Towards Eternity
Blogga qaytish

“Men Muhammadni O‘ldirdim!” — Uhudni Larzaga Keltirgan Nido - AI Talqinida - Ey Rasululloh | 7-Qism

Nashr sanasi

YouTube’da ko‘rish

Musulmonlar g'alabaga yaqin edilar. Men Allohning sheriman!" Ammo birgina xato hammasini o'zgartirdi. Mujohidlar mushriklar tomonidan ham old ham, orqa tomondan o'rab olindi. Qiyinchilikka to'lib toshgan Uhud kunida, musulmon qo'shini orasida tartibsizlik va vahima tarqaldi. Sahobalar nima qilishni bilmay, o'zlarini yo'qotib qo'yishdi. Ushbu tuzoqdan qutula olishadimi? G'alabaga yaqin qolganda qanday qilib hammasi o'zgarib ketdi? Voqeani boshidan boshlab hammasi qanday bo'lganini ko'rib chiqamiz. Ushbu videolar ishonchli Islom manbalaridan olingan yuzlab ma'lumotlarga asoslandi.

Barcha sun'iy intellekt vizual materiallari malakali Islom olimlari bilan hamrohlikda tayyorlandi va Islom ko'rsatmalariga muvofiqlashtirildi. Makka rahbarlari o'ldirilgach Abu Sufyon Qurayshning yangi rahbari bo'ldi. Atrofidagilar uni qasos olishga undardi. Bir tomondan Badrdagi mag'lubiyat sabab qabilasining obro'siga putur yetgan. Ular buni unuta olishmadi. Hurmatlarini tiklashni xohlashardi. Hatto qo'llarida ishlagan qullari ham endi o'z xojalariga qarshi chiqishga jur'at etayotgan edi. Quraysh bularga bardosh berolmasdi. Jubayr ibn Mut'im, Safvon ibn Umayya va Ikrima ibn Abu Jahl kabi ularning ba'zi yetakchilari to'planib, taklif berishdi.

"Muhammad rahbarlarimizni o'ldirib bizni xonavayron qildi. Endi qasos olmasak bo'lmaydi." Ha. Savdo karvonlari markazini qaytarib olaylik. Topilgan foydani esa Musulmonlarga qarshi ishlataylik." Rejaga hamma rozi bo'ldi. Mollarini sotib ko'p pul to'plab urushga tayyorgarlik uchun ishlatishdi. Hamma, ayniqsa Badr kunida yaqinlaridan judo bo'lganlar yana bir jang qilish uchun borini tikishdi. Payg'ambar alayhissalomning amakisi Abbos Makkada bo'layotgan ishlar to'g'risida xabar berdi. 3000 kishilik qo'shin Madinaga qarab yurish qilmoqchi ekanining xabarini berdi. Buni eshitgach Rasululloh sahobalarni to'plab holat yuzasidan fikrlarini so'radilar.

O'zlariga qolsa Madinani ichkaridan himoya qilar edilar. Sahobalar bilan maslahatlashish u kishining sunnatlaridir. Hatto shunda tahlikali vaziyatlarda ham. Bir o'zi qaror qilmay sahobalar fikrini ham bilmoqchi bo'ldilar. O'rtaga ikkita fikr tashlandi. Yosh sahobalar jangga chiqib dushman bilan yuzlashishni taklif qilishdi. Xuddi Badrdagi kabi. Bu g'oyani Hamza ham ma'qulladi. Shuningdek Badrda qatnasha olmaganlar ham imkoniyatni qo'ldan boy berishni istashmasdi. Shu sabab ular ham jang qilishni xohlashdi. Bu g'oyani ma'qullagan sahobalardan yana biri Xaysama edi. Badrdan avval u o'g'li Sa'd bilan jangga kim borishini aniqlash uchun qura tashlashgan edi.

Qura uning o'g'liga chiqib, Sa'd Badrda shahid bo'ldi. Endi Xaysama ham shahidlikni qattiq istab qoldi. Payg'ambar oldiga borib shunday dedi. "Ey Allohning Rasuli, Umid qilamanki Alloh (azza va jalla) Quraysh ustidan g'alabani nasib etadi. Lekin buning aksi bo'lib chiqadigan bo'lsa, Badrdagilar kabi shahid bo'lishni istardim. O'rnimga o'g'lim qatnashgan edi. Chin qalbim bilan Jannatda o'g'lim yonida bo'lishni istardim. O'zim esa qarib qoldim. Robbimning oldiga shahid bo'lib borishni xohlayman. Meni bundan noumid qilmang. Duo qiling men ham shahidlardan bo'lib Jannatda o'g'lim Sa'd bilan birga bo'lay" Boshqalar qo'rqqan o'lim tomon yugurib borishni istashardi.

Boshqalar ikki qo'li bilan dunyoga mahkam yopishib olgan bo'lsa, ular esa oxiratdagi abadiy maskanlariga shoshilishar edi. Allohning Rasuli va boshqa tajribali sahobalar shaharni ichkaridan turib himoya qilish tarafdori edilar. Ammo maslahatdan so'ng ko'pchilik dushmanga yuzma-yuz kelishni tanladi. Shu sabab Payg'ambar alayhissalom fikrlarini inobatga olib shahar tashqarisida jang qilishga qaror qildilar. Juma namozini o'qib bo'lgach payg'ambar alayhissalom sahobalariga Jangga tayyorgarlik qilish haqida shunday dedilar. "Jangni kechiktirish zaiflik belgisidir. Sabr va matonat ko'rsatilsa Allohning yordami albatta kelguvsidir.

Shunday ekan sabr-bardoshli bo'linglar" Payg'ambar alayhissalom manashu ikki sifatga urg'u berdilar. Har bir so'zlari alohida hikmatga ega. Tez orada, shahar tashqarisida jang manzaralarini o'zgartirib yangi sinovlarga yo'l ochuvchi buyuk bir hodisa bo'lajak. Ana shu payti sabr va matonat eng ko'p kerak bo'ladigan paytdir. So'ngra Asr namozi o'qilgach payg'ambar alayhissalom sovutlarini kiyib qilichlarini osish uchun uylariga bordilar. Bu orada ikki sahoba, Sa'd ibn Muoz va Usayd ibn Xuzayr, ko'chada to'planib turgan musulmonlarga qarata deyishdi: "Allohning Rasuli Madinadan chiqishni istamasalar ham, jang qilaylik, deb oyoq tirab turib oldingiz.

U zotga Allohdan buruq keladi, masalani o'zlariga havola qilib nima desalar shunga itoat qiling." Bu so'zlar dushmanga ro'baro' kelishni istagan sahobalarning fikrlarini o'zgartirib yubordi. Ba'zilari bu holatdan afsuslana boshlashdi. Payg'ambar alayhissalom uylaridan sovut kiyib qilich osib chiqayotganlarini ko'rgach shunday deyishdi. "Ey Allohning Rasuli, sizga yoqmagan ishni biz ham xohlamaymiz. Madinada qolishni istasangiz biz siz bilan qolamiz. Irodangizga qarshi borishni istamaymiz." Payg'ambar alayhissalom javob qildilar: "Payg'ambarlarga sovutini kiygandan so'ng dushman bilan jang qilmaguncha, yoki Alloh u bilan dushman o'rtasida hukm chiqarmaguncha uni yechmog'i durust emasdir.

