Towards Eternity
Blogga qaytish

Dushmanlardan Mo'minlargacha – Hamma hayratda qoldirgan Islomga kirgan 10 kishi

Nashr sanasi

YouTube’da ko‘rish

Islom, Tajovuskor va havfli din... Bo'lishi mumkin emas. Ey Xudo, iltimos! Faqat Islom emas. Men ateist edim. Dinda ma'no ko'rmagandim. Erkinlikni chegaralash bo'lib tuyulgan. Dindan yuz o'girar ekansiz, Xudodan ham yuz o'girgan bo'lasiz. Xudoning dinida isbot bo'lishi kerak deb o'ylardim. Qo'l bilan ushlab his qilsa bo'ladigan darajadagi isbot. Uch yillik kurs davomida shu matoxni yasadim. Bomba. Shahrimizda bir Islom markazi bor edi. Ramazon, Juma kuni tushdan keyingi vaqt. Hamma to'plangan. Yarim tunda kelib bombani o'sha yerga o'rnatmoqchi edim. Bu juda oson kechdi, chunki musulmonlarni hamma yomon ko'rardi. Menda Islom haqida taassurot qoldirgan odamlar yomon o'rnak bo'lishdi.

Axir bu islom emas-ku. Asl Islom mana bu-ku! Shunday qilib men o'qiyverdim, o'qiyverdim. Yomon tuyg'ularim sekin asta tarqala boshladi. Butunlay yo'q bo'lishdi. Islomga ishonishim oson kechgandi, ammo uning yomon qilib ko'rsatilishi meni ikkilantirib qo'ydi. Qur'onni o'qidim, keyin yana o'qidim, shunday qilib uchinchi kuni, unga bog'lanib qoldim. Xuddiki o'zimni Qur'on o'qishga bag'ishlab yubordim. Bir payt kameradoshlarim kelib menga "Ertalabdan beri shu kitobdan bosh ko'tarmaysan. Biror nima yeysanmi yoki yo'qmi?" deyishdi. O'zim ham hayron edim. "Bu kitobga berilib ketibman." Nega? Nega? Islomdan avvalgi hayotingizda nimaga ishonar edingiz?

Ko'pchilik Amerika bolalari kabi asosan Xristian ta'limoti bilan ulg'ayganman. To'g'risini aytsam hammasini bilib turardim, lekin ichimdagi millatchilik mafkurasi meni orqaga tortardi. Dinning ahamiyati katta bo'lmagan. U xuddiki afsonaga o'xshardi. Odamlarni boshqarish uchun bo'rttirilgan narsa. Ammo mamlakatimga ishonardim. Odamlarga aytamanki, yaxshi namuna yo'qligi sabab bayroq men uchun xoch edi. Qisqa qilib aytganda shunaqa. Janubiy Xristianlardan edim. Injil Ko'rfazi degan joyda katta bo'lganman. MakDonaldsdan ko'ra cherkovlar ko'proq edi. Injilni o'qidim. Yoshlar vaziri va missioner bo'lganman. Guatemaladagi missiyada xizmat qilganman.

Xristianlikdan chiqqanimda, men janubiy baptistlar cherkovida yoshlar vaziri bo'lib ishlar edim. Bir muddat ha, men ateist edim. Dinda ma'no ko'rmagandim. Men dinni odamlarni baxtli bo'lishdan to'xtatish, istaganlarini qilishga yo'l qo'ymaslik usuli deb bilardim. Erkinlikni nazorat qilish usuli deb hisoblar edim. Va, qachonki dindan kechsang, u bilan birga Xudodan ham kechasan. Xo'sh, Islomga sayohatim kollejda o'qiganimning so'nggi yilida, men baptist voiz bo'lishga qaror qilganimda boshlandi. Men kollejni tashlab, seminariyaga borishga emas, balki darajamni yakunlab keyin seminariyaga borishga qaror qildim. Bir yil vaqtim bor edi.

Ichimdagi g'ayratim tufayli men barcha do'stlarimni, hamkasblarimni, men uchragan barcha odamlarni diniy suhbatga jalb qila boshladim. Shunday qilsam odamlarni saqlab qolish yo'llarini o'rganishim oson bo'lar edi, to'g'rimi? Xullas asosiy missiyam ularni Xristianlikka o'tkazish edi. Esimni taniganimdan beri Xudoga ishonganman. Hayotimda biror marta "Xudo aslida yo'q bo'lsa-chi?" degan fikr kelmagan. Bu bilan muammoyim yo'q edi. Injilda Yoqub haqidagi oyatni o'qiyotgandim.

