Qur’on sahifalaridagi aql bovar qilmas uyg‘unlik! – Siz hali eshitmagan mo‘jiza!
Nashr sanasi
Hozir sizlarga umringizda ko'rmagan bir mo'jizani ko'rsataman. Ya'ni Qur'ondagi oyatlarning ilohiy joylashuvi. Bu mo'jizalar shu darajada aniq-ki, ko'rish uchun qarashning o'zi kifoya. Milionlab odamlar Qur'onni o'qib yod olgan, ammo asrlar davomida hech kim mana shu uch nusxa o'rtasidagi o'xshashlikni payqamagan. Bugun sizlarga Qur'onning mo'jizalarini ko'rsatamiz. Ulardagi xabarlardagina emas balki uning sahifalari, qatorlari, so'zlari, xattoki harflaridagi mo'jizani. O'nlab sahifalari faqat bitta harf bilan boshlanadigan kitobni ko'rganmisiz? Mana bu Muzhafda har bir qator bir xil harf bilan boshlanadi. O'ylab ko'ring-a.
Har bir sahifada bir xil miqdordagi qatorlar, har bir qatorning uzunligi bir xil, yana hammasi bir xil harf bilan boshlanadi. Yoki Qur'onning mana bu nusxasida simmetrik uyg'unlik bor. U har bir sahifada uchraydi. Birinchi va oxirgi qatorlar bir xil harf bilan boshlanadi. Ikkinchi va oxiridan bitta oldingi qator ham bir xil harf bilan boshlanadi. Tepadan uchinchi va pastdan uchinchi ham bir xil harf bilan. Har bir qator mana shu tartibda joylashgan. Xuddi shu holat har bir sahifada qaytarilishini ko'rish mumkin. Endi, mana bu nusxa esa barchasining ichida eng ajoyibi bo'lsa kerak. Bugun sizlar bilan iymoningizni butunlay boshqa darajaga olib chiquvchi suhbat quramiz.
Hofiz Usmon Nuriy 1800-yillarda yashagan xattot edi. U butun boshli Qur'onni 106 marotaba qo'lda yozib chiqqan. Ha, 106 marta. Ammo undan qolgan buyuk meros faqat yozma muzhaf emasdi. Balki hozirda butun dunyoda qabul qilingan yozuv uslubi va sahifa tuzilishi edi. Bi kuni, Qur'onni nusxalayotgan paytida, o'zidan: "Qur'onni yozishning eng yaxshi yo'li bormi?" deb so'raydi. U mo'jizani kashf qilishini o'zi ham bilmagan edi. Birozdan so'ng, Alloh uning qalbiga ilhom berdi. U Qur'onni uning o'z o'lchovlari bilan yozishni o'yladi. Qatorlar uzunligini bilish uchun eng qisqa suradan foydalandi. Kavsar surasi. Hamma qatorni shu sura qatori bilan tenglashtirdi.
Sahifa kattaligi uchun esa eng uzun oyatni tanladi. Mudayyana oyati. Shunday qilib har bir sahifa mana shu oyat kabi bir sahifaga joylashishi lozim edi. Yozishni boshlagach esa, oyatlarning mukammal joylashuviga guvoh bo'ldi. Buni ko'rib hayratda qoldi. Har bir sahifa oyat bilan boshlanib... oyat bilan tugaydigan bo'ldi. Oyatlar sahifalar aro bo'linib qolmadi. Hammasining yakuni sahifa oxiriga to'g'ri keldi. Butun boshli 600 sahifali Qur'on mana shunday yozildi. Alloh Qur'onning yozilish tartibini ham uning o'ziga joylab qo'yganiga bir qarang. Uni ko'rganlar ajablanishdi. Tez orada ushbu uslub butun Islom olamida keng yoyildi. Tasavvur qiling.
Shu paytgacha yozilgan barcha kitoblarni jamlab bir kompyuterga joylasak. Sun'iy Ongdan ham hammasini qayta yozishni so'rasak. Yozishda qatorlar uchun eng qisqa bo'limdan foydalansin, sahifa kattaligi uchun esa eng kattasidan. Sizningcha kitoblardan aqalli bittasi Qur'onning mukammal tuzilishiga o'xshay oladimi? Menimcha yo'q. Bu esa Qur'onni Allohning mo'jizasi ekanini yana bir bor ta'kidlaydi. Chunki u shu darajada mukammalki, inson bolasi uni yoza olishi mumkin emas. Undan tashqari Muhammad alayhissalom savodsiz edilar. Na yozish na o'qishni bilar edilar. Yana qizig'i shundaki, Qur'onning suralari va oyatlari, 23 yillik muddatda har xil voqealarga javoban nozil qilingan.
