Stiven Hoking Men Uchun Allohning Mavjudligini Isbotladi!" - Sobiq Sikhning Islomga Kelish Hikoyasi
Nashr sanasi
Onamning oilasi xristian muhitidan, otamning oilasi esa sikx diniga mansub bo‘lgan. Buyuk Britaniyadagi sikxlarda musulmonlarga nisbatan kuchli adovat bor edi. Amerikada 11-sentabr voqealari yuz berdi. Bir necha yil o‘tib, 7-iyul portlashlari sodir bo‘ldi, avtobuslar va London metrosida xudkushlik hujumlari uyushtirildi. Otam aynan o‘sha poyezdga chiqishi kerak edi, otamga qo‘ng‘iroq qildim, ammo telefoni o‘chiq edi. Ko‘plab turli dinlarni o‘rganib chiqdim. Buddizm, sikxizm, hinduiylik va xristianlikni o‘rgandim. Stiven Xokingning ma'ruzasini ko‘rayotgan edim. Stiven Xoking men uchun Xudoning borligini isbotlab berdi.
Shundan so‘ng o‘yladim: «Bunda eng yomon nima bo‘lishi mumkin?» Shunday qilib, Qur'on o‘qiy boshladim va musulmon bo‘ldim. Otam buni qanday bildi: maktabdan uyga kelganimda, paltomning cho‘ntagidan so'ppini topib oldi. «Bu nima? Menga ortimdan pichoq urding! O‘z qoningga xiyonat qilding! O‘z xalqingga xiyonat qilding!» Juda ko‘p baqir-chaqir va so‘kishlar bo‘ldi. Amakimning tug‘ilgan kunida bir voqea bo‘ldi, amakim men bilan juda do‘stona muomalada bo‘lib, meni quchoqladi. Ammo shunday quchoqlagan ediki, butun oila oldida boshimni changallab olgandek edi. Qo‘lida bir qadah shampan vinosini labimga tirab menga qarata: «Ich!» buni. «Yo‘q, ichmayman!» «Ich deyapman!» «Yo‘q!
Ichmayman!» Assalomu alaykum, birodar Ris Bayfild. Taklifimizni qabul qilganingiz uchun rahmat. Sizni ko‘rganimizdan juda xursandmiz. Suhbatimizni shundan boshlasak: Ris Bayfild kim o‘zi? Hayotingiz haqida gapirib bersangiz. Va alaykum assalom va rahmatullohi va barakotuh. Birodarim, alhamdulillah, sizlarga mehmon bo‘lish men uchun sharaf. Men aralash millatli oilada tug‘ilganman. Otam Hindistondan Buyuk Britaniyaga kelgan birinchi avlod muhojiri, onam esa Buyuk Britaniyalik ingliz ayoli. Onamning oilasi xristian muhitidan, otamning oilasi esa sikx diniga mansub edi. Ko‘plab turli dinlarni o‘rganib chiqdim. Keyin Qur'on o‘qishni boshladim. Shahodat keltirdim va musulmon bo‘ldim.
Musulmon bo‘lganimni ikki yil davomida sir saqladim ikki yil. Oxir-oqibat oilam buni bilib qoldi. Shundan so‘ng ko‘p baqir-chaqir, va so‘kishlar bo‘ldi. Keyingi 3-4 yil ichida vaziyat borgan sari yomonlashib bordi. London Qirollik kollejida falsafa yo‘nalishida bakalavr bosqichini o‘qidim. Alhamdulillah, a'lo baholar bilan tamomladim. So‘ng Cambridge universitetida ilohiyot, din falsafasi va dinshunoslik bo‘yicha magistraturani bitirdim. Islomdan avval e'tiqodiy hayotingiz qanday bo‘lgan? Nimaga ishonardingiz? Tabiiyki, cherkovdagi nikoh to‘ylari kabi diniy marosimlarda qatnashib turardim. Bolaligimdayoq, insonning Xudo bo‘lishi mumkinligi haqidagi g‘oyani qabul qila olmasdim.
Shuningdek, sikxlarning muqaddas joyi — Gurdvaraga, sikx ibodatxonasidagi tadbirlarga borardim. Yoshligimdayoq, sikxizm asoschisi Guru Nanakni ilohiy vahiy olgan zotdan menimcha ko‘ra, ko‘proq ijtimoiy islohotchi sifatida ko‘rardim. U paytlarda ma'lum darajada irqchilikka ham duch kelardingiz. Inglizlar meni ingliz deb qabul qilmasdi, osiyoliklar esa meni osiyolik deb bilmasdi. Shu sababli ikkala tomon orasida arosatda qolganman. Bir yilcha oldin Amerikada 11-sentabr voqealari ro‘y bergan edi. Bir necha yil o‘tib esa 7-iyul portlashlari yuz berdi, avtobuslar va London metrosida xudkushlik hujumlari bo‘ldi.