Birinchi o'qigan oyatimda Yoqub shundya deydi "Hech kim Xudoni ko'ra olmaydi, agar ko'rsa yashay olmaydi." Keyin "Shoshma, odamlar Isoni Xudo deyishgan, lekin Isoni ko'rganlar unga qarab turib o'lib qolishmagandir" deb o'ylab qoldim. Demak oyatda "Hech kim Xudoni ko'ra olmaydi, agar ko'rsa yashay olmaydi." Boshqa sahifani ochdim, Yoqub haqida boshqa oyat. Yoqub nafaqat Xudoni ko'rdi, balki u bilan kurash tushdi. U bilan bellashuvda qatnashdi, Xudoni sonidan ko'tardida unga qarab shunday dedi, "Menga ofiyat bermaguningcha qo'yib yubormayman." To'xta, to'xta. Axr o'zing hozirgina Xudoni ko'rgan odam hayotda yashay olmaydi degandingku. Nega Yoqub shunda ham tirik edi?

Nega Xudoning ushlasa bo'ladigan shakli bo'lishi kerak? Xudo qudrat sohibi bo'lsa nega Yoqubni otib yubormadi. Voqea davom etadi. Nima qildim bilasizmi? 14-yoshli bola, qo'limni ko'tardim. Voiz kelib "Nima yordam kerak?" dedi. Unga ikkala oyatni ko'rsatdim, uni javobi shu bo'ldi, "Hmm, Injilda shu narsa borligini bilmagan ekanman." Hech nimaga tushunmay "Nima?" dedim. Axr siz Injil voizi emasmisiz. Injilni bizga o'rgatishingiz kerakku. 14 yoshli bola bo'lib "Buni qanday tushunish mumkin? Bundan nima ma'no chiqarish mumkin" deb so'radim. Keyinchalik boshqa dinlarni o'rganib ko'rdim. Yahudiylikni o'qib ko'rdim, Induizmni taxminan 5 daqiqa o'qib ko'rdim.

Bu kitobni o'qib ko'rib, "Yo'g'e bo'lishi mumkin emas" degan xulosaga keldim. Ishonardimki, Xudo tomonidan kelgan dinning albatta dalili bor. Qo'l bilan ushlab his qilib ko'rsa bo'ladigan darajadagi ishonchli dalil. Barcha dinlardan so'rab chiqdim, Yahudiylik, Buddaviylik, Hinduizm, xullas hammasidan. Hammasida bir xil muammo, bir-biriga to'g'ri kelmaydigan faktlar muammosi bor edi. Shahrimizda bir Islom markazi bo'lardi. Musulmonlar haqida umuman xabarim yo'q edi. O'sha joyga juda ko'p marta ko'zim tushgan, bir marta emas. Agar bomba qo'ysam, topib olishmasmikan? Topib olishini xohlamasdim. Orqa tomonidan yaxshi bir joy topdim.

Hammasi juda oson kechdi, chunki, o'sha vaqtlari, hamma musulmonlardan nafratlanardi. Uch yillik kurs davomida qilgan ishim shu bo'ldi. Uni yasadim, bombani. Ko'p vaqt sarfladim. Yaxshiroq portlasin degandimda. Ko'pchilik balki buni aqldan ozish deyishi mumkin. Baribir qutulib bo'larmidi? Qutulishni xohlamasdim. Qo'lga tushishimni bilardim. Sudlanishimni bilardim, chunki ustimdan azr qilishardida. Menga baribir edi. To'g'ri bu qilgan ishim uchun o'ligim ko'chada qolishi mumkin, chunki shunga ishonardimki, bir kun kelib, o'sha odamlar, meni, qahramon deb tan olishardi, chunki men haq bo'lgandimda. Va qizim menga maktabdagi musulmon bir bolacha haqida gapirib qoldi. Qonim qaynab ketdi.

Oilamni kerakli darajada himoya qila olmayapman deb o'ylagandim. Xatto qizimni shu musulmonlardan himoya qilolmadim. Bo'ldi shundan keyin ichimga sig'may ketdim. 7 yashar qizim menga qarab turibdi, meni esa jahlim chiqib ketgan. Va u... ko'z qarashlari shunday ediki xuddi u meni qattiq yomon ko'rib ketayotgandek edi. Chunki xuddi irqchilik qilayotgandek edim, yoki ma'lum bir odamlar nimadir qilgani uchungina ularga nafrat qilayotgan edim. Tamom bo'ldim. Og'zimdan turli xil haqoratomuz so'zlar chiqib, ularni har xil irqiy haqoratlar bilan haqorat qilganimdan keyin, menimcha, buni aytishning eng yaxshi usuli shu bo'lsa kerak, yotoqxonamga kirib ketdim.

Divanda o'tirib biroz yig'lagandek bo'ldim. O'zimga o'zim "To'g'ri sen haqsan, lekin dalil isbot topishing kerak" deya boshladim. Ularni yovuzligiga butunlay ishonardim. Hammamizni o'ldirishmoqchi, to'g'rimi? Afsuski qizimga ko'rsatay desam pichoqqa ilinadigan biror dalilim yo'q edi. Shunday qilib uni izlay boshladim. Qayerdan topaman? Masjiddan. Bo'lmasam-chi. O'sha yerga kirib bordim, va o'zimni xuddi Islomdan bir nimalarni o'rganmoqchi bo'lgan odamdek tanishtirdim. Yolg'on emas, lekin ularga asosiy maqsadimni bildirmadim. Shundan keyin bir qancha kishilar bilan gaplashgan bo'ldim. O'sha kuni Juma kuni edi. Keyingi Juma yana bordim, chunki hammalari o'sha yerda bo'lishini bilardim.

