Towards Eternity
Blogga qaytish

Islom “No-dindorlarni o‘ldiring” deydimi? — Kurash, Shariat va Qullik haqida yashirin haqiqat

Nashr sanasi

YouTube’da ko‘rish

Islom insonni qadrlasa, unda nega qullik tushunchasi mavjud? Muhammad sollolohu alayhi vasallam hayotida urushlar bo‘lgan, va Islomda “jang” tushuncha ham bor. Kimdir “Bularni yovuz, vahshiyona tuyulmayaptimi?” desa, nima deysiz? Islom musulmonlarni odamlar musulmon bo‘lmagani uchun o‘ldirishga targ‘ib qilsa, qanday qilib musulmonlar Hindistonda ming yilcha hukmronlik qilishdi? Har bir Hinduni qirib tashlashlari mumkin edi, to‘g‘rimi? Shariat degani qonunchilik degani. Islomiy shariat, fransuz shariati, anglo-sakson shariati mavjud. Barcha shariatlar yaxshi, foydali. Lekin islomiy shariat bilan boshqa barcha qonunchiliklar o‘rtasidagi yagona farq — bu mukammallikdir.

Abraham Linkoln jasur inson edi, bir kun 4 million qulni ozod qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini imzolagan. Natijada yarim million kishi halok bo‘lgan, yarim millioni esa nogiron bo‘lgan fuqarolar urushiga sabab bo‘ldi. Islom musulmonlarning qalbiga ozodlik sevgisini singdirgan. Lekin Islom buni qanday amalga oshirgan? Xristianlik asosan sevgi va tinchlik haqida, Matto 5-bob 39-oyatda ko‘zga ko‘z emas, senga shapaloq urgan odamga ikkinchi yuzingni qarat, deyilgan. Islom esa, aksincha, qat’iy jazolarni o‘z ichiga olgan Shariatga ega. "Xudo muhabbatdir" degan nasroniy nega u yerdan e’tiqodini Islomga o‘zgartirishi kerak? Ba’zida mana bu misolni keltiraman.

Viskonsin shtatidagi Marshfilddagi masjidning ochiq eshiklar kuniga borganman. Bir ayol aynan shu savolni bergan. “Doktor Sabil, Islom chiroyli dedingiz-ku. Shariat jazolariningiz bunchalik qattiq bo'lishining sababi nima?" Misol keltirdim. Bu mamlakatda har yili 93 ming zo'rlash holatlari qayd etiladi. Bu faqatgina qayd etilganlari xolos. Shunday bo'lsa, ular o'rtacha 5-7 yilga qamoqda o'tiradilar. Chiqib kelishgandan keyin jamiyat xavf ostida qoladi. Qiz istalgan vaqtda menga hujum qiladi deb qo'rqadi. Jamiyatga adolat, jamiyat tinchligi va o'sha ayolning himoyasi qani? Bu mahbus, zo'rlagan odam qamoqda bo'lganida, uni kim boqadi? Kim joy bilan ta'minlaydi?

Qamoqxonaning barcha qulayliklarini kim beradi? Nyu-York shtatida, har bir mahbusga yiliga 90 ming dollarga yaqin soliq to'lovchilar pullari sarflanadi. 90 ming. Mening soliq pulllarim. Odamlarning soliq pullari. Islomda adolatli jazo bo'lishi kerak deyiladi. Bu jazo jamoat joyida amalga oshirilsa, va jamiyatning qolgan qismi bu odam jazolanayotganini tomosha qilsa, kimnidir zo'rlashga, o'g'irlikka, jinoyatga moyilligi bo'lsa, zo‘rlash yoki o‘ldirish va boshqa narsalar haqida o‘ylagan bo‘lsa, biror narsa qilsam, meni ham holatim shunday bo‘ladi, deb o‘ylashadi. Islomdagi jazolar to'xtatuvchi omil hisoblanadi. Foyda beradi.