Qo'shin bilan Payg'ambar alayhissalom Shayxayn degan joydan dushman tomon yo'lga tushdilar. Ular orasida musulmonlar birligini buzib oralariga raxna solishni istagan munofiqlar ham bor edi. Ularning boshlig'i Abdulloh ibn Ubay ibn Salul edi. U hasad tufayli Payg'ambarimizga qarshi hiyla ishlatishdan to'xtamadi, yana xayolida yomon rejalar paydo bo'ldi. Allohga va uning Rasuliga imon keltirdim desa ham, qalbida zarracha imon yo'q edi. Avval boshida ikkilanib qo'rqib yurgan bo'lsada endi u manashu darajaga yetgan edi. U o'rnidan turdida odamlarga qarata shunday dedi. "Muhammad tajribasiz bolalarning gapiga quloq solib mening maslahatimni tark qildi! Ey odamlar!

U gaplarimizga quloq solmas ekan nega u uchun jang qilib jonimizni xatarga qo'yishimiz kerak? Shunda uning qabilasidan 300 kishi hamda uning so'zini qo'llab quvvatlagan boshqalar Madinaga qaytib ketishdi. Bu bilan Musulmon qo'shini 700 kishi bo'lib qoldi. Quraysh lashkarining atigi to'rtdan bir qismi xolos. Alloh azza va jalla, bir ma'noda, imonlilar va munofiqlarning orasini ajratish uchun musulmonlarni Uhud sinovi bilan sinayotgan edi. Buni payg'ambar alayhissalomga manashu oyat bilan bayon qildi. "Ikki jamoa to‘qnashgan kuni sizga musibat Allohning izni bilan va mo‘minlarni bilish uchun.

Va munofiqlik qilayotganlarni bilish uchun yetdi." Payg'ambarimiz qo'shin ozaygani uchun ortga qaytmadilar. Qolgan sahobalar bilan yurishda davom etdilar. Ammo bir paytni o'zida ko'rgan tushlari sabab o'y surardilar. Bu qanday tush edi? Bu haqida sahobalarga aytdilar. "Tushimda yerga qilich sanchdim va uning tig'i sinib ketdi. Bu Uhud kunida ba'zi musulmonlarning boshiga yetishi mumkin bo'lgan musibatdir. Keyin yana urgan edim u o'z holiga qaytib mukammal bo'ldi. Bu esa Allohning g'alabasi va musulmonlarning birlashuvidan dalolatdir" Uhud vodiysiga tunda yetib bordilar. Payg'ambar alayhissalom hududni yaxshilab kuzatib musulmonlar egallashi kerak bo'lgan eng yaxshi joyni tanladilar.

Oldlarida 200ta suvoriysi bo'lgan, o'zlaridan 4 baravar katta qo'shin turardi. Shu sabab payg'ambar alayhissalom har bir holatni alohida reja qilishlari lozim edi. Aynayn tepaligiga 50ta mohir kamonchini joyladilar. Agar dushman suvoriylari, anashu tomondan xujum qiladigan bo'lsa musulmonlar osongina o'rtada qolib ketishlari mumkin edi. Shu sabab tepalik muhofazasi o'ta muhim edi. Kamonchilar joylaridan tushsalar dushman ulardan ustun kelishi turgan gap. Rasululloh kamonchilarga aniq buyruq berdilar. Hattoki dushmanni yengayotganimizni ko'rsangiz ham - o'zim ruxsat qilmagunimcha yoki birortasini jo'natmagunimcha o'rningizni bo'shatmang.

Dushman bizni mag'lub qilsa ham, ularga yordam beraylik, deb joyingizni tark etmang. Manashu so'zlarni qayta-qayta takrorlagach payg'ambar alayhissalom aytdilar: "Hatto qushlar jasadimizni nimtalayotganini ko'rsangiz ham, oldingizga birortasini yubormagunimcha joyingizdan jila ko'rmang." Rasululloh qo'shinni Uhud tog'ini ortda qoldirgan holda joylashtirdilar. Sabab esa juda aniq. Dushman xujum qilsa ham ortlaridagi tog' boshpana bo'ladi. Musulmonlar xujum qilsa dushman qochib ketishi uchun oson bo'ladi. Bu taktika ikkala tomondan ham iloji boricha kam qon to'kilishi uchun tuzilgan. Bir payti Rasululloh qilichlarini olib sahobalardan "Qilichimni kim olgay?" deb so'radilar.

Ko'pchilik qilichni olishni istadi. Bu safar Rasululloh "Kim qilichimni uning haqqi oladi?" dedilar. Ya'ni uni o'z yo'lida ishlatish uchun. Bir kishi so'radi: "Uning haqqi qanday bo'lur ey Allohning Rasuli?" Bu Abu Dujana bo'lib qo'rqmasligi bilan mashhur bo'lgan Ansor sahoba edi. Payg'ambar alayhissalom: "Uning haqqi qilich sinib jangga yaroqsiz bo'lib qolmagunicha dushman bilan olishishdir" dedilar. "Men bu qilichni o'z haqqi bilan olaman ey Allohning Rasuli." Shunday qilib qilichni u oldi. Ikkala qo'shin ham bir birlariga ko'rindi. Saflanib olib kutib turishardi. Vaqt bo'ldi. Ikki tomon ham ortiq sabr qila olmay jangga kirishdi. Yashin tezligida qirg'in boshlandi.

Alloh yo'lida jon berishga tayyor mujohidlar jang maydoniga tashlanishdi. Abu Dujana so'ziga sodiq qoldi. ""Men bu qilichni o'z haqqi bilan olaman."" Dushman safiga katta tezlikda tashlanib ulkan kuch bilan qilich o'ynatdi. Har qadamida yo'lidan chiqqan har kimni bo'laklab tashlab oldinga tomon qadam bosdi. Bu orada Hamza roziallohu anhu shunday derdi: "Men Allohning sheriman!" U dushman ichiga kirar ekan o'ngni ham chapni ham birdek mag'lub qilardi. Bu payti Quraysh tomonda bo'lgan Xolid ibn Valid 200ta suvoriy bilan Aynayn tepaligi ortida kutib turardi. Musulmonlarga kuchi yetmayotganini ko'rib uning ham jangga kirib lashkarga yordam berishni istardi.

Bir necha bor jangga kirishga urundi, ammo Payg'ambarimiz joylagan kamonchilar uning yo'lini to'sishardi. Xolid ibn Valid zarba berish uchun qulay vaziyatni diqqat bilan kutib turdi. Musulmon qo'shini aqil bovar qilmas g'ayrat ko'rsatib bor kuchlari bilan jang qilishardi. Ko'p o'tmay mushriklar bunga chiday olishmadi va butun qo'shin har tomonga tarqab ketdi. Bu yoqda esa Quraysh ayollari qo'shiq aytib soz chalib qochayotgan lashkarni orqaga qaytarishardi. Ammo iymonsiz qalblar uchun bu narsalar samara bermasdi. Jonlari omonligida qochib qolishdi. Ammo Allohning Rasuli tushida ko'rgan musibat nima edi? Hammasi Musulmonlar foydasiga bo'layotgan edi. Keyin kutilmagan bir hodisa ro'y berdi.

