Italiyalik Mafia boshlig'i Islomni qabul qildi: "Menga 6 marta o'q uzishgan!"
Nashr sanasi
Pulim bor edi. Mashinam bor edi. Yiliga 1 miliondan ko'proq pul topardim. Ta'minotchim bor edi. 20 millionlik narkotik kelishuvini tuzishimiz kerak edi. Mashinada ketarkanmiz u shubhali ko'rindi, ammo men e'tibor bermadim. O'g'lim mashinadan tushib unga hayr deyishi bilan ko'ksiga qurol tiradida o'g'limni otib tashladi. O'g'limni mashinaga tortdim, u esa menga qarab o'q uza boshladi. Darrov mashinani haydadim. Uyog'imdan, buyog'imdan otdi. Meni qamoqxonaning shifoxonasidan chiqarishib, kameraga tiqib qo'yishdi. U yerda yomon qiynashardi. O'sha kuni Oli Imron surasini o'qiyotgan ekanman. "Har bir jon o'limni totguvchidir.
Hammasi yozib qo'yilgan." Hammasi taqdirda yozilganini tushunib yetgach, yelkamdagi yuk ag'darildi. Men juda baxtli edim. Assalomu alaykum Vins Forsil. Taklifimizni qabul qilganingiz uchun rahmat. Ko'rganimizdan juda xursandmiz. Vins Forsil kimligi haqida qisqacha aytib bera olasizmi? Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Suhbatga chaqirganingiz uchun tashakkur. Italiyaning Salerno shahrida tug'ilganman. 6 yoshligimda birinchi marta uzoq safar qildim. Italiyadan Janubiy Australiya, Adelaida shahriga. 14 yoshimdan beri gangster bo'lganman. Doim eng zo'rlar bilan yurdim. Ya'ni ular tungi klub xo'jayinlari va xokazo. Gangster olamiga juda chuqur sho'ng'ib ketdim.
Shu darajada bo'ldimki xatto Australiyaning eng ashaddiy bayker guruhi boshlig'ini biriga aylandim. Demak, juda ko'p yil o'gay o'g'lim qo'limda jon berishiga qadar gangster bo'lgan bo'lsam, undan keyin esa Islomni qabul qildim. Islomdan avval e'tiqodingiz qanday bo'lgan. Nimaga ishonardingiz? Rim Katoligi edim. Xudo borligiga ishonardim. Qamoqdayam ibodatni qo'ymasdim. Mana bunday ishora bilan. Doim kres taqib yurardim. Ishonavering, mafiyalar ham dindor bo'lishadi. Bilsangiz, vaqt vaqti bilan ruhoniy oldiga borib tavba qilib turishadi. Xullas uyog'iniyam buyog'iniyam qilaverardik. Borib tavba qilardik, ular haqqimizga duo o'qishardi va xokazolar.
Cherkovdan chiqishimiz bilan darrov yana mijozga qo'ng'iroq qilardik. "Falon joyda ko'rishamiz, dorini olib boryapman." Xullas Xristianlikda, Rim Katoligida, bu narsa urf odatga aylanib ketgan edi. Ya'ni qonimizga singib ketgan. Odamlar buni sezmaydilar ham. Ruhoniy huzuriga borib, maxsus uychaga kirib “Ota, men gunoh qildim, bittasini otib qo'ydim, lekin o'lmadi. Giyohvand modda sotdim, o'zgarishni istayman, unday qildim, bunday qildim” desak bo'ldi edi hammasi iziga tushib ketardi. “O'g'lim, kelganing uchun rahmat. Iso seni yaxshi ko'radi. Mariyamga 15ta salovot ayt. Unday qil, bunday qil." Ba'zida ehson qutisiga bir ikki so'm tashlasangiz bo'ldi. Kechirildim deb o'ylardingiz? Shundaymi?
Ha. Ha, Bizga shunaqa deb o'rgatilgan. Islomdan avvalgi hayotingiz qanday bo'lgan? Sharoitingiz, qiziqishingiz, odatlaringiz qanday bo'lgan? Italyan odam dunyoni mafiya boshqaradi deb katta bo'ladi. Hozir ko'proq vatanparvarman. Qo'limizga uzuk taqardik. Chunki mafiyaga aloqador edikda. Italiyaliklarni ko'pi mafiyaga aloqador odam. Oila a'zolarimiz mafiya va gangsterlar. Dori sotamiz, siyosatga aralashamiz. Ko'chada giyohvand modda sotadigan bola sifatida, kechalari tungi klub, strip va bar, shunga o'xshashlarni egalari bilan savdo qilardim. U yerda uzoq qolmasdim. Qo'riqchilar meni qo'riqlab turishardi. Chunki politsiya kelib qolsa, tamom, litsenziyalaridan mahrum bo'lishardi.