Bu jamiyatda Islom va musulmonlarga nisbatan ommaviy nafrat to‘lqinini keltirib chiqardi. O‘sha kuni nima bo‘lganini aytib bersam: otam aynan o‘sha poyezdga chiqishi kerak edi. Markaziy yo‘nalishda portlab ketgan poyezdga. U aynan shu poyezdga chiqishi lozim edi. Otamga qo‘ng‘iroq qildim, lekin aloqa uzilgan edi. Ichimda: «Otam o‘sha poyezdda bo‘lsa-chi?» deb o‘ylardim. Onamga telefon qilib: «Dadam bilan gaplashdingizmi? Yangiliklarni eshitdingizmi?» dedim. Onam: «Qilyapman, lekin aloqa uzilib qolgan». Aslida esa bunday bo‘lgan ekan: otam bekatga tushgan, Markaziy liniyaga o‘tish uchun boshqa poyezdga mingan.
U Markaziy liniyada bo‘lgan paytda hujum sodir bo‘lgan va butun hududni karantinga olib, butunlay yopib qo‘yishgan. Hech kim bekatdan chiqolmagan, hech kim kirolmagan. Shu sababli aloqa yo‘q bo‘lgan, u yer ostida qolib ketgan. Alhamdulillah, o‘sha kuni biroz kechikkani sababli, portlagan poyezddan bir yoki ikkita poyezd keyinda qolib, omon qolgan. Ayni paytda bu davr «yangi ateizm» harakatining kuchaygan payti bo'lgan. Stiven Xoking, Richard Dokinz va boshqalar o‘z g‘oyalarini qattiq ilgari surayotgan edilar. Men taxminan 15-16 yoshlar atrofida bo‘lganimda, uning kitobi chiqqan edi. Men mana shu narsalarning o‘rtasida edim.
Bir tomondan, bu oqimni qabul qilib, unga quloq solib, masalalarga shu nuqtayi nazardan qarab, savol berardim. Ammo ayni paytda qalbimda nimanidir — Yaratuvchining borligiga kuchli moyillik bor edi. Stiven Xokingning bir ma'ruzasini boshidan oxirigacha ko‘rib chiqdim. U koinotning paydo bo‘lishi haqida edi. U o‘z izlanishlari, koinot qanday paydo bo‘lgani, Katta portlashgacha bo‘lgan davr haqidagi nazariyalarini tushuntirayotgan edi. Va biz bir nuqtaga keldik: koinot qayerdan paydo bo‘lgan o'zi? Ma'ruzaning xulosasi: koinotning ibtidosi bor. Xo‘sh, bu ibtido qayerdan keldi? Koinotni nima vujudga keltirdi? Uning bergan javobi esa: «U yo‘qlikdan paydo bo‘ldi».
Noutbuk ekraniga, o‘sha odamga qarab o‘tirar ekanman men unga qarata: «Nimalar deyapsan o‘zi?» deb o‘yladim. Va keyin u: «Buni bilmaymiz», deb o‘zini oqlamoqchi bo‘ldi. Shunda biz allaqachon biladigan asosiy haqiqatga duch kelasiz: yo‘qlikdan hech narsa paydo bo‘lolmaydi. Bu narsalarni tushunishning eng oddiy asosidir. Natija bormi, demak, sabab ham bor. Siz esa bularning barchasi — Katta portlash, butun koinotimizning yaratilishi paydo bo‘lgan, deyapsiz shunday emasmi. Fizikaning dastlabki shart-sharoitlari haqida gapirib, bu sharoitlar o‘z-o‘zidan, tasodifan paydo bo‘lib qolgan, demoqchisiz.
Shunday aql-zakovatli, shunchalik ko‘p ilmga ega insonning bunday deyishi mantiqqa to‘g‘ri kelmasdi. Mening xulosam shuki: tilingiz ichida turgan, og‘zingizdan chiqishi kerak bo‘lgan javobni siz ataylab ichingizga yutyapsiz buni men sug'urib olaman. Aynan o‘sha javob men uchun eng ochiq haqiqat edi. Menga uch soat ma'ruza o‘qigan bu odam ilm-fanni emas, balki o‘z mafkurasini tiqishtirayotganini ko‘rdim. Aslida ilm-fan bilan ilohiy vahiy o‘rtasida hech qanday ziddiyat bo‘lishi shart emas. Ziddiyat odamlar uni sun'iy kiritgani, o‘z mafkurasini majburlab tiqishtirgani uchun paydo bo‘ladi. O‘sha videoni ko‘rgach va buni anglab yetgach, Xudoga bo‘lgan ishonch ichimda yaqqol mustahkamlandi.
Qiziq tuyulishi mumkin, lekin Stiven Xoking men uchun Xudoni isbotlab berdi. Bu qalbimda Xudoga bo‘lgan e'tiqodni mustahkamladi. Chunki biz dunyoda ilohiy qudratni ko‘ramiz. Yaratuvchining buyuk san'atini ko‘ramiz. Borliqdagi hech bir narsa boshqa narsasiz o‘z-o‘zidan mavjud bo‘la olmaydi. Hamma narsa bir-biriga bog‘liq ekan, o‘zaro qaramlik zanjiri paydo bo‘ladi. Ammo gap shundaki, bu qaramlik zanjiri qayerdadir to‘xtashi kerak ku. U hech narsaga qaram bo‘lmagan, mutlaqo mustaqil, ushbu tuzilmadan tashqarida turib, butun borliqni tutib turuvchi Bir Zotga borib taqalishi shart. Koinotdagi barcha narsani vujudi boshqaga bog‘liqdir. Va ularni vujudga keltirish uchun bir Yaratuvchi kerak.