Tepalikdagi kamonchilar dushmanning qochib ketayotganini ko'rib urush tugadi, vazifamiz ado bo'ldi deb o'ylashdi. Ularning orasida Abdulloh ibn Jubayr Payg'ambar alayhissalomning buyrug'ini eslatib ularni ortga chaqirdi. "Allohning Rasuli nima deganini unutdingizmi? Sizlarga aniq qilib tushuntirmadilarmi?" Ammo uning so'zlariga qaramay, kamonchilarning ko'pchiligi Aynayn tepaligini tark etib dushmandan qolgan o'ljalarini to'plashga kirishishdi. Mana nima uchun payg'ambarimiz sabr va matonatga urg'u bergan edilar. "Olg'a!" Anashunda qulay vaziyatni poylab o'tirgan Xolid ibn Valid imkoniyatni ko'rishi bilan darhol jangga kirishdi.

Ular tepalikda qolgan 10ta kamonchini o'ldirib musulmonlarga orqadan xujum qilishdi. Buni ko'rib Quraysh lashkari jangga qaytdi. To'satdan musulmon qo'shini ikki dushman o'rtasida qolganini ko'rdi. Albatta bu musulmonlar uchun daxshatli holat edi. Bu holatning eng ajablanarli jihati nima bilasizmi? Shu kungacha tepalikni tark etgan o'sha 40 sahobaning kimligini hech kim bilmaydi. Ularning ismini o'sha kuni jangda qatnashganlardan boshqa hech kim bilmagan. Nega? Chunki ularni hech kim ayblamasligi kerak edi.

O'sha sahobalardan ancha pastroq bo'lgan ba'zi odamlar, ularni haqorat qilib, ularning fazilatlari, qilgan harakatlari va barcha olijanob fazilatlarini e'tiborsiz qoldirishlari mumkin edi. Bundan tashqari, kimningdir xatosini fosh qilish yoki u yoqtirmaydigan narsa bilan tilga olish, hatto bu rost bo'lsa ham, g'iybatdir. Bu esa gunoh. Shu sabab tanigan sahobalar ularning ismlarini oshkor qilmadilar. Ular bu go'zal xulqni Rasululloh alayhissalomning o'zlaridan o'rganishgan edi. Uhud jangining ikkinchi bosqichi. Anashu payti musulmonlar hayotdagi eng qiyin mashaqqat bilan sinovga uchradilar. Mujohidlar qamalda qolib o'zlarini yo'qotib qo'yishdi.

O'zlarini tutib turolmay jang maydoni bo'ylab tarqab ketishdi. Shuncha vahima bilan 10, 15ta sahoba Payg'ambar alayhissalomning yonida qoldi. Manashu sahobalar joylaridan jilmay qo'llaridan kelgancha dushmanga qarshi turishdi. Payg'ambar alayhissalomni dushmanning kamon o'qlari, nayzalari va qilichlaridan himoya qilish uchun o'zlarini qalqon qilishdi. Manashunday tartibsizlik payti, mushriklar tomonidan otilgan tosh payg'ambarimizning muborak yuzlariga tegib, pastki o'ng tomon tishlarini sindirdi. Toshbo'rondan peshonalarini jarohat olib lablarini yorildi. Shunda Abdulloh ibn Qami'a ismli kofir qilichi bilan Payg'ambarimizning dubulg'asini sindirib tashladi.

Qalqonning ikki metal halqasi yuzlariga kirib qoldi. Rasulullohning yuzlari qonga belandi. Qo'llari bilan qonni artib shunday dedilar. "Allohga da'vat qilayotgan payg'ambarining yuzini qonga belagan qavm qanday qilib najotga erishishi mumkin?" Boshqa tomondan Hamza roziallohu anhu bor kuchlari bilan mushriklarga qarshi kurashar edilar. O'rnida mustahkam turib, dushmanga tik boqib, ularga qattiq zarbalar berardi. Jang boshlangan ondan boshlab bir kishi Hamzani kuzatardi. Jubayr ibn Mutimning quli Vaxshiy uni o'ldirishning qulay fursatini poylab turardi. Jubayrning amakisi Badrda halok bo'ldi. Qasos olish uchun u Vaxshiyni tanlab olib shunday dedi. "Qo'shinga qo'shil.

Amakim Tuayma ibn Adiyning o'limi uchun Muhammadning amakisi Hamzani o'ldirsang, seni ozod qilaman.." Hamzadan qasos olishni xohlaydiganlardan yana biri Abu Sufyonning ayoli Hind bintu Utba. Otasi, amakisi, va akasi Badrda halok bo'lishgan edi. Hamzaga qarshi qattiq dushmanchiligidan uning jigarini yeyishga qasam ichdi. U Vaxshiyga mukofot qilib taqinchog'ini va'da qildi. Manashu qasos o'tini o'chirmoq uchun Vaxshiy jang maydoniga Hamzani qatil qilish uchun yuborildi. Hamza so'ngi nafasigacha jang qilishga tayyor edi. Imoni, jasorati, Allohga bo'lgan qattiq ishonchi bilan u dushmanga qarshi mardonavor turdi. Bu payt Vaxshiy qo'lida nayzasini tutgan holda Hamzaning atrofida aylanaverdi.

Ammo yaqin kelishning ilojisi yo'q edi. Allohning sheri o'zining tengsiz kuchi va jasorati bilan dushman qalbiga qo'rquv solardi. Men Allohning sheriman! Hamza dushmanni yer tishlatar ekan Vaxshiy tosh ortidan uni kuzatib turardi. U nayza otishga usta bo'lib qulay vaziyatni kutib turdi. Qulay fursat kelgach Vaxshiy qo'lidagi nayzani uloqtirdi, va nayza Hamzaning ko'kragini teshib o'tdi. Yuraklarni qon qilgan Uhud kunida Hamza shahid qilindi. Vaxshiy bu bilan to'xtamadi. Abu Sufyonning xotini Hintni hayron qoldirish uchun uning qornini yorib, jigarini chiqarib Hintning oldiga olib bordi. Qasosga bo'lgan ishtiyoqi tufayli, Hint Hamzaning jigaridan bir tishladida chaynadi.

Ammo bu ham undagi qasos o'tini o'chirmadi. U Hamza roziallohu anhuning jasadi oldiga borib, dahshatli ravishda, o'zi uchun taqinchoq yasash uchun uning burni va quloqlarini kesib oldi. Hamza roziallohu anhuning o'limidan daxshatga tushgan sahobalar yana bir muthish xabarni eshitishdi. Muhammadni o'ldirdim. Muhammadni o'ldirdim! Muhammadni o'ldirdim! Muhammadni o'ldirdim! Sahobalar buni eshitgach nima qilishni bilmay qolishdi. Ba'zilar Madinaga qaytishni o'ylashdi. Allohning habibi shahid bo'ldimi? Manashu holatda bir kishining hayqirig'i eshitildi. "Nima qilib o'tiribsiz?" Bu Anas ibn Nazir edi. Nima qilamiz? Rasululloh o'libdilar. "Payg'ambar o'ldirilgan bo'lsa ham uning Robbisi tirikdir!

