Siz buni har namozda o‘qiysiz (Lekin ma’nosini bilasizmi?) | Namozingizni o‘zgartiring - 3-qism
Nashr sanasi
Kunlik ibodatlarimizda ko'p Subhanalloh deymiz. Rukuda turganda, sajdada. Namozdan keyingi tasbehda. Doim shu kalimani qaytaramiz. Bu kalimaning ma'nosi nima o'zi? Hisoblaymiz. Har bir namozdan so'ng 33 marotaba Subhanalloh deymiz. Agar bir kishi 40 yil namoz o'qisa demak bu kalimani 2.4 million marta aytgan bo'lar ekan. Bu hali tasbehda aytiladiganlari xolos. Agar namozdagi "Subhanakallohumma", ruku'dagi "Subhana Rabbiyal Azim", sujuddagi "Subhana Rabbiyal A'la" kabi kalimalarni ham qo'shsak, bu son 7 millionga yetadi. Mana shu raqamni ko'rib ham Subhanalloh degingiz keladi Lekin bu kalimani ma'nosini bilmay turib millionlab marta qaytarish biroz g'alati emasmi?
Bu haqida o'ylashning o'zi daxshat. Shuning uchun bugun ochuvchi duo, "Subhanaka Allohumma"ni so'zma so'z o'rganib chiqamiz. Namozga turib quloq qoqib Allohu Akbar deganimizda butun dunyoviy tashvishlarni ortda qoldiramiz. Hammasini qo'limizni orqasi bila ortga suramiz. Birinchi bo'lib nima deymiz? "Subhanaka Allahumma" Bu nima degani o'zi? Qanday haqiqatni o'zida mujassam qilgan? Nega bu so'zlar bilan boshlaymiz? Xattoki Bismillahdan avval Subhanaka Allohumma deymiz. Keling mana shu o'ziga xos duoni birgalikda o'rganib chiqaylik. Video davomida ko'p narsalarni o'rganishingiz mumkin, insha Alloh. So'zni shunchaki qaytaradigan emas, balki ma'nosi bilan yashaydigan kishiga aylanasiz.
Demak birinchi kalima Subhanaka Allohumma. Bu kalima "Yo Alloh, Senga shon-sharaflar bo'lsin" degan ma'noni anglatadi. Xo'sh bu nima degani? "Yo Alloh, sen har qanday ayb va nuqsondan holi Zotsan." Kamchiliging yo'q. Sen mukammalsan. Bu uning birinchi ma'nosi. Ikkinchi ma'nosi "hayratlanish". Bu haqida videoda keyinroq gaplashamiz. Birinchi ma'noga diqqat qilsak, shu kalimani eshitganda hayolimizga nima keladi? Ayniqsa, musulmon bo'lmaganlarning Xudo haqida aytadigan xunuk va haddan tashqari so'zlari. Alloh nuqsonlardan pok Zot. Ammo "Allohga ishonaman" deyishni o'zi kamlik qiladi. Qanaqa Allohga ishonasiz? Iymoningiz Qur'onda tariflangan Allohning sifatlariga mos kelishi lozim.
"Allohga ishonaman" deyishni o'zi kamlik qiladi. Masalan o'ylashingiz mumkin, "Alloh uxlaydimi o'zi?" Yo'q. Charchaydimi? Hech qachon. U nimani o'ylayotganimizni biladimi? Ha, hammasini. Uning qudrati hamma narsaga yetadimi? Albatta. Chinakam iymon keltirishimiz uchun Allohning to'g'ri ta'rifini joriy qilishimiz kerak. Bu iymondagi eng qiyin bosqich. Bir safar bir kishini "Men Allohga ishonaman, iymonim bor, lekin men ishongan Alloh yaratgan narsalarini kuydirmaydi", deganini eshitgandim. Bu odam rostan Allohga ishonadimi? U o'z hayolida tasavvur qilgan Allohga ishonadi xolos, Qur'onda ta'firlangan Allohga emas. Bilasizmi? "Allohni o'g'li bor" deydi ba'zilar. Kim aytadi? Nasroniylar.