Endi savol shunday edi: «Xo‘sh, Xudo bor ekan. U aslida kim? Xudo nomiga kim munosib? Xudo o‘zi qanday Zot?» Eng to‘g‘ri boshlanish nuqtasi qadimiy dinlarni o‘rganish deb o‘yladim. Va klassik butparastlik tushunchasi, xudolar bilan savdolashish va qurbonliklar qilish kerakligi... Bu narsa menga... mutlaqo ma'nosiz bo‘lib tuyuldi. Nega butun borliqni yaratgan, hamma narsa ustidan hukmron bo‘lgan Oliy Zot bilan siz savdolashishingiz kerak? Xudo bundan yuksakdir. Xudo bunday odamsifat tasavvurlardan, insonlarning o‘zaro muomala uslubini Xudoga nisbat berishlaridan pokdir. Shuning uchun bu narsalar meni orqaga chekintirdi va buni qadimiy butparastlikning barcha shakllarida ko‘rdim.
Bu yo ijtimoiy nazorat vositasi bo‘lib, unda hukmdorlar va podshohlar xalqni itoatda tutish uchun go‘yoki o‘zlariga berilgan ilohiy vakolatdan foydalanishgan. Bu mening birinchi e'tirozim edi va ko‘plab dinlarni o‘rganib chiqdim. Otam tomonga keladigan, bo'lsak sikxizm asoschisi Guru Nanakdir. Guru Nanak hinduiy bo‘lib tug'ulgan. U hinduiylar va musulmonlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar va nizolardan qattiq norozi bo‘lgan. Uning aytishicha, u bu masalada tafakkur qilish va yechim topish uchun yo‘lga chiqqan. Guru Nanak o‘z safari davomida hatto Haj amallarini bajarishga ham borgan. Ammo bu safardan qaytgach, o‘zi uchun aniqlab olgan muayyan diniy g‘oyalar bilan qaytgan.
Shuningdek, buddizm va sikxizm kabi Hindistonning ko‘plab an'anaviy ta'limotlari sinkretik e'tiqodlar edi. Sinkretik din — bu atrofdagi madaniyatlar va diniy amallarni o‘zlashtirib, o‘z e'tiqodiga qo‘shib oladigan dindir. Sikxizmda buning yaqqol misoli bor. Ularning ibodati ko‘proq hinduiylik ibodatiga o‘xshab ketadi. Agar kimdir bugungi Hindistonga borsa, buning amalda keng tarqalganini ko‘rishi mumkin. Hinduiylarning masjidga borayotganini, hatto tariqatlarga a'zo bo‘layotganini ko‘rshingiz mumkin. Masalan, Hindistonda hindu Naqshbandiylar ham bor. Musulmonlarning hinduiylarning ziyoratgohlariga borayotganini, ularning kohinlaridan duo va marhamat so‘rayotganini ko‘rshingiz mumkin.
Bu diniy an'analarning bu tarzda qorishib ketishini sotsiologik tilda ko'pincha biz «qishloq dini» deb ataymiz. Bunday «qishloq dini» darajasi Hindistonda juda ham keng tarqalgan. Sikxizm — inson tomonidan to‘qilgan din. Shuningdek, hinduiylikni ham o‘rgandim. Hinduiylikning eng katta muammosi shundaki, aslida «hinduiylik» degan yagona dinning o‘zi yo‘q. Birinchi muammo shu, chunki «hinduiylik» — mustamlakachilar qo‘llagan atamadir. Inglizlar Hindistonga kelganlarida, turli diniy marosimlarni bajarayotgan qorachadan kelgan odamlarni ko‘rishgan. Ular shunchaki: «Bularning bari bitta din», deb o'ylashgan. Ularning barchasini bitta qolipga solib qo‘yishgan, ya'ni bular...
Masalan, «hindu» so‘zi Hind daryosidan kelib chiqqan, to‘g‘rimi? Demak, bu shunchaki shu xalqning dini deb atalgan. Bu shunchaki ijtimoiy nazorat vositasi ekani, ommani itoatda saqlash yo‘li ekani ravshan bo‘lib qoldi. Keyin esa yahudiylikni o‘rgandim. An'anaviy yahudiylikda dinga tashqaridan kirishning imkoni umuman yo‘q. Xudoning tanlangan xalqi bo‘lish uchun yahudiy bo‘lib tug‘ilishingiz kerak. Bu ma'noda u etnik dindir. Bu tushuncha ham aqlga sig‘masdi. Ikkinchi masala — yahudiylik an'anasining o‘zini... va Injildagi yahudiylarning o‘z payg‘ambarlari bilan munosabatini o‘rganish bo‘ldi.