Ularning hammasi birin ketin tushirilgan, birdaniga emas. Undan ham qizig'i shundaki, Su'ralarning nozil bo'lish tartibi, Muhammad alayhissalom izdoshlariga o'rgatgan tartibdan butunlay farq qiladi. Agar bu tuzilmani uning o'zi reja qilmagan bo'lsa, va biz bunday narsani boshqa kitoblarda ko'rmagan bo'lsak, demak bu uning mo'jiza ekaniga dalolat qiladi. Keyinchalik, buyuk Tafsir olimi Badiyuzzamon, 1932-yilda ana shu nusxadagi boshqa ko'plab mo'jizalarni kashf qildi. U Alloh, Robb, Rahmon ismlari va payg'ambarlarning ismlari va boshqa muhim atamalar tasodifiy bo'lishi mumkin bo'lmagan tarzda mos kelishini payqadi. Ba'zilari bir sahifalarda birin ketin keladi ipga terilgan marjondek.
Ikki sahifani birlashtirganingizda ba'zilari bir birining ustiga tushadi. Boshqalari esa bir varoqning ikki tomonida bir xil joylashgan. Shunda u Qur'onni mana shu mutanosibliklarni yaqqol ko'rsatadigan qilib yozilishini xohladi. Shundan keyin Qur'onning ilohiy mo'jizasi yuzaga chiqdi. Bir qarab ko'ramizmi? 35-sahifaga qarasak. Bunga qarang, Rob ya'ni Allohning ismi bir sahifada ketma-ket besh marta kelmoqda. Endi 62- va 63- sahifalarga o'tsak. Sahifada Alloh so'zining 9 marotaba takrorlanishiga bir qarang. Qanday ajoyib yo'sin. Keyingi sahifada ham shu takrorlanadi. 9taning hammasi birin ketin joylashgan.
Sahifalarni varaqlar ekanmiz, mana shunday vertikal, ilohiy uyg'unliklarni Qur'onning har sahifasida ko'rib boraveramiz. 259-sahifaga qarasak. Rob so'zining joylashuviga qarang. Birgina sahifada birin-ustin qilib 9 marta takrorlangan. 82- va 83- sahifalarda bundan-da qiziq narsa bizni kutmoqda. Juft sahifaning ikki tomonida Alloh so'zi 4 martadan takrorlanishiga qarang. Yaqinlashtirganimizda ular bir birlariga simmetrik to'g'ri kelmoqda. Shuning o'zi mo'jiza emasmi? Yana bir boshqa ilohiy uyg'unlik, Qur'ondagi bir sahifaning old va orqa tomonida yuz beradi. 33- va 34- sahifalar yozilgan varoqqa qaraylik.
289- va 290- sahifalarni jamlagan varoqda esa, ko'rib turganingizdek Qur'on so'zi orqama-orqa bir biriga mos kelmoqda. Bunga o'xshash misollar juda ko'p. Men bir nechtasini ko'rsatdim xolos. Ana endi tushingizga ham kirmaydigan bir narsa ko'rsataman. 422-sahifa. Ushbu sahifada Alloh so'zi boshqa sahifalardagidan ko'proq takrorlanadi. Ushbu sahifada Alloh so'zi mukammal tarzda 15 marotaba keladi. Qur'onning 604 sahifasidan faqatgina, mana shu sahifa eng ko'p Alloh so'ziga ega. Sahifaning oxiridan uchinchi qatorda qaysi oyat boshlanadi bilasizmi? "Yaa ayyuhallaziyna aamanuzkurulloha zikron kasiyro" "Ey iymon keltirganlar, Allohni ko'p zikr qilinglar".