14-17 yoshlarim edi. Dori sotish uchun 18 yoshdan katta bo'lish kerak. Lekin tungi klub egalari meni juda hurmat qilardi. Ko'chaga chiqishdan avval otishma uchun o'zim bilan qurol olardim. Ya'ni har qachon otishmaga duch kelsam juda yaqindan o'qqa tutishardi. Masofadan bo'lsa ham mayli edi. Doim yaqindan o'qtalishardi. Boshimni yon tomonida o'qni izi bor, mana. O'sha joyni kesib o'qni chiqarib olishgandi. Ko'ryapsizmi? Undan tashqari mana bu yerimdan o'q yeganman. Orqasidan chiqib ketgan. Mana bu yerimdan ham, qovurg'am singan. Yuragimni teshib orqa tomonimdan chiqib ketgan. Bir safar o'q nerv sistemaga yaqin joyimni yalab o'tgan. Falaj bo'lishimga sal qolgan. Yaxshiyam chap berib qolganman.
Aytkancha, sonimdan ham o'q yegandim. Undan tashqari bomba bilan o'ldirmoqchi ham bo'lishgan. Uyimni oldiga bomba qo'yishmoqchi bo'lishgan. Bo'mbani olishganda mashinadan 20 metr narida edim. Ertalab soat 5larda, safyorlar mashinamdan bombani olishdi. Bombaga tegishlari bilan u portlab ketdi. Demak, pullarim, mashinalarim, baykerlarim, bizneslarim bor edi. Dori sotardim, ko'chada obro'ga ega edim, pul, qizlar xullas hammasi. Qanaqa iflos ish bo'lsa hammasini qilib chiqqanman. Noto'g'ri tushunmang. Chunki hammasi to'g'ridek tuyulardi menga. Uyga qaytayotganimda juda g'alati narsa bo'ldi. Bir o'zim mashinada uyimga ketayotganimda bo'shliqni his qilardim. Doim shunday bo'lardi.
Nafaqat mashinada, balki uxlashimdan avval va uyqudan turganimda ham. Hamma narsam bor, lekin nimadir yetishmasdi. Hammasi bor edi. Yiliga 1 miliondan ortiq pul topardim. Juda ham ko'p pul. Tushunyapsizmi? Sarflashni aytmaysizmi? Versachi, limuzin, mashina, u bu. Lekin undan keyin juda chuqur bo'shliqni his qilaverdim. Islom haqida qayerdan eshitdingiz? Qanday qilib Islomga kirib qoldingiz? Baykerlar jamosi bilan mojaroga borganimdan so'ng Iroqlik bir odam bilan ishlay boshladim. Adashmasam Skarpion King deb atalardi. Aniq esimda yo'q. Men haqimda eshitishlari bilan Adelaidga borib u bilan biznes qilishni taklif qilishdi. G'alati eshitilishi mumkin, lekin xuddi g'orda yashayotgandek edim.
Islom haqida bilmasdim. To'g'risi, musulmonlar haqida umuman xabarim yo'q edi. Xullas, qisqa qilib aytsam, Arabistonlik do'stlarimiz kelib, meni jamoga olishdi, dushmanlarimiz bir edi. Keyin tungi klublarga borardik. U yerda otishma, janjal to'palon bo'lardi, keyin ularni uyiga borardik, uzun liboslarini kiyib, tahorat qilib, so'ngra ibodat qilishga tushishardi. Ya'ni, nima bu desam ekan "namoz o'qishyapti" deyishdi. "Qanaqa namoz?" "Ular musulmonlar." Ha. Musulmon ekanlarini bilmagandim. Nima o'zi u? Birinchi kecha, davrada o'tiribman, ular esa Ali, Hamza, Payg'ambar alayhissalom haqida gaplasha boshlashdi. Undan keyin esa gaplariga qiziqib qoldim. Jangchilar haqida gapirishardi.