Va ularning manbalarida yozilishicha, butun tarix davomida yahudiylar, Bibliyada aytilganidek, Xudo bilan tuzilgan ahdga vafodor bo‘lmaganlar. Shuningdek, matnlarning ma'lum darajada buzilganini, qissalarning o‘zgartirib yuborilganini ko‘rasiz. Bir qissada aytilishicha, u kishi bir odamni urushga yuboradi, u kishi o‘lib ketsin-da, uning xotiniga uylansin deb... Mana shunga o‘xshash qissalar bor. Bilasizmi, bunday an'ana mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi: go‘yoki bular Xudo tomonidan tanlangan insonlar emish. Ayni o‘sha kitobda payg‘ambarlar, ularning Xudo huzuridagi maqomi va ularning to‘g‘riso‘zligi maqtaladi.
Ayni paytda esa ular shunchaki insoniy xato emas, balki katta xatolarga yo‘l qo‘yuvchi qilib ko‘rsatiladi. Bu yerda ochiq ziddiyatlar bor. Keyingi tabiiy qadam xristianlikni o‘rganish edi. Xristianlikni chuqurroq o‘rganganingizda nimalar yuz berganini ko‘rasiz. Muqaddas Uchlik yoki kimningdir so‘zma-so‘z Xudoning o‘g‘li bo‘lishi tushunchasi... Iso — Xudo emish. Ota — Xudo, Muqaddas Ruh — Xudo. Ammo Xudo bitta, shaxslar esa uchta emish. Bu degani har bir shaxsning alohida fikrlari, alohida istaklari bo‘lishi kerak. Chunki «yo‘q, ularning fikri bir xil, qarashlari bir xil, irodasi bir xil, uchtasining o‘rtasida hamma narsa bir xil» desangiz, matematik jihatdan ular bitta shaxs bo‘lib chiqadi.
Bitta borliqqa aylanadi, to‘g‘rimi? Agar ularning barchasi teng va qadimdan mavjud bo‘lsa, qanday biron narsada kelishib olishadi? Agar Iso xochda o‘lishni xohlamagan bo‘lsa-chi? Chunki Bibliyada uning xochdagi faryodi keltirilgan. U: «Otam, Otam, nega meni tark etdingiz?» deb nido qilgan. Demak, u xochga mixlanishni istamagan. Unda bu iroda qanday sodir bo‘ldi? Bu mutlaqo mantiqsiz. Isoning o‘zi Tavrotga ergashishni buyurgan va yahudiy bo‘lgan. U yahudiy kishi edi. Shuning uchun uning «Men o‘shaman» degan so‘zlarini yahudiy ilohiyoti nuqtayi nazaridan olsak, bu gaplar Isoning Xudo ekanini anglatmasligini tushunamiz. Bular ilohiylashtirishni umuman bildirmaydi.
Avvalo, yahudiylik an'anasida «Xudoning o‘g‘li» bo‘lish shunchaki taqvodor inson bo‘lishni anglatadi. Yahudiylik an'anasida biror kishi Xudo nomidan gapirayotgan bo‘lsa, unga xuddi Xudoning O‘zidek ehtiromli maqom beriladi. Biz bir narsani aniq tushunishimiz kerak: Birinchidan, Bibliyada Xudodan boshqa narsalarga ham «Elohim» deb murojaat qilinadi, ularga ilohiylik timsoli maqomi beriladi. Ya'ni bu shaxs Xudoning vakilidir, ammo Xudoning O‘zi emas. Ikkinchi jihat — Injillarning o‘ziga qaraganimizda: Bir tomondan, Injillarda Isoning Xudoga ibodat qilgani, «menga emas, Xudoga ergashinglar degani. Men yaxshi emasman, faqat Xudogina yaxshidir» degan so‘zlari bor. Bu nima degani?
Iso: «Men Xudoning elchisiman va Xudoning haqiqiy payg‘ambariman», demoqda. Uning o‘zi nimaga buyuradi? Xudoga duo qilishga, Xudoga ergashishga, ilohiy qonunga bo‘ysunishga, unga emas, qonunga ergashib, Yagona Xudoga ibodat qilishga. Ko‘rib turibsizki, Bibliyaning o‘zida Iso Xudo sifatida taqdim etilmagan, balki bu narsa Pavel ilohiyoti tomonidan keyinchalik tiqishtirilgan aqidadir. Men bu izlanishning oxiriga yetib borayotgan edim va qalbim taskin topmagandi, chunki Stiven Xoking ma'ruzasi orqali Xudoga bo‘lgan ishonchni topgan edim, Ammo bu diniy ta'limotlarni ko‘rib chiqib, ular men izlayotgan javobni bermayotganini his qildim.