Demak, Alloh bizga uni ko'p zikr qilishimizni buyurar ekan, U anashu sahifada o'zining ismini eng ko'p keltiradi. Bu bilan ilohiy uyg'unlik orqali bizlarga mo'jizani ko'rsatadi. Ushbu mo'jizani kashf qilgan Baziyuzzamon aytishicha, Alloh so'zi Qur'onda 2,806 marotaba takrorlanadi. Ularning deyarli barchasida yuqoridagidek mo'jizalarni ko'ramiz. Shuningdek Rob ismi 846 marotaba, Rohiym ismi 220 marotaba hamda Rohman ismi 156 marotaba keladi. Ularning ko'pchiligi ilohiy uyg'unlikda keltirilgan. Xuddi shuningdek payg'ambarlar ismlari ham shunday uyg'unlikda keladi. Masalan 327-sahifada, Sulaymon va Dovud alayhissalomlarning ismlarini ko'ramiz. Va Sulaymon, Sulaymon, Va Sulaymon.
Aytkancha "Va" so'zi Arab tilidan "va" degani. Shuningdek Dovud va Dovud. Ko'rib turganingizdek, ismlar birin-ustin joylashgan. 449-sahifada, quyidagi payg'ambarlar, Is'hoq, Muso va Xorun alayhissalom ismlarini ko'ramiz. Ko'rayotganingizdek, Muso, Muso, Xorun, Xorun, Is'hoq, Is'hoq Ularning hammalari ikki martadan ko'p zikr qilingan. Uchala ism ham vertikal tarzda joylashgan. 19-sahifada, Ibrohim alayhissalom ismi, ketma-ket 3 marotaba mukammal tarzda joylashgan. Mana qarang, Ibrohim, Ibrohim, yana Ibrohim. 235-sahifada esa Yusuf alayhissalom ismi 4 marta zikr qilingan. Har doimgidek, birin-ustin joylashgan. Bularning bir tekiz joylashganiga qarang Yusuf, Yusuf, Yusuf, va yana Yusuf.
Agar sizdan Yusuf alayhissalomning eng mashxur hislatini so'rasam, nima derdingiz? Uning chiroyi to'g'rimi? Bu uning eng ko'p zikr qilinadigan fazilati. 235-sahifaga o'tsak. Oltinchi qatorda Yusuf ismiga qarang. Endi sahifani o'girib uning qaysi ism bilan orqama-orqa kelishini ko'rsak. Ko'rib turganingizdek... "Jamil" so'zi... ya'ni chiroyli degani. Ajoyib emasmi? Gap 23 yil davomida turli voqealarga javoban nozil qilingan kitob haqida bormoqda. Ba'zida u ma'lum savol va holatlarga javob sifatida nozil qilingan. Demak agar kimdir bu kitobni, Alloh saqlasin, Payg'ambarni o'zi yozib olgan desa, uning buni rejalashtirishga ham vaqti yetmagan bo'lardi.
Siyratni o'qisangiz, nima deganimni bilib olasiz. Ba'zan oyatlar odamlarning aniq so'zlariga yoki muayyan voqealarga javoban nozil qilingan. O'ylab ko'ring, agar o'sha odamlar o'sha gaplarni aytishmaganda edi, yoki aynan o'sha usulda aytishmaganda ham, biz ko'rayotgan butun struktura yo'q bo'lardi. Inson o'z tilini boshqarishi mumkin, ammo boshqa insonning gaplarini boshqara olmaydi. Qanday voqealar boshidan o'tishini esa aniq nazorat qilolmaydi. Demak shuni aytish mumkinki: Bular faqat Allohning so'zlari. Uning ilmi o'tmishni ham, bugunni ham, kelajakni ham qamrab olgan. So'nggi namunaga qaytsak. Yusuf hamda Jamil, ya'ni chiroyli so'zlari.
Shu paytgacha Qur'onda ko'rgan ilohiy uyg'unliklarimizdan tashqari, yana bir maxsus uyg'unlik mujassam. Keling, sizni yana hayratda qoldiradigan boshqa turdagi uyg'unlikka o'tamiz. As'hob-ul Kahfning mashxur iti haqida eshitganmisiz? Uning ismi Qitmir edi. Ushbu qissa aytilgan sahifaga qarasak: 294-sahifa. Yettinchi qatorning oxiriga qarasak "va kalbuhu" deyiladi. ya'ni "va ularning itlari". Itning ismi nima edi? Qitmir, to'g'rimi? Sahifalarni biroz o'tkazamiz. Qancha yurdik? Bir sahifa, ikki, 10, 20... Roppa-rosa 141 sahifadan so'ng. Yettinchi qatorning boshida nima yozilgan ekan? "Qitmir" Bir so'z qatorning oxirida ikkkinchisi esa boshida.