Hatto solishtirsangiz ham, har qanday Islomiy yoki musulmon mamlakatida, zo'rlash holatlari juda kam. Qotilliklar, giyohvand moddalarni iste'mol qilish, hujumlar juda kam. Bu to'xtatuvchi omillar bo'lmagan boshqa mamlakatlarga nisbatan juda kam. Bu bir. Ikkinchisi esa shu. Aytaylik, agar tunda soat 2 da bir o‘g‘ri eshikni taqillatsa, keyin eshikni buzib kirsa, "Boshqa yuzingni tut. Xush kelibsan. Bu xonani ol. Hozir bu xonadasan, senga bor boshqa xonamni ko‘rsataman" demaysiz-ku! Bunday qilish amalda qo‘l kelmaydi. Hayotda bu befoyda. Tasavvur qiling, boshqa yuzingizni tutsangiz, Butun dunyo o‘g‘rilar va talonchilar va zo‘rlaganlar va hujumchilar bilan to‘ladi. Bu amaliy emas.

Hech kim bunday qilmaydi. Ya’ni, bizning mamlakatimiz yoki siznikida emas, bu yerda. Mudofaa uchun 800 milliard dollarlik byudjeti bor. Tasavvur qiling, AQSh boshqa yuzini tutsa, Xitoy va Rossiya hamma joyda bo‘ladi. Butun AQShni egallaydi, to'g'rimi? Keyin AQSh davlati bo'lmay qoladi. Hech qaysi oila "ikkinchi yuzingni tut" tamoyili bilan yashamaydi. Hech bir erkak boshqa yuzini tutmasligi kerak. Bu amaliy emas. Parokanda qiladi. Barcha yaxshi insonlar qirib tashlanardi. Shariat qonunchilik deganidir. Demak, Islom shariati, Fransuz shariati, Anglo-sakson shariati bor. Bularning barchasi yaxshi, chiroyli. Odamlarga o‘z huquqlarini berishni istaydilar.

Lekin islomiy shariat bilan boshqa barcha qonunchiliklar o‘rtasidagi yagona farq — bu mukammallikdir. U nuqsonlarsiz. Nega? Chunki har bir tizim tizim asoschisining sifatlarini oladi. Inson tomonidan yaratilgan shariat go‘zal bo‘lishi mumkin, chunki inson go‘zal bo‘lishi mumkin. Lekin Allohning shariati mukammaldir. Unda nuqsonlar, xatolar yo‘q. Ba'zan odamlar o'zlarini Allohdan aqlliroq deb o'ylashadi. O‘z qonunchiligi va qonunlarini o‘ylab topishadi. va shularni joriy qilishadi — va oxirida muvaffaqiyatsizlikka uchrashadi. Shunday qilib, Alloh aytganidan yaxshiroq hech narsa yo'q. Bu mening shaxsiy fikrim, xolisona.

Agar men musulmon bo‘lmaganimda va Islom haqida hozirgacha o‘rganganlarimning barchasini o‘rgangan bo'lmaganimda, meni Islomga jalb qilishi mumkin bo‘lgan bir nechta narsalar bor edi. Ulardan biri Shariat. Bu mo‘jiza. Bu "Qur'onning qonunchilik mo'jizasi" deb ataladi. Nima uchun? Chunki o‘sha paytda dunyodagi turli jamiyatlar yaxshi narsalarni qonunlashtirishga harakat qilardilar. Yunonlar harakat qilishgan. Lekin agar siz ular bugun qanday qonunlar chiqaryaptiganini ko‘rsangiz, bugun o‘qisangiz, kulasiz. Ammo bu hanuzgacha davom etmoqda va har bir davr hamda zamon uchun mukammaldir. Bu juda qat’iy jazolar esa, iloji boricha ko‘proq odamga tatbiq etish uchun mo‘ljallanmagan.

Masalan, yo‘l harakati qoidalari juda qattiq bo‘lgan mamlakatda yashayman. Shuning uchun odamlar tartib bilan harakatlanayotganini ko‘rasiz. Boshqa joydagidek, ko'p avariyalar sodir bo'lmaydi. Bu aslida odamlarni himoya qilish uchun. Jinoiy nuqtai nazardan qarasangiz, u kuchli, ammo jabrlanuvchi nuqtai nazaridan, bundan ham kuchliroq bo'lishini xohlashadi. Chunki uyi buzilib, puli o'g'irlangan odam uchun, bu pul juda muhim edi. Uni yillar davomida tejab yiqqan edi. Shunday qilib, kimdir ehtiyotsizlik bilan uyga kirsa, narkotik sotib olish uchun bu pulni o'g'irlasa, o'g'ri nuqtai nazaridan juda qattiq deganlar o'g'riga hamdardlik bildirmoqda, jabrlanuvchiga emas.