Xutbaga quloq solib o'tirdim. Ichimda "Buncha chiroyli bo'lmasa" deyapman. Men shu yerda ekanligim uchun shunday deyishyapti. Bilib qoldim, ha bildim. Ehtimol, ular odamlarni tashviqot videolari uchun podvalda ushlab turishgandir. Men buni bilardim. Hayolimdan faqat shu narsalar o'tardi xolos. Qo'limga Qur'onni berishdi. Uyimga olib ketib o'qib ko'rishim va savollarim bo'lsa kelib so'rashimni aytishdi. Ichimda yo'q xursand edim. Chunki yovuzlarning barcha kirdikorlari yozilgan kitob shundoq qo'llarimda edida. Hozir kimgadir aytaman tushuntirib beraman. Qoyil. Doppi topgan tentakdek xursandman. Hech qachon intellektual odam deb atalmagan. Lekin bir fikr paydo bo'ldi.

Shubhasiz, menda Islom haqida taassurot qoldirgan kimsalar yomon namuna edi. Bu Islom emas. Balki mana bu Islom. Keyin o'qiyverdim, o'qiyverdim, G'arazli niyatlarim, sekin sekin yo'qola boshladi. Yo'q bo'ldi. Bilasizmi, men Qur’ondagi ba’zi oyatlarni o'rgandim. Misol uchun... Alloh bizni bir-birimizdan o‘rganishimiz uchun, turli millat va qabilalar qilib qo'ydi, xor qilishimiz uchun emas. Ha, yaxshi, tushundim, chunki bu odamni mahalliy hukumat, har xil klublar va allambalo tashkilotlar bilan aloqasi bor edi. Ha, yaxshi, tushunarli. G'arazli niyatlarimni ba'ri, buyoqqa qarab ketishdi. O'qiyverdim, o'qiyverdim. Qur'onning oyatlari xuddi men uchun yozilgandek edi.

Hayolimda, bu kitobning til uslubiga gap bo'lishi mumkin emas deb o'yladim. Qur'onni o'qiyverdim, o'qiyverdim, shundan keyin, uchinchi kuni Qur'onga bog'lanib qoldim. Xuddi o'zimni uni o'qishga bag'ishlab qo'ygandek edim. Biroz o'tib kameradoshlarim menga "Hoy og'ayni, kechki ovqatga chiqmaysanmi?" deyishdi. "Kechki ovqat?" Ko'zimni kitobdan ko'tardim. Ularga baqrayib qarab "Kechki ovqat?" dedim. "Ha, ertalabdan beri o'sha kitobdan bosh ko'targaning yo'qku" deyishdi. "Nimadir yeysanmi yo'qmi?" Men esa "Ha yaxshi bo'lardi" dedim. Qur'onni yopdimda ular bilan ketdim. "Shuncha vaqt o'tdimi? Tavba shu darajada bog'lanib qoldimmi? Nega? Nega?" Qur'onning mo'jizalari cheksiz.

Ular bir biridan go'zal. Odamlar meni Qur'on tili haqida gapiradi deb o'ylaydi, men uchun Qur'on tilini o'zi mo'jiza. U ham oddiy tilku. Agar psixolog biror oyatda nafs haqida nimadir ko'rsa, o'z mo'jizasini ko'radi. Geolog ham o'z mo'jizasini, tarixchi o'z mo'jizasini, sotsiolog ham o'z mo'jizasini, faylasuf ham o'z mo'jizalarini ko'radi. Shuni o'zi ular uchun mo'jiza. Tilshunos ham o'z mo'jizasini, Dinlararo ekspert o'z mo'jizasini ko'radi. Qur'onning mo'jizasi uni kim o'qishiga qarab bo'ladi. Mana shu Qur'onning o'ziga xos ajoyib jihatlaridan biri. Bu shunchaki biror tayoqning ilonga aylanishigina emas. Bu kitobni o'qib har bir inson bolasi o'z mo'jizasini topishi mumkin.

Bu bo'lishi mumkin emas-ku. O'zimdan o'zim shunaqa deyishni boshladim. "Iltimos ey Xudo, iltimos. Haqiqat bu bo'lishi mumkin emas. Faqat Islom emas. Iltimos, Islomdan boshqa narsani tanlab ber. Nega haqiqat aynan islom bo'lishi kerak?" Ha. Ichimda yo'q deb turardim. Bu dinga qanday amal qilaman? G'arbda Islomning ko'rinishi haqida bilardim. Hayolimda "Ota-onamni oldiga qaysi yuz bilan boraman? Kimgadir musulmon bo'lganimni aytsamchi? Aqlga sig'maydi." Shuning uchun Islomga ishonishim oson bo'ldi. Juda oson Ammo uning yomon ko'rinishi sabab ikkilandim. Juma kuni Islom markaziga qaytib bordim. Ikki kishi bilan tanishdim.