Qur'onga yopiq holatida qarasangiz, yuzlab sahifa uzoqlikda bo'lsa ham mana shu ikki so'z bir xil gorizontal chiziqda yotadi. Endi o'ylab ko'ring. 140 sahifada kelgan biror voqea boshqacha sodir bo'lganida, yoki boshqacha yo'lda aytilganida, yoki gap strukturasi o'zgarganida, yoki biror qismi tashlab ketilganida, yoki o'rniga boshqa narsa aytilgan bo'lganida, bu uyg'unlik yo'qolgan bo'lar edi. Son sanoqsiz ehtimollardan faqat mana shunisi yuzaga chiqdi. Chuqur ma'noga ega bo'lgan kitob, shuningdek bir vaqtda, yuzlab ilohiy uyg'unlik bilan to'lib toshgan. Buni tasavvur qilish qiyin. Ana endi Qur'onga o'xshash biror nima keltirib bo'lmasligini tushundingizmi? Albatta bu asosiy sabab emas.
Ammo mana shu o'ziga xos xususiyat ham boshqa kitoblarda takrorlanmaydi. As'hob-ul Kahf voqaeasiga qaytsak, 294-sahifa. Ular o'sha uyqudan uyg'onganlarida, qancha muddat davomida uxlaganlarini aniqlamoqchi bo'ldilar. 11-qatorda ularning biri, "Labisna yavman av ba'da yavm" "Bir kun yoki yarim kun uxladik" deydi. Ular shu masala ustida bo'lgan paytida, Qarama qarshi sahifadagi 11-qatorga qarang. Alloh ularga to'g'ridan to'g'ri javob qilganga o'xshaydi.
"Va labisu fiy kahfihim salasa mi'ati sinina vazdadu tis'a," "Ular g'orlarida 300 yil qoldilar va yana to'qqiz ziyoda qildilar." Yana bir shunga o'xshash mo'jiza, ikki bir xil ma'nodagi oyatning bir biri bilan mos tushishi, xattoki oralarida o'nlab sahifa masofa bo'lsa ham. Masalan, 342-sahifaning boshlanishida shuni o'qiymiz, "Va anzala minas sama'i ma'am bi qadar," "Biz osmondan o'lchov ila suvni tushurdik" Roppa rosa 147 sahifa o'tib 489-sahifaning boshlanishida shunday yozilgan. "Vallaziy nazzala minas sama'i ma'am bi qadar," "Va u osmondan yomg'irni o'lchab tushirgan Zotdir". Ularning ma'nosi butunlay bir xil, yana ular sahifa boshida bir xil joylashgan.
Shunga o'xshash narsa 71- va 511- sahifalarda kuzatilishi mumkin. Bu sahifalarda aynan bir xil nuqtadan boshlanuvchi ikki o'xshash jumlani ko'ramiz. Bismillahir Rohmanir Rohiym. "Yaquluna bi afvahihim ma laysa fi qulubihim," Keyingisida esa, "Yaquluna bi alsinatihim ma laysa fi qulubihim," "Qalblarida bo'lmagan narsani tillari bilan ayturlar." Orada 440 sahifa bo'lishiga qaramay, 112 va 286-sahifalarni solishtirganda yana bir xil o'xshashlikni ko'ramiz. Pastdan to'rtinchi qatorda "Vabtag'u ilayhil vasilah," oyati bor. "...va biz Unga yaqinlik yo'llarini qidirurmiz." Endi keyingi sahifa.
"Yabtag'una ila robbihimul vasilah," "Ular Robbiga yaqin bo'lish yo'llarini izlar." Endi 219- va 415- sahifalarga qarasak. Ikkala sahifaning uchinchi qatorida, oyatlar deyarli bir xil so'z bilan boshlanadi. "Vala sha'a robbuka la'amana man fil ardi kulluhum jami'a," «Agar Robbingiz xohlasa, yerdagilar ham iymon keltirgan bo‘lur edilar». Ikkala sahifaning uchinchi qatoridagi oyatlar deyarli bir xil ma'noda. "Vaalav shi'na la'atayna kulla nafsin hudaha," "Agar xohlasak, har bir qalbga hidoyatini bergan bo'lardik". Bu ikki oyatda, Allohga odamlarning iymoni kerak emas. Balki iymon bizga kerak. Agar o'zi xohlasa, hech bir dalilsiz iymon keltirishimizni buyurgan bo'lar edi.
