Towards Eternity
Blogga qaytish

Badr Jangi: Abu Jahlning So‘nggi So‘zlari – AI Talqinida – Ey Rasul | 6-qism

Nashr sanasi

YouTube’da ko‘rish

624-yil. Ramazon oyi. O'tmishda burilish yasagan kun. Badr kunida ikki qo'shin yuzma-yuz keldi. Bir tomonda, 950 kishidan iborat qurollangan Quraysh qo'shini, boshqa tomonda, juda oz miqdordagi Musilmonlarning 313 kishilik qo'shini. Ahadun Ahad Zulmga qarshi adolat bilan, kufrga qarshi iymon bilan kurash bo'lmoqda. Islomning asl ruhiyatini ochib beruvchi ilk jang. Badr g'azoti. O'sha mashaqqatli kun keldi. Bu kun Islomning kelajagini belgilab beradigan kun. Yo Islom buyuk g'alaba bilan yuksaladi, yoki anashu jang maydonida hammasi yakun topadi. Shuning uchun payg'ambarimiz alayhissalom Allohga manashu so'zlar bilan iltijo qilib duo qilardilar.

"Ey Alloh, agar manashu kichik hajimli muslmonlar yo'q bo'ladigan bo'lsa yer yuzida senga ibodat qiluvchilar qolmaydi." Jang maydonida o'zi nimalar bo'ldi? O'zi qanday qilib bu holatgacha yetib kelishdi? Keling biroz ortga qaytsak. Ushbu videolar ishonchli Islom manbalaridan olingan yuzlab ma'lumotlarga asoslandi. Barcha sun'iy intellekt vizual materiallari malakali Islom olimlari bilan hamrohlikda tayyorlandi va Islom ko'rsatmalariga muvofiqlashtirildi. Payg'ambarimiz Madinada yangi o'zgarishlarni joriy etar ekanlar, shuningdek razvetka tizimini ham yo'lga qo'ygan edilar.

U zot shaharga kelishi mumkin bo'lgan har qanday xavf-xatarni oldindan bilib yon atrofdan ular haqida ma'lumot to'plashni xohlardilar. Hijratning ikkinchi yilida, anashu tizim orqali xabarlar kela boshladi. Quraysh Abu Sufyon boshchiligida ulkan karvonni yo'lga chiqargan edi. Albatta, bu karvon faqatgina ularning mollaridan iborat emasdi. Hijrat payti esingizdami? Musulmonlar o'ta og'ir sharoitlarda hijrat qilishga majburlangan edilar. Yo'lga chiqqanda barcha narsalarini ortda qoldirishlari kerak edi. Anashu narsalarni Quraysh egallab olib karvonga qo'shib yubordi. Musulmonlarning qiynalib topgan narsalari dushman qo'lida o'zlariga qarshi qurol bo'lishi mumkin edi.

Hatto hijrat paytida ham, omonatdor payg'ambarimiz mushriklarning omonlatlari haqida tashvish qilib ularni egalariga qaytarish uchun Alini (r.a) qoldirib ketdilar. Ammo Quraysh hech bunday javob qaytarmay musulmonlardan qolgan narsalarga tajovuz qilishdi. Musulmonlarni o'z yerlaridan quvib chiqarib ularga har turli zug'umlarini o'tkazgan mushriklarga asl qudrat egasi kim ekanini ko'rsatib qo'yish vaqti kelgan edi. Ichlariga qo'rquv soladigan narsani, va endi ular istaganlarini qila olmasliklarini ko'rsatib qo'yish vaqti kelgan edi. Qarshi tura oladigan haqiqiy jismoniy kuchni ko'rmagunlaricha to'xtamas edilar. Payg'ambarimiz karvonni kuzatish uchun xufya odamlarni yubordilar.

So'ng sahobalarga "Kimda minishga yaroqli markab bo'lsa biz bilan yursin" dedilar. Rasululloh alayhissalom dushman bilan ehtimoliy to'qnash uchun tayyorgarlik ko'rdilar. Sahobalar ushbu safarga qo'shilishni o'ta xohlar edilar. Hatto otalar va o'g'illar ham kim borishini hal qilish uchun qur'a tashlashdi. Hammalari shahid bo'lishni qattiq xohlardilar. Tez orada 300 tadan ko'proq musulmonlar qo'shini to'plandi. Oralarida yosh bolalar ham bor edi. Ammo jangga qo'shilishini istamagan Payg'ambarimiz alayhissalom ularni orqaga qaytarib yubordilar. 16 yoshli Umayr ibn Abu Vaqqos ham o'sha yerda edi. Yosh bo'lishiga qaramay u ham jangda qatnashishni istardi.

Allohning elchisi uni ko'rib qolib uyiga qaytarib yubormasligi uchun yashirinib oldi. Ammo Rasululloh uni ko'rib qolib "Sen ham uyinga qayt" dedilar. Umayrning jussasi kichik bo'lib o'sha kungacha beliga qilich ilmagan edi. O'zi kichkina bo'lsa ham ammo yuragining quvvati o'zidan ham katta edi. Rasululloh uni ortga qaytarib yuborgan bo'lsalar ham ammo manashunday jasoratning bekor ketishini istamasdilar. Shunday qilib Umayrga qolishga ruxsat berdilar. Ruxsat berilgach Sa'd ibn Abu Vaqqos akasining qilichini beliga osib oldi. Umayr yerda yursa uning qilichi qumga tegib qolib ortidan iz qoldirib ketardi. Va o'sha yigit keyinchalik Badr shahidlaridan biriga aylandi.

Anashu paytlari Payg'ambarimizning suyukli qizlari Ruqiyya og'ir kasal edi. Payg'ambar alayhissalom qizlarining xastaligiga qaramay baribir ushbu safarga chiqib ketdilar. Ammo qizlariga qarab turishi uchun kuyovi Usmon ibn Affonni Madinada qoldirdilar. Tayyorgarliklar bitgach 313 kishilik musulmon lashkari to'plandi. Jazirama oftob ostida Rasululloh sahobalari bilan Badr janggiga yo'l oldilar. Yo'lda suv quduqlari borligi sabab ko'p karvonlar shu yerdan o'tardi. Qo'shinning minadigan ulovi juda kam edi. Faqat ikkita ot va 7ta tuya xolos. Payg'ambarimiz alayhissalom, Ali va Mas'ad ibn Abi Mas'ad bir tuyani navbatma navbat minib borishardi.

Piyoda yurish navbati Payg'ambarimizga kelganda , Ali va Mas'ad, "Ey Allohning elchisi, siz tushmang, biz piyoda ketaveramiz" deyishdi. Ammo payg'ambar alayhissalom bunga ko'nmay "Piyoda yurishga kelsak sizlar menchalik kuchli emassizlar. Men ham sizlar kabi Allohdan savob umididaman." dedilar. Shunday qilib yo'lda davom etdilar. Bir nuqtaga yetgach Rasululloh qo'shinga nazar soldilar. Ularning ba'zilari jangda himoya qiladigan oyoq kiyimsiz yalangoyoq yurib ketishardi. U zot "Ey Alloh, bu aksarlarning minadigan markabi yo'q, safarlarini oson qil. Yo Alloh, na kiygani kiyimlari na yegani taomlari bor, o'zing ularni kiyintir o'zing ularni to'ydir." deya duo qildilar.

