"1 Yildan Keyin Ham Jasad Chirimagan Edi!" – U 6 000 Ta Jasadni Yuvgan
Nashr sanasi
Birinchi ishimda marhumlarni olib ketardim. Rosti uni pul uchun qilganman. Men dafn qilgan insonlar soni 10 mingdan oshgan. Jasad qopini ochganimizda qurtlar g'ujg'on bo'ladi. Kafanlayotganimda og'zidan o'rgimchaklar, burni va quloqlaridan esa mayda qurtlar chiqardi. U vafot etgach, bizga xabar berishdi. Akasi: "Yo'q, uni kuydiramiz", dedi. Men Akangiz musulmon tarkibida ko'milishi kerak dedim. Yo'q, u ko'nmadi. Jasadga olov tegishi bilan nima bo'lganini bilasizmi? Jasad sapchib ketdi. U Xudoyim, u tirik ekan!" dedi. U o'ttiz yildan ortiq vaqt g'assollik qilgan. Qo'limdan ushlab, uni oyog'iga qo'ydi. "Endi xotirjamman.
Vafot etganimda meni sen yuvasan." Politsiya sirenasini yoqib ularni to'xtatmoqchi bo'ldi, lekin to'xtashmadi. Oqibatda avtohalokatga uchrashdi. Ikkala yigit ham tanalarining 99 foizi kuyib vafot etgan. "Ularni qanday yuvasiz?" deb so'rashdi. "Yuvishim shart", dedimda, stolga yotqizdik. Otamning o'lim guvohnomasiga imzo qo'yganim hali ham yodimda. Mikroavtobus haydab ketayotgandim, orqada ular marhum holda yotardilar. Ilgari ular meni yuvardilar, endi esa men ularni. Ularni kafanlayotganimda sovuq badanini his qildim. "Bilasizmi, dada, siz ketmadingiz. Hammasi endi boshlandi." Assalomu alaykum, Ahmad Hraychi aka.
Kelganingiz uchun rahmat Sizni "Musulmon dafn marosimi xodimi" nomi bilan ham tanishadi. Xush ko'rdik. Jazakallohu xayran. Sizni ko'rganimdan xursandman. Nihoyat uchrashish nasib qildi. Hayotingiz haqida qisqacha gapirib bering. Asli Yaqin Sharqdanmiz. Buvim va bobom 2-jahon urushi paytida Livandan Avstraliyaga ko'chishgan. Biz Sidney shahrida tug'ilganmiz. Men kriket, futbol, yengil atletika, boks va karate bilan shug'ullanadigan oddiy yigit edim. Yoshligimdagi ilk ishim marhumlarni olib ketish edi. Keyinchalik qabr qazuvchi bo'ldim. Keyin o'lim olami, insonning Yerdagi so'nggi kuni bilan yanada chuqurroq tanisha boshladim.
1996-yilda dafn qilgan ilk insondan boshlab, bugungi 2026-yilgacha, men dafn qilgan, qabrga qo'ygan va qabri qazilgan insonlar 10 mingdan oshib, 6 mingdan ortiq marhumni yuvdim. Nega bu kasbni tanlagansiz? 14–15 yoshimda chiqqan birinchi ish jamiyatimiz uchun marhumlarni olib ketish edi. Rosti buni pul uchun qilganman. Marhumlar bilan ishlashni xohlaganim uchun emas, bu ishni hech kim qilishni istamasdi shunga pul ko'p berishardi. Tunning istalgan paytida chaqirishlari mumkin edi. Har bir marhum uchun 30 dollar? Zo'r-ku Haftasiga uchta bo'lsa, 90 dollar bo'ladi, deb o'yladim Bir yilda esa uch yillik... Xullas, shunday hisob-kitob qilardim. Yosh paytingda pul kerak bo'ladi-da.