Umuman olganda o'sha kishilar bilan qaysidir ma'noda yaxshi munosabatlarni yo'lga qo'ya boshladim. Xullas oldilariga bordimda "Hoy, men shahodat keltirmoqchiman" dedim. Behazil. Qarshimda yonma-yon turishardi. Avval bir birlariga keyin menga qarashdida ikkalasi ham birdaniga shunday deyishdi "Yo'q". Behazil. E Xudo. Qonim qaynab ketdi. "Nega unaqa deysizlar" dedim. "Hali o'rganadigan narsalaring ko'p" deyishdi. Yana bir biriga qaradida, keyin menga qarab turib, "Ha bo'pti yur" deyishdi. Bo'lgan voqea. Ajoyib hazil bo'lgandi. Shahodat kalimasini boshlanishiga Ingliz tilida aytdim. Undan keyin esa Arab tilida aytdim. O'sha kuni 91-yil Juma kuni edi.

Men "Ash'hadu al la Ilaha illalloh vahdahu la sharika lah, va ash'hadu anna Muhammadan abduhu va rosuluh" dedim. Islomni qabul qildim. Esimda, men o'sha kuni erkaklar saloniga ketayotgan edim. "Hoy namoz vaqti bo'lib qolmadimi? Menimcha Peshin vaqti bo'ldi" deb gapirayotgan edim. U esa "Ha lekin... Nima musulmon bo'ldingmi?" deb so'radi. "Yo'q lekin 5 mahal namoz o'qishga harakat qilyapman. Bu bilan o'zimni hotirjam his qilyapman. Menimcha juda yaqinman" dedim. "Juda yaqinman." Keyin u mendan shunday savol so'radiki, o'sha savol menga turtki bo'ldi. "Ertaga o'lib qolsangchi" dedi. "Yoki hozir o'lib qolsangchi? Musulmon bo'lib o'lasanmi yoki g'ayridin bo'libmi?" Uning bu gaplari...

Subhan Alloh, meni o'ylashga majbur qildi. Bu savolga o'sha paytlarda javobim yo'q edi. Salondan chiqib uyga ketayotgan edim. Yo'l bo'yi o'yladim "Kim bo'lib o'laman? O'lsam qayerga tushaman?" deb so'rab ketdim. Ba'zida o'limning o'zi yetarlicha eslatma bo'ladi. Xullas yo'lda uyga ketayotib do'stimga qo'ng'iroq qildim. "Ertaga uchrashaylik, men shahodat keltirmoqchiman. To'liq ishondim" dedim. 10 oylik ikkilanishdan so'nggina shahodat kalimasini qaytardim. Menda ichki kelishmovchilik, ichki qiyinchilik bo'lib o'tdi. Uning haqiqat ekanini bilardim, ammo ba'zida qabul qilmaslik uchun sabab topishga urunardim. 10 oy davomida. 10 oy ichimda urush bo'ldi. Ha! To'satdan urush tugab qoldi.

Har qanday urush kabi uning tugaganidan xursand edim. Bu urushda men yengilmadim. Balki g'alaba bilan yutdim. Yuragimda esa mana shuni his qilardim. Bu to'g'ri qaror edi. O'zimdan o'zim "Nega buncha ko'p vaqt ketdi? Nega?" deya so'radim. Do'konda ishlayotgan paytim namoz vaqti kirib qolsa, poyabzallar turadigan joyga tushardim. Namozni o'qib olib keyin yana ishimni davom ettirardim. Asr bo'lsa yana tushardim. Xullas tushib chiqib yurdim. Namozlarimda doimiy bo'ldim. Hamkasblarim hammalari Ispan edi. Meni Nomin emas Ali deyishardi. "Ali, oshna nima gap o'zi? Senga nima jin urdi? Nega menga qaramayapsan?" Keyin esa unga "Namoz o'qiyapman" derdim. "O! Demak, sen Xudo bilan gaplashayapsanmi?

Hoy, undan lavozimimni koʻtarishini soʻrab ber. Maoshimni oshirsin,"— deyishardi. Islomdan savol so'ray boshlashdi. Lekin men Islom haqida hech nima bilmasdim. Doʻstlarimning koʻpchiligi Dominikan, Puerto Riko va Kubaliklar edi. Hamkasblarim: "Men doʻzaxga tushamanmi?"—deb soʻrashardi. Men: "Bilmayman," derdim. "Hoy, sen choʻchqa goʻshti emaysan-a?", "Yoʻq!"—derdim. "Unda men yeyman. Bunga nima deysan?" deyishardi. Shunaqa hazillar qilishardi. Qiziq bir voqea bo'lgan. Shahodat keltirganimdan so'ng ayolimga hali indamagan edim. Masjidga borishimni bilardi, lekin nima deb o'ylashni bilmasdi. Xullas, bordim, shahodat keltirdim. Uyga qaytdim... o'zimni shu zahoti divanga otdim.