Ular ochnahorlikda yashashardi, ammo haqiqiy kuch iymondan ekanini bilishardi. Qo'shin ichida anashu iymon eng chiroyli holatda mavjud edi. Ular Badr tuproqlariga kelishlaridan avval Abu Sufyon Musulmonlarning qo'shin tortib kelayotganidan xabar topdi. "Musulmonlar kelishyapti." Yo'lga chiqishi bilanoq Musulmonlarning hujumidan qo'rquvda edi. Qo'rqqan narsasi haqiqatga aylandi. Darhol xabar berish uchun Qurayshga odam jo'natib o'z yo'nalishini o'zgartirdi. Karvonni Makkaga boshqa yo'ldan olib o'tmoqchi edi. Xabarchi tezda Makkaga yetib bordi. Ko'chalarda yugurib borib shunday deb baqirdi. "Ey Quraysh ahli! Muhammad va uning izdoshlari karvoningizga hujum qildi!

Borib Abu Sufyonga yordam bering! Bo'lmasa mol-mulkingizdan ajrab qolasiz!" Makkada qo'rquv tarqaldi. Chunki karvonda deyarli hammaning mulki bor edi. Tezlik bilan 950 kishidan iborat qo'shin tayyorlashdi. 100ta otliq va 700 tuya bilan to'liq qurollangan lashkar Badr yerlariga yo'l oldi. Ularni Islomning eng qattiq dushmani Abu Jahl boshlab borardi. Abu Lahab esa betobligini aytib o'rniga boshqa odamni jo'natdi. Quraysh lashkari Badr tomon qo'shin kuylarni aytib yurib borardi. Birozdan so'ng Abu Jahlga xabar keldi. "Karvoning va odamlaringni himoya qilish uchun yo'lga chiqqanding. Ular endi xavfsiz. Ortga qaytaver." Bu xabarni Abu Sufyon jo'natgan edi.

Karvonni eson omon Makkaga olib kelib endi ularga qaytishni aytdi. Qo'shinning aksar qismi qaytish istagida bo'lsa ham Abu Jahl islomga nisbatan dushmanligi sabab qaytishni istamadi. Qo'l ostida to'liq qurollangan sal kam mingta aksar bor edi. Bu qo'ldan boy berib bo'lmas imkoniyat edi. Musulmonlarni tor-mor qilishiga ishonchi komil edi. U shunday dedi "Hozir ortga qaytolmaymiz." "Badrga borishimiz kerak. O'sha yerda 3 kun qolamiz. Tuyalarni so'yib sharob ichamiz. Ayollar qo'shiq aytib ko'nglimizni ko'tarishsin. Arablar bizni ko'rish uchun to'planishadi. Anashu ondan boshlab hammasi bizdan qo'rqa boshlaydi." U lashkarni ko'ndirdi. Ular yana yo'lga chiqishdi.

Karvonning Makkaga borgani va Badrga katta qo'shin kelayotganining xabari Payg'ambarimiz alayhissalomga yetib kelgach u zot hayron qoldilar. Bunday bo'lishini kutmagandilar. Shu sabab maslahat uchun sahobalarni to'pladilar. Avval muhojirlardan Miqtod ibn Asvad turib shunday dedi. "Ey Allohnig habibi, biz Banu Isroilning Musoga "Borib Robbing bilan jang qilaver, biz shu yerda kutib turamiz" degan gapini aytguvchi bo'lmaymiz." "So'ngi nafasimizgacha siz bilan birga jang qilamiz." "Robbingiz nimani buyurgan bo'lsa shuni bajaring. Biz sizga ergashamiz." Bu so'zlar Payg'ambar alayhissalomni xursand qildi. Ammo Ansorlarning fikrini ham eshitmoqchi edilar.

Chunki Aqaba bay'atida ular u zotni Madina ichida himoya qilishga bay'at berishgan edi. Madinadan tashqarida ham shu va'daga sodiq turishadimi? Sa'd ibn Muoz turib shunday dedi. "Ey Allohning elchisi, sizga iymon keltirdik. Sizga ishondik. Bizlarga keltirgan narsangiz haq ekaniga guvohlik beramiz. Gaplaringizga quloq solib sizga itoat qilishga qasam ichdik." Bir soniya o'ylab ko'ring. Biz payg'ambar alayhissalomning qo'shinlari safida Badr maydoniga qarab ketmoqdamiz. Ularning gaplarini ayta olarmidik? Balki hozir "Albatta, men ham shu gaplarni aytgan bo'lardim" deyotgandirsiz. Gapirish oson, ammo unga amal qilish ancha qiyin ish. Bugungi kunga qarasak.

Payg'ambar alayhissalomning vazifasi hali ham davom etyaptimi? Albatta. Ammo u uchun biz nima qila oldik? Birgina ibodatni qoim qilmaslik uchun bahonalar ortiga berkingan ham biz emasmi? Sa'd ibn Muozning so'zlarini eshitgach payg'ambarimiz yuzlaridagi havotir yo'qoldi. So'ng shunday dedilar, "Alloh azza va jalla karvon yoki g'alaba ikkisining birini nasib qilishni va'da qildi." Allohga qasamki, dushmanning halok bo'ladigan muayyan joylarni ko'rgandekman. Allohning yordami sizlar bilandir." Jang qilish qarori qabul qilindi. Qarshilarida tish tirnog'igacha qurollangan uch baravar katta qo'shin turardi. Ammo musulmonlar uchun bu to'siq bo'lolmasdi. Ularning jasorati iymonlaridan paydo bo'lgan.

Ularning yordamchisi esa qudrati hamma narsaga yetadigan Alloh edi. Payg'ambarimiz alayhissalotu vassalom qo'shinni suv quduqlari oldiga joyladilar. Anashunda 30 yoshli bo'lgan va jang strategiyalari bilan mashhur bo'lgan sahoba Hubob ibnul Munzir Rasulullohning oldilariga kelib so'radi. "Yo Rasululloh, bu joylashuv Alloh tomonidan vahiy qilidimi?" Rasululloh "Yo'q, bu joyni jang rejasi sifatida o'zim tanladim" dedilar. Buni eshitib Hubob taklifini bildirdi. "Ma'zur tuting ey Allohning rosuli, lekin bu joy menimcha yaxshi joy emas. Keling, Qurayshliklar joylashgan joyga yaqin joydagi suv bo'yiga chodir tikamiz. U yerda toza suvga boy quduq bor.

Avvalo chuqur qazib uni suvga to'ldiramizda boshqa quduqlarni to'sib qo'yamiz. Anashunda qachonki chanqasak o'sha suvdan ichamiz. Ular esa suvsiz qolib ahvollari tang holatga yetadi." Payg'ambar alayhissalom bu taklifni aqlli deb topib qabul qildilar. Ko'ryapsizmi, Rasululloh maslahatli ishni qadrlaganlar. U zot "Payg'ambar menman, men nima desam shu bo'ladi" demadilar. Yana bir bor har bir sohada namuna ekanlarini isbotladilar. Endi jang rejasiga navbat yetdi. Payg'ambar alayhissalom qo'shinni oqilona joyladilar. U zot kamonchilarni orqaga o'tkazib nayzali jangchilarni esa old qatorga qo'ydilar. So'ngra shunday dedilar "Safni tark eta ko'rmang. o'rningizni bo'sh qoldirmang.

Qimirlamay turing. " Buyruq bermagunimcha jangga kirishmang. Dushman yaqin kelmasidan avval ularga o'q otib o'qlaringizni behuda ketkazmang. Dushman qalqonini tushurgachgina o'q uzing. Dushman yaqin kelgach nayzalaringizni ishlating. Eng so'ngida esa qilich. Uni birga-bir to'qnashuvda ishlating." Musulmonlar Quraysh bilan yuzlashishga tayyor. Tun kirgach hamma uyquvga ketib dam oldi. Bir kishidan boshqa hamma. Allohning Rosuli alayhissolatu vassalom. Tunni Allohga duo qilish bilan o'tkazdilar. "Ey Alloh, va'dangga vafo qil. Ey Alloh, agar manashu musulmon lashkari yo'q qilinsa yer yuzida senga ibodat qilguvchilar qolmaydi." Ushbu duoga esa Qur'onda javob berildi.