O‘sha paytda sinfimda bir musulmon bola bor edi, u menga: «Nega Qur'onni o‘qib ko‘rmaysan? dedi. Shunchaki bir urinib ko‘r, o‘qib ko‘r», deb aytdi. Shunda o‘yladim: «Bunda eng yomon nima bo‘lishi mumkin?» Shunday qilib, Qur'on o‘qiy boshladim. O‘shanda PlayStation 3 qurilmamning internet brauzeridan yashirincha foydalanardim, chunki Qur'on o‘qiyotganimni hech kim bilishini xohlamasdim. O‘qishni Fotiha surasidan boshlab, toki An-Nos surasigacha o‘qib chiqdim. Ammo meni eng ko‘p hayratda qoldirgani — Islomning soddaligi, to‘g‘riligi bo‘ldi. Islom o‘ta maydalashib ketgan yoki haddan ortiq dramatik qissalarni keltirmaydi. Qur'on sizga ibrati aniq bo‘lgan ravshan qissalarni beradi.
Va to‘g‘ri qalbga yetib boradi. Qur'onda payg‘ambarlar qissalaridagi avvalgi kitoblardagi o‘sha buzilishlar tuzatilganini ko‘rdim. Alloh Qur'onni «muhaymin» deb ataydi. Ya'ni u kuzatuvchi, himoyachi va boshqalar ustidan hukmron bo‘lgan Kitobdir. U o‘sha xatolarni to‘g‘rilaydi va adashishlarni oydinlashtiradi. Alloh yer yuziga qaraganimizda bizga shunday xitob qiladi: «Uning biz uchun qanchalik mukammal yaratilganini ko‘rmayapsizmi?» Buni bugungi kunda «aqlli yaratilish» dalili deyiladi. Alloh: «Atrofingizdagi olamga qarang. Toza qalb va ochiq qalb bilan tafakkur qiling. Buni faqatgina Alloh yaratishi mumkinligini ko‘rasiz», demoqda. Meni o‘ziga tortgan narsa aynan shu bo‘ldi.
Islom sodda, oqilona va to‘liq hayot tarzini taqdim etadi. Qur'on aqlga muvofiq bo‘lgan aniq va ravshan qonunlarni beradi. Agar jamiyat bu qonunlarga ergashsa, jamiyat uchun qanchalik katta manfaatlar borligini ko‘rasiz. Islom qonunlariga amal qilinsa, taraqqiyot bo‘ladi, amal qilinmasa esa yemirilish boshlanadi, ba'zi narsalar jamiyatda qanday yovuzliklarni keltirib chiqarishini ko'rshingiz mumkin. Bu qonunlarga ergashmaslik jamiyatda qanday muammolar va buzuqliklarni keltirib chiqarshini ko'rasiz. Islom insonlarning sha'nini qanday himoya qilishini, insonlar uyatga qolmasligi va tashlab ketilmasligi uchun...
oilalarni qanday mustahkamlashini va har bir insonga o‘z haqqi-huquqi berilishini ko‘rasiz. Men bu darajada sof va yengil tushuntirishni boshqa hech bir an'anada uchratmagan edim. Shahodat keltirishga qanday qaror qildingiz? Shahodat keltirganingizda nimalarni his qildingiz? Bizni o‘sha lahzalarga qaytara olasizmi? YouTube’da Qiyomat alomatlari, Oxirat kunining belgilari haqidagi ma'ruzalarni ko‘rayotgan edim. Bularni ko‘rib chiqayotganimda qalbimga qo‘rquv kirdi: har qanday lahzada, har daqiqada o‘lib qolishim mumkin Men Alloh subhanahu va taologa taslim bo‘lmagan boshqa bir holatda o‘lishni xohlayman Mening Islomga kirishimga aynan shu sabab bo‘ldi.
Biz o‘zimizni aldab, o‘lim haqida o‘ylamay yuramiz. Ammo bu haqiqat ongimga yetib kelgach, shoshildim. Darhol do‘stimga qo‘ng‘iroq qilib: «Bugun shahodat keltirmoqchiman. Vaqt yo‘q», dedim. Ertaga yoki bugunning o‘zida o‘lib qolishim mumkinligini anglagan o‘sha lahzada, ertaga degan narsa, keyin degan narsa yo‘q edi, hech narsa yo‘q edi umuman xech narsa. Aynan hozir, shahodat keltirishim kerak edi. Do‘stimga qo‘ng‘iroq qilganimda, u uyiga kelishimni aytdi. So‘ng masjid imomi bo‘lgan oilaviy do‘stining oldiga mashinada bordik. U kishi keldi va alhamdulillah, uning huzurida shahodat keltirdim. Shahodat kalimasining ma'nolarini birma-bir chuntirdilar.
Shahodat aytayotgan paytimda, xonada sanoqli odamlar bo‘lsa ham, xona go‘yo ustimga qulab tushayotgandek tuyuldi. Zimmamda juda ulkan bir og‘irlik turgandek edi. Ammo o'sha paytda men «Ashhadu alla ilaha illalloh va ashhadu anna Muhammadan rasululloh» deb aytgan lahzamda, go‘yo butun dunyoning og‘irligi yelkamdan tushib ketgandek bo‘ldi. Gunohlarimning og‘irligi meni tark etganini his qildim. Tashvishlarim aridi. Bu xuddi toza havodan nafas olgandek tuyg‘u edi. Samolyotdan tashqariga chiqqaningizda, yuzingizga musaffo havo uriladi-ku, shahodatdan keyin o‘zimni shunday his qildim. Islomni qabul qilishingizga oilangiz va yaqinlaringiz, ayniqsa otangiz qanday munosabatda bo‘ldi?