"Va nihoyat uydaman" deb o'tirgandim. Xotinim "Hammasi yaxshimi?" dedi. Meni bir nima qilib qo'yadi degan havotirda edi. Hech nimani bilmasada, men esa "Hammasi joyida" dedim. U bo'lsa, "Ha, mayli" dedi. Ko'zlariga qaraganimda "Musulmon bo'ldim" dedim. Keyin bir qiziq narsa bo'ldi. Kulguli ammo bor gap. U "Nima?" dedi. Men esa "Ha, shahodat aytdim." "Nimani aytding?" Shunday qilib Islom haqidagi bolalarcha ilmim bilan unga buning nima ekanligini tushuntirishga harakat qildim. Baptizmga o'xshash misollar bilan. U nima deyishini bilmay qoldi. Birozdan keyin "Hozir aytib qo'yay, boshimga ro'mol o'ramayman" dedi. "Mayli, musulmon bo'lmasang, bu haqida gapirishni ham o'ylamagandim.

Hammasi joyida" dedim. Birozdan keyin yana keldida "Bittadan ko'p xotin olmoqchi bo'lsang men ulardan biri bo'lmayman" dedi. Ichimda "Shunisi ham yetib ortadi-ku" deb o'yladim. Keyin u ham shahodat keltirdi. Universitetdan qaytayotgan edik. Hazillashishni yaxshi ko'raman. Hazil qilishni. Xullas unga qaradimda, mashina rulida men edim. Xotinimga qarab, "Demakmusulmon bo'lding. Bittadan ko'p xotin olish to'g'risida gaplashsak" dedim. Menga... menga shunaqangi qahir g'azab bilan qaradida keyin, "Mashinani burib yuboraymi?" dedi. "Men haydayapmanku. Qanday qilib burasan? Rulda menku." U esa "Hozir burib yuboraman" dedi. "Bo'ldi o'zingni bos" dedim.

Ayolim bilan 34 yil avval kollejda tanishganmiz, hali turmush qurmagan edik. O'qishni bitirishimni kutayotgan edik. Ammo uch yildan beri bir birimizni tanirdik. Unashtirildik, nikoh kunimiz ham belgilangan edi. Men juda ko'p izlanish olib bordim. U meni Ruhoniy bo'ladi deb o'ylardi. Men esa musulmon bo'lishni tanlagandim. Lekin buni hech kimga aytmasdim. Faqat ichimda o'ylab yurardim. Keyin masjidga bordim, shahodat keltirdim, keyin esa uni oldiga bordimda "Senda gapim bor" dedim. U esa "Nima?" dedi. "Men musulmon bo'ldim. Shahodat keltirib musulmon bo'ldim." Uni yuzi "Salom!" degan ko'rinishdan "Nima?" degan ko'rinishga o'zgardi. "Nima qilding?" "Musulmon bo'ldim" dedim.

U esa "Qanaqasiga?" dedi. Baqir chaqir qildi. Hafa bo'ldi. "Nimalar bo'lyapti o'zi? Bu yana qayerdan paydo bo'ldi?" deb baqirdi. "Unday qilmayman, bunday qilmayman" xullas shunaqa deb bir dunyo ro'yxatni sanab chiqdi. Men esa, "Bo'ldi, o'zingni bos. Bu o'zim uchun xolos. Seni majburlamayman" dedim. Xullas u o'ziga keldi. Qo'limda halol va harom kitobi bor edi. Uni o'qib musulmonlar haqida ozroq o'rgandim. Ular riboga aralashmas ekanlar. Men moliya mutaxassisligi bo'yicha diplom oldim. Men foiz stavkalari, pul bilan qanday qilib pul ishlashga ixtisoslashganman. Endi ortiq Ruhoniy bo'lmoqchi emasdim. "Endi nima qilaman?" deb o'ylab qoldim. Qo'limdan keladigan ish qidira boshladim.

Birozdan so'ng yuk tashuvchi savdo vakili sifatida ishga kirdim. Telefon orqali korxonalarga qo'ng'iroq qilib, "Mahsulotingizni jo'natish uchun bizning yuk mashinalarimizdan foydalaning" deyish uchun. Shu bilan daromad ko'ra boshladim. Halol va harom to'g'risida yana biroz o'rgandim. Bilishimcha Islomda cho'chqa go'shti harom ekan. Ayolim oldiga bordimda, bir gap aytaymi dedim. U "Nima?" dedi. Men esa "Musulmonlar cho'chqa go'shti yemas ekan, ovqat qilsang unga aralashtirma" deb aytdim. Shu gapimdan keyin hafa bo'lgandek menga qaradi. Xuddi men aybdordek. Uni hayolida qandaydir oqimga qo'shilib qolgan edim.