Anfol surasining to'qqizinchi oyati. O‘shanda Robbingizdan madad so‘raganingizda, sizni so‘rovingizni ijobat qilib: «Albatta, men sizlarga ketma-ket keladigan mingta farishta ila madad beruvchiman”, dedi. Ha, Alloh o'zi yo'lida jang qilayotgan manashu ozchilik kishilarni tashlab qo'ymas edi. U ularni o'zining ko'rinmas farishtalar qo'shini bilan qo'llab-quvvatladi. Nihoyat jang kuni yaqinlashdi. Quraysh qo'shini Badr yerlariga yetib borgach ko'rgan manzaralaridan titray boshlashdi. "Hamma quduqlarni o'zlashtirib olishibdi." Strategik ahamiyatli barcha hududlarni Musulmonlar qo'lga olgan edi. Ammo katta adadiga ishonib g'alabaga oson erishamiz deb o'ylashdi.

Ikki qo'shin bir-biriga ro'baro' kelganda 313 musulmon va 950 quraysh lashkari qarama-qarshi turardi. Ahadun Ahad (Alloh yagona!) O'rtadagi farq dahshatli. Ustunlik Quraysh tomonda edi. Ammo ruhiy jihatdan vaziyat butunlay teskari. Maydonning bir tomonida Takbir sadosi bong urardi. Allohu Akbar! Boshqa tomonida esa qo'shiq ovoz eshitilardi. Bir tomonda Allohdan kuch olib, zulmga qarshi turgan qo'shin, ikkinchi tomonda esa faqat zulm qilish va qon to'kish uchun kurashgan qo'shin turardi. So'ng Quraysh rahbarlaridan biri Utba ibn Rabia ukasi Shayba ibn Rabia va o'g'li Valid bilan oldinga chiqishdi. Bu Muboraza nomli jang urf odati edi.

Jangdan avval, bitta, ikkita yoki uchtadan jangchi duel uchun oldinga chiqardi, shundan so'ng haqiqiy jang boshlanardi. Ansorlardan uch kishi, Avf, Mu'avviz, va Abdullah ibn Ravoha oldinga chiqishdi. Utba ularga mensimagandek qaradida "Kimsizlar?" deb kuldi. Hey Muhammad! Bizga munosib raqiblarni jo'nat! U boshqa birov bilan jang qilishni istamasdi. Faqatgina Banu Hoshimga g'azab qilardi. Shunday qilib Rasululloh Madina musulmonlarini chaqirib oldilar. Ammo o'rniga kimlarni tanlaydilar? Muhojirlardan Ubayda ibnul Horis, Hamza, va Alini jo'natdilar. - "Kim kelyapti?" - "Ubayda va Ali." Ali? Uchinchisi kim bo'ldi? - Hamza. - Hamza? Tamom bo'ldik.

Uchchovlari ham Payg'ambar alayhissalomning o'z oilalaridan edi. Bu safar Utba raqiblaridan ko'ngli to'lib jangni boshladi. Hamza Shayba bilan. Ali Valid bilan. Ubayda esa Utba bilan jang qildilar. Bir necha zarbadan so'ng Ali va Hamzaning raqiblari yerga yiqilishdi. Ammo Ubayda va Utba tinmay jang qilishardi. Urf odatga ko'ra o'z raqibini yer tishlatgan jangchi sheriklariga yordam berishi mumkin edi. Hamza va Ali Ubaydaga yordam berib Utbani qatil qilishdi. So'ngra jarohatlangan Ubaydani Rasululloh huzurlariga olib bordilar. Qon to'xtamay oqayotgan bo'lsa ham u bunga parvo qilmasdi. Hayoli boshqa joyda edi. U shunday derdi.

"Ey Allohning Rasuli, men shahid bo'ldimmi?" "Ha Ubayda, sen shahid bo'lding." Bu so'zlarni eshitib Ubaydaning yuzi yorishib ketdi. Ko'p o'tmay o'lim topdi va shahidlik unvoniga sazovor bo'ldi. U shahidlardan bo'ldi. Yuzida tabassumi bilan o'ldi. Chunki shahidlik, Alloh yo'lida jon berish, o'lim emas balki oshiqning mashuqiga erishishidir. Quraysh qo'shini hayron. Ichlaridagi eng qo'rqmas kishilar, Qurayshning qudratli rahbari Utba, uning ukasi Shayba, hamda o'g'li Valid, Badr maydonida jonsiz yotardi. Qo'shin ruhiyatini ko'tarish uchun Abu Jahl shunday dedi. "Utba, Shayba va Validning o'limidan qo'rqmanglar! Ularning o'limi besamar ketmaydi! Qasam ichamanki bugun g'alaba bizniki!

Muhammad va uning izdoshlari bizning oldimizda juda kichkinadir!" So'ng qo'shinni qayta safladi. Buyruq berilgach ikkala tomon ham jangga oshiqdi. Shiddatli jang boshlandi. Rasulullohning o'zlari sahobalar bilan old qatorda jang qildilar. U zot "Men payg'ambarman, sizlar jang qiling demadilar." Balki ularni ruhlantirib so'zlari bilan dalda berardilar. Shu darajada jasurlik bilan jang qilganlaridan keyinchalik Ali, "O'sha kunda eng qo'rqmas kishi u zot edilar. Hech kim dushmanga Rasulullohdan ko'ra yaqinroq emasdi" derdi. Hamza, Ali va Umar roziallohu anhular yo'lida kimki chiqsa ikkiga bo'lib o'tib ketishardi. Oldinga intlar ekanlar dushman aksarini birma bir qilichdan o'tkazishardi.

Sahobalar bor kuchlari bilan jang qilishardi. O'sha kunda jang maydonida Abul Buxtoriy ibn Hishom ham bor edi. Bu ism esingizdami? Musilmonlar ta'qiq ostida qolganlarida besh kishi bir reja bilan chiqqan edilar. Ular ko'chalarda yurib ta'qiqqa qarshi gapirib odamlarni insofga chaqirishgan edi. Abul Buxtoriy anashu besh kishining biri edi. Taqiqning tugashiga uning ham hissasi qo'shilgandi. Endi u ham Jang maydonida, ammo musulmonlar tomonida emasdi. Urush boshlanishidan avval Rasululloh ba'zi kishilarga ziyon yetkazilmasin degan edilar. Abu Buxtoriy ham ulardan biri edi. Bu minnatdorchilik va sadoqatning ajoyib namunasi emasmi? Payg'ambar alayhissalom unga yana bir imkonni berayotgan edilar.

Jang davomida Abul Buxtoruy sahobalardan biri Mujazzir ibn Ziyod bilan yuzma yuz keldi. Ammo Mujazzir u bilan jang qilmadi. Payg'ambarning buyrug'i esida edida. Abul Buxtoriy bu holga tushunolmay so'radi "Nega men bilan olishmayapsan?" Mujazzir Payg'ambarimizning so'zlarini aytganda Abul Buxtoriyning jahli chiqib baqirdi. "Shunday degan bo'lsa ham baribir sen bilan jang qilaman!" Payg'ambarimizning rahm shafqatini rad etib Mujazzirga tashlandi. Mujazzir chap berishga urundi ammo boshqa imkoni yo'q edi. Qarshi zarba berdi. Oxirida esa Abul Buxtoriyni qatil qildi. Jang avj pallasiga chiqdi. Allohning Rosuli bir siqm tuproq oldilarda dushman tomon sochib shunday dedilar.