Faqat yonimda kimdir bo'lishi kerak edi. Do'stimga: "Bir ish chiqib qoldi borib kelaylik", derdim. Do'stim mikroavtobusga o'tirardi... U bilan kasalxonaga marhumni olib ketishga borardik. U: "Axir oddiy ish deb aytganding-ku!" derdi. Unga ham jasadni ko'tartirardim. Shunaqa yo'l bilan yordam topardim. Marhumni olib kelgach, o'sha paytlari uni garajga olib kelardik. Oradan ko'p yillar o'tdi. Keksa g'assollar ham vafot eta boshlashdi. Bu ishni qiladigan hech kim qolmadi. Kasbingizni eshitgan odamlar qo'rqishadimi? Aksincha, ularda qiziqish uyg'onadi. Ba'zi keksalar esa irimchi bo'lishadi. Qo'l berib ko'rishsam, darrov cho'chishadi. Hazillashib "Bugun atigi ikkita marhumni yuvdim", deyman.
Ular "O'lsam, menga yaxshi qara", deb qo'yishadi. Men "Siz o'lavering qolganini menga qo'yib bering", deyman. Aslida keksalarni hurmat qilaman. Ilk marta yuvganingizda nimalarni his qilgansiz? Bu ishni menga o'rgatgan inson bor edi. U o'ttiz yildan ortiq g'assollik qilgan. Menga u juda ko'p narsani o'rgatgan. Xuddi otamdek edi. Farzandlarining barchasi o'ldirilgan, ularni o'zi yuvgan edi. Hatto rafiqasini ham o'zi dafn qilgandi. Tabiiyki, sakson yoshdan oshgach, betob bo'lib qoldi. Shifoxonada davolanayotgan paytda uning o'rniga marhumlarni yuva boshladim. Bir kuni bir yigitning janozasiga to'satdan keldi. U juda kutilmaganda paydo bo'ldi. Odamlar Ishini qaytarib olgani kelibdi, deyishdi.
Men: "Bu uning ishi, meniki emas", dedim. Unga stul olib kelishdi, stulni aynan yuvish stolining ro'parasiga qo'ydi. Menga qaradi. U juda qat'iyatli, irodali inson edi. "Boshla", dedi. "Robbishrah li sodriy va yassir li amriy." "Bismillahir rohmanir rohiym", Marhumni yuva boshladim, u indamay kuzatdi. Bir-ikki marta: "Yana biroz yaxshiroq", dedi. Ishimni tugatgach, u turib, xonasiga kirib o'tirdi. Yuvish va kafanlashni tugatganimdan so'ng, u: "Kel", dedi. Qo'limdan ushlab, o'zining tizzasiga qo'ydi. "Endi ko'nglim to'q. Vafot etganimda meni sen yuvasan." -Subhanalloh. Keyin chiqib ketdi. Derazadan qarasam, o'ziga xos yurishi bilan uzoqlashib borardi.
Yonidagi "U ishini qaytarib olgani yana keladi", dedi. Men yo'q u xayrlashgani keldi. Endi qaytmaydi, dedim. Bir necha kundan so'ng u vafot etdi. Uni o'zim yuvdim. G'assolning o'zini ham yuvish nasib qildi. Alloh haqqi... Uni yuvdim, dafn qildim, hamma ishlarini o'zim bajardim. U onamning qabri yonida, onamni ziyorat qilsam, uni ham qilaman. Marhumni yuvayotganingizda hech qattiq qo'rqqanmisiz? Qo'rqmaganman, aksincha, kamtarlashganman. Yaqinda bir necha kun oldin vafot etgan bir insonni yuvdim. Yoz edi havo harorati 40 darajadan yuqori. Bunday issiqda jasad tez chiriy boshlaydi. Uni olib kelganimizda yaqinlari yo'q edi. Qopni ochganimizda qurtga to'lib ketgan edi. — Qurtlar. — Ha, qurtlar.
Oppoq qurtlar. Subhanalloh, uni imkon qadar yaxshilab tozaladim. Keyin yuvishni boshladik, tugatdik, quritdik va kafanladik. Kafanlayotganimda og'zidan o'rgimchaklar, burni va qulog'idan esa mayda qurtlar chiqardi. Hech tanasi qattiq shikastlangan marhumni yuvganmisiz? Eng og'ir va eng qiyin holat qaysi bo'lgan? Yigirma yoshga ham kirmagan, ikki yaqin do'st esimda. Ular kechki soat 11 larda sportzalida mashq qilishgan. Ulardan biri mashina haydash huquqiga ega emasdi. Haydovchilik guvohnomasi bekor qilingandi. Ular qaytayotganda politsiya sirenani yoqib, ular to'xtatmoqchi bo'ladi. Lekin ular to'xtamaydi. Keyin aynan nima bo'lganini bilmaymiz, ammo mashina halokatga uchrab, portlagan.