Isoni Xudoni o'g'li deyishadi. Subhanaka Allohumma deganda aslida nima demoqdamiz? Alloh bundan ulug'dir. Ammo siz noto'g'ri deyapsiz. Allohning na o'g'il, na qizga xojati bor. Eski Ahdda, xususan, Ibtido kitobida masihiylar tomonidan ta'qib qilingan kitobda bir parcha bor. Unda "Xudo dam oldi" deyilgan. Bu degani Xudo charchab qolib dam olishi kerak bo'ldi. Alloh bu nuqsondan pok bo'lgan Zot. Islomdan boshqa hamma tizimlarda Xudo haqida noto'g'ri tushuncha bor. Hinduizmda bir birini jazolab bir biri bilan urushadigan Xudolar bor. Zardushtiylikda yovuzlikni yaratuvchi ikkinchi xudo mavjud. Eski Ahdda Yoqub payg'ambar bilan kurash tushgan Xudo bor va hokazo.
Buni eshitishni o'zi odamni bezovta qiladi. Bularni bari tuhmatku. Demak siz ochuvchi duo, Subhanaka Allohummani o'qir ekansiz mana shu noto'g'i tushunchalarni daf qilgan bo'lasiz. Millionlar ko'ra olmaydigan haqiqatni himoya qilyapsiz. Subhanaka Allohumma deganimizda hayolimizga aniq bir ma'no kelishi kerak. Yo Alloh, sen har qanday nuqson kamchiliklardan pok Zotsan. Kamchiliging yo'q, sen mukammal Zotsan. Yaratiqlarning o'zi Allohning mukammalligini ko'rsatadi. U butun olamni shunday yaratganki, hamma narsa tartib va me'zon bilan harakat qiladi. Qor parchasini oling. Har biri o'ziga xos naqshga ega. Milliardlab qor parchalari bor, biri ikkinchisini takrorlamaydi.
Qor parchasining kristall tuzilishini mikroskop ostida tekshirsangiz ham yoki teleskop orqali galaktikalarning ulkan spiralini kuzatsangiz ham, bir xil xabarni eshitasiz: Alloh buyukdir. Subhanaka Allohummda der ekansiz, bu kalimani butun koinot bilan birgalikda aytayotgan bo'lasiz. Bu kalimaning ikkinchi ma'nosiga to'xtalsak. Bir nimadan hayratlansak "Subhanalloh" deymiz. Bir oyatda Alloh aytadi: "Uning hamdi ila tasbeh aytmagan hech bir narsa yo‘q." O'simliklar, gullar, hayvonlar, hammasi Allohga tasbeh aytadi. Biz "subhanalloh" deganimizda, ularning ulug'lashiga hayrat bilan qaraymiz va biz ham maqtaymiz.
Keling, osmonga, yulduzlarga, shuningdek, plyajdagi va cho'ldagi qum donalariga qaraylik. Qaysi biri ko'proq? Qum zarrachalarimi yoki yulduzlarmi? Javobi ajablanarli. Yulduzlarning soni ko'p, Subhanalloh. Makro va mikro olamlar butunlay boshqacha. Ikkisida ham Allohning mukammal san'atini guvohi bo'lamiz. Shunday bir gap bor. "Subhana man tahayyara fi sun'ihi al-'uqul." Uning ma'nosi: "O'zining durdona asarlari bilan aqllarni hayratga soladigan Zot barcha nuqsonlardan xolidir". Endi chaqaloqni tasavvur qiling. U onaning qornida avval jonsiz bir parcha go'sht edi, ammo ma'lum bir vaqtdan so'ng u shakllana boshlaydi va unga hayot beriladi. Qush uchgandagi aerodinamikasini ko'ring.
Hujjatli film tomosha qilayotganingizda, daraxtning tepasidagi barglar suv bilan oziqlanishiga e'tibor bering. Gravitatsiya suvni pastga tortadi, lekin Alloh joriy qilgan qonun bilan u tepaga ko'tarilyapti. Bu qonunlarni Alloh yaratgan, biz esa ularni akslantiramiz. Endi yozning jaziramasida tetiklashtiruvchi va mazali tarvuzni tasavvur qiling. Alloh uni issiqda aynishdan saqlash uchun ichiga qandaydir tabiiy himoya tizimini joylashtirgan. Tarvuzni o'rab turgan qobiqqa o'xshaydi. Bu narsasiz yozning issig'ida aynib qolgan bo'lar edi. U shuningdek, uning urug'larini o'z turining davomi bilan yaratdi. Agar urug'lari bo'lmaganida u faqat Odam alayhissalom davrida yeyilar va yo'q bo'lib ketardi.