Nima uchun zino qilgan odamlarni jazolaysiz deyishadi-a? Ularni o'lim jazosi bilan jazolaysiz, shundaymi? Bilasizmi, nima uchun shunday... G'arbda: "Bu vahshiylik", deyishadi. Ayting-chi, lekin zino qanchalik yomonlik keltirishini bilasizmi? Qarang, Islomda zinoga qarshi isbotlash juda qiyin bo'lgan qonunlar bor. Sizga to'rtta tirik guvoh kerak bo'ladi va ular ayni o‘sha voqeani ko‘rgan bo‘lishlari kerak... Faqat bir-biriga yaqin kishi emas. Ular hammasiga guvoh bo'lishlari kerak. Juda qiyin. Bu sizni qo'rqitish uchun mo'ljallangan. Lekin jazo qanchalik qo'rqinchliligiga qarang. Nega? Chunki u sizni zinodan uzoqlashtirishga harakat qiladi.

Amerika madaniyatiga nazar tashlasangiz, Chikago Tribun tomonidan o'tkazilgan so'rovnoma bor. Bu mamlakatda oddiy erkak, ularning kamida yettita qo'shimcha qiz do'sti bo'ladi yoki nikohdan tashqari yoki nikohdan oldingi munosabatlari bor. Agar erkak nikohsiz ayol bilan yaqinlik qilgandan keyin farzandi bo'lsa, shunchaki tashlab keta oladi. Ha ota sifatida aliment to'laydi. Lekin bola endi otasiz. Yolg'iz ota-onali uylar. Bu yechim emas. Psixologlar fikriga ko‘ra, ma’lumotlarga qaraganda, yolg‘iz ota yoki onaning qo‘lida tug‘ilgan yoki tarbiyalangan bola, statistik jihatdan aytyapman, albatta hamma emas, lekin umumiy hisobda, bunday bolalarning IQ darajasi pastroq bo‘ladi.

Ularning immunitet tizimi ikki ota-onali oilada ulg‘aygan bolalarnikiga qaraganda ancha zaif bo‘ladi. Maktabni tashlab ketishga ko'proq moyil bo'lishadi. Ishsiz qolish ehtimoli ko'proq. Giyohvand moddalarga va to'dalarga qo'shilish ehtimoli ko'proq Bu shafqatsiz davr davom etaveradi. Bu G‘arbdagi davlatga juda katta yuk bo‘lib tushdi. Nikohsiz tug'ilgan bolalarga erkaklar sababchi deb, bola uchun pul berishlari kerak degan qonun chiqarishdi. Chunki bu soliq to‘lovchilarga juda qimmatga tushadi. Chunki bu erkinlik tufayli nazoratdan chiqib ketayotgan edi. Aynan shuning uchun. Labbay? Bu sodir bo'ldimi? Nima demokchisiz? Davlat bu haqda ba'zi qonunlar chiqargani rostmi? Ha.

Endi har bir G'arb mamlakatida bor. Erkak ayol bilan yaqinlik qilsa, ayol homilador bo'lsa, va ayol bolani saqlab qolsa, bolani o'ldirmasa, unda erkak bolaning ta'minotini o'z bo'yniga olishi kerak. Hatto turmush qurmagan bo'lsa hammi? Turmush qurmagan bo'lsa ham, chunki bu nazoratdan chiqib ketdi. Xo'sh, bu bechora bolalar-chi? Ular yomon ish qilmadi-ku! Lekin oqibatlari bor. Shunchaki oqibatini o‘ylamay ish qilib bo‘lmaydi-ku! Bu ba'zi muammolarni keltirib chiqaradi, chunki o‘sha paytda ba’zi erkaklar: "Bunga ishonchim komil, bu bola meniki emas," deb o‘ylashadi. Ba'zilari ayolni xiyonatda ayblaydi. Meniki ekanligini qanday bilaman? -deydi.

