat qilishni ham o'rganib olishim kerak dedim. Hech bo'lmasa bir ikkita hadis o'rganishim kerak. Shunda menga qarab turdida keyin bir savol so'radi. Hali ham esimda. O'sha zahoti u, balki avvaldan bilgandir, xullas mendagi mukammallikka intilishni ko'rdi. Balki menga shunday tuyulgandir. "Shu ishlarni hammasiga qancha vaqt sarflamoqchisan? dedi. 20 yilmi? 30 yilmi? 50 yilmi?
Bilmadim balki bu sizga va kuzatuvchilarga kulguli eshitilishi mumkindir. Ko'zlarimga yosh keldi. Bilasiz, allaqachon ko'plab izlanishlar qilganman. Bu ishlarga taxminan 3 oylarcha vaqt sarflagandim, shundan keyin esa... Ilm olishni shu darajada hohlagandimki. Hammasini tushunsam shundagina yaxshi musulmon bo'laman deb o'ylardim. Shunda u menga: "Eliza, Alloh subhanahu va taolo sen hohlaganchalik ilmni faqatgina musulmonning qalbiga joylab qo'yishini bilmasmiding?" dedi. Shu gapni eshitganimdan so'ng, yuragim titrab ketdi, yaralandi. Ungacha ko'zim yoshga to'lgan edi, chunki men hech qachon mukammal bo'la olmasligimni anglab yetgandim. Lekin tushundim. O'sha damda men tushundim.
Alloh subhanahu va taolo qalbimga bir ilhom berdi. "Eliza, Alloh seni mana shu safarga olib chiqqan bo'lsa, hayoting davomida musulmon bo'lganingni ko'rsatgan bo'lsa, otangga ham to'g'ri yo'lni ko'rsata olmaydi deb o'ylaysanmi?" "Oilangni ham to'g'ri yo'lga boshlashi mumkin-ku" Hammasi osonlashdi. Shunda ichimda, Uztoz to'g'ri gapirdi deb o'yladim. Barcha aytayotgan gaplarim, o'zimni ko'rsatish uchun edi xolos. Nimani bilishimni, nimani his qilishimni ko'rsatish. Lekin hammasi faqatgina quruq gapdan iborat edi xolos. Shahodat keltirishimga qadar, hali hech nima qilmagan ekanman, faqat quruq gap gapirgan ekanman xolos.
Nega Alloh menga xohlaganimcha ilmni berishi kerak, agarda men shahodat keltirib o'zimni unga bag'ishlay olmasam? O'shanda tushundim. Anashu payti men juda qattiq yig'layotgan edim, Ustozim esa, MashaaAlloh, shahodat kalimalarini yaxshi bilardi, menimcha shunda u meni tushunib yetganimni payqadi. Keyin u so'radi: "Tayyormisan?" O'sha suhbatdayoq, rejalashtirilmagan holda, ko'ngilli ayol bilan uchrashishim kerak edi. Lekin tushundim. Ustozim mendan shu savolni so'raganda ichimda "Agar Alloh shuni hohlagan bo'lsa, buni to'xtatib qola olmayman" dedim. Alloh meni chaqirsa, to'xtay olmayman. Shunda shahodat keltirdim. - Nimani his qildingiz? Uni hozir ham his qilyapman.
Shahodatni ilk bor Arab tilida aytkaningizda, to'g'ri biroz adashishlar bo'ladi, chunki to'g'ri talaffuz qilish boshida qiyin edi. Ingliz tilida aytishim bilanoq, hozir ham his qilyapman, boshingizdan boshlab titroq bosib keladi. Keyin orqa miyyadan o'tib so'ng butun tanangizga tarqaladi. Hozir uni oyoqlarim uchigacha his qilib turibman. To'lqinni his qilasiz, xuddi eski hayotingiz sizdan chiqib ketayotgandek bo'ladi. Eski hayotingiz sizni tark etyapti va boshingizdan boshlab yangi hayot kirib kelyapti, xuddi Odam alayhissalomga boshlaridan ruh puflab kirgizilgandek. Shuni his qildim.