Ammo Alloh uning ichiga ko'p qilib urug'larini joylab qo'yibdi. Ularni ekib yangi tarvuz o'stirishimiz uchun. Bu bilan ne'matdan qayta qayta foydalanish mumkin. Olam san'at muzeyiga o'xshaydi. Har bir shox asarning markazida bir xil belgi "Subhanalloh" yotibdi. Ularning bari "Biz cheksiz qudrat yaratgan narsalarmiz" deyishmoqda. Keling har safar hayratlanganimizda Subhanalloh deyishga o'rganaylik. Hozirga qadar Subhanalloh deganimizda hayolimizga ikki xil ma'no kelishi aniq bo'ldi. Birinchisi, Alloh barcha ayb-nuqsonlar, tuhmat va kamchiliklardan pok Zot. Ikkinchisi ajoyib va g'aroyib narsalarni ko'rib hayratlanganda aytadiganimiz. Biz: "Ey Allohim, mukammal yaratibsan.
Sen barcha nuqsonlardan poksan", demoqdamiz. Keyingi iboramiz "va bihamdika". Bu "Senga hamdlar bo'lsin", "Men Seni hamdlar bilan ulug'layman" degani. Hamd nima o'zi? U hayrat va minnatdorlikning uyg'unligi. Bugun birortasini maqtadingizmi? Biror do'stingizga rahmat degandirsiz. Lekin bu ne'matning asl manbai kim ekanligi haqida hech o'ylab ko'rganmisiz? Ha, bir birimizga rahmat deyish kerak, ammo maqtovlarga loyiq yagona Zot Alloh, ne'matlarning egasi. Tasavvur qiling o'zingiz istagan narsani sovg'a qilishdi. Yetkazib beruvchi odamga rahmat deysiz-u, lekin kim berib yuborganini so'ramaysiz. Bu adolatdanmi? G'alati hodisa to'g'rimi?
Aslida Allohniki bo'lgan ne'matlarni odamlar shunday qilishmoqda. "Va bihamdik" deganimizda unga amal ham qilish kerak. "Yo Alloh, bugun millionlab kishilar bir biriga rahmat aytishdi, lekin men bilaman barcha hamd faqat senga tegishli. Ular o'zlari bilmay senga rahmat deyishdi. O'zlari bilmaydilar, lekin ular seni ulug'lashdi." Quyosh botishini ko'rganmisiz? Osmon pushti, sariq va qizil ranglarda tovlanadi. Bu holatda Allohga hamd aytmoq lozim. Chaqaloqni qo'lingizda ushlab turganingizda, havosiz muhitdan chiqib, "ah" deb chuqur nafas olganingizda, bularning barchasining yaratuvchisi Allohdir.
Siz yomg'ir ovozini tinglaysiz, u qalbingizni tinchlantiradi yoki ehtimol siz do'stingiz bilan yelkama-yelka o'tirib, muammolaringizni baham ko'ryapsiz. Yuragingizni bo'shatasiz, yengillik his qilasiz. Yaqinlaringizni yoki farzandingizni quchoqlaysiz, qalbingiz taskin topadi. Birodarim, ehtimol siz buni sezmassiz, lekin siz sababchilarga minnatdorlik bildirishni va ularni maqtashni juda xohlaysiz. Lekin siz "va bihamdika" deganingizda, boshdan kechirayotgan barcha baxtingizning asl egasini, maqtovga loyiq Zotni Allohni topasiz. Bularning barchasi bilan u sizga muhabbatini izhor qilayotganini anglaysiz.