Masalan Ali haqida, Islom haqida, Xudo haqida, Xudoga bo'lgan iymonlari haqida. Men esa, "Haqiqiy jangchi shunaqa bo'larkanda" deb o'tirardim. Keyin Muhammad alayhissalom haqida gapirishdi. Ajoyib qissa. Biz Isoni eng so'ngi payg'ambar, Masih deb o'ylardik. Injilda shunday yozilgan. Ya'ni keyin Iso alayhissalom haqida gapira boshlashdi. O'rnimdan turdimda, "Hoy, hoy kechirasizlar. Iso Masih haqida nima bilasizlar? U meni Robbim. U haqida Injilga o'qiganman" deb aytdim. "Yo'q, yo'q, Vins, biz Isoni yaxshi ko'ramiz!" "Nima?" "Uni yaxshi ko'ramiz, uni hurmat qilamiz, unga ergashamiz, Maryam onamiz, bokira Maryam, uning Injildagi qissasi....” Hammasini aytib berishdi.
U haqida Qur'ondan gapira boshlashdi. Eng ajablanarlisi Qur'onda Maryam onamiz haiqda butun boshli sura bor ekan. Injilda adashmasam Muqaddas Maryam onam bor yo'g'i 4, 5 marta zikr qilingan xolos. Bu yerda esa butun boshli Sura. Mo'minlarning onasi. Iso alayhissalomni qissasini aytib berishyapti. Men xuddi yosh bola multfilm tomosha qilayotgandek miriqib eshitib o'tiribman. Juda qiziq tuyuldi. Ana shu paytda shuni tushundimki, qancha gunohlarimga qaramay, Alloh menga hidoyat bergandi. Juda qiziqdim. Rim Katoligini muammosi, biz ma'lum bir urf-odatga e'tiqod qilamiz. Injilni o'qib chiqqanman. Mutahassisman demoqchi emasman, lekin ba'zi narsalarni bilaman.
Masalan Iso Masih odamlarga aytgan, “Ey Odamlar, menga sig'inmang, men sizni Robbingiz emasman.” Tushunishga juda oson, to'g'rimi? Lekin unga sig'inardikda. Injilni o'qirdik, lekin shu bilan cheklanardik. O'ylab ham ko'rmasdik. O'rgangan narsamizga ibodat qilaverardik. Iso cho'chga go'shti yemang degan, katoliklar yeydi, biz yemaymiz. Iso "Alkagol ichmang" degan. Katta gunohlar eshigini ochadi. Iso Injilda aytadi. “Sajda qilmang, bosh egmang, hech qanday haykal, but yoki mavjudotga, osmondan, yerdan va suvdan biron bir xudoga ibodat qilmang. To'g'ridan-to'g'ri Robbimiz Xudoga ibodat qiling, chunki Xudo rashkchi, Xudo bittadir.” Xochga, Maryam onaga, chaqaloq Isoga ibodat qilamiz.
Hammasi xuddi mana shunday. Xullas ular Iso haqida gaplashishardi. Injil haqida gapirishdi. Ana endi hammasi tushunarli bo'ldi. Ikkinchi kecha, uchinchi kecha, Muhammad alayhissalom haqida, Ali roziollohu anhu haqida gapira boshlashdi. Alini haybatli deyishdi. Rostanam shunaqa ekan. MashaAlloh. Alloh rahmat qilsin. Ularni hikoyalariga shu darajada qiziqib qoldimki, ular Injilni g'irt teskarisi edi. Men Injilda o'qiganman. Bizga shunday o'rgatishgan, Shayton, Iblis, Iso alayhissalomni sahroda 40 kecha-yu 40 kunduz sudrab yuradi. Ana undan keyin Iso masihga shunday deydi. "Robbinga bo'lgan iymoningni to'xtat!" Isoga shunday deydi.
"Robbinga bo'lgan iymoningni to'xtatib menga iymon keltir." Demak Iso Xudomi yoki payg'ambar? Tushunmayapsizmi? Injilda juda ko'p joyida Isoni Xudo emasligi aytilgan. Hatto Iso Masih ham: "Robbingizga sajda qilinglar” degan. Endi hammasi tushunarli bo'ldi. Jahlim chiqdi. Nega bizni bunchalik aldashgan? Xonamdan chiqdim. Eshikni ochishdi, men esa yopib qo'ydim. "Charchadim. Qanday musulmon bo'laman?" dedim. "Faqat bitta Xudo bor. Iso uning payg'ambari va u Maryamdan tug'ilgan" dedim. Ikkita sherigim qotib qoldi. "Ortimdan qaytar, Vins. Tayyormisan?" Men "Ha" dedim. “Ashhadu al la ilaha illalloh va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluh" deb aytdim.