Payg'ambar o'ladigan bo'lsa, hayotingizni butunlay o'zgartirasizlarmi? Biz ham jang qilaylik, va u kabi shahid bo'laylik!" Hech qanday ikkilanishsiz uning o'zi dushman ichiga otildi. Anashu kuni, Allohning Rasuliga bo'lgan muhabbati bilan Anas ham shahid bo'ldi. Uning tanasi bo'laklarga ajratildi. Jangdan keyin singlisi uni barmoqlaridan tanib qoladi. Anasning so'zlaridan keyin sahobalar o'zlarini qo'lga olishdi. Allohning Rasuli rostan shahid bo'ldimi yo'qmi bilmoqchi bo'lishdi. Uni hammayoqdan qidirishdi. O'zi nima bo'lgandi? Payg'ambar alayhissalom qayerda edi? U payti Rasululloh mushriklar qazigan o'raga yiqilgan edilar. Jarohatlari sabab tirmashib chiqishga kuchlari yo'q edi.

Nihoyat sahobalar u zotni topib o'radan chiqarib olishdi. Unda Ibn Qomia "Muhammadni o'ldirdim!" deb kimni aytgan edi? Mus'ab ibn Umayr payg'ambar alayhissalomga juda o'xshardi. Jang boshlanishidan u Rasulullohning yopinchig'ini kiyib olib, musulmonlar bayrog'ini ko'tarib yurgan edi. Jang davomida u Ibn Qomia bilan yuzma yuz kelib jang qildi. Ibn Qomia Mus'abning bayroq tutgan qo'lini bir zarbada kesib tashladi. Mus'ab Islom bayrog'ini o'z jonidan ham ko'proq qadirlardi. Bayroq qulamasligi uchun boshqa qo'li bilan ushlab oldi. So'ng Ibn Qomia yana zarba berib uning ikkinchi qo'lini ham uzib tashladi.

Chidab bo'lmas og'irqqa qaramay Mus'ab bayroqni yelkasi bilan ko'ksiga qisib, tik tutib turdi. Qachonki Ibn Qomia unga so'ngi zarbani bergach u shahid bo'ldi. Mus'ab ibn Umayr, Madinada islomni tarqatgan kishi, Uhud kunida misli ko'rinmas jasorat bilan jang qildi, va o'zini bag'ishlagan bayroq uchun jonini fido qildi. U uchun qiyinchlilik kunlari tugab mukofot kunlari kelgan edi. Ibni Qomia Mus'abni payg'ambarimizga o'xshatib yuborgani uchun o'sha so'zlarni aytgan edi. Rasululloh bir nechta sahobalar bilan bir g'orga kirib berkindilar. Payg'ambarning oldida ikki yo'l bor edi. Yo jim turish yoki tarqab ketgan qo'shinni to'plash. Ularni chaqirish uchun baland ovozda gapirish kerak.

Bunday qilsalar mushriklar kelib u zotni o'ldirishlari mumkin edi. Rasululloh hayotlarini xavfga qo'yib ikkinchi yo'lni tanladilar. U zot sahobalarini baland ovoz bilan yonlariga chaqirdilar. Mushriklar Rasulullohning tirik ekanlarini bilib qolishgach yana bir bor to'planishib har tomondan o'q yog'dirishdi. So'nggi zarba bilan hammasiga chek qo'yishni istashdi. Rasulullohning atrofidagi bir necha sahobalar u zotni qalqonlari bilan pana qilishdi. U zotni himoyasi uchun o'z jonlaridan kechishdi. Yana shunday bir sahoba bor ediki, keyinchalik Rasululloh alayhissalom u haqida shunday derdilar.

"Qachonki o'sha kunni eslasam uning yonginamda jang qilayotganini ko'raman." U kishi onamiz Nusayba edi. U Rasulullohni kuchli g'ayrat bilan himoya qilib bor kuchi bilan dushmanga qarshi jang qilardi. Eri va bolalari bilan Allohning Rasuliga juda yaqin turardi. U o'sha kunda 13 joyida jarohatlandi. Deyarli bir yil deganda tuzalib ketdi. Alloh undan rozi bo'lsin. U kunda Rasululloh alayhissalom shu darajada ko'p o'q otganlaridan kamonlari oxiri sinib ketdi. Sa'd ibn Abi Vaqqos u zotning oldilarida turib tinmay o'q otib u zotni himoya qilardi. U shu darajada ko'p o'q otganidan Rasululloh unga, faqatgina unga, "Otam va onam siz uchun qurbon bo'lsin." dedilar.

Mushriklar boshqa jang qila olmasliklarini bilgach yengilib qolishdan qo'rqib chekinishga qaror qilishdi. Shunday qilib, ular mag'rurlik va takabburlik bilan jang maydonini tark etishdi. Rasululloh alayhissalom jarohatlanib holdan toydilar. Oyoqlarida tura olmay qoldilar. Sa'd ibn Muoz va Sa'd ibn Ubodaga suyanib zo'rg'a musulmonlar panoh topgan Shi'b nomli toshli joyga yetib oldilar. O"sha yerda dam olib kuch to'plab olmoqchi edilar. Biroz yurganlaridan so'ng anashu kuchlarini ham yo'qotdilar. Kiyib olgan ikki qavat sovutlari og'irlik qila boshladi. Anashunda Talha ibn Ubaydulloh tiz cho'kib shunday dedi. "Keling ey Allohning Rasuli. Ustimga chiqib oling. Men kuchliman.

Shunda u Rasulullohni qoyalargacha ko'tarib bordi. Quraysh qo'shini asta sekin jang maydonidan ketdi. Jang maydonini aylanib chiqqach ularning qo'mondoni Abu Sufyon bir tepalikka chiqib shunday dedi. "Muhammad tirikmi?" Allohning Rasuli sahobalariga "Unga javob qaytarmang" deya buyurdilar. Abu Sufyon savolini uch marta takrorladi. Ammo hech kim javob bermadi. "Abu Quhofaning o'g'li tirikmi?" Ya'ni bu Abu Bakr. Yana bir bor payg'ambar alayhissalom sahobalarga indamaslikni buyurdilar. "Xattobning o'g'li tirikmi?" U Umar roziallohu anhuni aytdi. Baribir Payg'ambar alayhissalom javob berishga ruxsat qilmadilar. "Demak hammasini o'ldiribmiz!" Bunisiga Umar roziallohu anhu chiday olmadi.

"Yolg'on gapirding ey Allohning dushmani! Allohga qasam, bu gaping yolg'on! Hammalari tirik! Ular shu yerda!" Abu Sufyon Umarning so'zini eshtib ularni o'ldira olmaganligini tushundi. "Uchovingiz ham tirikmisiz? Ha! Bu Badr uchun olingan qasos. Badrda siz yutdingiz. Bugun esa Uhudda biz yutdik. Urush degani shu. Ba'zida siz yutasiz, ba'zida esa biz. Bugun Badr uchun qasos olindi! "Hech qachon! Ikkisi bir xil bo'lmadi! Bizdagi o'lganlar Jannatdadirlar! Siznikilar esa Jahannamda! "Sen va biz hech qanaqasiga teng bo'lmaymiz ey Allohning dushmani!" Kelasi yili yana bir bor ko'rishib Badrda yana jang qilamiz! "Allohning Rasuli rozi bo'ldi. Alloh xohlasa, o'sha joyda albatta uchrashamiz!