Buni bilishning yagona yo'li genetik test o'tkazish, keyin aytishingiz mumkin, mayli, bu farzand sizniki emasligini ko‘rsatsa, unda bundan qutulasiz. Ammo shunda ham, ko'p hollarda ayol bolaning otasi kimligini bilmaydi, shuning uchun ular hozirgi yigitimdir deb o'ylashadi, balki boshqasidir yoki erim bo‘lsa kerak deyishadi. Lekin ularning yashirincha yurgan yigiti ham bo'ladi. Ehtimol, bir kecha ular bironta klubda o'tirishgandir. Ular tashqariga chiqishgan, spirtli ichimlik ichishgan. Kim bo'lganini eslay olishmaydi. Bu shunchalik nazoratdan chiqib ketdiki, Hozirda Fransiyada genetik testlarni taqiqlab qo‘yishdi.

Chunki ayol: "Bu bolaning otasi," degan erkak bolaning otasi emasligi ko‘p marta aytilgan. Bu G'arbda hozir sodir bo'layotgan oqibatlar. Odamlarga esa, agar siz ochiq-sochiq kiyinmasangiz yoki boylik, kuch-qudrat va shunga o‘xshash narsalarni ko‘rsatadigan kiyimlar kiymasangiz, e’tiborni jalb qilmaysiz, deb aytishadi. E'tibor esa yaxshi. Pul topasiz. E'tibor bilan ko'proq hurmatda bo'lasiz. Hamma e'tibor xohlaydi. Shuning uchun imkoni boricha ko'p e'tibor jalb qiladigan kiyim kiyishadi. Har kuni sherigingizga xiyonat qilish va zinoga undovchi reklamalarni ko‘ryapsiz. Keyin nega zino yoki xiyonat darajasi bunchalik yuqorilagan deb hayron bo'lasiz.

G'arbda ajralish darajasi hozirda 50% ni tashkil qiladi, ya'ni har 2 ta nikohdan 1 tasi buziladi. Sababi nima deb hayratlanishadi? Odamlar o'z turmush o'rtoqlariga ishonmaydilar. Bir-biriga ishonmaydilar. Doimo xavotirda. Tashvishga tushishadi. Balki erim xiyonat qilayotgandir? Balki xotinim menga xiyonat qilayotgandir? Bu G'arb. Bu erkinlik keltirgan go'yoki baxt. Hamma qo'rqqan. Xavotirda. Xavfsiz emas. Muhammad sollolohu alayhi vasallam hayotida urushlar bo'lgan. Islomda "jang" degan tushuncha ham bor. Kimdir “Bular yovuz, vahshiyona tuyulmayaptimi?” desa, nima deysiz?

Odamlar Payg'ambar alayhissalom qilgan urushlari soni haqida gapirganda, bilasizmi, Qadimgi Ahddagi deyarli har bir payg‘ambar urushgan. Muso alayhissalom ham urushgan. Dovud va Sulaymon, urushgan ko'plab payg'ambarlarni sanab bera olaman. Faqatgina bir kishi urushda ishtirok etganligi uchun odamni payg'ambarlikdan mahrum qilinmaydi. Demak, payg‘ambarning mezonlari uning har qanday urushlarda jang qilmasligida emas. Urush ba'zan, bilasizmi, tinchlikni saqlash va mudofaa uchun zarur. Payg'ambar Makkadan Madinaga ko'chganda, Islom davlatini tuzdi. Mushriklar, butparastlar, Makkaning kofirlari, ittifoqdoshlari bilan birga Payg'ambar alayhissalomga hujum qilishda davom etishdi.

Ammo eng muhimi shundaki. Atrofimizdagi ko'plab dunyo konstitutsiyalariga qaramasdan, Islom axloqiy ko'rsatmalar, ajoyib ko'rsatmalar, adolatli ko'rsatmalar berdi. Hatto adolatli urushda ishtirok etsangiz ham, ushbu ko'rsatmalarga amal qilishingiz kerak. Qur'onda 2-sura, 190-oyatda shunday deyiladi, bu tarjimasi: "Sizga urush qilayotganlarga qarshi Alloh yo'lida urush qiling, Va tajavuzkor bo'lmang. Alloh tajavuskor bo'lganlarni xush ko'rmas." Demak, kimdir sizga urush e'lon qilsa, javob qaytarishga haqqingiz bor. Ammo o'sha jangda Alloh aytadiki, ba'zi ko'rsatmalarga rioya qilishingiz kerak. Tajavuzkor bo'lmang. Qisqacha aytganda, bu ko'rsatmalar qanday?