“Ashhadu an la ilaha illalloh va ashhadu anna Muhammadan rasululloh." Uzun kalima to'g'rimi? Birinchi urinishdayoq bexato qaytardim. To'g'risi. Xamirdan qil sug'irgandek. "Qanaqa edi? Keyin nima?" demay bir urinishda aytib berdim. Xuddi u aytkandek “Ashhadu an la ilaha illalloh, Ashhadu an la ilaha illalloh" "Ana endi Musulmon bo'lding. Bag'rimga bosay. Seni yaxshi ko'raman, Allohu akbar." "Rostan musulmon bo'ldimmi?" Allohu akbar? O'sha payti "Assalomu alaykum va Allohu akbarni bilardim." Boshimni sajdaga qo'yganimda ko'zlarimdan yosh chiqib ketdi. Xotirjamlikni his qildim. Allohni borligini his qildim. Noto'g'ri eshitilmasin-u lekin to'g'risi o'shanda Alloh menga qarab turgandek tuyuldi.
Ana shunda Allohni borligini sezdim. Musulmon bo'lgach hayotingiz butunlay o'zgardimi? Hayotingizdagi o'zgarish nuqtasi nima edi? Bilasizmi nima? Video davomida reklamalar ko'rmadingiz. Loyihamiz notijorat tashkilot bo'lganligi sabab bunday videolarni sizning qo'llovingiz bilan chiqarishimiz mumkin. Yaxshilikka sherik bo'lishni istasangiz, "Towards Eternity (Abadiyat Sari)" loyhamizga ehson qilishni qo'ldan boy bermang. Musulmon bo'lgach hayotingiz butunlay o'zgardimi? Hayotingizdagi o'zgarish nuqtasi nima edi? Juda ko'p marta otib ketishgan. 5 marta, har xil paytda otishgan. Ya'ni oxirgisida o'g'lim jon berdi. U yuragidan o'q yegandi. 20 millionlik narkotika bitimiz tuzmoqchi edik.
Agar shunisi o'xshasa bo'ldi, buni yig'ishtiraman degan niyatim bor edi. 20 million dollar katta pul. O'sha payti Kuinslenddan mijoz topgandim. O'zim Australiyadanman. U molga qiziqqanini aytdi. Menimcha aslida molga qiziqmagandi. Aslida meni o'ldirish niyati bo'lgan. Xullas u gaplashib olishga ko'ndirdi. Oldiga borib mashinada uni olib ketdim. Yo'lda u juda shubhalil ko'rindi, lekin men unchalik payqamadim. Manzilga yetgach mashinadan tushganida meni o'ldirishga urindi. "Meni bog' yoniga tashlab qo'y" dedi. Menga hammasi oddiy tuyuldi. Boya aytkanimdek, o'g'lim mashinadan tushdida u bilan hayirlashdi. Ular do'st bo'lishlari kerak edi.
Hayirlashayotganida o'g'limni ko'ksiga qurol tiradida, keyin otdi. O'g'limni mashinaga tortdim. U "Dada" dedi. Darrov gazni bosib mashinani haydadim. U esa otishda davom etdi. U yoqqa, bu yoqqa, har joyimga. O'q yeganimni ham his qilmadim. O'g'lim hali ham esimda. U o'sha zahoti o'lib bo'lgan ekan. Rangi o'chib yotardi. Ko'zlari yam yashil. Mashinani haydab ketyapman... O'glimni ushlab olib... sun'iy nafas berardim. Tushunyapsizmi? Shunday qilib tez yordamga qo'ng'iroq qildim. Kasalxonaga borguncha kech bo'lardi. "Yarim yo'lda ko'rishamiz" dedim. Ko'rishdik. Ungacha sun'iy nafas berardim. Ko'rinishidan o'lib bo'lgan edi, lekin baribir odam buni qabul qilgisi kelmas ekanda. Bu juda ham og'ir.