So'ng Abu Sufyon jang maydonini tark etdi. Jang nihoyat tugadi. Islom jangchilari uchun, dam olish, jarohatlarini bog'lash, va shahidlarini ko'mish vaqti keldi. O'zingizni o'sha yerda deb anashu manzarani tasavvur qiling. Juda ko'p sahobalar jonsiz yotibdi. Kecha yoningizda yurgan qadirdoningiz, husandchilik va qayg'uda birga bo'lgan birodaringiz, hammalari shahid bo'lib yerda jonsiz yotibdi. Ular oralab yurar ekansiz, birini ketidan ikkinchi yuzni tanib qolib qalbingiz battar parchalanadi. Ba'zilari tanib bo'lmas darajada parchalanib ketgan. Xotiralaringiz yog'ilib keladi. So'z bilan ifodalab bo'lmas og'riqni his qilasiz.

Va o'sha paytda sizga taskin beradigan yagona narsa - bu siz ular bilan abadiy olamda, haqiqiy maskanimiz bo'lgan Jannatda, Inshaalloh yana uchrashishingizga bo'lgan qat'iy ishonchingizdir. Qayg'u va og'riqlardan uzoq bo'lgan joy, u yerda yaqinlarimizdan ajralmaymiz. Oxiratga bo'lgan iymonsiz o'sha paytdagi og'riq hissi chidan bo'lmas darajada bo'lar edi. Allohning Rasuli shahidlar ichida Hamzaga nima bo'lganini bilmoqchi bo'ldilar. Uni qidirish uchun Horis ismli sahobani jo'natdilar. Horis Hamza roziallohu anhuni topgach tili aylanmay qoldi. Ko'rganlarimni Rasulullohga qanday qilib aytaman, deb o'ylardi. O'tirgan joyida qattiq yig'ladi.

Horis kelavermagach payg'ambar alayhissalom ortidan Ali roziallohu anhuni jo'natdilar. Ali kelib Hamza roziallohu anhuni ko'rgach u ham qattiq ko'zyosh to'ka boshladi. Bu holatni Rasulullohga qanday aytib berishadi? Bor kuchini to'plagach u qaytdi. Allohning rasuli Hamzani bu holatda ko'rishini istamadi. Ammo payg'ambarimiz qattiq turib oldilar. U zot Hamza yotgan joyga bordilar. Uni ko'rib shunday dedilar. "Ey, payg'ambarning amakisi Hamza! Ey Alloh va Rasulining sheri bo'lgan Hamza! Ey solih kishi, Hamza! Ey Allohning rasulining himoyachisi Hamza! Alloh sizga rahm qilsin!" Hamza doimo mushriklarga qattiq qarshi turardi. Jangda ularga kuchli zarbalar bergan edi.

Abu Jahlning haqoratlaridan doim jiyanini himoya qilardi. U Islomni qabul qilganda Allohning habibi qanchalar hursand bo'lgan kun esingizdami? Musulmonlar undan kuch olishardi. Ammo endi u shahid bo'ldi. Rasulullohning qalblari qayg'uga to'lib toshib ko'zlaridan yoshlar shashqator bo'lib oqdi. Payg'ambar alayhissalom turgan joylarida uzoq yig'ladilar. Insoniy tuyg'ularga berilib shunday dedilar. "Qasam ichaman, men ham ularning 30tasini xuddi shunday musla qilaman." Ammo Nahl surasining 126-oyati ogohlantirish sifatida tushirildi. "Agar iqob qiladigan bo‘lsangiz, o‘zingizga qilingan iqobga o‘xshash iqob qiling.

Agar sabr qilsangiz, albatta, u sabr qilguvchilar uchun xayrlidir." Qabirlar qazilib janoza namozlari o'qildi. Allohning Rasuli "Shahidlar halok bo'lgan joyiga ko'milishi lozim." dedilar. Ular orasida Mus'ab ibn Umayrni ko'rdilar. Qo'shin bayrog'ini tutgan kishi. Madinadagi ilk Islom ustozi. Rasululloh Mus'abning eski kunlarini eslar ekan, qalbini chuqur qayg'u bosdi. Uni kafanlash uchun hech nima topilmadi. Ustida yopinchig'idan boshqa hech nimasi yo'q edi. Sahobalar u bilan uning boshini yopishsa oy'gi ochilib qolardi. Oyog'ini yopishsa boshi ochilib qolardi. Buni ko'rib payg'ambar alayhissalim "Boshini yopinchiq bilan, oyog'ini esa Izhir o'ti bilan yoping." dedilar.

Mus'ab bir paytlar o'ta badavlat xonadonning yosh farzandi edi. Ammo islom uchun hammasidan voz kechib Madinaga hijrat qiladi. Endi esa jasadini kafanlashga ham yetarli mato yo'q. U Allohning dini uchun hammasini qurbon qildi. Qo'lida nima bo'lsa hammasidan voz kechdi. Nihoyat o'zlari istagan shahidlikka munosib bo'ldilar. Jarohat va charchoq bilan qolganlar esa Madinaga qarab yo'lga tushishdi. Payg'ambar alayhissalom bir safar "Haqiqiy mujohid o'z nafsini yenga olgan kishidir" deganlar. Endi ular oldida yanada buyukroq jang turibdi. Tez orada sahobalarning iymoni va sadoqati yana bir bor imtihon qilinadi. Bu orada Madinada boshqa muammo vujudga keldi.

Banu Nadr yahudlari shahardagi tinchlikka rahna solardi. Musulmonlarga qarshi sirli rejalar tuzishardi. Ularning so'ngi qilmishlari hammasidan oshib tushdi. Bu ish nima edi? Allohning Rasuli unga qanday munosabat qildilar. Alloh bizga fathni bermaguncha, mushriklar endi bizga bunday zarar yetkaza olmaydilar. Rasululloh alayhissalomning bu so'zlari Uhuddan qattiq qayg'uga tushganlar qalbiga yumshoq mayinlik olib kirdi. Uhuddagi mag'lubiyat ko'p muslimalarni beva qoldirdi. Onalar o'g'irllaridan, bolalar esa otalaridan judo bo'lishdi. Dardlarini yengillashtirish, qalblariga xotirjamlik va ruhlariga taskin berish uchun Payg'ambarimiz alayhissalomning huzurlariga kelishardi.

Hammalari turlicha yo'qotishdan aziyat chekardilar. Ba'zilar otasidan, ba'zilar turmush o'rtog'idan, va ba'zilar o'z o'g'lidan judo bo'ldi. Shunday bo'lsada ulardan faqat bir xil gap chiqardi. Otam va onam siz uchun qurbon bo'lsin ey Allohning Rasuli. Rasulullohning qalblari hamon qiynalardi. Quraysh ortga qaytib Madinaga hujum qilishi mumkinligi haqida qayta qayta o'ylardilar. Shahar mag'lubiyatdan keyin holsiz qoldi. Bu holatdan qutilish zarur edi. Musulmonlar kuch qudratlari hali tirik ekanini ko'rsatishlari lozim edi. Uhuddan qaytib kelgan kunlarining ertasiga Rasululloh Bomdod namoziga imom bo'lib Bilol roziallohu anhuni chaqirdilar. Unga shunday deyishni buyurdilar.

"Allohning Rasuli sizlarga dushman ortidan borishni buyurdilar! Kecha biz bilan Uhudda jang qilmagan insonlar biz bilan bormasinlar! Faqatgina jangda qatnashganlar biz bilan borsin!" Sahobalarning deyarli hammalari jangda qatnashgandi. Ammo sahobalar ham, payg'ambar alayhissalom ham jarohatlangan va holdan toygan edilar. Uhuddan qaytganlariga hali ko'p bo'lmadi. Shunday bo'lsada Allohning Rasuli ularni chaqirganda birortasi ham ikkilanmadi. Sahobalar ichida ikki aka uka qattiq jarohatlangan edi. Ammo kurashga bo'lgan muhabbatlari og'riqni unutib yo'lga chiqishga ko'mak berdi. Bittasi charchab qolsa boshqasi uni ko'tarib olardi. Shunday qilib yo'llarida davom etdilar.