Subhanaka Allohumma duosini payg'ambar alayhissalom bizga o'rgatganlar, chunki biz unga muxtojmiz. Dunyo sizni sabablarga e'tibor qaratishga majbur qiladi. Inson uchun eng katta to'siqlardan biri bu uning ko'z oldidagi pardadir. Ana shu pardani ko'tarib haqiqatni ko'rasizmi? Mana shu anglash sizni Allohga yaqinlashtiradi. Ikkinchi kalimaga keldik, "va tabarokasmuk." Uning ma'nosi "Sening ismingda baraka bor. Sening isming barakaga to'la." Baraka so'ziga biroz to'xtalsak. Baraka faqat Allohdan keladigan maxsus mukofot. U bilan oz miqdordagi narsa siz kutmagan darajada ko'pga xizmat qiladi. Hayotimizda barakaga muxtojmiz.
Barakangiz bo'lsa, bir qadam oldinga tashlasangiz ming qadam bo'lishi mumkin, lekin barakangizni yo'qotganingizda ming qadam tashlashingiz ham, faqat bir qadam oldinga siljiysiz. Ba'zan buni pul ishlayotganingizda baraka bo'lganida yoki tezda pul yo'qotganingizda barakangiz yo'qligini ko'rishingiz mumkin. Ammo baraka faqat pulga taalluqli emas. Vaqt haqida o'ylab ko'ring. Masalan, vaqtingizda baraka bo'lsa, bir soat juda samarali tuyuladi, xuddi besh soatlik ish qilgandek his qilasiz. Sog'ligingizda baraka bo'lmasa tez kasal bo'lishigiz mumkin. Munosabatlaringizda baraka bo'lmasa, sevgan insonlaringiz bilan muammolarga duch kelishingiz va o'zingizni juda baxtsiz his qilishingiz mumkin.
Baraka bo'lishi uchun nima qilish kerak? Unga juda muxtojmiz to'g'rimi? Hozir o'rganayotgan duomizga ko'ra, Allohning nomi bilan yashashning o'zi kifoyadir. Ya'ni biror ish qilishdan avval Bismillah deb qo'yish. Shunchaki aytish emas balki uning ma'nosini qalban his qilishdir. Demak Bismillah deyishda baraka bor. Hamma narsa, hayvonlar, o'simliklar, barchalari Allohning ismi bilan harakat qilishadi. Sigirni olaylik. Yashil o't yesa ham oppoq sut beradi. Qanaqasiga? O't va sut. Kecha g'umbakdan chiqqan ari qancha masofa uchsa ham yo'lini yo'qotmay uyiga qaytadi. Uch yashar bolani do'konga chiqarib yuboring yo'lini yo'qotib adashib qoladi. Lekin ari uddalayapti. Qanday qilib?
Bularni bari buyuk haqiqatga ishora qiladi. Barcha hayvonlar harakatlanishidan avval Bismillah, "Allohning nomi bilan" deydi. Barcha hayvonlar, o'simliklar va hamma narsa Allohning nomi bilan harakatlanadi va ular baraka topadilar. Demak, barcha hayvonlar shunday qilar ekan, biz insonlar ham har ishimizni Bismillah bilan boshlashimiz lozim. Biz ham ana shu zanjirning bo'lagiga aylanamiz. Hayotingiz ne'matga to'ladi. Ovqatlanmoqchimisiz, Bismillah deng. Taomingizga baraka kiradi. Suv ichishdan avval Bismillah deng, o'sha suv shifo bo'ladi. Mashinaga o'tirsangiz Bismillah deng, safaringiz bexatar bo'ladi. Kitob o'qishdan avval Bismillah deng, diqqatingiz bo'linmaydi va ho kazolar.
Ana endi "va ta'ala jadduk" qismiga o'tsak. Uning ma'nosi: "Sening buyukliging va shon-sharafing hamma narsadan ustundir". Biz eng buyuk deb biladigan, eng ko'p qo'rqadigan narsalar bor, lekin Alloh ularning barchasidan ancha buyukdir. O'ylab ko'ring. Yerimiz o'z o'qi atrofida soatiga 1670 kilometr tezlikda aylanadi. Va shu bilan birga, u quyosh atrofida soatiga 108 000 kilometr tezlikda aylanadi. Shuncha katta tezlanishlarga qaramay o'rindiqda bemalol o'tirasiz, choy ichsangiz to'kilib ketmaydi. Bu qanday qudrat bo'ldi? Bu qanday muvozanat, qanday buyuklik bo'ldi? Birodarim, quyosh sirtida har soniyada 600 million tonna vodorod geliyga aylanadi.