Qur'onda 5-sura, 32-oyatda aytilganidek: "Kim bir jonni nohaqdan o'ldirsa, xuddi hamma odamlarni o'ldirgan bo'ladi." Hatto adolatli urushda ham ayollar va bolalarga yoki urushdan tashqarida bo'lganlarga ham zarar bera olmaysiz. Bu bir ko'rsatma. Islomda ommaviy portlatish yo‘q. Islomda Xirosima yoki Nagasaki yo'q. Ba'zi mamlakatlar qilayotganidan farqli o'laroq, Islomda pala-partish o‘ldirish yo‘q. Biz tinch aholining resurslarini yo'q qila olmaymiz. Ekinlar yoki hayvon resurslari, elektr resurslari, internet resurslari.

Va nihoyat, agar dushman kelib, "Tinchlik shartnomasini imzolaymiz," desa, qurollarni tashlasalar, tinchlikka moyil bo'lsalar, Qur'onda 8-sura, 61-oyatda shunday deyiladi: "Sen ham tinchlikka moyil bo'l." Orqadan tosh otmang, tinchlikka moyil bo'ling. Boshqa urushlarga qaramasdan, bir misol keltira olaman. Ikkinchi jahon urushini olaylik. Ikkinchi jahon urushida qurbonlar soni, 60 millionga yaqin edi. Chunki halok bo'lganlarning ko'pchiligi tinch aholi edi. Islom buni axloqiy ko'rsatmalar, adolatli ko'rsatmalar orqali oldini oladi. Shunday qilib, odamlar Islom ko'rsatmalariga amal qilsalar, bu tinch aholini qurbonliklarini kamaytiriladi.

Urushlar kamayadi, chunki islom bizni qo‘shnilarimiz bilan tinchlik, totuvlik va adolat bilan yashashimizni istaydi. Juda ko'p misollar keltira olaman. Islom musulmonlarni odamlar musulmon bo‘lmagani uchun o‘ldirishga targ‘ib qilsa, qanday qilib musulmonlar Hindistonda ming yilcha hukmronlik qilishdi? Har bir hindni qirib tashlashlari mumkin edi, to‘g‘rimi? Hozir bitta ham hind bo'lmas edi. Demak, o'sha hindlarning hozirgi barcha avlodlari, ular musulmon hukmdorlar g'ayrimuslimlarni o'ldirish kerak degan da'voni amalga oshirmaganliklariga guvohlik berishadi. Musulmonlar Ispaniyani 770 yil boshqargan. Har bir katolik va yahudiy o'ldirilgan bo'lardi.

Ular o'ldirmadi, chunki Islom bunday demaydi. Misrda hozir 15 million Kopt xristianlari bor-a? Ular Islomning bunday qilishga undamasligiga guvohlik berishadi. Aslida qo‘l ostingizdagi yoki orangizda yashaydigan biror kishini o‘ldirishdan qaytargan. To'g'rimi? Va Turkiyada, Eronda, Iroqda. Sartaroshga borganimda "Men Iroqdan kelgan xristianman," deb qoldi. Va u musulmonlar Iroqni boshqarganlarida, uni o'ldirmaganliklariga guvohlik bermoqda. Alloh Hadid surasida shunday marhamat qiladi. Shunday qilib Alloh Hadid surasini 25-oyatida aytdi: "Rasullarimizni ravshan narsalar ila yubordik va ular ila kitob hamda odamlar adolatda turishlari uchun mezon yubordik." Islom adolat dinidir. Xo'p.

Keyin Alloh davom etadi, bunga qarasangiz, payg'ambarlarni kitob bilan yuborish, bular tinchlik vositasidir. Odamlar adolatni o'rnatishlari mumkin. Adolat o'rnatilmasa nima bo'ladi? Oyat davomida aytiladi: "Va temirni nozil qildik-unda katta kuch va quvvat va odamlar uchun manfaatlar bor." Agar adolat tinch yo'llar bilan o'rnatilmasa, unda urush orqali o'rnatiladi. Islom adolat dinidir. Tinchlik va urush adolatni o'rnatish vositasidir. Alloh bizga "Tinchlik yo'li bilan adolatni o'rnatishga harakat qiling", deydi. Urush davlatning ixtiyoridagi ko‘plab vositalardan biri hisoblanadi.