"Ularning yuzlari qaro bo'lsin! Ey Alloh, qalblarini qo'rquvga to'ldir, oyoqlarini titrasin!" Anashu bir siqm tuproq butun dushman ko'ziga kirdi. Ko'zlari ko'r bo'ldi. Alloh subhanahu va taolo ushbu hodisani Qur'onda bayon qildi. "Otgan paytingda, sen otmading, balki Alloh otdi" Ko'p o'tmay misli ko'rilmagan chang to'zon ko'tarildi. Hech nimani ko'rib bo'lmasdi. Quraysh har tomonga qarab qochdi. So'ng ikkinchi va uchinchi marta shamol keldi. Alloh va'dasida turib farishtalarini yordamga jo'natdi. Quraysh yoqa ushlab qoldi. Chunki 300 kishilik qo'shin deb o'ylagan edida. Ammo to'satdan Musulmon qo'shini ko'z oldlarida o'ta katta va qudratlidek tuyildi.

Jangdan avval, ular biz uchun hech nima emas, degan Abu Jahl esa yashirinish uchun joy qidirib qoldi. Islomning dushmani ortidan hamma yugurdi. Uni o'ldirishni hamma istardi. Ansorlardan ikki kishi Abdurahmon ibn Avf oldiga kelib Abu Jahl kim deb so'rashdi. Ibn Avf "Uni nima qilmoqchisiz?" deb so'radi. "U Payg'ambarni haqorat qilgan deb eshitdim. Uni ko'rishim bilan ikkimizdan birimiz halok bo'lmagunimizcha ortimga qaytmayman deb Allohga va'da berganman." Bu ikki jasur kishi Muoz va Muavviz edilar. Anashunda Abdurahmon ibn Avf Abu Jahlni ko'rib unga ishora qildi. "Ana u" Ikkisi ham uning oldiga yugurishdi. Abu Jahl ularni jiddiy qabul qilmadi. Mazax qilib shunday dedi "Ahmoq bolalar.

O'lgilaring kelib qoldimi?" Ammo u o'ylaganchalik bo'lib chiqmadi. Muoz yaqin kelib oyog'iga zarba berdi. So'ng Abu Jahlning o'g'li Ikrima kelib Muozga tashlandi. Anashunda Muavviz ikkinchi zarba bilan Abu Jahlni qulatdi. "Ummatning Firavni rostdan ham o'ldimi?" Ikkisi ham payg'ambar alayhissalomning oldilariga borib Abu Jahlni o'ldirganliklarini aytishdi. Rasululloh ishonch hosil qilmoqchi edilar. Sahobalarga o'liklar orasidan Abu Jahlni qidirishni buyurdilar. Abdulloh ibn Masud uni topdi. Abu Jahl hali o'lmagan edi. U so'ngi nafasini zo'rg'a olardi. Ibn Mas'ud oyog'ini unga tirab shunday dedi. "Ey Allohning dushmani. Ko'rdingmi?

Alloh seni xor qildi!" O'layotgan bo'lsa ham takabburligi qolmadi. U shunday dedi. "Oyog'ingni baland joyga qo'yding cho'ponning o'g'li. Buyuk insonning o'z xalqi va qabilasi tomonidan o'ldirilishi yangilik emas. Aytchi, kim bugun g'olib bo'ldi? Ibn Masud "Alloh va uning Rosuli". Bu so'zlar bilan uni o'limidan avval ruhan o'ldirdi. Abdulloh ibn Masudni eslaysizmi? U Kabaning oldiga borib Ar Rahmon surasini ochiqdan ochiq qiroat qilgan edi. Ammo mushriklar darhol unga tashlanib joni uzilar holgacha do'pposlashgan edi. Endi falak gardishi o'zgardi. Abu Jahlning qilichini oldida so'ngi zarba bilan uning hayotiga nuqta qo'ydi. Bu yerda yana bir ajoyib hodisa mavjud.

Jang boshlanishidan avval Payg'ambar alayhissalom Quraysh rahbarlari o'lim topadigan aniq joylarni ko'rsatgan edilar. Abu Jahl aynan u zot aytgan joyda o'ldi. Yana bir rahbar Ummayya ibn Xalaf payg'ambarimiz ko'rsatgan joyda halok bo'ldi. Shuningdek boshqalar ham. Umar keyinchalik shunday derdi. "U zotni haq bilan yuborgan Zotga qasamki, ularning birortasi ham Rasuli Akram qo'lini qo'ygan joydan boshga joyda o'lmadi.". Allohning mo'jizasi bo'lib u zotga nafaqat kimlar o'lishi balki qayerda o'lishigacha ayon qilingan edi. Makka rahbarlari birma bir o'ldirilganini ko'rgach Quraysh qo'shini har tomonga tarqab ketdi. Mushriklar ortlariga qaramay urra solib qochib qolishdi.

Aslida bu hodisalar ancha avval Qur'onda bayon qilingan edi. Qomar surasining 44- va 45-oyatlarida Alloh shunday deydi. "Am yaqooloona nahnu jamee'un muntasir. Sayuhzamul jam'u wa yuwallounad-dubur." Ma'nosi: "Yoki, Biz nusratga erishuvchi jamoatmiz, deyishadimi?! U jamoa tezda yengilar va orqalariga qarab qocharlar." Makka kunlarini eslaysizmi? Musulmonlar mushriklarga qaraganda juda oz edilar. Har tomonlama qiyinchilik ko'rardilar. Bir qarasangiz uch yillik ta'qiq ostida. Ba'zida toshbo'ron qilindilar, ba'zida esa kaltak yeb masxara qilindilar.

Musulmonlar hali juda zaif bo'lgan bir paytda, ushbu oyatlar ular tez orada qudratli Makka shahri ustidan g'alaba qozonishlarini bashorat qilgan edi. Unda "Orqa o'girib qochib qolishadi" deyilgandi. Eng og'ir qiyinchilik davrida vahiy qilingan bu bashorat yana bir bor Qur'onning haqiqatini, ya'ni u Alloh tomonidan yuborilganligini isbotladi. Alloh va'dasiga vafo qilib ularga g'alabani nasib etdi. "Towards Eternity" jamoasi sifatida ushbu sun'iy intellekt vizuallashgan seriyani taqdim etish uchun tinimsiz mehnat qildik. Endi esa, InshaAlloh, ulug‘ Payg‘ambarlarimiz alayhimussalom hayotlari haqida yangi videolarni tayyorlamoqchimiz.

Muso, Ibrohim, Yusuf, Yunus alayhimussalom kabi zotlar haqida. Oilangiz bilan ularning qissalarini "Towards Eternity" kanalida tomosha qilib boring. Biroq, yangi turkum videolarni tayyorlash katta xarajatlarni talab etadi. Sun'iy intellekt, professional ovoz berish va uskunalar. Afsuski, buni yolg‘iz o‘zimiz qoplay olmaymiz. Bu loyihani faqat yordamingiz bilan yakunlay olamiz. Jamoamiz jami ehtiyojni 25 dollarlik hissa bo‘laklariga bo‘ldi, shuning uchun imkoningizga qarab bir yoki bir nechta hissa bilan homiylik qilib qo‘llashingiz mumkin, InshaAlloh. Xayrli ishlarning bir qismi bo‘lishni istasangiz, "Towards Eternity"ga ehson qiling va bu oltin imkoniyatni boy bermang.