Ikkala yigit ham yonib ketgan. Tanalarining 99 foizi kuygan edi. "Qanday yuvasiz?" deb so'rashdi. Men: "Allohga tavakkal dedim. Chunki bu yigitlar meni yaxshi ko'rishardi. Zalda ular uchun men namuna edim. Shu tarqiqa ularni stolga yotqizdik. Sochiqlarni olib, ho'lladim. Tashladim, yana boshqasini oldim. Sekin artardim. Keyin tashlardim. Taxminan yigirmatadan ortiq sochiq ishlatdim. Hech bo'lmasa vijdonim oldida ularni yuvgan bo'lay, dedim. Subhanalloh. Yaqinda bo'lgan yana bir voqea esimda. Bir uyga bordik. Politsiyachilar ham o'sha yerda edi. Ular eshikni buzib ochishdi. Qish bo'lgani uchun isitgich ishlardi, erkak uning yonida olti haftadan beri o'lik holda yotgan ekan.
Natijada tanasi shishib ketgan, qorni yorilgan edi. Ko'rinish juda dahshatli edi. Bir politsiyachi bunga chidolmay tashqariga chiqib ketdi, ko'ngli aynidi. Subhanalloh, uni ko'targanimiz yodimda. Marhumning jasadi og'ir bo'ladi. Uni dafn marosimlari uyiga olib bordik. Esimda, hidi shu qadar dahshatli ediki, u yerga singib ketgan. Jasad chiriganligi uchun ancha vaqt o'tsa ham o'sha hid ketmadi. Bitta chorasi menda ikkita Viks ingalyatori bo'ladi. Ularni burnimga tiqib olardim, shunda faqat viks hidi kelib turadi. — Rostdanmi? — O'limning o'ziga xos hidi bor. Politsiyachilar yoki sud-tibbiyot mutaxassislari bu hidni yaxshi bilishadi.
Chunki ular uzoq vaqt yotgan jasadlar bor joylarga borishadi. Bu hidni adashtirib bo'lmaydi. Hech go'dakni ham yuvganmisiz? Ha, juda ko'p yuvganman. Bu men uchun og'ir. Bolalarni yuvayotganda ko'p yig'layman. Ayniqsa ota-onasini ko'rsam. Ayniqsa otasi: "U mening kichkina nusxam edi. Doim menga taqlid qilardi, doim ortimdan ergashardi", desa... Lekin bu ham sinov, do'stim. Bu Allohning sinovi. Bir yosh bolaning voqeasi esimda. Bir ayolni o'g'li maktabda biroz sho'xlik qilgani uchun chaqirishdi. Shunda u direktor huzuriga bordi. Qaytayotganda esa gaz pedalini bosmoqchi bo'ldi. Suv idishi tormoz pedali tagiga tushib ketgan ekan. Olmoqch bo'lganida gaz pedalini bosib yuborgan.
Mashina orqaga emas, oldinga yurib, to'g'ri bino ichiga kirib, ikki nafar bolani o'ldirgan. Biri musulmon, biri esa musulmon emas edi. O'sha ayol og'ir ruhiy ahvolga tushib qolgandi. Bolaning janozasiga ketayotganimizda, otasi mashinada yonimda o'tirardi. Undan "Rostdan ham qasos olmoqchimisiz?" deb so'radim. Chunki ayol ham musulmon edi. U: Men uni kechirdim", dedi. "Uni kechirdingizmi? Hamma qasos oladi ku", dedim. U "yo'q, olti oy oldin uning eri vafot etganida, ta'ziyaga borganman, uyida ovqat yeganman dedi. Uni kechirdim", dedi. Qabristonga ketayotgandik. O'g'lining tobuti undan atigi bir necha qadam narida edi. Shunda ham " uni kechirdim", dedi. — Bu voqea butun dunyoga tarqaldi.