Shunga qaramay, aynan o'sha paytda ulkan energiya o'zgarishi to'xtovsiz sodir bo'lmoqda. Unutmang, quyosh fazodagi kichik yulduzlardan biri xolos. Undan ham katta yulduzlar bor. Va Alloh, mana shu ulkan galaktikalarning barchasini boshqarish bilan birga, ayni paytda bizning ongimizdagi eng yashirin fikrlarni ham biladi. "Yo Allohim, Sen bizni hayratga soladigan Zotsan va Sen bizga uni ifodalash uchun "Subhanalloh" kalimasini o'rgatgan Zotsan. "Va ta'ala jadduk", ya'ni Sening buyukliging va shon-sharafing hamma narsadan ustun." Lekin Allohning asl qudratini unutganimizda nima bo'ladi? Biz xavfsizlik hissini yo'qotamiz. "Alloh meni himoya qiladi" degan tushuncha yo'qola boshlaydi.
To'satdan, kichik muammolar juda katta bo'lib ko'rina boshlaydi. Qalbimiz qo'rquv va xavotirga to'ladi. Masalan: "Agar bunday bo'lsa-chi?" "Endi nima qilaman? Kasal bo'lib qolsamchi?" Shunaqa hayollar kelaveradi. Robbimiz bandasini tashlab qo'yadigan Zot emas. Birgina buyruq, "Kun" ya'ni "bo'l" desa hammasi bo'ladi. Shuning uchun Allohning qudratini anglash juda muhimdir. Bu bilim sizni o'zgartiradi bu bilan bir haqiqatni anglab yetasiz: "Men bir o'zim yolg'iz kurashmayapman." Meni Allohning o'zi qo'llab turibdi. Uning yagona "bo'l" degan buyrug'i bilan hammasi o'zgarib ketishi mumkin. Imkonsiz deb o'rgatilgan narsalarga imkon topiladi.
Ba'zan bu duo haqida o'ylaganimda, "Subhanaka Allohumma" deyman, shunchaki bizga berilgan ulkan donolik meni hayratga soladi. Payg'ambarimiz bizga shunchaki so'zlarni o'rgatmadi; u bizga Alloh bilan suhbat qilish uchun mukammal kalitni berdi. Faqat janoza namozlarida o'qiladigan yana bitta jumla bor: "va jalla sana'uk". Bu "Sening hamding ulug'dir" degan ma'noni anglatadi. Dafn marosimida, o'lim bilan yuzma-yuz kelganimizda, bu kalima bizga chinakamiga hamdga loyiq yagona zot Alloh ekanligini eslatadi. Millionlab dollar puli bo'lgan kishi ham jannatga loyiq bo'lolmaydi. Hamdga haqiqiy loyiq Zot Allohdir. Bir kuni qabristonga borib qabrlar yonida suhbat qildik.
Men birodarlarimga aytdim: mana shu qabrlarning birida bir paytlar millionlab dunyosi bo'lgan kishilar yotibdi. Boshqasida esa o'ta mashxur yulduz yotibdi, ammo hozir ularning bari yer ostida jim yotishibdi. Janoza namozida biz "jalla sana'uk" ni o'qiymiz, ya'ni "hamdu sano oliy Zot Allohnikidir". Lavozim, mavqe, aql-zakovat, kuch, mushaklar, bularning hech biri qolmaydi. Omad, ijtimoiy tarmoqdagi obunachilar, bular abadiy emas. Hammasi yo'q bo'ladi. Ana shu payt, o'lim bilan yuzlashganda, haqiqat aniq ko'rinadi. Haqiqiy maqtovga loyiq yagona Zot bu Allohdir. Tasavvur qiling-a, bir kuni sizning dafn marosimingizda ham odamlar "va jalla sana'uk" deyishadi. O'lim sizni ham topadi.
Xo'sh, o'sha kuni sizni qaysi martaba, qaysi boylik, qaysi go'zallik qutqaradi? Shu sabab Uni bugundan taniylik. Boshqa tomondan qarasangiz, insonga mana shu narsa eng katta erkinlikni beradi. Hamma narsa yo'q bo'lib ketsa ham, siz hech qachon tugamaydigan cheksiz kuch bilan aloqada bo'lasiz. Ana endi so'ngi kalimaga keldik. "va la ilaha g'oyruk." "Sendan o'zga iloh yo'q." Bu kalima "La ilaha illalloh"ga o'xshaydi. Darhaqiqat, "la ilaha illalloh" shunchalik chuqur haqiqatki, uni to'liq anglash uchun hatto bir umr mulohaza qilish ham yetarli bo'lmaydi.