Odamlar Islom haqida o‘ylaganlarida, Islom asosida boshqariladigan hukumatni baholashda dunyodagi boshqa hukumatlardan farqli mezonlar to‘plamidan foydalanishlari kerak. Hozir hukumatga armiyaga ega bo‘lmaslik kerakligini va oxirgi chora sifatida mudofaa shakli sifatida urushdan foydalanmaslik kerakligini aytsangiz, bu mumkin emas, degan bo‘lardingiz. Islom insonni qadrlasa, unda nega qullik tushunchasi mavjud? Qullikni bekor qila olmasmidi? Yo'q. Islom qullikni bekor qildi, va G'arb qullikni bekor qildi, lekin boshqacha yo'l bilan. Qaysi yo'l eng yaxshi yoki qaysi biri yaxshiroq ekanligini ko'raylik. Masalan, Amerikada bu taqiq orqali amalga oshirildi.

Islom buni taqiq bilan emas, balki cheklash bilan bekor qildi. Abraham Linkoln jasur inson edi, bir kunda 4 million qulni ozod qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini imzolagan. Natijada bu yarim bu million kishi halok bo‘lgan, yarim millioni esa nogiron bo‘lgan fuqarolar urushiga sabab bo‘lgan. Buni ozodlikning badali deb aytishingiz mumkin. Ammo Islom buni qanday qildi? Bugungi kunda AQShda oq tanlilar va qora tanlilar o'rtasidagi munosabatlarga qarang. Qullik bekor qilinganidan 150 yil o'tgach. Bizning mamlakatlarimizda oq tanlilar va qora tanlilar o'rtasida hech qanday muammo yo'q. Nima uchun? Chunki Islom buni shunday qildi.

Islom musulmonlarning qalbiga ozodlikka bo'lgan muhabbatni singdirdi. Islom musulmonlarga qullik yomon ekanligini bildirdi. Islom uni tugatishingizni xohlaydi, xo'p. Siz, masalan, qasamingizni buzgansiz. Nima qilasiz? Qulni ozod qilasiz, xo'p. Nimadir qilishga qasam ichdingiz, keyin esa boshqa yaxshiroq narsa borligini bildingiz, muammo yo'q. Yaxshirog'ini qiling va qulni ozod qiling. Xo'p, Ramazonda uzrsiz ro'za buzdingiz. Kafforat istab, qulni ozod qiling. Tasodifan kimnidir o'ldirdingiz. Muammo yo'q. Qulni ozod qiling. Buning ma'nosini bilasizmi? Tasodifan kimdandir hayotni oldingiz. Xo'p. Muammo yo'q. Jonli bo'lmaganga hayot bering. Jonli bo'lmaganga qanday hayot bera olasiz?

Ozodlikdan mahrum bo'lganga ozodlik berish orqali. Bu Islomda ozodlik hayotga teng deganidir. Nima muhimligini ilg'ay oldingizmi? Shu barcha hukmlar orqali, Islom musulmonlarning qalbiga ozodlikka muhabbatni singdirdi. Va natijada jamiyatda ildiz otgan qullik tugatildi, lekin bu asta-sekinlik bilan amalga oshdi, va odamlar buni ixtiyoriy ravishda qildilar. Shuning uchun ko‘plab qullar ozod qilinganida, hatto ular o‘z xo‘jayinlarini tark etishni istamagan. "Xo‘p, ketishim mumkin, lekin siz bilan qolsam bo'ladimi?" deb so‘rashgan. Shuning uchun "qul" degan so‘z bir necha yil ichida deyarli yo‘qolib, o‘rniga yangi so‘z — "Mavlo" paydo bo‘ldi. Mavlo — sobiq qul yoki sobiq xo‘jayin degani.

Salim Mavlo Abu Huzayfa degani — Abu Huzayfaning sobiq quli, Yoki Abu Huzayfa Mavlo Salim — Salimning sobiq xo‘jayini. Ikkalasi ham bir xil unvonga ega. Bu juda ta’sirli holat. Keyin ba'zilar kelib aytishadi: "Qullikni man etmagansizlar, bekor qilmagansizlar." Kechirasiz? Qullikni biz kabi bekor qilishingiz kerak edi. Odamlar qullikni o‘ylaganda, ko‘z oldiga keladigan narsa — AQShdagi qullik tizimi bo‘ladi. Qattiq muomala, huquqlar olib qo‘yilgan. Kun bo‘yi dalalarda ishlaydi. Aynan shuni tasavvur qilamiz. Islom ana shunday qullikni bekor qilgan. Bu juda muhim. Qullik bu bir tizim edi. Islom buni o‘ylab topmagan.