— Qoyil. Subhanalloh, mana shu Islom. Haqiqiy Islom shu. Marhumning tanasidan hech ovoz chiqqanini eshitganmisiz? Ba'zida jasad turli tovushlar chiqaradi. Masalan, ichidagi havo chiqadi... Bunga o'xshash.. Mushaklar bo'shashadi. Iliq suv bilan yuvganda tana yanada bo'shashadi. Qo'l-oyoqlari beixtiyor qimirlaydi. Qo'li birdan silkinadi. "Kim tegdi?" deb o'ylaysiz. Lekin men bu odatiy hol ekanini bilaman. Ular tirik emas. Subhanalloh, bir safar dafn marosimida bittasi qabr boshida turgandi. U... qabr ustiga engashib turgandi. Telefoni cho'ntagida edi. Telefoni qabr ichiga tushib ketibdi, lekin o'zi buni sezmabdi. Men pastda marhum yonida turardim.
Ishni tugatdik, qabrni plitalar bilan yopdik, keyin ustiga tuproq tortdik. U " telefonim qayerda, deb qoldi. Qo'ng'iroq qilsam, jaranglayotganini eshitdik. Ovozga yaqinlashib borsak, ovoz qabr ichidan kelayotgan ekan. Subhanalloh. Telefon qabr ichida jiringlayotgandi. Unga "Omadingiz kelmabdi, birodar. Telefon ketdi", dedim. Yuvilish va dafn etilish marosimini bosqichma-bosqich tushuntirib bera olasizmi? Vafotingiz chog'ida Alloh taolo farishtalarini yuboradi. Ular birinchi bo'lib kelishadi. Ba'zida marhumning bir nuqtaga tikilib qolganini ko'rasiz. O'sha paytda o'lim farishtasi boshingiz yonida turadi. So'ng ruh tanadan chiqadi. Hadislarda suv quyilgandek yengil va muloyim chiqadi deyilgan.
Ko'rgansiz-a? U bunday ketmaydi... Aksincha, oxirgi nafasini ichiga tortadi. Inson vafot etganda nafas ichkariga tortiladi. Mana shu — o'lim. Ko'zlar tepaga qaraydi. Ko'zlari ochiq bo'lsa, ruhi chiqayotganini ko'radi. Bizda minglab buyurtirilgan maxsus mato bor. U beldan tizzagacha yopadi, qora namat matodan tayyorlangan. Ya'ni suv undan o'tmaydi. Oddiy sochiqni suvga tutsangiz, bilsangiz, shaffoflashib qoladi. Oq sochiqni ishlatsan yuvayotganda bari ko'rinib qoladi. U matolar esa shaffof emas. Yuvishni boshlashdan oldin avval qorin qismini bosamiz. Qorinda hech narsa qolmasligi kerak. Shunda ichidagi narsalar chiqib ketadi. Shu tariqa barcha najosat chiqariladi.
Ba'zan bunga ancha mehnat ketadi. Qayta-qayta bosasiz, ichidagi narsalar chiqaveradi. Ba'zida dori qoldiqlari najas bilan aralash bo'ladi. Chunki buni qilmasak, marhum oq kafanga o'raladi-ku. Tasavvur qiling, uni kafanladingiz, bir-ikki soatdan keyin qabristonda qabrga qo'yish uchun ko'tarsangiz, ostidan najas chiqib qoladi. Bu yaxshi emas. Biz shimgich, sovun yoki sidr bilan ostidan tozalaymiz. Tozaligiga ishonch hosil qilamiz. Najosat yoki qolmasligi kerak bo'lgan biror narsa bormi tekshiramiz. Sovun oppoqligicha qolsa, ishni tugatgan bo'lamiz. O'sha joylarga qo'lingiz bilan tegmaysizmi? Yo'q. Orada to'siq bo'ladi, bevosita tegmaymiz.