Payg'ambar alayhissalom, u zotning o'zlari aytkan gaplarning eng yaxshisi, va, shuningdek undan avval kelgan payg'ambarlarning eng yaxshi aytkan gaplari "La ilaha illalloh", deganlar. Masalan, "la ilaha illalloh" iborasida "iloh" so'zini Allohning boshqa ismlari bilan almashtirishimiz mumkin. Masalan, "La Razzoqa illalloh." Ma'nosi nima? Allohdan o'zga rizq beruvchi yo'q. "La Shafiya illalloh," Allohdan o'zga shifo beruvchi yo'q. "La Qadira illalloh," Allohdan o'zga qudratli Zot yo'q. "La Muhyiya illalloh," Allohdan o'zga hayot beruvchi yo'q. Bu bilan "La ilaha illalloh" kalimasi o'nlab, yuzlab ma'nolarga o'zgarmoqda.
Qalb haqiqiy panohni izlaydi va "va la ilaha g'ayruk" jumlasi bu ehtiyojni qondiradi. Endi, boshidanoq nima haqida gaplashganimizni umumlashtiraylik. Subhanaka Allohumma. Ey Allohim, Sen har qanday nuqson va kamchilikdan poksan. Aqllarni lol qoldiradigan narsalarni yaratgansan. "Va bihamdika." Sen chinakam maqtovga loyiq Zotsan; kimki birovni maqtasa, aslida Seni maqtaydi. "Va tabarakasmuk." Seni ismingda baraka bor. Sening isming bilan boshlanadigan har qanday ish baraka topadi. "Va ta'ala jadduk." Sening buyukliging, qudrating, borliging va shon-sharafing hech narsa bilan solishtirib bo'lmaydigan darajada yuksakdir. "Va la ilaha g'ayruk." Sendan boshqa iloh yo'q.
Qadrli birodarim, aytilgan gaplarning hammasi bir narsaga ishora qiladi. Shunchaki ibodat qilish emas, balki uni his qilish, u bilan yashash kerak. Robbimiz huzurida turganimizda, tilimiz bilan aytayotgan gaplarimizni qalbimiz bilan his qilishimiz, ongimiz bilan anglashimiz kerak. Ana shunda ibodat majburiyat darajasidan visol darajasiga ko'tariladi. Albatta, hatto bu chuqur ma'nolar haqida o'ylamasak ham, baribir ibodatimiz ibodat bo'laveradi. Bu haqida shubhamiz yo'q. Ushbu video tugagach, aytilgan gaplarni to'liq tushunib, ibodatingizda qo'llasangiz, inshaalloh, ibodatingiz boshqacha ko'rinishga keladi. Bu qismni biz eng muhim duolardan biriga bag'ishladik.
Bir qismda Fotiha surasini, boshqa bir videoda esa Falaq va Nos suralarining ma'nolarini o'rganib chiqqandik. Ushbu ma'nolar ustida mulohaza yuritganimizda, ibodat terapiya shakliga aylanadi, chunki ularning har birida biz qanday Xudoga ishonishimiz haqida kuchli ishoralar mavjud. Hayotingiz davomida mana shu duolarni minglab marotaba qaytarasiz, mushkula uni takrorlashda emas. Asosiysi har bir takror bilan Allohga yaqinlashishdir. Qadrli birodarim, bir kun kelib tillarimiz jim qoladi. Faqat qalbimizga jo qilgan haqiqatgina biz bilan qabrga kiradi. Qiyomat kuni g'oliblar qatorida bo'lish uchun bu kalimalarni bugun o'rganishimiz lozim.
Aytgancha, besh vaqt namozni muntazam o'qish qiyin bo'lganlar uchun jamoamiz juda qulay ilova ishlab chiqqan. U butunlay tekin va reklamalarsiz dastur. Undan foydalanishingizni shaxsan tavsiya qilaman.