Keyin u "Unday qilmayman, bunday qilmayman" xullas boyagi ro'yxatini yana sanay boshladi. "Sen havotir olma, lekin meni o'z holimga qo'y" dedim. Yana birozdan so'ng musulmonlar tilla taqmasligini o'qib qoldim. To'y kunimiz uchun tilla uzuk buyurtirib qo'ygan edik. Ayolimni oldiga bordimda "Shu uzukni kumushdan yasattirsak bo'lmaydimi?" dedim. Unashtiruv uzugini yechib otib yuborsa bo'ladimi! "Bo'ldi o'zingni bos!" dedim. Biroz hafa bo'ldi keyin o'ziga keldi. Yana boyagi ro'yxatini sanay ketdi. Men esa uni tinchlantirishga urundim. Lekin oxirida baribir... Uni masjidag borib Islomiy nikohlanishga ko'ndirdim. Keyin cherkovga bordimda to'yni davom ettirdim. Ikkita to'y qilindi.

U menga sabr qilardi. Meni yaxshi ko'rardi, ammo qilayotgan ishlarimni g'alati deb hisoblardi. Bir kuni dasrdan uyga kelsam ayolim menga "Menimcha tayyorman" dedi. "Nimaga tayyorsan?" dedim. "Musulmon bo'lishga. Lekin ikki dunyodayam..." deya yana boyagi ro'yxatini sanay ketdi. Men esa, "Nima desang shu, menga tinchlik kerak, shunday bo'la qolsin" dedim. U musulmon bo'ldi. Qilmayman degan ishlarini esa hozir bemalol qiladi. Har doimgidek qamoqxonadan otamga qo'ng'iroq qildim va musulmon bo'lganimni aytdim. Otam esa Xristian, o'ta dindor va o'ta qattiqqo'l edilar. "Nima qilding? Nima?" dedilar. Men esa "Musulmon bo'ldim" dedim. "Oy xudosiga sig'inyapsanmi?" "Yo'q.

Men oy xudosiga ham, oyning o'ziga ham ibodat qilmayman, balki yagona Xudoga ibodat qilaman" dedim. Isoning, Musoning va Ibrohimning Xudosiga. U esa menga "Yo'q, bo'lishi mumkin emas. Quloq sol, sen bu dinni..." deya samimiy gapirdilar. O'shanda menga ultimatum berdilar. U menga "6ta raqamli daromading yodingdami? O'sha daromading yo'q bo'ladi" dedilar. "Mendan qoladigan me'rosing ham yo'q." Biz yonilg'i biznesi bilan shug'ullanar edik. Keyin "Mendan voz kechasizmi?" dedim. U esa "Bugundan boshlab, agar Islomda qattiq turib oladigan bo'lsang, men uchun o'lgansan, barcha me'rosingdan mahrumsan" dedilar. U shunday dedi.

“O‘g‘lim, sabrimni sinama, ertagayoq advokatimga borib, vasiyatnomani o'zgartiraman, sen esa butunlay pulsiz qolasan. Hech qanday daromading bo‘lmaydi. Sen men uchun akalaring va singling uchun ham o'lgan bo‘lasan" dedilar. Hammasi tamom. Shunday ekan hozir aytadigan gaplaringni o'ylab gapir. Islomni tark etasanmi yoki shu soxta dinda qolasanmi?" dedilar. Men esa "Javob berishimdan avval bir gap aytsam. Nima desangiz deng itoat qilaman, faqat shundan tashqari." U esa "Nega dedi. Seni o'lganga chiqarishimdan avval tushuntir" Men shunday dedim "Dada, o'z qarorimni qabul qilishim kerak. Bu dunyoda puldan muhimroq narsalar bor. Merosdan muhimroq narsalar bor.

O'lganimizdan keyingi hayot muhimroq. Men dunyo hayotiga parvo qilmayman. Meros masalasiga kelsak, pulingiz o'zingizda qolaversin, aka-ukalarimga, opa-singillarimga bering, menga baribir, musulmon bo'ldim va shunday qolaman" Shunday qilib 32 yil bo'libdi hamon musulmonman, Alhamdulillah. Shundan keyin, Musulmon bo'lib qolaman deb qattiq turib oldim. Ikki haftadan so'ng menga xat keldi. Unga ko'ra dadam aytganidek advokatni oldiga borib vasiyatni o'zgartiribdi. Merosim 600 ming dollar edi. Bu voqealar 90-yillar boshida bo'lgan. Ha, ancha bo'ldi. Demak bu sezilarli darajada katta pul edi. Nega narx qo'yishim kerak? 600 ming dollar bo'lsa ham parvo qilmayman.