Badr maydonida 14 musulmon shahid qilindi. Ular o'z hayotlarini Islom uchun qal'a, Rasululloh uchun esa qalqonga aylantirgan jasur odamlar edilar. Unda tirik qolganlar esa bundan buyog'iga As'hobul Badr deb ataladigan bo'ldi. Chunki Badr oddiy jang emasdi. Musulmonlar uchun ehtimol bu eng tahlikali jang bo'lagndir. Chunki son jihatdan juda oz edilar. Shu yerda mag'lub bo'lishsa sonlari yanada ozayishi aniq edi. Bu Quraysh uchun Musulmonlarni butunlay yo'q qilishning ajoyib imkoniyati bo'lardi. Dushman tomon qanday bo'ldi? Jangda Qurayshdan 70 kishi o'ldirildi. Va yana shunchasi asir olindi. Xo'sh, ularni nima qilishadi? Ikkita shart qo'yildi.

"Rasululloh sizlarga ikki yo'lni taklif qiladilar. "Ozodligingiz uchun yo tovon to'laysiz yoki Madinalik 10ta bolaga yozish va o'qishni o'rgatasiz." Faqat manashu shart bilangina ozod bo'lish mumkin. Bu bilan Islom ilm fanni qanchalar ulug'lashi ko'rsatildi. Asirlar ichida payg'ambar alayhissalomning amakilari Abbos ham bor edi. U Quraysh tomonida jang qilgan edi. Boshqalar kabi u ham yo tovon to'lashi yoki 10ta Madinalik bolalarga o'qish yozishni o'rgatishi kerak edi. Ammo u Rasululloh alayhissalomga "Mening pulim yo'q" dedi. Shunda Allohnig Rasuli, "Ey Abbos, oltin-chi? Makkadan chiqayotganingda ayoling Ummul Fazlga bergan oltin-chi? Unga berganingda atrofingizda boshqa hech kim yo'q edi.

Va unga "Bu safarda menga nima bo'lishini bilmayman. Agar nimadir bo'lib qaytmasam, shunchasi senga, shunchasi Fazlga, shunchasi Abdullohga, Shunchasi Ubaydullohga, va shunchasi Qusamga." degan edingku. O'sha oltin qayoqda qoldi?" deb so'radilar. Hammasi Payg'ambar alayhissalom aytkanlaridek bo'lgan edi. Abbos o'zini yo'qotib qo'ydi. Shunda u "Buni senga kim aytdi? Allohga qasam bu haqida faqat men va Ummul Fazldan boshqa hech kim bilmasdi." Rasululloh "Alloh aytdi" dedilar. Bundan avval Abbos Islomni maxfiy qabul qilganmidi yo'qmi aniq emasdi. Hali ham shubha qilardi. Ammo anashu kuni bu mo'jizani ko'rgach u ham musulmon bo'ldi.

"Ashhadu an la ilaha illallah, wa ashhadu anna Muhammadan Rasulullah." Makkaga qaytib iymonini sir tutdi. U yerda turib Payg'ambar alayhissalomga maxfiy xabarlar yuborib Makkadada qolgan musulmonlarga yordam qilar edi. Yana bir asir Suhayl ibn Amr edi. U kuchli notiq bo'lib o'tmishda musulmonlarga qattiq gaplarni aytmish edi. Umar roziallohu anhu Suhaylni yaxshi bilgan. U Qurayshning yetakchi kishilaridan edi. Umar uni asirlar orasida ko'rib "Yo Rasululloh, ruxsat bering anavi kishini tishlarini qoqib olay.

Shunda qaytib sizga qarshi gapira olmaydi." "Ta'sirli so'zlari bilan Qurayshni bizga qarshi turishga ruhlantirardi." Lekin rahm shafqatli bo'lgan Payg'ambar alayhissalom, asl ma'nosi yillar o'tib aniq bo'lgan ushbu so'zlar bilan javob berdilar: "Uni tinch qo'y Ey Umar. Umid qilamanki kun kelib u seni hursand qiladigan maqomda bo'ladi." Suhayl keyinchalik Islomni qabul qildi. Payg'ambar alayhissalom vafot etgan kunda, Makka g'am qayg'udan ezilib turganda u o'z so'zlari bilan qalblarga taskin berdi. Ichki dunyolari vayron bo'lgandek g'am chekib turishar ekanlar, Suhaylning mayin so'zlari olamon qalbiga orom kiritdi.

Va anashu kunda Umar roziallohu anahu Payg'ambar alayhissalomning so'zlarini nihoyat tushunib yetgan edi. Ushbu g'alaba bilan Musulmonlarning kuchiga hech kim past nazar bilan qaray olmay qoldi. Madinada hursandchilik bo'lar ekan Makka qayg'uga to'ldi. Shaharning eng muhim kishisi anashu jangda yo'q bo'ldi. Abu Lahab esa o'zi tobi yo'q, va uning ustiga qari edi. Ushbu shumxabarni eshitib ahvoli battar bo'ldi. Hasrat va qayg'uga yengilib bir hafta deganda u ham vafot topdi. Uning kasali yuqumli bo'lishidan qo'rqib hatto o'z o'g'illari ham bir muddat unga yaqin kelishmadi. Jasadning hidi chidasa bo'ladigan holga kelgach uni sudrab olib borib hech kim bilmas joyga ko'mib kelishdi.

Shunday qilib Islomning yana bir ashaddiy dushmani yo'q bo'ldi. Hammasi Musilmonlar foydasiga bo'layotgan edi. 14 kishi shahid bo'lgach Musulmonlar Badrdan qaytishdi. Jang dushmanning yer tishlashi evaziga hal bo'ldi. Musulmon qo'shini g'alaba nashidasi bilan xursandchilik qilardi. Bu xursandchilik uzoqqa cho'zilmadi. "Yo Rasululloh... qizingiz... Ruqiya... u kishi vafot etdi." Allohning Rasuli kelgach daxshatli xabarni eshitdilar. Bundan chuqur qayg'uvga tushdilar. Qizlarining so'ngi onlarida yonida bo'lolmadilar. Rasululloh shunday degandilar.

"Eng qattiq sinovlarga duchor bo'ladiganlar avval payg'ambarlar, keyin esa diniy e'tiqodlariga ko'ra eng yaxshi insonlardir." Bunday holat birinchi marta yuz berayotgani yo'q. Bundan avval o'g'illari Qosim va Abdullohni o'z qo'llari bilan ko'mganlar. Bundan tashqari katta qizlari Zaynab ham bor. U Islomdan avval turmush qurgan. Ammo eri Abul Os hali musulmon bo'lmagan edi. Badr kunida Abul Os ham asirlar ichida edi. Allohning Rosuli Zaynabni Madinaga jo'natish sharti bilan uni ozod qildilar. U payti Zaynab homilador edi. Badrdagi holatga bo'lgan nafratlari tufayli mushriklar unga ziyon yetkazmoqchi bo'lishdi. U endi ketay deb turganida ular uning tuyasini vahshiylarcha hurkitishdi.