Oyoqlarim uchigacha yetib borgach, bilasizmi televideniye o'chib qolsa ekranda chiyyillagan ovoz chiqib qoladi. Quloqlarimda xuddi shunaqa tovushni eshitdim. Xatto ko'zlarim biroz pushti ko'ra boshladi. Ko'zim ham biroz boshqacharoq ko'rishni boshladi. Anashunda yengillikni his qildim. Judayam yengil. Men uddaladim, qushdek yengilman. O'sha zahoti Asrga azon aytilishni boshladi. Tahorat olish uchun bordim, lekin qanday qilib tahorat olishni bilmasdim. Kimdir menga "Unday qilasiz bunday qilasiz, unday qilmang" deb o'gatib turdi. Keyin Al-Qadimdagi masjidga kirdim. O'sha yerdagi bir tanishimni yoniga turib oldim. Butun namoz ichi unga qarab bajarardim. Undan ko'rib o'rgandim.
Anashu mening birinchi namozim edi, o'shandan buyon birorta namozimni qazo qilmadim. Sajdani birinchi bor o'sha kuni Shom namozida tushundim. Ko'ngilli ayol bilan uchrashgani bordim. U beshta tanishi bilan keldi. To'rttasi islomni qabul qilgan ekan. Xullas bir kafeda uchrashdik, shundan so'ng uning uyiga Shom namoziga yetib bordik. Mening birinchi imomim erkak kishi edi, keyingizi esa ayol kishi bo'ldi. Boyagi to'rtta Islomni qabul qilganlar menga oxirgi sajdada uzoqroq qilib duo qilishni o'rgatishdi. Chunki oxirgi sajdada Alloh duolarni ijobat qilar ekan. O'sha yil oxirigacha har bir namoz oxirida mana bu duoni o'qidim. Uning har bir so'zini eslayman, chunki har namozimda qaytarardim.
"Ey Alloh, iltimos, ota-onam meni musulmon bo'lganimni to'g'ri qabul qilsin." Shu hikoyalarni aytishim bilanoq ba'zilarning birinchi savoli "Otang nima dedi? Onang nima dedi?" bo'lardi. Bilasizmi, hammasi duoning kuchi bilan bo'ldi. Chunki juda qo'rqardim, havotirda edim. Dekabr oyigacha, otamga allaqachon Islomni qabul qilganimni aytishim kerak edi, chunki Allohga shunday va'da bergandim. Otamni kechki ovqatga taklif qildim. Erkak kishi qorni to'q bo'lsa xursand bo'ladi. Shunaqa strategiya qildim. O'sha payti to'liq bir yil duo qilgandim, "Ey Robbim, iltimos, ota-onam meni musulmonligimcha qabul qilishsin." Har doim shu duoni qilardim, biror marta unutib qoldirmagandim.
Shirinlikdan so'ng, yurak yutib dadamga aytdim. "Dada, sizga o'zim va Islom to'g'risida yangiligim bor." Shundan keyin u menga "Eliza, hech nima deyishinga xojat yo'q" dedilar. Yo'q! Shundan keyin dadam menga shunday chiroyli gaplarni aytdilarki, shunday chiroyli so'zlar ediki. Dadam menga "Eliza, agar sen ham menga o'xshab Ibrohimning Robbisiga ishonsang, men bundan xursandman" dedilar. "Agar bu din qalbinga taskin berayotgan bo'lsa, unda mayli, davom etaver" dedilar. "Mendan ham havotir olma, oyingdan ham havotir olma, boshqa oila a'zolarimizdan ham havotir olma." Hammasini birma bir aytib chiqdilar, chunki oilamizda, Buddist ham, Xristian ham bor edi, endi Musulmon ham paydo bo'ldi.
"Hammasi yaxshi bo'ladi" dedilar. Bilasizmi, bu so'zlar eng chiroyli, eng ajoyib va eng yoqimli gaplar edi. Dadamdan keyingi so'ragan savolim, "Oyim nima der ekan?" bo'ldi. Oyim Amerikada edi. Rejam avval dadamga aytish edi, chunki dadam doim yumshoq tabiat bo'lgan va meni oldimdan to'g'ri oyimni oldilariga borishlari kerak edi. O'shanda oyim Bostonda yashardilar. Buyraklarida kasallik bo'lgani uchun o'sha yerda edilar. Rejaga ko'ra "dadamga aytsam dadam oyimga aytadi" edi. Dadam Bostonga uchib ketdilar. Qo'nganlaridan keyin menga qo'ng'iroq qildirlar. Ichimda o'ylayapman: "Bugun aytgan bo'lsalar demak ertaga oyim qo'ng'iroq qilsa kerak." Bir kun o'tdi, ikki kun o'tdi.