Telefonda gapirayotib og'zimdan qon chiqayotganini sezdim. Keyin telefonni qo'ydim. Ming bor uzr. Tinmay qon tupurdim. Qon tuflashni boshlaganimdagina o'q yeganimni sezdim. O'pkamga otgan ekan. Ana shu paytda "E Xudo gunohlarimni kechir" deydigan vaziyatda edim. Keyin Xudodan so'radim, iltimos qildim. O'g'limdan kalimani qabul qilishini so'radim. U kalima bilan o'lsin dedim. Unga iymonni nasib et. Chunki o'lib bo'lgandi. Allohdan hammasi uchun kechirim so'radim. Kalimamni qabul qil dedim. Tez yordam keldi. Mashinadan tushib o'g'limni ko'tarish uchun narigi tomoniga o'tdim. Politsiya to'xtatdi. "Vins, to'xta." Yerga quladim. Qovurg'am og'riy boshladi. Ana shunda qovurg'am singanini sezdim.
Tez yordam mashinasiga chiqarib kasalxonaga olib ketishdi. Doktor o'g'limni o'lganini aytdi. Chunki o'q yuragini teshib o'tgan ekan. U o'z otasini qutqaraman deb o'ldi. O'shanda ham Musulmon edim. Kasalxonada qo'limdan kelganini qildim. Zanjirband holatimda, telefonda, sudya bilan o'g'limni dafn marosimiga borishim, uni yuvish uchun ruxsat berishiga izn so'radim. Ha shunday bo'ldi. Uni yuvishdan maqsad musulmon urf-odatiga kiritish edi. Hayotimdagi eng og'ir narsa, o'g'limning janozasini qamoqxonadan turib televizorda tomosha qilish edi. Tushunyapsizmi? Lekin bir nima qilib chidadim. Bir nima qilib. Hayotimdan bundan og'ir narsa ko'rmagandim.
Xullas sudya menga ruxsat bermadi, dafn marosimiga borolmadim. Hayotim qamoqxonada o'zgardi. Kasalxonadan meni to'g'ri qattiq tartibli qamoqxonaga o'tkazishdi. Qamoqxonada meni alohida joyga joylashtirishdi. Oradan 3 oy o'tdi, 3 yoki 10 oylarcha. Xullas Qur'onni o'qishni boshladim. O'shanda Oli Imron surasini o'qiytogan ekanman. 145-oyatni. "Hach bir jon Allohning iznisiz o'lmas. Bu yozilgan ajaldir." "Kim bu dunyoning savobini xohlasa, unga o'shandan beramiz. Kim oxiratning savobini xohlasa, unga o'shandan beramiz." Bu dunyoning savobi, oxiratning savobi, bu qismlarini o'qimadim.
Hammaning o'limi yozilgan degan joyiga kelganimda mana buyerda havotir tuguni, aybdorlik, o'g'limni o'ylab siqilish, yan'i hammasi... Qasosdan tashqarimi? Hammasi yo'qoldi. Yengil nafas oldim. Yelkamdagi og'ir yuk yo'q bo'lldi. Umrimda bunaqa qattiq yig'lamaganman Qayg'udan yig'lamadim. Xursandligimdan yig'ladim. Juda xursand edim. Butunlay yo'qolmagan bo'lsa ham o'zimni yengil his qildim. Bu oyat meni zulmat zanjiridan halos qildi. Uni shunday izohlashim mumkin. Tasavvur qiling, tog'dan oshib o'tmoqchisiz. Qiyin a? Mendagi tog' esa o'ta tik edi. Tepaga chiqish uchun tish tirnog'im bilan harakat qilardim. Lekin osilib chiqishim uchun bir arqon ko'rdim.
Pastga qarasam pastda bo'rilar sakrab meni g'ajib tashlamoqchi. O'sha bo'rilar meni hislarim, ichimdagi dardlarim edi. Arqon esa Quron edi. O'sha arqonga mahkam yopishdim. Allohga shukr qilishim uchun deyarli 1 soat o'tirdim. Unga shukr qildim. Unga shukr qilishni chin dilimdan xohladim. 45 daqiqa o'tdi. Ko'z yoshlarim to'xtamadi. Masalan kimnidir yaxshi ko'rsangiz... O'sha odamni bergan yordami uchun juda mamnun bo'lasiz. U oddiy odam. O'sha uchun ham yig'laysizku baribir "Qutqarganingiz uchun rahmat" deb. U esa yaratuvchi. Uni borligini his qildim. Ana shu payti Alloh bilan aloqam qattiq mustahkamlandi. Allohga duo qildim, unga shukronalar keltirdim. Qo'llarimni duoga ochdim.