Maqsadimiz shimgich yoki sovunni tekshirib, unda hech qanday dog' yoki ifloslik qolmaganiga ishonch hosil qilish. Yuvish stolida suv oqib ketadigan nov bor. Marhum uning ustida yotadi, hamma narsa nov orqali oqib ketadi. Agar najosat ko'p chiqsa va tozalab bo'lsak, orqa chiqaruv teshigiga paxta qo'yamiz. Paxtani qo'limizni to'siq qilib joylaymiz, xuddi tiqin qo'ygandek yopamiz. Ustiga plastikli paxta tasmasi qo'yamiz, shunda tashqariga sizib chiqmaydi. Bu ish unchalik oson emas. U juda nozik va katta mas'uliyat talab qiladi. Ha, katta mas'uliyat. Vafotingiz tasdiqlangach, dafn marosimiga tayyorgarlik boshlanadi. WhatsApp orqali: "Falonchi vafot etdi", degan xabar tarqaladi.
Taniqliligizga qarab, xabar kengroq yoyiladi. Sizni tanish yoki notanish odamlar yelkalarida ko'tarib borishadi. Bu qancha odam ko'tara olishiga bog'liq. Sizni yer qazilgan chuqur tomon olib borishadi. Bu xuddi mushuk hojatini qilish uchun qaziydigan chuqurchaga o'xshaydi, faqat sal chuqurroq. Sizni chuqurga qo'yishadi va ketishadi. Bir qarang. Insonning oxiri qanday bo'lishiga bir qarang. Nega musulmonlar marhumni dafn qilishdan oldin yuvishadi? Dunyoning ko'p joyida kuydirish odatiy hol. Musulmon bo'lmaganlar uchun bu g'alatimi? Jasad kuydirilishini hech ko'rganmisiz? Ko'rsangiz, Islom insonni qanday ulug'lashini tushunasiz. Esimda ,bir safar yoshi katta bir kishi.
U keyinchalik Islomni qabul qilgan, Yevropalik keksa inson edi. Lekin Avstraliyada yashardi. So'nggi qarorni chiqarish huquqi uning akasida edi. U vafot etgach, bizga xabar berishdi. Shunda akasi: "Uni kuydiraman", dedi. Men uni islomiy tarzda dafn qilish kerak dedim. Yo'q u bunga ko'nmadi. Biz duo qilib kuzatish uchun kuydirish marosimiga bordik. Qo‘limizdan faqat shu kelardi. Jasad olov tekkanida nima bo‘lganini bilasizmi? Birdan sapchib ketdi. Akasi: "Xudoyim u tirik ekan!" dedi. Men: "Yo‘q, uni ikkinchi marta o‘ldirdingiz", dedim. Xatosini his qilsin dedim. Aslida esa kuchli issiqlik ta'sirida mushaklar va paylar qisqaradi, shuning uchun tana sapchiydi. Bu azob. Bu azob.
Islomda musulmon pokiza hayot kechiradi. Hojatdan keyin yuvinasiz, namoz oldidan tahorat olasiz. Shu bois marhumni ham pok va toza holatga keltiramiz. So‘ng uni yer bag‘riga topshiramiz, chunki yer pokdir. Ijtimoiy tarmoqlarimga kirsangiz, odamlarning izohlarini o‘qiysiz. “Men katolikman, musulmon emasman”, – deb o‘zlarini tanishtirishadi. Ishingiz inson qadr-qimmatini ulug‘laydi. Bu marhumga ko‘rsatiladigan haqiqiy insoniy munosabat." Shunga o‘xshash gaplar bilan marhumni hurmat qilishimiz, unga izzat ko'rsatib, huquqlarini ado etishimizni e'tirof etishadi. Ko‘plab mashhur prodyuserlar men haqimda qisqa hujjatli filmlar olishgan.
Ular dafn marosimlarida qatnashib, "Marhum bilan muomala qilishning bundanda hurmatli usulini ko‘rmaganman", deyishgan. Bir voqea esimda. Odamlar tobutni masjidgacha ko‘tarishga yugurishardi. Esimda, u prodyuserlar musulmonlar emas edi. Ular: "Bular qarindoshlarimi?" deb so‘rashdi. Men: "Yo‘q, begonalar", dedim. "Unda nega tobutni ko‘tarishyapti?" "Chunki Islomda bir-birimizga aka-uka, opa-singilmiz", dedim. "Voy, bu juda chiroyli ekan", deyishdi. Siz ko‘p dafn marosimlarida qatnashgansiz. Odamlar eng ko‘p nimadan afsuslanishadi? Eng katta afsus — qarindoshlik rishtalarini tiklamaganlari.