O'zimga o'zim "Oyimga o'zim aytishni xohlamayman, millionta savolga ko'mib tashlaydilar meni!" deyapman. Taxminan besh kun o'tdi. Besh kundan keyin, dadamdan o'zim so'rashimga to'g'ri keldi. "Dada, oyimga indamang, Oyimga hali aytmadingizmi? Indamayaptilar-ku." Dadam oddiy javob berdilar: "Ha, oyingga aytdim. Hech nima demadi. O'zi bilan gaplashasanmi?" "Yo'q, yo'q, yo'q. Hozircha indamaganim ma'qul." Ota-onam bilan hammasi oson kechdi. Juda oson kechdi. Bunga yagona sabab, yuz foiz ishonaman, duoim sabab bo'lgan. Hech qachon, hech qachon duo qilishdan to'xtamaslik kerak. So'raganingizga erishmaguncha duo qilishdan to'xtamang. Muslima bo'lishim bilan, oilam borligini his qildim.
Oilam o'qishlarim yaxshimi, yomonmi qiziqmagan ham, o'tmishim qanday bo'lganiga ham qiziqmagan. Bu ularga qiziq emas. Menga g'amxo'rlik qilishlari uchun muslima bo'lganimni o'zi yetarli edi ularga. Xatto eng qiynalgan paytlarimda ham. Bunaqasi avval bo'lmagan. Yolg'iz farzandman. Yolg'iz katta bo'lganman. Endi esa oilam bor. Boshida sezmagan bo'lsam ham nega hamma bir birini birodar deb chaqiryapti derdim. Boshida bilmagandim, ammo endi, hijobli qizni ko'rsam u mening singlim. Qayerdanligini, kimligini bilmasam ham u baribir mening singlim. Tailandda yurganimda musulmonmi yo'qmi bilmasdim, yonimdan o'tib ketib Assalomu alaykum deb qo'yishadi. Men ham "Va alaykum assalom" deb qo'yardim.
Islom hayotimga kirib kelganida, albatta avvalo qadriyatlarga moslashdim, keyin esa ko'rinishimni moslashtirdim. Topgan narsam shu bo'ldiki, hijobga kirishim bilanoq, odamlar gaplarimni eshita boshlashdi. Menga quloq solishdi. Odamlar menga quloq solishdi chunki shu paytgacha hech kimga hech nimani ayta olmasdimda. Tanlovlarimni, fikrlarimni bildira olmasdim. Bu haqiqiy ozodlik edi. O'sha qullikdan ozodlikka chiqdim. Islom bu erkinlik. Ong erkinligi, fikr erkinligi, tanlov erkingligi. Islom boshqa dinlar ichida eng yengil din. - Islomni qabul qilgan ayol sifatida sizningcha bu din ayollarni maqomini paslatib qo'yadimi? Xo'sh, manashu noto'g'ri tushuncha keng tarqalgan.
Ya'ni Islom ayollarni maqomini pasaytirib ularni o'zlari hohlamagan narsaga buyuradi deb o'ylashadi. Ammo bu gaplar haqiqatga zarracha ham yaqin kelmaydi. Tan olib aytishimiz kerak, ba'zi bir joylarda, Islom bilan birgalikda mahalliy urf odarlarning ham teng qo'llanilishi adashishlarga sabab bo'lishi mumkin. Agar sof Islomga qaraydigan bo'lsak, to'g'risi erkaklarga rahmim keladi, uzr. To'g'risi sizlarga rahmim keladi, chunki bilasizmi, erkaklar ko'chaga chiqishi kerak, ularning shunchalar ko'p mas'uliyatlari borki. Ayollarni esa Alloh subhanahu va taolo darajasini ko'taribroq qo'ygan. Ayollarga oson.
Erkaklar ayollarni moliyaviy tomonlama, jismoniy, aqliy tomonlama, har tomonlama qo'llab quvvatlashi lozim. Bizni ovqat qilishimiz sadaqa, kirlarni yuvishimiz sadaqa. Albatta Allohni rozi qilish uchun erlarimizni rozi qilamiz. Lekin bilasizmi, Allohdan qo'rqqan erkak musulmonlar ichida ayol musulmon bo'lish, MashaaAlloh, bosim ostida qolmaysiz. Ular ayollariga e'tibor berishadi, gaplarini tinglashadi, himoya qilishadi. Iymonli erkaklar orasiga tushib qoldim, bir paytlar Islomiy bir studiyada ishlagandim, nutq so'zlash uchun navbatma navbat gapirardik. Meni navbatim kelganda hamma erkaklar yerga yoki boshqa tomonga qarab turishardi. Ular mening hurmatimni joyiga qo'yib qo'yishardi.