"Ey Alloh, hammasi uchun o'zing kechir." Undan yolvorib kechirishini so'radim. Natijasi mana, 15 yildan beri musulmonman. Mukammal emasman. Olim ham emasman, shayx ham. Bunga ilmim ham kam. Men Allohni yaxshi ko'raman. Allohni yaxshi ko'raman, Rasulullohni, sahobalarni, Umar ibn Xattobni yaxshi ko'raman. Biz shu kishilarga ergashishimiz lozim. Hozirgi yoshlarning dunyoga qaram bo'lib qolayotgani biroz achinarli. Shunday qilib meni o'zgartirgan narsa mana shu. Postlaringizning birida onangiz ham Islomga kirganini aytibsiz. Hikoyangizda uning o'rni qanday bo'lgan o'zi? Haa, baribir shu savolni berdingiz a? Bu mavzu men uchun o'ta ta'sirli. Lekin qo'limdan kelganicha harakat qilaman inshaAlloh.
Oyim haqida qisqacha gapiraman. Onamni rasmlariga ham qarolmayaman. Uni juda qattiq sog'indim. Onamga Alloh Firdavsni bersin, Omin. Oyim bilan doim inoq do'st bo'lganmiz. Deport qilinishimga oz qolgan edi. Undan avval 28 kuncha muxlatim bor edi. Deport bo'lganimdan keyin kasalxonaga oyimni ko'rgani bordim. Oyim to'rtinchi darajali rak tashxisi qo'yilgan edi. Borgan sari kattalashib tarqalayotgandi. Doktorni oldiga borib oyimga bu haqida aytmasligini so'radim. Ya'ni keyin Oktyabr oyida oyimni Malayziyaga olib ketdim. Kelgach esa, yonimda oyim turgani uchun hayajonlandim. Injilni oldim.
"Oyi, Injlda Iso "Menga ibodat qilmang" degan ekan." "Menga ibodat qilmang, men sizning Robbingiz emasman" dedi. "Musulmonlar unga ibodat qiladimi?" dedim. Oyim yo'q dedi. "Unda sizchi?" Har kuni shu narsani aytaverardim. Har kuni Iso cho'chqa yemang deganini, alkagol ichmang deganini, qanday ibodat qilganini aytaverardim. Hammasini Injildan keltirardim, Qur'ondan hech nima keltirmasdim. Har kuni. Har kuni shu holat. "Oyi sizni yaxshi ko'raman." "Oyi, Xudo sizni mukofotlasin." Oxirida oldilariga o'tirdimda, "Sizningcha Iso Masih...?" "Yo'q. O'g'lim, Iso Masih Xudo bo'lmagan." Tamom. Hozir ham o'sha narsani his qilyapman. Keyin shahodat aytdilar. Ishonmaysiz a?
“Ashhadu an la ilaha illalloh va ashhadu anna Muhammadan rasululloh" dedilar. Bexato aytdilar. O'zim ham ishonolmadim. Yig'layaptilar. Men esa videoga saqlab qo'yyapman. Alloh bizni qanchalar sevishini ko'ring. Xatto oyim Islomga erishdi, va Alloh unga havas qilarli darajada o'lim nasib etdi. Tushunyapsizmi? U Ramazonning oxirgi 10 kunida, juma kuni, bomdod namozidan oldin, tahajjud vaqtida uyqusida tinchgina vafot etdi. Juma kuni yangi masjidda janoza o'qildi va u yangi qabristonga dafn qilindi. Agar Islomni qabul qilmaganingizda hozir nima qilayotgan bo'lardingiz?