Masalan, bir odamni eslayman, u boshini devorga ura boshladi, chunki u akasi bilan 10 yil gaplashmagan edi. " U dedi, bu dedi" kabi gaplar sababli 10 yil gaplashishmagan. O'lgach esa "Nega unga qo'ng'iroq qilmadim? Nega arazlab yurdim? dedi. Ammo endi juda kech. Bir onaning jasadi 1 hafta qolib ketgach, shaxsini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasiga olib ketildi. Bolalari o'sha ko'chada yashay turib, onasi bilan gaplashmasdi. Dafn marosimida esa ular tuproqni mushtlab yig'lashardi, bunga bardosh berolishmadi. Shuning uchun, inson sifatida, g'ururingizni yuting. Kamtar bo'ling, vallohi, bu pushaymonlikka arzimaydi. Chunki qabrga kirganingizdan keyin pushaymonlikning foydasi qolmaydi.
Shunday ekan, qabrga kirmasligingizdan oldin buni tugating. Bu dunyodagi haqiqiy boylik — qanoatdir. Sakina — xotirjamlik. Qanoat — hech qachon kamaymaydigan va yo'qolmaydigan boylikdir. Marhum bizni ko'rib, eshita oladimi? Payg'ambarimizdan (s.a.v.) bir rivoyat bor. Unda aytilishicha, dafn paytida odam qadam tovushlarini eshitadi. Bu esa qabrda yolg'iz qolganingizni, odamlar sizni tark etganini anglatadi. Bu haqda rivoyat qilingan yagona holat shu. Ammo qanday tarzda eshitishini faqat Alloh biladi. Payg'ambarimiz (s.a.v.) yana "Marhumning jasadini mayib qilmang va suyaklarini sindirmang." Chunki marhum ham buni tirik odamdek his qiladi, deganlar.
Ammo eng yaxshi biluvchi Allohdir, biz doim, inshaalloh, yaxshi gumonda bo'lamiz. Agar bir kishi g'usl qilmasdan vafot etsa, nima bo'ladi? Agar inson ataylab g'usl qilishni istamasa, masalan, ayoli bilan yaqinlik qilib, keyin yana ishiga ketaversa va g'usl qilmagan bo'lsa, u nopok holatda bo'ladi. U nopok holatda bo'ladi va Alloh uning hisobini O'zi oladi. Lekin u musulmonligicha qoladi, uni ham yuvish, kafanlash va poklash lozim. Ammo bu uning gunohidir. Ishingizda boshdan kechirgan qaysidir voqea sizga uzoq vaqt ta'sir qilganmi? Bu bundan 25 yil oldin edi. Dafn tugagach, ekskavatorga o'tirib, yana qabr qazishda davom etdim. Bir bo'yi baland kishi ekskavator yoniga keldi.
Men balandda edim, u esa undan ham baland edi. Yonida yana ikki yigit bor edi. Ustida qora charm kurtka bor edi. U mendan "Yana dafn marosimi bo'ladimi?" deb so'radi Men: "Yo'q, bu zaxira qabr", deb aytdim. Shunda uning do'stlari: "Ali, Ali, ketdik", deyishdi. Ertasi kuni yomg'ir yog'di. Undan keyingi kuni menga qo'ng'iroq qilib: " Kattaroq qabr qaz deyishdi", deyishdi. "Biz ikki metr qaziymiz, kim bo'lmasin, ikki metrdan katta bo'lmaydi", dedim. Ba'zan bo'rttirib gapiradi. Dafn marosimi boshlandi. Men qabr ichida edim, jasadni menga uzatishdi. Kafanga o'ralganda kimligini bilolmaysiz. Lekin esimda, uning bo'yi qabrdan uzunroq edi, sig'dirish uchun oyoqlarini biroz bukishga to'g'ri keldi.