Yo'q, U bizga shu kabi sanoqsiz ishoralarni ko'rsatib bormoqda. Shoyadki iymon keltirib oxiratimizni saqlab qolsak. Biz gaplashayotgan Qur'on nusxasi, ilohiy uyg'unlikka ega uch asosiy nusxaning biri xolos. Aytib o'tganimdek, yana ikkitasi bor, har biri o'ziga xos jihatlarga ega. Ammo ular birinchisi kabi sinchkovlik bilan o'rganilmagan. Ularda yana qanday mo'jizalar borligini yoki yana qancha ilohiy muvofiqlashtirilgan Qur'on nusxalari hali kashf etilishi mumkinligini ham bilmaymiz. Ulardan biri qanday yozilganiga to'xtalsak. Usmoniylar zamonidagi yana bir ulamo, Hofiz Xunsoiy. U Payg'ambar alayhissalomni tushida ko'radi. Bu paytgacha u ham Qur'onni qo'lda yozayotgan edi.
Tushida u Payg'ambar alayhissalomga faoliyati haqida aytadi va qandaydir ruhiy sovg'a so'radi. Payg'ambar bu so'rovni qabul qilib unga Qur'onni boshqacha usulda yozishni o'rgatdi. U Zotning ko'rsatmalariga ko'ra har bir sahifani 11 qatordan yozdi. Natija esa kutilmagan bo'ldi. Har bir sahifadagi satrlarning birinchi harflari mukammal mos keladi. Masalan birinchi qator Fa harfi bilan boshlanadi. Oxirgi qator ham Fa harfi bilan boshlanadi. Ikkinchi qator Alif bilan boshlanadi, pastdan ikkinchi qator ham Alif bilan boshlanadi. Uchinchi va pastdan uchinchi qatorlar ham bir xil Lam harfi bilan boshlanadi. To'rtinchi qator ham Lam bilan pastdan to'rtinchi qator ham Lam bilan boshlanadi.
Beshinchi qator Alif bilan, shuningdek pastdan beshinchi qator ham Alif bilan boshlanadi. Bu simmetriya butun Qur'on bo'ylab, sahifadan sahifaga, satrdan satrga davom etadi. Qaysi sahifani ochmang, mana shu simmetrik uyg'unlikni ko'rasiz. Ilohiy uyg'unlikka ega nusxalarning uchinchisi Pokiston, Lahurdan kelgan. U Qur'on Majid Alfiy deb nomlanadi. Uni yozishga 12 yil ketgan, mana shu vaqt davomida, uni yozgan ulamo to'xtamay ro'za tutgan. Har bir sahifada 21 qator bo'lib, har bir qator Alif harfi bilan boshlanadi. Qaysi sahifaga qaramang bir xil. Butun Muzhaf 221 sahifadan iborat. Hofiz Xunsoriy uslubida yozilgan Muzhaf kabi, ushbu Muzhafning o'ziga xos dizayni boshqa hech qayerda uchramaydi.
Ko'rib turganingizdek, Alloh taolo O'z so'zini aql bovar qilmas uchchala Muzhafga mos qilib, hech qanday shubhaga o'rin qoldirmagan. Bu hali hammasi emas desamchi? Endi menga sizga bu vizual go'zallikni butunlay yangi darajaga olib chiqqan mo'jizani ko'rsataman. Qur'ondagi ba'zi so'zlarning takrorlanishi ham mo'zijaga dalolat qiladi. Masalan "yavm" ya'ni kun so'zi roppa rosa 365 marotaba takrorlanadi. Albatta bu bir yildagi kunlar soni. "Shahr" ya'ni "oy" so'zi ham 12 marotaba kelgan. Xuddi bir yilning 12 oylari kabi. "Malak" ya'ni farishta so'zi hamda uning ziddi, "Shayton" so'zi, naqd 88 marta takrorlanadi. Aytkancha bularni sun'iy idrok orqali aniqlasa bo'ladi. Raqamlar bari bir xil.