Dastlab shahodat keltirganimda, buning juda og‘ir bo‘lishini bilib turardim. Shuning uchun Islomimni ikki yil davomida sir saqladim. Uyda o‘zimni odatdagidek tutishga harakat qilardim. Tashqarida esa masjidga borardim, namoz o‘qirdim, kiyinishimni o‘zgartirgan edim. Oxir-oqibat oilam buni bilib qoldi. Otam qanday bildi: maktabdan uyga kelganimda, paltomning cho‘ntagidan soppi— bosh kiyimimni topib oldi. Uni cho‘ntagimdan topgach: «Bu nima? Ortimdan pichoq urding! O‘z qoningga xiyonat qilding! O‘z xalqingga xiyonat qilding! Buni aslo qabul qilib bo‘lmaydi!» dedi. Shundan so‘ng ko‘p baqir-chaqir, va haqoratlar bo‘ldi. Keyingi 3-4 yil ichida vaziyat zo‘ravonlik va haqoratlargacha yetib bordi.
Ertalab barvaqt uyg‘onib, maktabga erta ketardim. Uyga esa juda kech — tungi soat 2:00 yoki 3:00 larda qaytardim, maqsadim faqat otam bilan to‘qnash kelmaslik edi. Uning munosabati ko‘proq madaniy ta'sir bilan bog‘liq edi: o‘g‘lining musulmon bo‘lganini odamlarga qanday tushuntiradi? shuni o'ylaydi Chunki bir kuni otam men bilan yana bahslashmoqchi bo‘ldi. Shunda uni o‘tqazdim-da: «Qarang, men e'tiqodimdan qaytmayman. Islomdan voz kechmayman. Yo meni musulmon sifatida qabul qilasiz, yoki meni tinch qo‘ying, men ham sizni tinch qo‘yaman», dedim. O‘sha kundan keyin bu masalada boshqa tortishmadik. Biroq otamning to‘xtagani — otam tarafidagi boshqa qarindoshlarim ham to‘xtadi degani emas edi.
Amakimning tug‘ilgan kunida bir voqea bo‘ldi. Butun oila to‘plangan edi. Amakim men bilan ochiqcha, do‘stona gaplashib, o‘zimni qulay his qilishimga harakat qilardi. Biroz ovqatlandik. Keyin u meni quchoqladi. Ammo shunday quchoqladiki, boshimni changallab olgandek bo‘ldi. Va butun oilaning oldida, hamma ko‘rib turgan joyda, bir qadah shampan vinosini labimga tiradi. «Ich!» dedi. Men: «Alkogol ichmayman», dedim. U esa baqirib: «Ey Xudo, senga nima bo‘lgan o‘zi?» dedi. Meni o‘sha yerda izza qilmoqchi bo‘lib, «shunchaki ichib qo‘ya qol», dedi. Shunda qadahni uning qo‘lidan olib, otib yubormadim-u, stol ustiga qattiq qo‘ydim. «Men alkogol ichmayman.
Spirtli ichimlik ichgan odam faqat o‘zini sharmanda qiladi», dedim ularga. Kechki payt, ziyofat tugaganida, ular rosa mast bo‘lib qolishdi, yura olmay, mashinalariga o‘tirib uyga ketolmaydigan holatga kelishdi. Men esa ularga: «Sizlar kamsitib, uyaltirmoqchi bo‘lgan o‘sha inson hozir uyingizga yetib olishingiz uchun taksi chaqirib beradi». Keyinchalik xolavachchalarim bilan ham bunday holatlar ko‘p bo‘ldi. Bir safar oilaviy yig‘in bo‘lgandi, odam juda ham ko‘p edi. Havo juda issiq edi, qattiq chanqagan edim. Amakivachcham o‘rnidan turib, hammaga: «Ichimlik olib kelmoqchiman. Kimdir biror narsa ichadimi?» dedi. Biri unga qarab «Pepsi», dedi yana biri bu, yana biri «suv» deb buyurtma qildi.
Men: «Iltimos, menga suv olib kela olasanmi?» dedim. U esa: «Senga yo alkogol, yoki hech narsa», dedi. Men: «Suv xohlayman», dedim. Hazillashyapti deb o‘ylagandim. U ketdi va qaytib kelgach, haqiqatan ham menga hech narsa olib kelmadi. Men esa shunchaki: «Bu nima bema'nilik?» deb qoldim. Otamdagi asosiy muammolardan biri Islomga qanday qarash bilan bog‘liq edi. Uning nazarida Islom — faqat pokistonliklarning dini edi. Yaqindagina, bir-ikki yil oldin DNK testi topshirdim, otam tarafi sof hind bo‘lib chiqadi deb o‘ylagandim. Vaholanki otam tarafi asosan hind bo‘lsa-da, Pokiston, Bangladesh va katta qismi — adashmasam, 24 foizi Afg‘onistonga to‘g‘ri kelar ekan.