Zaynab tosh ustiga yiqildi. U homilasini yo'qotgan edi. U manashu holida Madinaga keldi. Otasi uni chuqur qayg'u bilan kutib oldilar. Nabirasidan ajralganiga g'am qilsinlarmi yo qizlaridan ajralganlarigami? Homila tushishi Zaynab sog'ligiga uzoq ta'sir qildi. Bir necha yildan so'ng u ham vafot etdi. Birgina farzandini yo'qotish o'ta og'ir azob. Buni boshidan kechirganlar biladi. Ammo Rasululloh alayhissolatu vassalom bu holatga bir emas 6 marta sabr qildilar. U zotning sinovlari faqat yaqinlarini yo'qotish bilan cheklanib qolmadi. Alloh u zotga ushbu sinovlarni hikmat bilan yuborgan. U zotning hayotlari mashaqqatsiz bo'lganida qanday qilib bizlarga namuna bo'la olar edilar?

Hayotda qiyinchilikka uchraganlarni qanday qilib to'g'ri yo'lga boshlay olardilar? 1400 yildan beri u zotning ummatidan kimki qiyinchilikka uchrasa Siyratdan panoh topgan. Hammalari o'z qiyinchiligini u zotning hayotlarida ko'rardi. Rasulullohning yana bir o'ziga xos xislatlaridan biri, shuncha qiyinchiliklardan o'tsalar ham, baribir tabassumlarini yo'qotmadilar. Robbisiga qalbini ochib, bor dardini to'kib sochib undan panoh so'rardilar. Har ishda yaxshilikni ko'rib doim yorqin tomonga e'tibor qilardilar. U zot go'zal umid ila fikrlardilar. Manashunday qilib u zot qayg'ularini ortda qoldirardilar. U zot Alloh bergan yangi ne'matlarga e'tibor qaratib ulardan yupanch topardilar.

Ulardan biri qizlari Fotimaning nikohi bo'ldi. Hamma odamlar ichida faqat qizlari Rasulullohni eng ko'p aks ettirar edi. Va u bolaligidan Rasulullohning qo'llarida katta bo'lib ta'lim olgan Ali roziallohu anhuga turmushga chiqaytogan edi. Rasulullohning muborak nasl-nasablari Fotima va Ali roziallohu anhular bilan davom etadi. Juda sodda va kamtarona to'y bilan, hech qanday shov-shuv va dabdabasiz, tinch va yoqimli uy qurildi. Anashu uyga ikki farzand, Hasan va Husayn ne'mati berildi. Payg'ambar alayhissalom nabiralariga tengi yo'q mehr-muruvvatni ko'rsatdilar. Allohning Rosuli Hutba qilayotgan edilar. Shunda naribarali Hasan va Husaynga ko'zlari tushdi. Ular bizning oldimizda o'tirishardi.

U zot minbadran tushdilarda nabiralarini ko'tarib yana qaytib chiqib oldilar. Rasululloh namoz paydi sajdada turar ekanlar Hasan u zotning yeklalariga chiqib oldi. U zot nabirasini bezovta qilmaslik uchun sajdada uzoq vaqt qimirlamay turdilar. U zot "Ular mening dunyodagi rahyonlarim." derdilar. Ularning peshonalaridan o'pib hidlariga to'yib doim yonlarida olib yurardilar. Bunday mehr muhabbat, ayniqsa anashu zamon uchun o'ta noodatiy edi. Bir kishi Rasulullohning Hasanni o'pganini ko'rib so'radi. "Bolalaringizni o'pasizmi? Meni 10ta bolam bor, lekin birortasini o'pmaganman." Rasululloh javob qaytarib "Boshqalarga rahm-shafqati yo'q insonga rahm-shafqat qilinmaydi" dedilar.

Faqat nabiralariga emas balki barcha bolalarga mehr ko'rsatardilar. Payg'ambar alayhissalom Madinaga kelganlarida 12 yoshli Anas ibn Molik ismli bolakay u zotning xizmatini qilish uchun olib kelindi. Rasululloh unga shunday ishonch bag'ishladilar, uni shunday g'amxo'rlik va mehr bilan tarbiyaladilarki, Anas ajoyib inson bo'lib ulg'aydi. Bu bilan Rasululloh farzand tarbiyasini amalda ko'rsatdilar. Anas roziallohu anhu keyinchalik shunday derdilar. "Rasululloh menga hech qachon qattiq gapirmaganlar. Va biror ishni qilib qo'ysam "Nega bunday qilding?" demadilar ham, va qilmagan ishimni "Nega qilmading?" ham demadilar." Payg'ambarimizga xizmat qilib u zotning qaramog'ida 10 yil yurdi.

So'ngra Anas sahobalarning eng hurmatli va ilmli kishisiga aylandi. Rasululloh sollollohu alayhi vassallam qizlari Fotimani jasorati, chuqur bilimi va donoligi bilan tanilgan va maqtalgan Aliga turmushga berdilar. Qizlari Ummu Kulsumni esa "Jannatdagi hamrohim" deb ataganlari Usmon roziallohu anhuga turmushga berdilar. Usmon shu darajada hayoli kishi ediki, undan hattoki farishtalar ham hayo qilib uning oldida uyalib turishar ekan. U kishi o'ta hurmatli sahoba bo'lib Payg'ambar alayhissalomga ikki marta kuyov bo'lish sharafiga munosib bo'ldi. Shunday qilib Allohning Rasuli suyukli gullarini yer yuzidagi ikki eng fazilatli yigitlarga uzatdilar. Ammo Payg'ambar alayhissalomning o'zlarichi?

Xadicha roziallohu anhodan keyin yana uylandilarmi? Payg'ambar alayhissalom Madinaga kelganlarida Musulmonlarning soni keskin oshganini ko'rdilar. Albatta ularning hammasi erkaklar emasdi. Juda ko'pchilik sahobiy ayollar ham bor edilar. Ular ham dinni o'rganishni istar edilar. Ammo Payg'ambar alayhissalomga har doim ayollar bilan ko'rishish noqulay edi. Undan tashqari ayollar u zotdan barcha masalalarni so'ray olishmasdi. Axir u zot erkak kishi, ba'zi masalalarni so'rashga hijolat bo'lishardi. Shuning uchun ularga dars beruvchi ayol zarur edi. Va o'sha ayollar Payg'ambar alayhissalomning ayollari bo'lib ular ummatning ayollariga ustoza bo'lishdi.

Ular payg'ambar alayhissalomdan so'ray olmaydigan masalalarini u zotning ayollaridan so'rab istagan payt ulardan dars olishardi. Sahobalar kunlab vaqtlarini Rasulullohning odatlarini o'rganish bilan o'tkazishardi. Ammo o'z uylarida oila davrasida qanday hayotda yashaganlarini ko'ra olishmasdi. Bu narsalarni u zotning ayollari boshqalarga o'rgatishi mumkin edi. Shu sabab Makkadalik davrlarida Rasululloh 25 yil bir xotin bilan yashagan bo'lsalar, Madinaga hijrat qilganlaridan so'ng esa bir nechta xotinlari bilan yashadilar. Afsuski ba'zi Islom dushmanlari u zotni shahvatparastlikka berilgan deb ayblar qo'yishgan, Alloh saqlasin.

Ular boshqa ayb nuqson topa olishmagach manashu yo'lga o'tib olishgan. Ammo u zotning hayotlari bu tuhmatlarni yo'qqa chiqaradi. 25 yoshlarida, qabilaning ko'pchiligi tomonidan maqtalgan paytlarida u zot 40 yoshli Xadicha roziallohu anhoga uylandilar. Agar istasalar, istalgan kishi u zotga o'z qizini turmushga bergan bo'lar edi. Va 50 yoshlarigacha umuman uylanmadilar. Insonda shahvat hirsi 15 yoshdan 40 yoshgacha kuchli bo'ladi. Anashu davrda ham u zot birgina ayol bilan yashab iffat va odob ahloqning mukammal timsoli bo'ldilar. U zot 50 yoshlaridan keyingina u zot birdan ortiq ayollarga uylandilar. Buning sababi esa diniy ta'lim edi xolos.