Kun kelib hammamiz qabrga qo'yilganimizda Allohning qarshisida turib savol-javob qilinishimiz aniq-ku. O'sha kunda hayotda qilgan barcha ishlarimizdan so'ralamiz. Bobomning yuragi xuruj qilib qoldi. U kasalxonada edi va men u bilan birga bo'lish uchun Florida shtatining Pensakola shahridan qaytib kelgan edim. Kasalxonalarda kutish zalimiz bor va telefon ham bor. Har doim o'sha telefon yonida kimdir o'tirib, operatsiya qilinayotgan barcha oilalar uchun javob beradi. Bobomni oldida o'tirardim, Islomdagi birodarlarim bobomning kasal ekanligini bilishardi. Saudiyalik Muhammad ismli bir tanishim qo'ng'iroq qilib qoldi.

Ammam telefon yonida o'tirardi, uning ovozi oilamizda eng balandi, kilomertdan eshitsa bo'lardi. Telefon jiringladi, ammam ko'tardi, nima gap bo'lganini esloy olmayman, menimcha "Xorun bormi" degan bo'lsa kerak. Ammam esa "Xorun! Xorun! Xorun, Xorun degan odam bormi? Xorun oilasidan!". Men esa sekin-asta pastga tusha boshladim. Keyin do'stim Muhammad "Yo'q, adashdim. Karliy, Karliy bormi? Karliy" deb so'radi. Ammam qiziqib ketdilar. "Nima? Karliy? Karliy Islom? Shunaqa deng". Shunaqa qilib telefonni menga uzatdilar. Men esa "Ha eshitaman. Va alaykum assalom, ha, bo'pti, ketishim kerak, hayr." O'shanda butun oilam bilib bo'lgan edi. Hamma bilishdi. Ularning javobi oddiygina "Heh" bo'ldi.

Juda oddiy javob. Alloh bilan alohida aloqangiz borligini his qilgan g'ayrioddiy voqeani boshdan kechirganmisiz? Qamoqdan chiqqanimda, shartlardan biri men ish o'rnimni saqlab qolishim kerak edi. Biror ayb qilib ishdan bo'shatilsam, sinov muddatimning buzilishi deb hisoblanardi. Yana ikki yilga qamoqqa qaytishimga to'g'ri kelardi va qamoqdan chiqiboq qurilishda bir ish topdim. Juma kuni keldi. Hamma tushlikka chiqqanda xo'jayinga shunday dedim. Bir soat vaqtimiz bor edi. "Tushlik o'rniga men masjidga chiqib kelaman" Uch milcha yo'l edi. "Juma namoziga chiqib kelaman" dedim. Musulmonligimni bilishardi, namoz o'qiyotganimni ko'rishgan edi. "Jumaga chiqib kelaman" dedim.

U esa "Ish joyidan ketishing mumkin emas" dedi. Men "Ruxsat so'rayotganim yo'q. Aytib qo'ymoqchiman xolos" dedim. U esa menga "Ish joyidan chiqib ketsang unda bo'shatilasan" dedi. Qarshimda yo o'sha yerda qolib Allohga itoatsizlik qilishim yoki Jumaga borishim turar edi. Xo'jayinga qarab "Bilasizmi nima? Qamoqxonada dinimni o'rganib, nima to'g'ri bo'lsa shuni qilishni o'rgandim. Jumaga boraman" dedim va ketdim. "Ishing o'zinga, men ketdim" dedim. Jumaga bordim. Ibodat payti juda ko'p duo qildim. "Yo Alloh, bu yerga senga itoat qilish uchun keldim. O'zing yordam ber" dedim. Jumadan keyin yosh bir yigit kelib "Birodar biror joyda ishlaysizmi?" dedi. Men "Ha, hozirga qadar bor edi.

Shu yerga kelish uchun ishimdan voz kechdim" deb aytdim. Uning dadasi imom ekan. "Dadam sizga pitsa dokonidan ish taklif qilyaptilar" dedi. "Albatta. Yaxshi bo'lardi" dedim. Xullas o'sha kundan boshlab ishlay boshladim. Qurilishda topadigan pulimdan ikki hissa ko'p topdim. Bir ishdan ikkinchisiga o'tishimga ikki soat ketdi xolos. Allohning roziligi uchun nimadir qilsangiz, "U o'zi sizni qutqaradi." Ba'zida to'g'ri ishni qilish qo'rqinchli lekin o'sha kun hayotimdagi eng zo'r kun bo'lib qoldi. Sizningcha Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning eng yaxshi sifatlari qaysi edi? Rahm shavqatlari. Eslaysizmi, u kishi Toifdan qaytib kelar edilar.