Hmm, agar rostini aytsam, men yer ostida o'lib yotgan bo'lardim, o'ldirilgan bo'lardim, yoki kimnidir o'ldirganim uchun 30 yildan ortiq qamoq jazosiga, umrbod qamoq jazosiga hukm qilinardim. Lekin Allohu Akbar, Alloh menga Islomni nasib qildi. Allohga qasamki Islom meni zulmatdan qutqardi. U menga go'zal hayot, ilm ato etdi. Allohga qasam. Hayotim juda ham go'zal bo'ldi. Payg'ambar alayhissalomning qaysi hislatlarini yoqtirdingiz? Payg'ambarning barcha hislatlari, so'z bilan ifodalab bo'lmas darajada, eng yuksak va eng go'zal tarzda ulug'vor va ajoyibdir. Bu yer yuzida hech bir inson, hech bir mavjudot uning kabi mukammal, go'zal, mehribon va rahmdil qilib yaratilmagan.
U chinakam yaxshi inson, o'rnak bo'lish uchun haqiqiy tanlov. Unga o'xshay olamizmi? Imkonsiz. Lekin eng ajoyib narsa, u kishining siyratlarini o'qirkanman, oyning yorilishi, bilasiz a? Esladingmi? Hayajon bilan o'qiyapman. Xatto yoshlik chog'lari ham bizga o'rnak. Insonni shu darajada ta'sirlantiradigan hech nima yo'q. Hech nima? Meni yig'latgan yagona narsa u zotning o'lim to'shagida yotishlari. O'lim soatingizni tasavvur qila olasizmi? Tasavvur qiling o'lib tirilib turibsiz. Sahobaga aytdilar. "Odamlarni oldiga olib chiq, ularga gapim bor." U esa "Yo'q, ahvolingiz yaxshi emas. Yura olmaysiz" deydi. Lekin U zot chiqishni xohladilar.
Qissani o'qir ekanman, unda Muhammad alayhissalomni ikki kishi ko'tarib ketayotgani tasvirlangan. Oyoqlarini sudrab olib ketishardi. Chunki yura olmasdi. U zotning ummatiga bo'lgan muhabbatini ko'ring. Ozgina boshim og'risa o'rnimdan turgim kelmaydi. Hech shunaqa bo'lganmi? Bu kishi esa, payg'ambar, oddiy inson, yomon ahvoliga qaramay ummatlariga so'ngi marta gapirishni istadilar. Oyoqlarini sudragan joyiga kelganda, tasavvur qiling, ko'z yoshlarimni to'xtatolmadim. Umuman. Ular Rasululloh uchun qilgan ishlarini aytmaysimi? Tasavvur qilish qiyin. Alloh uchun, mana shu ummat uchun qildilar. Hammasini biz uchun. Shukr keltirish uchun nima qilishimiz kerak?
Hammasidan ko'ra mana shu qismi boshqacha ta'sir qildida. Muhammad alayhissalom doim birinchi bo'lib "Assalomu alaykum" derdilar. Doim tabassum qilib yurardilar. Ammo Allohni yo'lidagi janglarda u zot haqiqiy sherdek, jangchidek kurashardilar. Xolid ibn Valid roziollohu anhu, Hamza, Allohning sheri. Ali roziollohu anhu, Husayn, Hasan, Abu Ubayda, Umar ibn Xattob, Usmon, Abu Bakr. Ularga ergashyapmizmi o'zi? Gollivudni qo'ying, mana haqiqiy erkaklar. Siz yashagan o'tmishda yashashni istaydigan odamlar juda ham ko'p. Hayotda xursandchilik qidirgan shunday odamlarga nima maslahat berasiz? Kamalak tushgan joyda hech qanaqa tilla xumcha yo'q. Tunel oxirida hech qanday nur yo'q. Hammasi safsata.
Tushunyapsizmi? Mana shu haqida Qur'ondan bir nima keltirmoqchiman. Hammasi yolg'on. Unaqalarda sodiqlik yo'q. Sadoqat faqat ko'p topadiganlarga bo'ladi. Agar unday bo'lmasangiz siz oddiy vositasiz. Qur'ondan bir narsa keltirmoqchiman. Mana shu odamlarni tushunchasini o'zgartirsa. Agar es-xushingiz joyida bo'lsa, ozgina olijanoblik va ochiq fikrli bo'lish uchun tushunchangiz bo'lsa bu oyat barcha jinoyatchilar uchundir. Ha! Bu oyat hamma milliarderlarga tegishli. Bu oyat barcha shohlarga va barchaga, jinoyatchilik olamiga kirishni istaganlarga qaratilgan. Men sizlarga shu oyatni aytib beraman. Mana hozir. Alloh Qur'onda odamlarga qaratib aytadi.