O'ta qattiq jarohatlangan sahoba Usayd ibn Xuzayr edi. 7 joyidagi jarohat qattiq azob berardi. U aslida dam olib davolanishi lozim edi, ammo Rasulullohning buyrug'ini eshitgach muolajalarni yig'ishtirib qo'shinga qo'shildi. Rasululloh masjidga kirib ikki rakat namoz o'qidiilar. So'ng sovutlarini kiyib boshlariga dubulg'a kiydilar. Faqat ko'zlari ko'rinib turardi. Shu holatda ham qo'shinni qo'lga oldi. Allohning Rasuli dushmanni kuzatish uchun uch kishi yubordi. Ulardan biri charchab ketib ortda qoldi, qolgan ikkitasi esa Qurayshhni topdi. Allohning Rasuli taxmin qilganlaridek mushriklar qayta zarba berishga tayyorgarlik ko'rayotgan edilar. Ikki kuzatuvchi qo'lga olinib shahid qilindi.

Allohning Rasuli Hamro al Asad degan joyga kelib chodir qurdilar. So'ngra sahobalarga tun uchun o'tin yig'ib kelishni buyurdilar. Tun tushgach chodir atrofida yuzlab olovlar yoqildi. Rasulullohning maqsadi dushmanni qo'rqitish, ularni musulmonlar ulkan qo'shin to'plaganiga ishontirish edi. Xuddi shunday bo'ldi. 500ga yaqin olov tunni yoritib mushriklar qalbiga qattiq qo'rquv soldi. Qo'rqib qochib ketishdi. Quraysh lashkari ko'zga ko'rinmay qoldi. Ulardan faqat bittasi qolgandi. U uxlab qolibdi. Bu Abu Izza bo'lib Badrda qo'lga tushgan shoir edi. Sheriyatga ustaligi bilan payg'ambar va uning sahobalarini mazax qiluvchi she'rlarni o'qib ularga zarar keltirardi.

Manashu ishini qilmaslikka va'da berib tovonsiz ozod qilingan edi. Ammo va'dasiga xilof qilib Uhudga kelgan edi. She'rlari bilan Qurayshni musulmonlarga qarshi qayrab ularni haqorat qilardi. Boshqa qilmayman. Va'da beraman boshqa qaytarilmaydi. Ammo Rasulullohdan kelgan javob o'rinli va qat'iy bo'ldi. "Musulmon kishi bir teshikdan ikki marta chaqilmagay. Allohga qasamki, Makkaga qaytib borib, qo'llaringni yuzingga surtib, faxr bilan: "Men Muhammadni ikki marta aldadim va uni ahmoq qildim", deb aytishing uchun seni ozod qilmayman. Rasululloh buyruq berdilar, Abu Izzo qatil qilindi.

Rasululloh hali Hamro al-Asadda bo'lganlarida, Tihoma degan joylarda yashovchi Xuzoa qabilasidan Mo'bod ibn Abi Mo'bod uni ko'rgani keldi. Islomni qabul qilmagan bo'lsa ham, u Payg'ambarimiz alayhissalomga nisbatan samimiy va sodiq edi. "Ey Muhammad Uhud qayg'usi bizlarga ham ta'sir qildi. Robbingiz dushmanlarga qarshi ofiyat bersin." Bu bilan payg'ambar alayhissalomga maslahat bermoqchi edi. Qaysidir ma'noda musulmonlarga yordam berishni maqsad qilgan edi. Ravha degan joyda majlis qilib turgan Quraysh ustidan chiqdi. Ular musulmonlarga qarshi to'planishgan edi. "Muhammadning eng yaxshi jangchilarini o'ldirdik. Ammo butunlay yo'q qila olmadik." Makkaga qaysi yuz bilan qaytamiz?

Fursat borida qolganlarini ham yo'q qilish kerak." Abu Sufyon Mo'bodni ko'rib so'radi. "Ey Mo'bod, kelgan joyingdanqanday yangiliklar keltirding? Muhammad va uning izdoshlari seni yo'q qilish uchun hech kim ko'rmagan katta qo'shin bilan kelyapti. Menga voy bo'lsin! Bu gaplaring nimasi, Mo'bod?" Abu Sufyon Mo'bodning musulmon emasligini bilgani sabab uning so'zlariga quloq soldi. Ammo eshitgani u kutganichalik bo'lmadi. So'ng Mo'bod musulmon qo'shinini she'r bilan maqtadi. U she'r o'qirkan Abu Sufyonning qo'rquvi yanada oshdi. Butun qo'shin qattiq qo'rqqanidan oxiri hududni tark etib Makkaga qaytib ketdilar. Bu bilan Mo'bodning musulmonlarga katta foydasi tegdi.

So'ng qabiladoshlaridan birini payg'ambar alayhissalomga nima bo'lganini aytish uchun yubordi. Rasululloh har ehtimolga qarshi, havfsizlik uchun Hamro al-Asadda yana bir kecha qoldilar. Dushmandan hech darak ko'rinmagach nihoyat Madinaga qaytdilar. Robbimiz anashu kunlarni oyatlarda bayon qiladi. "Ular jarohat yetgandan keyin ham Alloh va Payg‘ambar chaqirig‘iga javob beradiganlardir. Ulardan yaxshilik va taqvo qilganlariga ulug‘ ajrlar bordir. Ularga kishilar: «Albatta, odamlar sizga qarshi kuch to‘pladilar, ulardan qo‘rqinglar”, deganda, iymonlari ziyoda bo‘ldi va: «Bizga Allohning O‘zi yetarli va U qanday ham yaxshi vakil”, dedilar. Hammalari shu mukofotga loyiq.

Rasulullohning birgina so'zlari bilan butun hayotlarini o'zgartirar edilar. Bunday sadoqat Siyrat davomida qayta va qayta ko'rsatiladi. Endi ular kichik kurashdan kattasiga qaytar edilar. Kattasi nima edi? Ya'ni kundalik hayotlaridagi qiyinchilik, o'z nafslariga qarshi kurashish edi. Ularning sadoqati tez orada Madinada aroqning harom qilishini bilan imtihon qilinadi. Hijratning to'rtinchi yili edi. Aroq hali harom qilinmagan edi. Uni man qiluvchi oyat hali nozil bo'lmagan. U paytlari Arab yarimorolida to'rt xil ichimlik bor edi: suv, sut, sharbat va sharob. Arab urf odatida sharob keng tarqalgan ichimlik edi. Odamlar uni ichishni yoqtirishardi, u haqida she'rlar yozishardi.

Ko'pchilikning uyida topilishi oson edi. Qisqa qilib aytganda u bugungi kundagi oddiy ichimlik sifatida edi. Bu holatni Umar roziallohu anhuning ko'zlari bilan tasavvur qilsak. Chunki bu kunlardagi holatni uning kechinmalari bilan tushunish mumkin. U sharobni yomon ko'rib uning harom bo'lishini hammadan ko'proq xohlardi. Shu darajada yomon ko'rganidan Allohdan duo qilib so'rardi. Uni nima tashvishga solardi? Musulmon birodarlarini bunday holatda ko'rishni istamasdi. U uchun bu holat musulmonlarning sharafiga mutlaqo yarashadigan ish emasdi.