Toif xalqini Islomga da'vad qilishga borib evaziga odamlardan tosh yedilar. Keyin tog' farishtasi kelib u zotga Toif xalqini tog' bilan qorishtirib yuborishni taklif qilganida, Subhanalloh, "Unday qilma" dedilar. "Balki ularning avlodlaridan Alloh o'ziga ibodat qilguvchilarni chiqarar" dedilar. Muhammad alayhissalomning rahm shavqat sifatiga ham tan berganman. Hikoyalarni o'qir ekanman, u zotga qilingan yomon munosabat, o'rtada bo'lgan janglar, hammasi. Oxirida Makkaga qaytadilar, g'alaba bilan qaytishadi. Xuddi mana shu tarzdagi narsani boshqalar bilan taqqoslab ko'rdim.

Biror kishiga shunday munosabatda bo'linsa, so'ng ancha vaqt o'tib ularning ustidan yengsa u bu odamlarga qanday munosabatda bo'ladi? U zot Makkaga kirdilar, odamlar atrofida to'planishdi. Ulardan "Endi sizlarni nima qilaman bilasizlarmi?" dedilar. "Sendan yaxshilik ko'rganmiz, faqat yaxshilikni kutamiz" deyishdi. U zot esa "Ketaveringlar, sizlarni kechirdim" dedilar. Shunday. Bu ish inson uchun oson emas. Hayotimiz davomida necha marta ko'chalarda haqorat qilinganmiz, kaltaklanganmiz. O'zimizni himoya qilishga tabiiy harakat qilamiz. U zot esa Alloh uchun faqat va faqat ichlariga yutdilar, chunki insoniyatga o'rnak bo'lgan odam nafsning gapiga hech qachon kirmaydi. Biz nafsimizga qulmiz.

Men Islom uchun namuna bo'lolmayman. Men oddiy bir msulmonman xolos. U kishining turli xil shaxslarni ilhomlantirish qobiliyati. Biz sahobalarni yaxlit bir guruh sifatida bilamiz, lekin unday emas. O'ta serg'ayrat odamlar bor. Tug'ma liderlar. Ikkilanuvchan, jim yuradigan, ekstrovert, introvert odamlar bor. Intelektual odamlar, emotsional odamlar bor. Barcha shaxsiyatlar. Shunday bo'lsa-da, u zot ularni nafaqat ruhlantirdilar balki bir birlari bilan ishlashga, bir birlarini yaxshi ko'rishga o'rgatdilar. Qanaqasiga? Rasululloh alayhissalomning ajoyib hislatlari, u zot odamlar o'rtasida shunday rishta qurdiki, natijada u butun dunyoni o'zgartira oldi.

U zotning hayoti haqida o'qir ekanman, menga uning mutlaqo, ayb nuqsonsiz, ekani, hayotda faqat to'g'ri ish qilgan ekanligi ayon bo'ldi. Bu asosiy omil edi. Hayotda perfeksionist bo'lganman. Doim to'g'ri ishni qilishni xohlardim. Noto'g'ri nimadir qilsam ich-ichimdan ezilib ketardim. Shunday qilib, bu inson hayotining samimiy, betakror tafsilotlarini bilish men uchun haqiqiy shifo hissi edi. Eng yaxshi inson bo'lish qanaqa ekanini his qildim. Shuning uchun men u haqidagi rivoyatlarni o'qib, hikoyalarini eshitib, u bilan tanishar ekanman, uni shunday vaziyatlarda ko'rar ekanman, bu insonning butun hayoti men uchun shifodir. Muhammad alayhissalomni tushingizda ko'rganmisiz? - Ikki marta.

- Rostanmi? Alhamdulillah. Sahroda ekanman, uzoqdan ko'rindilarda kelib qo'limdan tutdilar va menga "Boshqalar bilan tanishib olishingni istayman" dedilar. O'tirdilar, men ham yonlariga o'tirdim. "Qara, mana bu Abu-Bakir Siddiq" dedilar. "Anavi yerda esa Umar ibn Xattob" dedilar. "Mana bu Usmon ibn Afvon, mana bu esa Ali ibn Abu Tolib" dedilar. "Ular seni yaxshi ko'rishadi." Tushimda o'ylayapman, "Nega meni yaxshi ko'rishadi? Men hech kim emasmanku. Nega yaxshi ko'rishadi?" Lekin Alhamdulillah umrimda ko'rgan eng yaxshi tushim bo'ldi. Sizni yaxshi ko'raman yo Rosululloh. Sizni yaxshi ko'raman.

Suhbatimiz so'ngida agar dunyodagi barcha g'ayridinlarga gapirish imkoniyatingiz bo'lsa nima degan bo'lar edingiz? G'ayridinlarga nimadir deyish kerak bo'lsa, Qur'ondan bir oyatni o'qib berardim. "Sizningcha biz sizni behuda va o'yin kulgu uchun yaratgandig-u, sizlar bizga qaytarilmaysizlarmi?" Qalbingizga yaxshilab nazar solsangiz Yagona yaratuvchi borligini his qilasiz. U esa bizni bekorga yaratmagan. Buning bir sababi bo'lishi kerak. Boring va koinotning yaratilish sabablarini qidirib ko'ring.