Otamga: «Bilasizmi, aslida siz unchalik ham hind emassiz dedim. Genlaringizning katta qismi hind emas, aksariyat qismi pokistonlik va afg‘onistonlik ekan», deb javob berdim. Shunday qilib, men Otamga hazillashib: «Bir qobili palovi yeb kelmaymizmi? Axir bu bizning taomimiz-ku», dedim. «Bu bizning milliy taomimiz», dedim. Hayotingizda Alloh bilan alohida bir bog‘liqlikni his qilgan g‘ayrioddiy biron voqeaga duch kelganmisiz? Bir kuni uyga qaytayotgan edim va qattiq yomg‘ir yog‘a boshladi. Shunday yomg‘irki, ariqlar va quvurlardan toshib keta boshladi. Suv o‘tkazgichlar to‘lib-toshib, ko‘chalar suv ostida qolayotgan edi juda ham ko'p suv bor edi. Suv piyodalar yo‘lkasiga ham chiqib ketgandi.
Yomg‘ir judayam shiddatli edi. Uyga ketayotib, yo‘lda bir do‘kon, ya'ni supermarketning soyabonini ko‘rib qoldim. Yomg‘irdan pana topish uchun o‘sha soyabon ostiga kirdim. Va Alloh taologa qarata duo qildim. Avval Allohdan uyga yetib olgunimcha yomg‘irni to‘xtatishini so‘ramoqchi edim. Keyin: «Yo Alloh, ko‘chamga yetib olgunimcha yomg‘irni to‘xtatib tura olasanmi?» dedim. Nega aynan shunday so‘raganimni bilmayman, qalbimga shunday keldi. Va soyabon ostidan asta sekingina chiqdim va qarasam umuman — yomg‘ir yo‘q! U butunlay to‘xtagan edi. Turgan joyimdan uyimgacha piyoda yurib bordim. Bu taxminan bir yarim soatlik yo‘l edi.
Piyoda yurdim va o‘z ko‘chamga yetib kelganimda, yomg‘ir sekin tomchilay boshladi. Faqat mayda tomchilar edi juda ham mayda. Eshigim ostonasiga qadam qo‘ygan zahotim esa, yomg‘ir xuddi duo qilishimdan oldingidek sharros quya boshladi. Biror muammoingiz bo‘lsa, Alloh taolo bilan xuddi do‘stingiz bilan gaplashgandek gaplashing. Haddan tashqari rasmiy bo‘lishim kerak deb o‘ylamang. Ha, duoning o‘z sunnatlari va odoblari bor. Ammo gapira boshlaganingizda, dildan so‘zlang. Chunki Alloh shunchaki quruq tushuncha emas. Alloh sizni eshitmoqda va tinglamoqda. Islomdan oldingi Ris bilan Islomdan keyingi Ris o‘rtasidagi farqni qanday ko‘rasiz?
Islom menga o‘z kuchli tomonlarim va fazilatlarimni ezgu ishlarga yo‘naltirish imkoniyatini berdi. Men o‘zgarmadim, mening dunyoqarashim o‘zgardi. U menga ilgari xayolimga ham keltirmagan narsalarni berdi. Men gapirishni yaxshi ko‘raman. Islomdan oldin odamlar meni tinglashni xohlamasdi, men bilan gaplashishni istamasdi. Endi esa odamlar meni tinglashni xohlaydi. Meni masjidlarga ma'ruza qilish uchun taklif qilishadi. Insonni yuksaltiradigan narsa — bu Islomdir. Musulmon bo‘lmagan paytlarimda, o‘rta maktabda imtihonlarimga unchalik e'tibor bermasdim. O‘qishimga ko‘p kuch sarflamasdim.
O‘shanda menga: «Katta bo‘lsang, Cambridge universitetida o‘qiysan», deyishsa, «Bema'ni gaplarni gapiryapsan», derdim. Endi mendan: «Cambridge universitetiga qanday kirding?» deb so‘rasangiz, biiznillah, birodar, a'lo baholarga bitirish men uchun oson bo‘ldi deyman. Cambridge universitetiga kirish men uchun oson kechdi. O‘qiyotgan davrimda bobom hamda buvim vafot etishdi. COVID davri edi. O‘g‘lim bir yoshda edi. Ishlashim kerak edi, har kuni Kembrijga 2,5 soat yo‘l bosib borardim va yana 2,5 soat qaytib kelib, ishlardim. Alloh barchasini menga osonlashtirib berdi. Islomiy hayot tarzini qabul qilish qanchalik qiyin bo‘ldi? Haramlardan saqlanish, besh vaqt namoz o‘qish...