Shu bilan birga, ba'zi sahobalar ham Payg'ambardan ichkilig va qimor o'yinlarining hukmi haqida so'rashib u zot bergan har qanday buyruqqa itoat qilishga tayyor edilar. Umar duo qilardi: "Ey Alloh, sharob to'g'risida aniq va qat'iy bir chora ber." Ko'p o'tmay unga qarshi birinchi oyat nozil bo'ldi. "Sendan xamr va qimor haqida so‘rarlar. Sen: "Ikkisida katta gunoh va kishilar uchun manfaat bor va gunohlari naflaridan kattadir", deb ayt." Buni eshitib ba'zilar uning zararidan saqlanish uchun voz kechishdi, boshqalar esa hali to'liq ta'qiqlanmagani uchun ichishda davom etdi. Shunda kimdir "Nega birdaniga ta'qiqlanmadi?" deyishi mumkin. Bu yerda Islomning oqilona yo'lini ko'ramiz.

Sharob ichish kabi odatlar, o'ziga o'rgatib qo'yadigan narsalarni bir kechada tark qilish qiyin. Jamiyatdan spirtli ichimliklarni olib tashlash uchun Qur'on Tadrij usulini, ya'ni bosqichma-bosqich taqiqlashni qo'llagan. Robbimiz uning butunlay ta'qiqlanishi uchun bandalarini tayyorlayotgan edi. Bu jarayon davomida musulmonlar yo butkul undan voz kechishdi yoki ichishni kamaytirishdi. Shuning o'zi yetarlicha o'zgarish edi. Biror narsaga birdaniga erishish mumkin bo'lsa ham, undan butunlay voz kechmaslik kerak. Agar birdaniga voz kechish kerak bo'lganida o'sha davr odamlari uchun Islomni qabul qilish qiyin bo'lib qolar edi.

Undan voz kechmasliklari sabab sharob haqidagi Qur'on oyatlari birin ketin nozil bo'lib uning zararini birma bir tushuntirdi. Nihoyat uchinchi bosqichda u haqida aniq ta'qiq oyatlari tushdi. Psixologik tomondan olib qaraganda Qur'onning tutgan yo'li eng to'g'ri yo'l. Unutmang. Hatto besh mahal namoz ham Hijratdan bir yil avval, Meroj kunida farz qilindi. Payg'ambarimizga vahiy nozil bo'lganidan taxminan 11 yil keyin. Ular yaratilish maqsadi, insoniyatning bu dunyoga yuborilish sababi, ilk insondan to uning davrigacha bo'lgan payg'ambarlik vazifasi, Allohning ismlari va sifatlari hamda tavakkul va tafakkur kabi chuqur haqiqatlar haqida bilib oldilar.

Ular oxirat, jannat va do'zax haqida bilishdi. Asosida iymon bo'lgan, va uni ilk saboqqa aylantirgan uslub hech qachon yiqilmaydi. Shunday mustahkam poydevor qo'yilgach, namoz, zakot, ro'za, hijob yoki sharobni taqiqlash kabi amrlar sahobalar uchun og'ir yuk bo'lib tuyulmaydi. Ular bu buyruqlarni majburliklaridan emas balki katta zavq-u shavq hamda muhabbat bilan bajarishardi. Namoz vaqti bo'lgach payg'ambar alayhissalom odamlarni chaqirardilar. "Allohning Rasuli, aroq ichgan kishining namozga yaqin kelmasligini buyurdilar." Bir musulmon o'sha kuni mast holda namozga keldi. Umar roziallohu anhu yana bir bor qattiq hafa bo'ldilar.

Qo'llarini ko'tarib duo qilishdan boshqa hech qanday choralari yo'q edi. "Ey Alloh, sharob haqida aniq va qat'iy qoida bergin" Nihoyat quyidagi oyatda uzoq kutilgan buyruq keldi. Ey iymon keltirganlar! Albatta, xamr, qimor, butlar va fol ochadigan cho‘plar iflosdir. Shaytonning ishidir. Bas, undan chetda bo‘ling. Shoyadki, najot topsangiz. Albatta, shayton xamr va qimor tufayli oralaringizga adovat va yomon ko‘rishlikni solishni hamda sizlarni Allohning zikridan va namozdan to‘sishni xohlaydi. Endi to‘xtarsizlar?! Bu sharobning harom qilinishining to'rtinchi so'ngi bosqichi edi. Endi nima bo'ladi? Payg'ambar alayhissalomning buyruqlari bilan bir jarchi ko'chalar bo'ylab baqirdi.

"Ey odamalr quloq soling! Sharob endi harom qilindi!" U yerda turgan Anas ibn Molik shunday derdi. "Musulmonlar buyruqni eshitgach darhol uylaridagi sharobni olib chiqib to'kib tashlashdi. Sharob idishlarini yerga urib parchalab tashlashdi. Madina ko'chalaridan sharob daryo bo'lib oqdi. Anashu kundan boshlab musulmonlar o'zlarida bor bo'lgan sharobning bir tomchisini ham qoldirishmadi." Ba'zida chin qalb bilan aytishning o'zi kifoya. "Voz kechdim, Robbim. Gunohi qanchalar bo'lsa ham, uni ichishimni istamasang, men uni tark etaman. Bu jasad senga tegishli. U menga bergan omonating. Men unga vaqtincha egalik qilaman xolos.

Rozi qilishim lozim bo'lgan yagona zot sen ekansan na o'z nafsimni, va na atrofimdagi odamlarni rozi qilishni istamayman." Ular Robbilarining roziligi uchun undan voz kechishdi. Chunki oxirida Alloh uchun bir narsadan voz kechganlar g'oliblardir. Qur'on va Allohning Rasulining buyrug'i qanday ta'sir qilganini ko'rdingizmi? Bugun oddiy odatdan voz kechish uchun odamlar har xil joylarga borib davolansa ham ish bermaydi. Bir kishining so'zlari qanchalar kuchli bo'lishi mumkin? Nahotki jamiyatda tomir otgan narsani olib tashlay olsa? Uning ortida ilohiy kuch turganining ishorasi bo'lishi mumkinmi? Esingizda bo'lsa sharobni 4 asosiy ichimlikdan biri degan edik.

Bunday odatga aylangan narsani yo'q qilish deyali ilojsiz edi. Unga vahiy qilingan ilohiy qonunlar orqali bir kishi johillik zulmatida g'arq bo'lgan jamiyatni o'zgartirdi va ularni yorug'likka olib chiqdi. Bu mislsiz muvaffaqiyat haqida buyuk islom olimi Badiuzzamon Said Nursiy shunday degan edi: "100ta faylasuf borib 100 yil davomida ish olib borsinlar. U zot bir yilda amalga oshirgan narsani amalga oshira olshadimi? Islomning shiorlari, ya'ni Islom ramzlari, uning qonun-qoidalari Alloh va Uning Rasuli alayhissolatu vassalomning amrlari va taqiqlari orqali birma-bir o'rnatilardi.