Jannat va Jahannam so'zlari 77 marotaba takrorlangan. "Rojul" (erkak) va "imra'a" (ayol), so'zlari 24 marotaba takrorlangan. Yana bir misol: Qur'onda, “Albatta, Alloh nazdida Isoning misoli Odam alayhissalomning misoli kabidir” deyilgan. Bu oyat ikkisi ham boshqa odamlardan farqli ravishda otasiz dunyoga kelganiga ishora qiladi. Qizig'i, Iso va Odam ismlari Qur'onda 24 martadan takrorlanadi. Ikkisi ham teng miqdorda zikr qilingan. Endi sizga butunlay boshqa namuna bersam. Eng uzun sura, Baqara surasida 286ta oyat bor. Sura davomida Alloh so'zi 282 marta zikr qilingan. Bundan tashqari Allohga ishora qiluvchi "huva" ya'ni "u" olmoshi 4 marotaba kelgan.
Ularni qo'shsangiz mos ravishda 286 raqami kelib chiqadi. Suradagi oyatning miqdorichi? Yoki masalan Niso surasi, Moida va An'om suralarini olsak. Bu uchalasining umumiy oyatlari 464ta. Bilasizmi nima? Mana shu uch sura davomida Alloh so'zi 464 marotaba zikr qilingan. Undan ham ajablanarlisiga keldik. Quyidagi besh surani misol qilib olsak. Baqara, Oli Imron, Niso, Moida suralari hamda An'om, 2-suradan 6-gacha. Ushbu guruhdagi Alloh so'zining takrorlanish miqdori, keyingi besh suradagidan ikki barobarga ko'p. A'rof, Anfol, Tavba, Yunus va Hud suralari. Bu shunday davom etadi. Ikkinchi guruhda ham keyingisidan ikki barobar ko'p. Yusuf, Rad, Ibrohim, Hijr va Nahl suralari.
Bu suralar turli mazmunda, turli maqsadlarda nozil qilingan. Shunday bo'lsada ularda ushbu mo'jiza mujassam. Bular faqatgina biz bilganlarimiz xolos. Kim biladi boshqa oyatlarda yana qanday o'ziga xosliklar bo'lishi mumkin? Nihoyat, mana bu faktni esda saqlang. Shuncha mutanosibliklarning joylashuvi inson bolasi qo'li bilan qilingan bo'lishi mumkin emas. Xatto Payg'ambar alayhissalom ham bundan dalil sifatida foydalanmagan. Agar o'zlari tuzganda edi, bu haqida aytib o'tgan bo'lar edilar. Ammo hammasi asrlar o'tibgina kashf qilindi. Bulardan tashqari, Qur'onning mazmuni boshqa kitoblarga o'xshamaydi.
U bizga kuchli iymon tizimini berdi, hikmat egasi bo'lgan payg'ambarlar qissalarini aytdi, hayotdagi voqealarga chuqur nuqtai nazar bilan boqishni o'rgatdi, shuningdek oxirat, jannat va do'zax, ajr va jazo haqida gapiradi. Ba'zan u tarixning qa'riga nazar tashlaydi, ba'zan esa hali sodir bo'lmagan voqealarni aytadi. Hech bir mutafakkir aqli yetmagan falsafiy muammolarni yechadi. U bizga ideal ota-ona bo'lishni, ishdagi oltin prinsplarni o'rgatdi, tibbiyot sohasiga oid tushunchalarni taqdim etdi, hamda notiqlik va adabiyotda tengsiz mukammallikni namoyon etadi.
Qonunchilikka oid kuchli maslahatlar beradi, ilm-fan masalalariga murojaat qiladi, hamda ta'lim va sotsiologiya bo'yicha qimmatli saboqlar bilan bo'lishadi. Bu bilan ro'yxat tugab qolmaydi. Ko'pi bilan bir inson bu sohalarning biri yo ikkitasini o'zlashtirishi mumkin. Ammo Qur'on ularning barchasini qamrab oladi va o'z xabarini mo'jizaviy simmetriyaga to'la tuzilish bilan yetkazadi. Uning satrlarida matematika bor. Oyatlarida hikmat bor. Jumlalarida esa san'at bor. Oyatlarida ilm bor. Uning xabarida esa oxirat bor. Bu osmondan tushgan ilohiy kitob bo‘lib, hayotning har bir jabhasida to'g'ri yo'l ko'rsatadi.
Demak, "ko'zlarim bilan ko'rmaguncha ishonmayman" deydigan avlod uchun mana shu mo'jizalarning o'zi kifoya emasmi?