Ummatning yarmi ayollar bo'lsa qolgan yarmi anashu ayollar qo'lida tarbiya topadigan o'g'illar. Shu sabab ayollar ta'limi o'ta ahamiyatli edi. Shu sabab payg'ambarimiz alayhissalom har xil xislatga ega bo'lgan ayollarga uylandilar. Albatta bu kerakli narsa, chunki dinimizning deyarli yarmi odamlarga payg'ambar alayhissalomning ayollari tomonidan o'rgatilgan. Ularning oralarida eng e'tiborlisi onamiz Oisha roziallohu anho edilar. U o'ta aqlli va dono ayol bo'lgan. Qachonki musulmonlar o'zlari hal qila olmagan yoki tushuna olmagan masalaga duch kelishsa onamizning oldlariga borishib parda ortidan turib savol so'rashardi.

Masalan Abu Muso al-Ash'ariy, Qur'on va Hadis ilmiga boy bo'lgan sahoba bir safar shunday deganlar: "Biz, sahobalar, bizda tasdiqlanishi kerak bo'lgan masala bo'lsa va Oyshadan roziallohu anhodan so'rasak, unda shu to'g'risida ilm borligiga guvoh bo'lardik." U bor kuch quvvati va yoshligini Islomni chuqur o'rganishga bag'shiyda qilgan. Shunday qilib payg'ambar alayhissalomning vafotlaridan so'ng onamiz 46 yil davomida ilm manbayi bo'lib xizmat qildilar. Hamma bilmaganini undan o'rganardi. Bu narsa hammamiz uchun muhim. Dinimizda ikki manbaa bor. Birinchisi Qur'on ikkinchisi esa Payg'ambar alayhissalomning hayot yo'llari, o'gitlari, qissasi u zotning sunnatlari.

Payg'ambar alayhissalom tiriklik chog'larida nimadir bilmoqchi bo'lsangiz o'zlaridan so'rashingiz mumkin edi. Ammo vafotlaridan so'ng-chi? U zotni yaqindan bilgan kishilarga murojaat qilasiz. Eng yaqinlari, ayollari. U zotning har bir lahzasiga guvoh bo'lganlar. Onamiz Oisha esa eng ko'p hadis rivoyat qilgan 7 sahobaning biridir. O'ylab ko'ring, payg'ambarimizning vafotlaridan so'ng barcha ayollari birin ketib o'lib ketganlarida, orada katta bo'shliq qolib ketmasmidi? Yana bir g'alati narsa, yuqorida aytkanimizdek, Payg'ambar alayhissalomning ayollari ko'pligi sabab ba'zilar u zotni shahvatparastlikda ayblashardi. Ammo bu odamlar uning barcha nikohlariga qarashmasdi.

U zot 40, 50 yoshli ayollarga uylanganlar. Ko'p bolali tul xotinlar. Bu nikohlar orqali u zot 12ta yetim bolaga otalik qilib ularni parvarish qildilar. Bugun odamlar bitta bolali bevaga uylanishga o'ylanib o'tirishadi. Uylangan taqdirda ham otalik vazifasini qay darajada ado etadi, Xudo biladi. Ammo anashu 12 yetim bolalarning barchalari payg'ambar alayhissalomga quvonch bilan qarashardi. Manashuncha mas'uliyatni zimmalariga olsalar-u shunda ham nikohlarining shahvatga aloqasi bo'lishi mumkinmi? Bu savolni o'zingizga havola qilamiz. Payg'ambar alayhissalom ayollari bilan qanday muomila qilganlar? Odatda hukumdor o'nlab, kerak bo'lsa yuzlab masalalar bilan shug'ullanadi, to'g'rimi?

Ko'pincha masalalarning ko'piga vaqti ham bo'lmaydi. Ayniqsa o'z oilasi masalasiga kelganda ko'p narsadan voz kechishiga to'g'ri keladi. Ammo Allohning Rosuli vaqtlarini ajoyib taqsimlar edilar. O'ylab ko'ring. Makka bilan to'xtovsiz siyosiy ziddiyatlar. Ularga doim tayyor turishlari kerak edi. Yetmaganida Madinaning o'zida ham juda ko'p muammoli siyosiy harakatlar yetarlicha edi. Ayniqsa munofiqlarning harakatlari va yahudiylar keltiradigan muammolar. Bularning barini keyingi qismda batafsil ko'rib chiqamiz. U zot anashu muammolarni ham hal etishlari kerak edi. Shu bilan birga boshqa arab qabilalari va qo'shni davlatlarga ham ko'z quloq bo'lishlari lozim edi.

Ulardan ham tashqari kuniga besh mahal masjidda imom bo'lishlari kerak edi. O'nlab sahobalar savollariga javob berish bilan birga, albatta. Ularga ta'lim berish kerak. Urush bo'lsa qo'shinga boshchilik qilardilar. Har tunda uyqularidan bedor bo'lib namozda qoim bo'lardilar. U zot 1400 yil davomida ummatlaridan hech kim uddalay olmagan darajadagi ibodat hayotini kechirdilar. Ishonavering, Siyrat sahifasini varaqlar ekansiz bu ro'yxat faqat o'sib boradi. U zot manashu mas'uliyatlarni ado etishlari kerak edilar. Va uddalay oldilar. Shu darajada band bo'lgan erkak kishi ayollariga qancha vaqt ajratishi mumkin deb o'ylaysiz?

U zot ayollariga shunday mehr ko'rsatganlarki 1400 yil davomida hech kim bu darajaga chiqa olmagan. Sanoqsiz majburiyatlari bo'la turib qanday qilib ba'zida Oisha bilan musobaqa o'ynashga vaqt topgan ekanlar a? Safiyya onamiz tuyaga chiqmoqchi bo'lganida Rasululloh cho'k tushib tizzalarini pilla poya sifatida tutib turdilar. Shuncha tashvish bilan bu qanday hayollariga keldi ekan? Bir kuni Oisha onamiz payg'ambarimizdan hafa bo'lib ovozlarini ko'tardi. Tashqaridan eshitib qolgan Abu Bakr g'azab bilan kelib qizini urmoqchi bo'ldi. Payg'ambarimiz nima qildi deb o'ylaysiz.

Abu Bakrni to'xtatib qaytarib yubordilarda hazil bilan Oisha onamizga, "Ko'rdingizmi sizni anavi kishidan qutqarib qoldim?" dedilar. Hech bir insonda uchramaydigan darajada sabr-toqat va mehr-oqibat ko'rsatdilar. Jahl qilib qo'l ko'tarish uyoqda tursin, balki hazil qildilar. Bir tomondan ba'zi erkaklar hatto o'zlariga kerak bo'lgan masalada ham ayolining gapini olmaydi. Boshqa tomonda esa eng tahlikali vaziyatlarda ham ayollari bilan maslahat qilib ularning gaplariga quloq solganlarini ko'ramiz. Ayollariga muhabbat izhor qilardilar. Yaxshi sifatlarini aytib maqtardilar va ularni qadrlardilar.

Allohdan vahiy olib turgan bo'lsalar ham, Jabroil bilan gaplashib turganlarida ham, farishtalar oldlarida hurmat bilan sajda qilganlarida ham, qanday qilib xotinlariga mehr-muruvvat ko'rsatgan ekanlar? Javob oddiy. U zot Alloh tomonidan yuborilgan eng yaxshi namuna edilar. Tarix mobaynida barcha mashxur shaxslar bir yo ikkita xususiyati bilan namuna bo'lgan. Ammo payg'ambar alayhissalom har bir xususiyatlarida mukammal o'rnak bo'ldilar. Shaxsiyat, odob ahloq, hammasida. Eng ajoyib qismi nima bilasizmi? Yuqori darajada va birgalikda kamdan kam uchraydigan fazilatlarda ham u zot mukammal o'rnak edilar. Bu nima degani?