Shu bilan birga, Rasululloh Uhud voqealaridan keyin ham ehtiyotkor bo'lib, Madina xavfsizligini ta'minlash uchun barcha choralarni ko'rdilar. Musulmon jamoasi kundan kunga oshib borsada, shahar ichida bir necha yahudiy qabilalar bor edi. Ulardan biri Horun alayhissalom avlodlaridan bo'lgan boy va qudratli Banu Nadir qabilasi edi. Ular Makkaga boradigan yo'l bo'ylab, Madinadan ikki soatlik masofada joylashgan mustahkam qal'alarda yashashgan. Rasululloh bilan shartnomalari bor edi. Musulmonlarga qarshi chiqmaslik va dushmanlariga yordam bermaslik. Bunga qaramay ular Quraysh va Madina munofiqlari bilan til biriktirishdilar.

Ayniqsa Uhud jangidan so'ngra ular mushriklar va munofiqlar bilan aloqalarini yanada mustahkamladi. Shu va boshqa ko'plab masalalar tufayli Payg'ambar alayhisslom ularga e'tiborli edi. Banu Nadrning qanchalar vafodor ekanligini tekshirish uchun Rasululloh ba'zi sahobalari bilan yo'lga chiqdilar. Ular qabila manzilgohiga yetib kelishgach yahudiylar avvaliga ularni iliq kutib olishdi. Hatto shartnomaga qattiq amal qilishga va'da berishdi. "Biz sizlar bilanmiz. O'rtamizdagi kelishuvga munosib ish ko'ramiz." Ammo o'zlari holi qolishsa bir nimalarni pichirlashrdi. "Uni o'ldirish uchun boshqa qulay fursat bo'lmaydi. U o'tirgan uy tomiga chiqaylikda ustiga tosh tashlab undan butunlay qutilaylik.

Anashunda rahbarlaridan biri Sallam ibn Mushkam so'zladi. "Allohga qasam, shunday qilmoqchi bo'lsangi unga vahiy bilan ayon bo'ladi. Undan tashqari o'rtamizdagi shartnoma buziladi. Xudo haqqi gapimga ishoning. Bo'lmasa bu ishning oxiri Yahudiylar va Islom o'rtasining buzilishi hamda Islomning qiyomatgacha gullab yashnashiga sabab bo'ladi." Shu gapni aytar ekan, anashu qotillik rejasi Rasulullohga Jabroil tomonidan oshkor qilindi. Payg'ambar alayhissalom indamay turdilarda xuddi bir nima kerak bo'lgandek uyning chetidan nariroqqa bordilar. So'ng to'g'ri Madinaga qarab ketdilar. Birga kelgan sahobalar qaytib qolar deb ancha kutishdi.

U zot qaytmasligini bilgach ular ham turib Madinaga yo'l oldilar. Bu vaxshiy reja bilan Banu Nadir yana bir bor so'zlariga sodiq emasligini ko'rsatdi. Yana yetmaganida ularning munofiqlar va mushriklar bilan sirli til biriktirishlariga ham chidab bo'lmas edi. Shunda Rasululloh Muhammad ibn Maslamani chaqirib, unga Banu Nadir qabilasiga borib, Madinadan chiqib ketish uchun 10 kunlik vaqtlari borligini aytishni buyurdilar. "Allohning Rasuli Madinadan chiqib ketishingiz uchun 10 kun muxlat berdilar." Banu Nadir buyruqni eshitgach ayblarini berkita olishmadi. Rozi bo'lib tayyorgarlik qila boshlashdi. Munofiqlar boshi Abdulloh ibn Ubay buni eshitgach qattiq g'azablandi.

Ular ketishsa ittifoqchilaridan judo bo'lib Musulmonlarning hukumronligi yanada kengayadi. U tezda hiyla-nayrang bilan reja tuzib vaqtni bekor ketkazmay yahudiylarga xabar yubordi. Uyingizni ham, molingizni ham tark etmang. Sizlar uchun yordamga arab qabilalaridan 2000 kishini yuboraman. Ular so'ngi nafasigacha siz bilan jang qiladi. Banu Qurayza Yahudlari ham yordamga kelishadi. Munofiqlar rahbari bu xabarni sirli ravishda jo'natdi. Banu Nadir xabarni olgach shaharni tark etish fikrlaridan qaytishdi. Ular payg'ambar alayhissalomga xabar jo'natishdi. "Hech qayoqqa ketmaymiz. Bilganingni qil." Bu javobdan so'ng qilinadigan ish aniq bo'ldi.

Qal'a qamal qilinadi, shunda Banu Nadir chiqib ketishga majbur bo'ladi. Tayyorgarliklar tugagach payg'ambar alayhissalom va sahobalar Banu Nadir tomon yo'lga tushishdi. U ularning bog'lari va dalalarida asr namozini o'qib bo'lgach, qal'alarini qamal qilishdi va buyrug'ini takrorladi. "Madinadan chiqib keting" Banu Nadir nafaqat payg'ambar gapini ikki qildi, balki manashu javobni qaytardi. "Sen so'ragan narsadan ko'ra o'lim biz uchun osonroq. Uni qabul qilgandan ko'ra o'lganimiz afzal!" Yahudiylar uzoq vaqt qal'ada qamal qilindi. "buncha ko'p chiday olmaymiz Taslim bo'lishimiz lozim. Boshqa yo'limiz yo'q." Munofiqlar boshlig'i Abdulloh ibn Ubay tomonidan va'da qilingan narsa kelmadi.

Kelmasdi ham. Chunki munofiqning bo'lgani shu. Va'daga vafo qilmaslik, yolg'on gapirish, aldash. Axir boshqalarga xiyonat qilgan kishiga ishonish yoki so'zini qabul qilishning o'zi bemanilik. Bularning hech biri ajablanarli emas. Qarshi chiqa olmasliklarini bilib Yahudiylar taslim bo'lib omonlik so'rashdi. Rasululloh ularning so'rovini qabul qildilar, ularning hech biriga ziyon yetkazilmadi. Ularga qurollaridan tashqari tuyalariga ortganlarida mol mulklarini olib ketishlarini tayinladilar. Ular Madinadan chiqib ketishar ekan osmonni tutun qopladi. U qayerdan kelayotgan edi?

Tez orada ma'lum bo'ldiki Yahudiylar ketganlaridan so'ng musulmonlar unda yashamasin deb o'z uylarini yoqib yuborishgan ekan. Bir o'limdan qolgan bo'lsalar ham Madinani g'azab va nafrat bilan tark etishdi. Bu bilan ularning adovati tugamadi. Keyinchalik yana yuzaga chiqdi. Ularning ortida ittifoqchilari bo'lgan munofiqlar tushkun bo'lishdi. Sirli ravishda ular bilan musulmonlarga qarshi bo'lgan yahudiy qabilalari endi yo'q edi. Ammo bu ularni boshqa yo'llar bilan muammo chiqarishdan to'xtatmadi. Muammo faqatgina munofiqlar emasdi. Islom dushmanlari tez orada o'zaro kelishmovchiliklarni chetga surib, musulmonlarni butunlay yo'q qilish uchun birlashadilar.

Payg'ambar alayhisolatu vassalomva sahobalarni buyuk jang kutib turardi. Misli ko'rilmagan jang taktikasi, juda qiyin tayyorgarlik jarayoni va xiyonatlar. Bu safar kim yutdi? Mushriklar nihoyat maqsadiga yetadimi? Keyingi qismda bilib olamiz, inshaAlloh. Bizdan uzoqlashmang.