Bu ilgari ham ko‘plab dinlarda, madaniyatlarda va mamlakatlarda bor edi, hatto 7-asrdan avval ham. Islom bu tizimni o‘zgartirdi — atamalarni o‘zgartirdi, qullik atamasidan voz kechib, bu insonlar emikdosh birodarlarimiz, degan atamani joriy qildi. Bu emikdosh opa-singillarimiz. Islom ularga huquqlarni berdi, adolat berdi, endi ular "emikdosh birodarlar" deb ataldi. Chiroyli tarzda muomala qilishga loyiq deb belgilandi. Nima kiysangiz, ularga ham shuni kiygizing. Nima yesangiz, ularga ham shuni berishingiz kerak. Qattiq muomala yoki haddan tashqari ishlatish taqiqlangan. Agar ular: "Bilasanmi, bizga ozodlik bera olasizmi?" desa, yaxshi musulmon ozod qiladi.

Musulmon qasamini buzsa, qullarni ozod qilishi kerak. Qullar ozod qilingach, ularga ta’lim berildi. Vakolat berildi. Yuqori lavozimlar berildi, hurmat-ehtirom ko'rsatildi, Hozir ularga boshqa odamlar kabi muomala qilinmoqda. Shunday qilib, AQShda ular ozod qilinganidan keyin bu sodir bo'lmagani uchun, hatto hozir ham, afsuski, uning qoldiqlarini ko'rishimiz mumkin... Masalan, Chikagoning janubiy qismi. Detroyt hududi. Afrikalik yoki qora tanli birodarlar va opa-singillarimiz, ular hali ham bir xil madaniy huquqlarga ega emaslar. Ular mahrum qilingan, ular kamsitilgan. Ammo Islomda, Islom qullarni ozod qildi va keyin ularga kuch berdi.

Alhamdulillah, insoniyat uchun qanday ne'mat ekanligini ko'rishimiz mumkin. Bu suhbatdan so'ng, nasroniy bo'lgan va Islom haqida savollari, shubhalari bo'lgan kishiga nima demoqchisiz? Nasroniy birodarlarim va opa-singillarimga va u yerdagi boshqa hammaga, yashash uchun faqat bitta hayotimiz bor. Hamma oxirida baribir o'ladi. Allohning, Xudoning huzurida turamiz. O'sha paytda biz uchun qaytib kelish, to'g'ri e'tiqodni, Xudoning to'g'ri tushunchasini tanlash uchun juda kech bo'ladi. Nasroniy do'stlarimga, inson do'stlarimga iltimosim shuki, Qur'on nusxasini oling, shunchaki ma'lumot olish uchun o'qing. Va u yerda barcha payg‘ambarlar targ‘ib qilgan Xudoning to'g'ri tushunchasini topasiz.

Alloh Qur’onda belgilab bergan hayot maqsadini topasiz. Islomda o'z muammolaringizga yechim topasiz, irqchilik, qotillik va o'z joniga qasd qilish, oila tuzilishining buzilishi, barchasi tasvirlangan. Islom mustahkam oila, mustahkam axloq, ota-onani hurmat qilishga o'rgatadi. Bolalar ota-onani hurmat qilmayapti. Giyohvandlikka moyil. San-Fransiskoda fentanil iste'mol qilishadi. Boshpanasizlik. Qashshoqlik. Irqchilik, giyohvandlik avj olgan. Yechimi nimada? Islom mukammal yechim, adolatli yechim, amaliy yechim beradi. Barcha bu muammolar uchun. Barchamizga Islom kerak. Oxir-oqibat Allohning oldida turganda, bu yerga qaytib kela olmaysiz. "Islomni qabul qilishim kerak edi", deyishga juda kech.

Faqat bitta hayotingiz bor. Qur'onni o'qing va savollaringizga javob topasiz. Bu sizga tinchlik beradi. Bu sizga yechimlar beradi. Bu sizga najot yo'lini beradi. Allohga duo qiling. "Ey Xudo, menga haqiqatni ko'rsat. To'g'ri yo'lga boshla" deng. Inshaalloh, Alloh sizni haqiqatga yo'llaydi. Alloh sizni Islomga yo'llaydi.