Keyin qabrni yopdik va ketdik. Ertasi kuni ertalab yana qabr qazishga borganimda, bir ayolni ko'rdim. U kechagi qabr boshida turardi. Men ekskavatorni o'chirdim. O'sha paytlari doim savollar berardim: "Vafotidan oldin nima degandi? Nima qilgandi, biror narsa yeganmidi?" Juda qiziquvchan edim. U "Aytsam ishonmaysiz". "U kechagina shu yerda edi." dedi Men: "Dafn marosimidami?" dedim. U: "Ha", dedi. "Qanday vafot etdi?" dedim. "Uxlagan edi. Ertalab turtdim, lekin uyg'onmadi." U 40 yoshda edi. Qora charm kurtka kiyib yurarmidi?" dedim. U: Bu uning sevimli kurtkasi edi. Doim shuni kiyardi", dedi. "Yonida ikkita yigit bor edi. Ular yaqin do'stlari edimi?" dedim. Keyin qabrdagi yozuvga qaradim.
Unda "Ali" deb yozilgandi. Shunda o'shaligini bildim. Chunki u baland bo'yli edi, hamma narsa unga mos kelardi. Demak, u o'z qabrini ko'rgan. Albatta, lekin buni ayolga aytmadim. Hech o'zingiz sevgan insonni yuvib, dafn qilganmisiz? Bu qanday tuyg'u edi? Yaqinda otamni dafn qildim. Otamning o'lim guvohnomasiga imzo qo'yganimni eslayman. Bir vaqtlar u tug'ilganlik guvohnomamga imzo qo'ygan. Uni shifoxonadan olib, morgga olib ketayotganimda, mashinani haydab borarkanman, u orqada jonsiz yotardi. "Dada, mashina haydashni o'rgatdingiz endi sizni olib ketyapman." Mashina haydashni o'rgatganlari esimda. "Hoy, qimirla! Nima qilyapsan?" derdi. Bir vaqtlar u meni yuvardi, endi men uni yuvyapman.
Uni kafanlayotganimda, kasal bo'lib yotganimda ustimni yopib, holimdan xabar olgani yodimga tushdi. Endi esa uning ustini men yopyapman. Subhanalloh, uni dafn qilayotganimda, uni oxirgi marta ko'rish va o'pish nasib qildi. Qabrda otamdan boshqa hech kimning yuzini ochmaganman, o'pmaganman. Sovuq jasad terisini his qildim. "Dada, siz ketganingiz yo'q. Hammasi endi boshlandi. "dedim Inshaalloh, tez orada yoningizga boramiz." Inson boshidan kechiradigan eng og'ir narsa — ota-onasini dafn o'limi. Buni har bir inson boshidan o'tkazadi. Yoki farzandingizni dafn qilasiz, yoki ota-onangizni. Ana o'shanda odamlar hayot haqiqatini his qiladi. Qabristonda hech g'ayrioddiy hodisaga duch kelganmisiz?
Bir safar ishlayotganimizda, chet elda bir yil o'tgach qabrni ochishdi. Odatda bunday paytda faqat bir nechta suyak qolgan bo'ladi. Suyaklarni olib, o'rniga boshqa jasadni qo'yishadi, chunki yer yetishmaydi. Bu qabrni ochishlari bilan, jasad hali ham o'z holicha saqlanganini ko'rishdi. Shu sabab yana yopishdi. 12 oy o'tgach, uni yana ochishdi. Men qo'ng'iroq qilib nima bo'lganini so'radim, chunki u yerdan ketgandim. Ular: "Hamon o'sha holatda", — deyishdi. Keyin bu qabrni hech qachon ochilmaydigan qilishdi. Musulmon kishi oxirgi lahzalarida iymonini yo'qotib o'lishi mumkinmi? Ya'ni so'nggi damlarda iymonidan ayriladimi? Albatta.