"Qiyomat kunida meni huzurimga butun dunyodagi boyliklarni yig'ib keltirsangiz ham." Tasavvur qiling, Alloh hammasini deyapti. Qiyomat kunida shularni hammasi bilan kelib menga topshirib, "Ey Alloh, menga Jannatni ber, yoki ortimga qaytar desangiz ham." Alloh aytadi "Qiyomat kunida uning foydasi tegmas". Tamomsiz. Nimani ortidan quvyapmiz? Necha milliard kerak? Qanaqa Ferarida yurmoqchisiz? Hozir nimalar bilan bandsiz? Tashkilotimni nomi Sahoba, ya'ni payg'ammbar sahobalari, 99, ya'ni Allohning 99 ismi, ism va sifatlari.
Futbolkalarimiz ortida esa sizga aytkan hadisim tushirilgan, "Sizlarning eng yaxshingiz odamlarga eng ko'p foydasi tegadiganingizdir." Biz odamlarni kikboksing bilan, Muai Tai boksing bilan shug'ullantiramiz. Ehson tashkilotimiz ham bor. Islom jamiyati uchun har tomonlama kurashamiz. Har tamonlama. Ular uchun din eng muhimi. Masalan Falastinga oziq ovqat mashinalari yuboramiz. Shunga o'xshash ishlar qilamiz. Mana shunday. Spagetti ustiga ketchup sepib yeydigan odamlarni nima qilgan bo'lardingiz? Spagetti ustiga ketchup sepib yeydigan odamlarga keladigan bo'lsak, ularni qamab qo'yib qamoqxona kalitini tashlab yuborish kerak. - Qamab qo'yish kerak. - Balki o'zlariga ketchup separsiz?
Yo'q, yo'q, ularni hammasini qamoqqa tiqish kerak. Jinoyatmi bu? Ha jinoyat. Italiyada, pitsa ustida ananas qo'ymang va sous ustiga ketchup sepmang deyishadi. Unaqalarni qamash kerak. Tushunyapsizmi? Qamoq ham bo'lmaydi, balki kasallk nimadaligini aniqlash uchun biror ruhiy kasalxonaga yotqizish kerakdir. Axr qanday qilib spagettiga pamidor sousini qo'shasiz?
Axr bechora oshpaz, sarimsoqlarni to'g'rab, tovaga o'simlik moyi quyib, jig'ildon qaynashining oldini olish maqsadida kislotani ajratib olish uchun uni tomat pastasi bilan karamelizatsiya qilish uchun qovurib, undan keyin rayhon ko'kat qo'shib, keyin sous qo'shib, keyin tuz, keyin boshqa masalliqlar qo'shib, 20 daqiqalik irimdan so'ng sous ta'mini berish uchun 30 daqiqa qovuradi, eng zo'r ta'mni hosil qilish uchun ta'mini ko'rib turadi, qattiq mehnat qiladi. Siz bo'lsa ichida shakar moddasi bo'lgan tomat pastasini ko'tarib kelib ustiga sepasiz. Unaqalarni butun umrga qamash kerak! Gap tamom. Pitsa ustiga ananas qo'yadiganlarni esa fermada tosh tashish uchun 15 yilga jo'natish kerak.
Pitsaga meva qo'shsaya, Yo Alloh! Italiyaliklar uchun o'z tilingizda nimadir deyishni istaysizmi? Italyancham unchalik yaxshi emas, lekin qo'ldan kelgancha harakat qilaman. Avvalambor Cavi de-Teriniga, Salernoga oilamga, Fokareliga, Savastaniga salom demoqchiman. Sizlarni yaxshi ko'raman. Italiyadagi yurtdoshlarimga esa, agar esingizni hali yo'qotmagan bo'lsangiz, aql xushingiz joyida bo'lsa, Rim Katoligi haqida unuting, umuman Xristianlikni unuting. Hurmat bilan aytaman, Qur'onni oling, uni o'qing va musulmonlar olamiga keling. Ana shunda butun hayotingiz xotirjamlik va farovonlikda o'tadi. Bunga ishonchim komil.
Barcha oila a'zolarimga va Italiyadagi do'stlarimga shunday deyman, musulmon bo'ling! -Takbir! Allohu Akbar! - Allohu Akbar!