Masalan, Agar bir kishi o'ta rahm-shafqatli bo'lsa uning adolatida biror nuqsonni topishingiz mumkin. Yoki o'ta adolatli bo'lsa mehr-muruvvati kam bo'lishi mumkin. U zot barchasida yuqori darajada edilar. Bir kishi o'ta qo'rqmas va jasur bo'lsa kerakli o'rinlarda o'zini tutib tura olmaganini ko'rasiz. Kimdir og'ir bosiq bo'lsa kerak payti jasorat ko'rsatmasligi mumkin. Payg'ambar alayhissalom barcha fazilatlarda hammadan ustun bo'ldilar. Masalan kimdir o'ta shiddatli bo'lsa ehtiyotkorlikni unutib qo'yganini ko'rasiz. Kimdir juda ehtiyotkor bo'lsa uning shiddat bilan harakat qilolmayotganini ko'rasiz. Payg'ambar alayhissalom barcha fazilatlarda hammadan ustun bo'ldilar.

Tinchlikparvar edilar, ammo shu bilan Alloh yo'lida eng kuchli nafratni ko'rsata olardilar. Tejamkorlikda ham, sahiylikda ham u kishiga yetadigan inson yo'q edi. Va hokazo. Badiyuzzamon manashu solishtirishlarni keltirar ekan u Rasulullohni "Mo'jizalarning mo'jizasi" deya ta'riflaydi. Rasulullohning hayoti va fazilatlariga to'xtalib o'tdik, endi Badrdan keyin masalaga qaytaylik. Esalsangiz Payg'ambar alayhissalomning tashvishlaridan biri Madinadagi ajralishlarning oldini olish edi. Shuningdek yahudiylar keltirayotgan zararni ham eslash lozim. Nizolardan saqlanib tinch yashash uchun, Payg'ambarimiz hijratdan so'ng shartnoma tuzgan edilar. Ular rozi bo'lishdi.

Badrdan so'ng Madina yahudiylari ichida taranglik yuzaga keldi. Musulmonlar g'alabasi ichlaridagi nafratni yaqqol yuzaga chiqardi. Payg'ambarimiz va musulmonlarni haqorat qiluvchi she'rlar yoza boshlashdi. Boshqa ishlar bilan ham ig'vo qilmoqchi edilar. Ammo bir ishlari hammasidan oshib tushdi. Bir kuni Muslima bir ayol Yahudiylarning Banu Qaynuqa urug'iga tegishli taqinchoq do'koniga boradi. Kamtarlik bilan yuzini to'sib olgan edi. O'sha yerda o'tirganda ba'zi yahudiylar uning g'ashiga tegib yuzini ochmoqchi bo'lishdi. Rad etgan payti boshqa bittasi orqadan keldida ayol kiyimining bir uchini boshqa uchiga tikan bilan qistirib qo'ydi. O'rnidan turganida kiyimi ochilib qoldi.

Bu jirkanch ishga yahudiylar kula boshlashdi. Ayol qattiq baqirdi. Buni eshitib sahobalardan biri do'konga kirdi. G'azabga to'lib yahudiyni yoqasidan tutdida uni urib o'ldirib qo'ydi. Boshqa yahudiylar uni urib o'ldirishdi. U shahid bo'ldi. Bu xabar darhol payg'ambarimizga alahissalotu vassalomga yetdi. Shu zahoti Rasululloh Banu Qaynuqo urug'ini to'plab ular bilan gaplashdilar. Ularga muammo tug'dirishni bas qilib takabburona va hurmatsiz xatti-harakatlarini to'xtatishni qat'iy buyurdilar so'ngra Islomga da'vat qildilar. Quloq solib isloh bo'lish o'rniga kibr bilan javob berishdi. "Ey Muhammad. Umrida urush ko'rmagan odamlarni yengim o'zingcha katta ketaverma. Biz ham jangchilarmiz.

Kerak bo'lsa mahoratliroqmiz. Biz bilan jang qilsang ko'rasan qanaqa ekanligimizni." Ochiq tahdiddan so'ng ular ketishdi. Madina shartnomasini buzishdi. Payg'ambar alayhissalom sahobalarni to'plab jangga hozirlandilar. Ularning chaqirig'iga javob qaytarmoqchi edilar. Bunday munosabatni siyrat davomida ko'p ko'ramiz. Qachonki kimdir musulmonlarni masxara qilsa yoki jangga chorlasa, ularning adadi qanchalar ko'p bo'lmasin, hatto minglab qo'shinga ega bo'lsa ham, Payg'ambar alayhissalom ortga chekinmas edilar. Jasorat bilan kurashib musulmonlarning kuchini ko'rsatib qo'yar edilar. Tayyorgarlik tugagach Banu Qaynuqo tomon yo'l oldilar. Yahudiylarning qal'alari baquvvat edi.

Payg'ambarimiz kelayotganini eshitib qal'aga berkinib olishdi. Banu Qaynuqoda 700ta lashkar bo'lib 300tasi sovut kiygan edi. Ular o'zlarini qal'a ichidan himoya qilishga qaror qilishdi. 15 kun davomida qal'ada qolib chiqqani yuraklari dov bermadi. Musulmonlarga qarshi tura olmasliklarini bilgach qo'rquvga yengilib taslim bo'lishdi. Jangsiz taslim bo'lishdi. Payg'ambarimizning ularni qatil qilishga haqlari bo'lsa ham ularni ozod qilib uch kun ichida Madinadan chiqib ketishni buyurdilar. Shunday qilib shartnomani buzganligi uchun Banu Qaynuqo urug'i Madinadan surgun qilindi. Madinada bu ishlar bo'lar ekan, Makkadagi holat ham borgan sari qattiqlashdi.

Quraysh rahbarlari o'ldirilgach Abu Sufyon yangi rahbar bo'ldi. Quraysh qasos olishni qattiq xohlardi. Mag'lubiyat qasosini olishga va'da berib Abu Sufyon 200ta suvuriylar bilan Madinaga yaqin keldi. Ba'zi yahudiylar orqali musulmonlar haqida ma'lumot to'pladi. Madina yaqinidagi Urayz degan joyda, ikki uy va bir necha xurmo daraxtlarini yoqib, ikki musulmonni shahid qildi. 200ta musulmon u tomon kelayotganini eshitgach shu zahoti qochib qoldi. Bu bilan Abu Sufyon qasosimni oldim deb o'yladi. Ammo Qurayshning to'xtash niyyati yo'q edi. Badrda yaqinlarini yo'qotganlar g'azab olovida yonardi. Nihoyat ular kutgan kun keldi. Ularning savdo karvoni qaytdi.

Kelgan foydani bir joyga to'plab qo'shni qabillalardan yordam so'rashdi. So'ngra hujum rejasini obdon o'ylab chiqa boshlashdi. Qasos o'tida kuygan Quraysh 3000 kishilik askar to'pladi. Biyobonda shafqatsiz jang bo'lajak. Endi nima bo'ladi? Kim yutadi? Uhud jangi. Payg'ambar alayhissalom bu kunni "Hayotimdagi eng og'ir ikki kunning biri" deb atagan voqea keyingi qismda bizni kutmoqda. Bizdan uzoqlashmang.