Shuning uchun Payg'ambarimiz (s.a.v.): "Go'zal xotima, Husnul xotima so'rang", deganlar. Har doim go'zal xotima so'rang. Allohdan bizga solih, go'zal yakun berishini so'rang. Chunki Imom Ahmadning vafoti yaqinlashganda, u ba'zan hushidan ketardi. "Yo'q, hali emas, hali emas", derdi. Nihoyat gapira olganida, o'g'li undan so'radi: "Dada, siz solih insonsiz. O'limdan qo'rqyapsizmi?" U: "Yo'q, o'g'lim. Shayton boshim yonida turib, qo'limni tishlab: 'Ey Ahmad, seni qo'ldan chiqardim! Ey Ahmad, qo'limdan sirg'alib ketding...' Jannatga erishding, seni yo'ldan ura olmadim', dedi. "Yo'q, hali emas, hali emas", derdim. Ya'ni hali yutqazmading. Kurash vafot etmagunimizcha tugamaydi.
Faqat ikki oyog'ing jannatga kirgandagina najot topgan bo'lasan. Ungacha esa, ayniqsa o'lim chog'ida, sinovlar yanada og'irlashadi. Chunki o'sha paytda shayton eng og'ir sinov va vasvasalarni qo'llab, seni yo'ldan urishga urinadi. U hech narsa yo'q deb seni oxirat yo'qligiga ishontirmoqchi bo'ladi. Yaqinlaridan ayrilgan insonlar ularning oxiratdagi foydasi uchun nima qila oladi? Payg'ambarimiz (s.a.v.) inson vafot etsa, uning bu dunyodagi amallari uziladi deganlar. Lekin ul zot yana: "Inson vafotidan keyingi uchta savobli amal bor" Birinchisi, ota-onasi uchun duo qiladigan solih farzand. Farzandlaringiz tarbiyasiga sarmoya kiriting. Ikkinchisi, odamlarga foyda beradigan ilm.
Siz bergan ilm boshqalarga yetib borsin. Shuning uchun ilm o'rgating. Ustoz bo'ling, ilm va doim yaxshi nasihatlar bering. Uchinchisi esa — davomli sadaqa. Quduq qazish, masjid qurish kabi ishlar. Qur’onda ham «Meni sadaqa qilish uchun, solihlardan bo‘lishim uchun qaytaring" deyilgan. Ularga o‘limni eslab turishni maslahat berarmidingiz? Tirik ekansan, o‘limni unutma. Boshqacha qilib aytganda, uni tez-tez eslang. Payg'ambarimiz (s.a.v.) aytganlaridek, o'lim lazzatlarni yo'q qiladi. O'limni eslash qalblarimizni yumshatadi. Bu dunyodagi muammolar vaqtinchalikligini anglatadi. Kasalliklar, musibatlar va sinovlar — barchasi vaqtinchalik.
U bizni ezgu amallar qilishga va jonimizning Egasi, Yaratganimiz bilan uchrashuvga yaqinlashtiradi. U — bizni yaratgan va kun kelib ruhimizni O'z huzuriga qaytaradi. Biz Unikimiz va Unga qaytuvchimiz. Oddiy insonlarga esa farzandingiz bilan qabristonga borib, ularga dunyo mohiyatini anglating deyman. Bu dunyo vaqtinchalik. Bu dunyo yolg'on. O'zingiz uchun esa qabristonni ziyorat qilish fazilatli amaldir. Chunki u qalbingizni yumshatadi va sizga: kun kelib siz ham, sizdan oldin yashagan, siznikidan ko'proq boylikka, hatto sizdan ham obro'liroq insonlar kabi yer ostida bo'lishingizni eslatadi. Bugun siz shu yerdasiz, ammo ertaga ulardek tuproq ostida bo'lasiz.
Besh vaqt namozni muntazam o‘qishga qiyinnalasizmi? Qur’onni arab tilida o‘qib, Robbingizga yaqinroq bo‘lmoqchsiz-u nimadan boshlashni bilmayapsizmi? Bizda ajoyib yangilik bor. Biz bu yo‘lda yordam beradigan ikkita mutlaqo bepul, reklamasiz ilovani ishlab chiqdik. Bizning ilovamiz bilan siz 40 kun davomida ibodatlaringizni nazorat qilib, namoz o'qish odatini shakllantirasiz. Lamelif ilovasi yordamida esa qisqa, oddiy va qiziqarli darslar orqali Qur’onni noldan o‘qishni o‘rgana olasiz. Buni keyinga qoldirmang. Bugunoq ilk qadamni qo‘yib, tavsifdagi havolalar orqali ilovalarni yuklab oling.