Kun bo‘yi ro‘za tutish sizga qiyinchilik tug‘dirdimi? Ro‘za tutish va namoz o‘qish qiyin bo‘lmadi deb ayta olaman. Asosiy qiyinchilik — bu muhit. Agar sizni doimo haromga chorlaydigan odamlar davrasida bo‘lsangiz, beixtiyor xato qilib qo‘yasiz va o‘sha ishlarga qo‘l urshingiz mumkin. Shuning uchun Alloh subhanahu va taolo roziligi yo‘lida o‘zingizni shunday muhitlardan uzoqlashtirsangizgina, bu zanjirdan qutula olasiz. Lekin ayni paytda hech kim bir kechada o‘zgarib qolmaydi. Eng yaxshi yo‘l — yaxshi suhbatdoshlar va solih do‘stlar tanlashdir. Chunki bunday insonlar sizga yordam beradi. Payg'ambarimiz (s.a.v.) haqida sizni eng ko‘p hayratda qoldirgan narsa nima?
Meni eng ko‘p hayratlantirgan jihat — u zotning haqiqiy yetakchilik timsoli. U zot nihoyatda muloyim, odamlarga mehribon inson edilar. Har tomonlama yetuk shaxs edilar. Doimo odamlarga nazar solib: «Ularga qanday yordam bera olaman? Nimaga muhtojlar? Qanday qiyinchilikka duch kelyaptilar?» deb qayg‘urardilar. Insonlarning ehtiyojlari va istaklariga qarar, ularga qanday yordam berishni o‘ylardilar. Bu u zotning yetakchilik uslubi edi. Shu bilan birga, shunday muloyimlikka qaramay, u zot eng jasur inson edilar. Bir hadis esimga tushadi: bir kechasi Madina tashqarisidan qattiq tovush eshitiladi, go‘yo dushman hujum qilayotgandek tuyuladi tuyuladi. Qattiq shovqin va vahimali ovozlar chiqadi.
Sahobalar darhol qurollanib, otlanishadi. Ular yo‘lga chiqqanlarida esa, Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) yolg‘iz o‘zlari qaytib kelayotganlarini ko‘rishadi. U zot allaqachon o‘sha joyga borib, tekshirib qaytayotgan va: «Hech narsa yo‘q, xotirjam bo‘linglar, borib uxlayveringlar», dedilar. Mana shu haqiqiy mardlik va haqiqiy yetakchilik fazilatlarining uyg‘unligidir: muloyim, mehribon va g‘amxo‘r bo‘lish bilan birga, jasur va o‘z tamoyillarida sobit turish. Dunyoning barcha g‘ayrimusulmonlariga murojaat qilish imkoni berilsa, bir daqiqa ichida ularga nima derdingiz? Barchamiz bir lahza to‘xtab, oddiy bir savol berishimiz kerak: «Bugun men nima uchun aynan shu narsalarga ishonyapman?
Ota-onam xristian bo‘lgani uchun xristianmanmi? Ota-onam sikx bo‘lgani uchun sikxmanmi? Oilam hinduiy bo‘lgani uchun hinduiymanmi? Siz ergashayotgan bu dinlarga va an'analarga amal qilishingizning asl sababi nima?» Insonga xato qilayotganini aytish yoki uning o‘z dunyoqarashi xato ekanini tan olishi oson emas. Aslida bu eng qiyin ishlardan biri, chunki u nafsoniyatingizga tegadi, chunki siz o‘zingizga dunyo haqidagi tasavvuringiz noto‘g‘ri ekanini tan olishingiz kerak bo‘ladi. Ammo bir daqiqa to‘xtang. Botilda, yolg‘onda yashagandan ko‘ra haqiqatga ega bo‘lishni afzal ko‘rmaysizmi?
Qaysi biri kattaroq sharmandalik: yolg‘onda yashashmi yoki nafsoniyatga ozgina zarba berib, dunyoqarashingizni qayta ko‘rib chiqib, haqiqatni qabul qilishmi? Qur'onni o‘qing. Alloh insoniyatdan nimani xohlashini o‘qing. Hidoyatni o‘qing. Alloh sizdan nimani xohlashini o‘qing. Muhammad payg‘ambarning (s.a.v.) hayotlarini o‘rganing. Savollaringiz bo‘lsa, biladigan insonlarga murojaat qiling. Shunchaki qiziqib ko‘ring. O‘zingizga savol berib ko‘ring: bu din aslida nima haqida? Hech bo‘lmaganda, hech bo‘lmaganda Islom nima ekanini bilib olasiz. Islomni qabul qildingiz lekin nimadan boshlashni bilmayapsizmi? Yoki musulmon bo‘lgansiz-u, endi barini boshidan boshlab Islomni o‘rganmoqchimisiz?
Biz siz uchun Step Islam ilovasini ishlab chiqdik. Bu Islomni tushunarli va tizimli tarzda o‘rgatuvchi, mutlaqo bepul hamda reklamasiz ilovadir. Ilovada iymonning asosiy poydevorlarini, Qur’ondagi muhim atamalarni osonlikcha o‘rganib, odatlarni shakllantiruvchi amaliy topshiriqlarni bajarasiz. Shayton buni kechiktirishiga yo‘l qo‘ymang. Quyidagi havola orqali “Step Islam” ilovasini yuklab, abadiy saodat sari ilk qadamlaringizni bugunoq qo‘ying.