So'zlarimga quloq solishardi, diqqat bilan tinglashardi, shuningdek hurmatimni ham joyiga qo'yishardi. Chili restaraniga borgandim. Amerika restarani, ammo Malayziyada bu halol. O`shanda hijobda edim, ofitsiant Bangladeshlik ekan. U meni ko'rishi bilanoq stoldan ko'zini uzmadi. "Salom xonim, nima buyurasiz?" dedi. Stoldan umuman ko'z uzmadi. Hurmatimni joyiga qo'ydi, MashaaAlloh. - Yuzlab dinlar orasidan nega aynan Islom? Bu ham eng ko'p so'raladigan savol, nega aynan Islom? Javobim shuki, men shariatni yaxshi ko'raman. Qoidalarni yaxshi ko'raman. Hamma g'alati qaraydi. "Nima? Qoidalarni yaxshi ko'rasan?" "Bu nima degani? Qanaqasiga qoidalarni yaxshi ko'rasan?
"Ular bizga yoqmaydiku" ba'zi musulmon do'stlarim shunday deydi. "Biz qoidalardan qochamizku." Shunda javob berdim. Ichi bo'sh bo'lgan soxta hayotda yashab ko'rgach, yarim aktrisa yarim model hayot tarzida yashab ko'rgach, farqni tushunib yetdim. To'g'rimi, noto'g'rimi, nima qilayotganingizni bilmaslik bilan, aniqlik ya'ni mana bu to'g'ri, mana bu noto'g'ri deb bilish. Ularning orasidagilar esa, agar Islomga qarshi bo'lmasa bo'ldi. Alhamdulillah, hammasi aniq. Hayotimni qanday yashashni bilaman, nima qilishni bilaman. Shu sabab qoidalarni yaxshi ko'raman. Xattoki biz tushunmaydigan masalalar, masalan nega ikkita erkak guvohligi qabul bo'ladi, ayollarning guvohligi qabul bo'lmaydi kabi.
Hammasiga chiroyli javob berilgan. Hammasiga javob bor. - Agar biror qiz o'zini qadrini chiroyda izlayotgan bo'lsa, atrofidagi odamlarga chiroyli ko'rinishga harakat qilayotgan bo'lsa, u qizga nima maslahat bergan bo'lar edingiz? Holis o'zingizdan so'rang. O'sha narsalar sizni rostan ham baxtli qiladimi? Yuzingizga bir narsalar surtib, soch turmaklab, har xil kiyim va taqinchoqlar taqib baxtli bo'laman deb o'ylasangiz, demak o'z baxtingizni o'sha begona odamlarda deb o'ylar ekansiz. Sizningcha baxtingiz ular sizni qabul qilish qilmasliklarida deb o'ylaysiz. Hammasi ularni qo'lida. Sizni qadringiz ular bilan. Unda mashxurlik-chi? Mashxurlik sizni rostan ham qoniqtira oladimi?
Mashxurlik ham tashqi omil. Chunki u boshqa odamlardan keladi. Boshqalar sizga sen zo'rsan demagunlaricha mashxur bo'la olmaysiz. Xo'sh o'zingizga rostan shu narsani ravo ko'rasizmi? Balki shundaydir, lekin mashxur bo'lishni boshqa yo'llari ham bor. Farishtalarni orasida mashxur bo'lishingiz mumkin. To'g'ri, ularni ko'ra olmaysiz. Amallaringiz sababli mashxur bo'lishingiz mumkin. Qay darajada halol insonligingiz bilan ham mashxur bo'la olasiz. Agar shunda ham o'zingizga ishonsangiz, har qanday holatda ham, har qanday ko'rinishda ham ovozingizni eshitishlari, sizga qiziqishlari mumkin. Mayli shunda sizga ishonaman.
Qadringizni avvalo o'zingizdan toping va Islomni o'rganing, chunki Islom sizga o'z sharafingizni qaytarib beradi. Islom sizga erkin ovozingizni qaytaradi, qadr-qimmatingizni qaytarib beradi. Qadringiz kiygan kiyimingizda va soch turmagingizda emasligini tushunasiz. Javoblarni o'z ichingizdan izlang va topmaguningizcha taslim bo'lmang.